1- Ma’ruza
Kirish, keramik qurilish materiallari unung ishlab chiqarish tarixi, xozirgi paytagi xolati kelajagi.
Ma’ruza rejasi
1. Keramika materiallarining mikrotuzilishi, g’ovakligi.
2. Keramika materiallarining o’tkazuvchanligi.
3. Keramika materiallarining mexanik mustaxkamligi.
Keramika sanoati keng tarmoqli, rivojlangan soxa bo’lib xo’ja-ligining turli bo’limlarida ishlatiladi. Keramika materiallarining davlat andozalari talablariga javob beradigan yo’sinda ishlab chiqarishda materiallarining xossalarini turli usullarda aniqlanadi. Keramika materiallarining asosiy xossalaridan biri uning mikrotuzilishidir. CHunki keramika materiallarining xar qanday xossasiga eng avvalo uning mikrotuzilishi ta’sir etadi. Tuziilish deganda kristall, shishasimon (amorf) va gaz xolatdagi (ya’ni g’ovaklar) fazalarni fizik-kimyoviy tabiati, ularni miqdoriy nisbatlari tushuniladi. Masalan, nafis va sanitar-texnik keramika uchun talab etiluvchi zichlik va mustahkamlik ma’lum miqdordagi kam g’ovakli shishasimon fazani kristall fazalar (kvarts, mullit) oraligida bir tekisda taqsimlanishiga bog’liq. Bu talablar shuningdek radiokeramika va elektro himoyalovchi buyumlarga xam tegishli.
Yuqori temperaturada ishlovchi keramika materiallar (olovbardosh, vakkum, elektron keramika) uchun shishasimon fazaning minimal miqdori talab etiladi. Keramika materiallarini tuzilishini nazorat etish uchun bir qator fizik-kimyoviy usullardan foydalaniladi.
Dastlabki xom ashyo va tayyor mahsulotning tozalagi, kimyoviy tarkibi miqdoriy kimyoviy analiz usuli yordamida aniqlanadi. Rentgenofazoviy tekshirish usuli kristall fazalarning tabiati va miqdorini aniqlaydi. Termik va temperaturada rentgenofazoviy tekshirish, isitish jarayonida kristall fazalarni xosil bo’lish va utish temperaturalarini aniqlaydi. SHishasimon fazalarni xosil bulishi ularning kristall fazalar orasida taqsimlanishini petrografiya usullarini qo’llab o’rganish afzal, chunki ular rentgenoamorfdirlar.
Barcha keramika materiallardagi mavjud g’ovaklar xajmi, o’lchami va taqsimlanish tabiati ularning bir qator xossalariga ta’sir etadi. Masalan, g’ovaklar o’lchami keramikaining mustaxkamligiga; suv bilan to’lgan g’ovaklar xajmi qurilish g’ishtining sovuqqa chidamliligini, g’ovaklarning xajmi va taqsimlanishi qurilish va issiqlik himoyalovchi keramikaining issiqlik o’tkazuvchanligi, olovbardosh materiallar uchun shlaklarga chidamliligini belgilaydi.
G’ovaklar formasiga ko’ra quyidagi gruppalarga bo’linadilar:
a) berk g’ovaklar – suyuq va gazsimon moddalar kira olmaydigan g’ovaklar
b) bir uchi berk g’ovaklar – suyuq va gazsimon moddalar bilan to’luvchi, lekin keramikaning o’tkazuvchanligiga ta’sir etmaydigan g’ovaklar.
v) kanalsimon g’ovaklar – ya’ni ikkala uchi ochiq g’ovaklar.
Keramika materiallarining ko’rsatilgan g’ovakligi quyidagi ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi:
1. Zichlik (haqiqiy) x g\sm3, ya’ni 1sm3 material massasi, g’ovaklarsiz.
2. Tuyuluvchan zichlik t g\sm3, ya’ni 1 sm3 material masasi, g’ovaklarni xisobga olganda.
3. Xaqiqiy g’ovaklik Px –ochiq va yopiq g’ovaklarning umumiy xajmi, materiallarining umumiy xajmiga nisbati, % xisobida.
4. Tuyuluvchan yoki ochiq g’ovaklik Pt – qaynatilganda suv bilan to’luvchi g’ovaklar xajmi, materialning umumiy xajmiga % xisobida.
Yopiq g’ovaklilik
Pyo=Px-Pt
5. Suv yutuvchanlik V- material qaynatilganda, g’ovaklarni to’ldiruvchi suvning ogirlik miqdori, quruq materialga % xisobida.
U xolda, haqiqiy g’ovakli
Do'stlaringiz bilan baham: |