Xomashyoni tozalash va ta’mirlash. Bu operatsiya vaqtida maydalangan material yoki bir jinsli aralashma ayrim nav (sort) va sinf (klass)larga ajratiladi hamda kerak siz qo’shimchalardan tozalanadi. Umuman, silikatlar tex-nologiyasida materiallar to’rt xil usulda saralanadi:
mexanik saralash — material to’r panjarali mashina va asboblar yordamida chayqalib ishlaydi va donalarining katta-kichikligiga ko’ra ikki yoki bir qancha turlarga aj-raladi;
havoda saralash — material donalari havo separator-lari, tsiklon, filьtr va elektrofilьtrlarda og’irlik va aylanma kuchlar.ta’sirida gorizontal yoki vertikal hara-katdagi havo oqimidan ajratib fraktsiyalanadi;
magnitli saralash — mauerial elektromagnit separa-torlar bilan temir birikmalari hamda metall qo’shimcha-laridan tozalanadi;
gidravlik saralash — bunda materialning konusli, kamerali va gidromexanikaviy klassifikatorlarda suv-li muhitda donalar o’lchami yoki solishtirma og’irligida-gi farqsababli turli tezlikda cho’kishiga asoslanib frak-tsiyalarga bo’linishi yotadi.
Texnologiyada maydalash — unlash mashinalari, qolip-lash asboblari, yuklarni to’xtovsiz uzatib turish kabi vositalarining xomashyo, suv, yonilg’i va shu kabilar bi-lan ta’minlashni tartibga solib turish maxsus tarelkali (diskli), plastinkali (lentali), barabanli va shnekli ozikdantiruvchi mashinalar yordamida bajariladi. Ba’zi vaqtlarda bu mashinalar dozalagich vazifasini ham o’tashi mumkin.
Dozalagichlar texnologik liniya materiallarini ma’-lum miqdorda uzluksiz yoki portsiyali (tsiklli) uzatib turishga xizmat qiladi. Ular dozalash usuliga ko’ra hajm-li va og’irlik dozalagichlarga bo’linadi. Hajmli dozala-gichlarda dozalash aniqtigi 2—5 % ga teng. Ular tuzgushshi nuqtai nazaridan qulay va sodda bo’lib, texnikada juda keng qo’llaniladi. Aniq o’lchov talab qilingan joylarda esa faqat tsiklik yoki uzluksiz ishlaydigan tarozilar qo’llaniladi.
Xomashyoni aralashtirish, tarkibini to’g’rilash va saq~ lash. Xomashyolarni bir-biri va suv bilan aralashtirish muhim texnologik jarayon bo’lib, u qanotli loyqorgich, shnekli loyqorgich, eritmaqorgich, parrakli aralashtir-gich, loyatalagich kabi mashinalarda amalga oshiriladi. Misol tariqasida plastik usulda qurilish g’ishti tayyor lash jarayoni bilan tanishish mumkin. Bu usulda mayda-langan giltuproq qanotli bir yoki ikki valli loyqorgich-ga tushadi. Bu yerda unga 18—25 % suv qo’shilib loy qorila-di va bir jinsli bo’lguniga qadar shnekli val qanotlari yordamida aralashtiriladi. Plastik massa, masalan, mai-shiy-xo’jalik chinnisini olish uchun shliker yoki eritma-dan tayyorlanayotgan bo’lsa, u holda tarkibidagi suv miq-dori filьtrpresslar yordamida kamaytiriladi. Yana mas-saga lentasimon vakuumli yoki vakuumsiz presslarda qo’shimcha ishlov berib sifatini yaxshilash mumkin.