Ma’ruza rejasi: 1. Quritish usullari va rejimlari
2. Pishish haqida umumiy tushunchalar.
3. Pishish turlari: suyuqlik, qattiq fazali, reaktsion, bosim ostida.
4. Mahsulot pishish rejimini aniqlovchi faktorlar.
Xom g’ishtning quritilishini misol tariqasida kel-tirishimiz mumkin. Nurli yoki rotatsion avtomatlar bi-lan brusdan kesilgan g’isht «Avtomat taxlovchi» mashina-lar yordamida quritish vagonchalariga yuklanadi. Jumla-dan, «SM 562A» markali shunday mashina bir soatda 8000 dona g’ishtni taxlaydi, ya’ni ilgari 8—10 kishi bajara-digan ishni bir o’zi bajaradi, so’ngra 6—9 % namlikkacha quritiladi. G’ishttayyorlash jarayoni qadim zamonlarda ma-shaqqatli operatsiya hisoblanib, g’isht haftalab ochiqmay-donlarda va maxsus saroylarda quyosh nuri yoki yonayotgan o’tin issiqligi yordamida quritilar edi. Hozirgi paytda quritish vaqti bir necha marta qisqargan: u kamera agre-gatida 40—70 soatni, tunnelь agregatida esa 15—40 soat-ni tashkil qiladi.
Qurittslgan g’isht quritgich vagonchalaridan olinib, maxsus vagonlar yoki maxsus xonalarga joylanadi. So’ngra u pishiriladi. Bu maqsadda turli-tuman pechlardan keng foydalaniladi.
Qurilish g’ishti olish uchun ishlatiladigan massa tar-kibiga erish temperaturasi past bo’lgan moddalar kiri-tiltishiga qaramasdan g’ishtning pishish va qattiq toshga aylanish temperaturasi hali ham yuqoriligicha — 1170— 1370 K atrofida qolmoqda. SHuning uchun g’ishtlar maxsus o’tdonda, ya’ni aylanma va tunnelь pechlarida kuydirila-di yoki avtoklavlarda par bilan ishlov beriladi. O’tga chi-damli g’isht tarkibiga erishi qiyin bo’lgan kaolin tup-rog’i, yuqori temperaturaga chidamli tog’ jinsi va sun’iy moddalar kirganligi sababli ular kuydirilayotganda tem-peratura ancha yuqori — 1620—1770 K atrofida bo’ladi va ular asosan tunnelь pechlarda tayyorlanadi.
Hozirgi zamonaviy g’isht kuydirish pechlari gigant inshootlardan iborat bo’lib, ularning maydoni o’nlab, hatto yuzlab kvadrat metrni tashkil qiladi. Misol tari-qasida aylanma pechning hajmi 950 va tunnelь pechning hajmi 315—440 m3 ni tashkil qilishini eslatish kifoya. Ular elektr toki, gaz yoki mazut orqali isitiladi. Bunday pechlarning 1 m3 hajmidan bir oyda 1500—5000 dona g’isht olinadi. Bitta 100 kub metrlik hajmni tashkil etgan pechdan yiliga olinadigan g’isht mahsuloti 25 million donani tashkil etaug’i. G’ishtlarni kuydirish vaqti esa 24 soatdan 72 soatgacha davo.m etishi mumkin.
Hozirgi paytda silikat g’ishtlarni pishirish katta hajmli avtoklavlarda amalga oshiriladi. Ishlov berishda qo’llaniladigan bug’ning temperaturasi 420—479 K bo’lib, bosim 7—8 atmosferani, avtoklavda ishlov berish vaqti esa 14—16 soatni tashkil etadi. Faqat shunday sharoit yaratilgandagina qum ohak va suv bilan kimyoviy reaktsiya-ga kirishadi, g’ishtning mustahkamligini ta’minlovchi monokalьtsiyli gidrosilikat mineralini hosil qiladi.
Effektiv g’isht turlari ham xuddi qurilish g’ishti sin-gari aylanma va tunnelь pechlarda pishiriladi. Ularni kuydirishning o’ziga xos afzalliklari bor: 20—25 % yoqilg’i tejaladi, kuydirish vaqti bir muncha qisqaradi, g’isht vagonlarini siljitishga ketgan energiya kamayadi va hokazo.
Quritish - murakkab va ma’suliyatli jarayon bo’lib, keramik massa tarkibidan suvni chiqarib, shaklni ma’lum darajada mustahkamlaydi.
Quritish jarayonining asosiy vazifasi qisqa vaqt ichida yarim mahsulot namligini kamaytirish, bunda defekt hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik. Quritish 2 xil bo’ladi: 1.Tabiiy. 2.Sun’iy. Tabiiy quritish ancha ko’p vaqtni talab etadi. Sun’iy quritish quritgichlarda olib boriladi (keamerali, tunnelь)
Quritish vaqti ikkita asosiy shart bilan aniqlanadi:
Quritgichga berilayotgan issiqlik va havoning miqdori;
Mahsulot o’z namligini darzlarsiz va deformatsiyaga uchramasdan chiqarishi.
Quritish jarayonini sxematik tarzda quyidagicha ko’rish mumkin. Issiqlik yurgazuvchi (havo, gaz) buyumni o’rab, uni yuzasidan namlikni yutadi. Bu holat tashqi diffuziya deyiladi, chunki namlik buyumdan tashqari chiqadi.
Buyum ichki qavatlaridan yuzasi tomon kapillyarlardan yangi portsiyadagi namlik harakatlana boshlaydi. Bu - ichki diffuziya. Namlikni buyumdan chiqa boshlashi qisqarishni yuzaga keltiradi. Kritik namlikka yetganda, qisqarish to’xtaydi. Qisqarish jarayonida parlangan namlik qisqartiruvchi namlik deyiladi va uning miqdori o’zgaruvchi kattalik hisoblanadi. Qisqartiruvchi namlik chiqish jarayonida buyum hajmi kamayishi parlangan namlik hajmiga yaqin bo’ladi.
Quritish usullari (ya’ni, issiqlik berish usullari va parlangan namlikni ajrab chiqishi) va uning rejimlari (isitish temperaturasi, atrof-muhit namligi) shunday tanlanadiki, quritish tezligini oshirmasdan, jarayonni umumiy davomiyligini iloji boricha kamaytirish.
Nafis keramika texnologiyasida mahsulotlar 2 bosqichda quritiladi. 1-bosqich gips formadan ajratish uchun, 2-bosqichda mahsulot 105-1100S da quritiladi. Yarim mahsulot 1-2% namlik qolguncha quritilganda uning mexanik mustahkamligi keyingi texnologik jarayonlarni oshirish uchun yetarli darajada bo’ladi. Yarim mahsulot yaxshi quritilganda pishish vaqtida temperaturani tezlik bilan oshirish imkoniyati yaratiladi.
Yarim mahsulot yuzasidan uchib chiqqan namlik miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi.