Avtotransformatorlar ish rejimlari tahlili
Muxammad Umar Shavkat o’g’li Nodirov
muhammadumarnodirov@gmail.com
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Avtotransformatorlarning
turli ish rejimlari
oʻrganilib tahlil qilingan holda Avtotransformatorlarning tutashuvli oqimlarini va
energiya tizimlarini rivojlantirish jarayonida ularning o’zgarishi tendentsiyalarini
o’rganish prognozlash usullarini ishlab chiqish kabi muammolarni hal qilish zarurati
bilan bog’liq boʻlib, avtotransformatorlarning ish rejimini tahlil qilish yuzasidan
uslubiy asoslarni ishlab chiqish va avtotransformatorlarning
qisqa tutashuvli
oqimlarining mumkin bo’lgan darajalarining ehtimollik xususiyatlarini va ularning
katta quvvatli o’zaro bog’lanishlardagi o’zgarish dinamikasini tahlil qilindi
Kalit so’zlar:
Energiya tizimlari, xafsizlik,
tutashuv, transformator,
avtotransformatorlar, ish rejimi, Transformator rejimi LV,
dinamikasini tahlil qilish,
HV, MV va LV, kombinatsiyalangan rejimlari tahlili, transformator rejimlari tahlili.
Analysis of autotransformer operating modes
Muhammad Umar Shavkat oglu Nodirov
muhammadumarnodirov@gmail.com
Tashkent State Technical University named after Islam Karimov
Abstract:
This article examines and analyzes the different modes of operation of
autotransformers. Developed and analyzed the probability characteristics of the
possible levels of short-circuit currents of autotransformers and the dynamics of their
change in high-power interconnections
Keywords:
Power systems, safety, connection, transformer, autotransformers,
operating mode,
Transformer mode LV, dynamics analysis, HV, MV and LV,
combination modes analysis, transformer mode analysis.
KIRISH
Mavzu dolzarbligi
. Mamlakatimizda elektroenergetikaning
rivojlanishi bilan
bog’liq muammolardan biri qisqa tutashuv oqimlarining kun sayin oshib borishidir.
Transformator uskunasining ishlash rejimi tahlil qilish Oʻzbekiston energetika
birlashmalari va energiya tizimlarining quvvat transformator uskunalarining asosiy
qismini tashkil etuvchi yuqori quvvatli avtotransformatorlarning qisqa tutashuv
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
352
ta’siriga nisbatan yuqoriligini ko’rsatadi.
Shunday qilib, 220 kV va undan yuqori
tarmoqlardagi avtotransformatorlar soni kuchaytiruvchi transformatorlar sonidan
taxminan 4 baravar ko’p. Ularning ish sharoitlari murakkablogi sababi
transformatorlardan farqli o’laroq, avtotransformatorlar nafaqat yuqori va past, balki
o’rta kuchlanish tomondan ham qisqa tutashuv va ulanish qarshiliklariga ega. Bu ishda
asosiy tadqiqot ob’ekti sifatida avtotransformatorni tanlashni zaruratini taqozo etadi.
Rivojlanayotgan energiya tizimlari tarmoqlarida qisqa tutashuvli oqimlarning o’sishi
avtotransformatorlarning qisqa tutashuv oqimlari ta’siriga zarur bo’lgan
qarshiligini
aniqlaydigan normallashtirilgan ko’rsatkichlarni muntazam ravishda qayta ko’rib
chiqishni talab qiladi. Mahalliy amaliyotda bunday ko’rsatkichlar quyidagilardir:
asosiy chastotali oqimning davriy komponentining eng katta ruxsat etilgan ko’pligi,
eng katta ruxsat etilgan qisqa tutashuv oqimi, cheklovchi ko’plik oqimlari bilan nazorat
sinovlari , qisqa tutashuvning davomiyligi kabi koʻrsatkichlar. Bunday ko’rsatkichlarni
aniqlashtirish avtotransformatorlarning qisqa tutashuvlarda ishlash rejimlarini tahlil
qilish uchun tizimli yondashuvni qo’llashni talab qiladi, bunda tarmoq rivojlanishining
turli bosqichlarida qisqa tutashuv oqimlari darajasining o’sish dinamikasini hisobga
olgan holda ularni rejalashtirish imkonini beradi. Qisqa tutashuv toklari muammosi,
ularni aniqlash va elektr tarmoqlarini
tahlil qilish usullari, shuningdek, elektr
transformatorlari orqali ruxsat etilgan qisqa tutashuv oqimlarini normalash masalalari
yuzasidan tadqiqotlar bugungi kunda muhim ahamiyatga ega.