1-OKTABR “USTOZ VA MURABBIYLAR”KUNIGA BAG’ISHLANGAN TADBIR SENARI
1-OKTABR “USTOZ VA MURABBIYLAR”KUNIGA BAG’ISHLANGAN TADBIR SENARIYSI Boshlovchi: Assalomu aleykum qalbi qaynoq , bilimga chanqoq boxchamiz tarbiyalanuchilari va aziza va muxtaran kasbdoshlarim.Bugun 1-oktabr Ustozlar va Murabbiylar kunini nishonlar ekanmiz shu fursatdab foydalanib ustozlarni kasbdoshlarimni chinqalbimdan tabrikliyman . Sizlarga uzoq umir sihat salomatlik ,mashaqqatli kasblaringizda omad tilayman.Bugun sizlar uchun boxchamizning “Радуга”3 guruh tarbiyalanuvchilari ajoyib bayram tadbirini o’tkazish uchun tayyorgarlik ko’rishgan marxamat tadbirdan madaniy hordiq olishingizni ,tinglab tomosha qilishingizni so’raymiz.
Boshlovchi: Bolalarimiz ijosida O’zbekiston Respublikasi Madhiyasiga beramiz .
Boshlovchi: Qalbimda ehtirom ,bitayin doston
Aziz ustoz sizsiz mehribon
Hayotim kitobin yoritib turar
So’zingiz shiordir bizga har qachon.
Hozirgi navbatni bolalarimiz yod olgan she’rlarga beramiz:
Shodiya:Siz ustozsiz ,Muallim
Bizlarga berib talim
San’at sirin o’rgatib
To’g’ri yo’lni ko’rsatib.
Robiya: Mehrli ko’zlaringiz
Sehrli so’zlaringiz
Siz onamdek mehribon
Biz o’g’il qizlaringiz.
Samiya: Tutqazib qo’lga qalam
O’rgatib nedur olam
Kundan kunga charxlanar
Kuylasam kuyim nolam.
Boshlovchi: Bolalarimiz ajoyib qo’shiqlariga navbatni beramiz marxamat tinglaymiz: “Vatanjonim Vatanim” qo’shig’I P.Mo’min She’ri D.Omonullayeva musiqasi.
Boshlovchi: Ustoz .Bu so;zning zamirida olam olam ma’no bordir.Bu so’zning zamirida tursada ,uning ortida mashaqqatli mehnat yotadi.
Hozirgi navbatni bolalarimiz yod olgan she’rlarga beramiz:
Abduraxmon:Ustozlarim ustozlar
Nur yo’g’ar yuzingizdan
Ustozlarim ustozlar
Bol tomar so’zingizdan.
Zabibullo:Siz tomonga chopamiz
Bag’ringizga olasiz
Iliq edi mehringiz
Shirin shirin so’zingiz
Jaloliddin:Sizga tazim qilaylik
Izingizdan yuraylik
Bilim berdingiz bizga
Ishonchingiz oqlaymiz.
Boshlovchi: Kimki bu hayotda olmasa ta’lim
Unga o’rgatolmas hech bir mulallim.
Qizlarimizning ajoyib raqslariga beramiz: “Do’ppi Tikdim”
Boshlovchi: Dunyoda muallim bo’lmasa agar
Hayot ham bunchalik bo’lmasdi g’o’zal.
Navbatni She’rlarga beramiz:
Lola: Ustozlarim ustozlar
Baxtimizga so’g’ bo’ling
Ustozlarim ustozlar
Baxtimizga bor bo’ling
Muxammadfozil: Ex Ustozlar bor bo’ling
Baxtimizga so’g’ bo’ling
Biz yoshlarni baxtiga
Doimo bor bo’ling
Boshlovchi: Navbatni o’quvchilarimiz ijrosisa “Siz ustozsiz muallim” qo’shig’iga beramiz.
Boshlovchi: Qo’shig’imiz manzur bo’lgam bo’lsa guruhimiz o’g’il bolalari ijrosida “Andijoncha “raqsga beramiz.
Boshlovchi: Aziz ustozlar va bayramizmiz mexmonlari shuning bilan bugungi bayram dasturimiz o’z nihoyasiga yetdi.O’ylaymizki ozgina bo’lsa xam sizni xursand qila oldik.
Bugun biz “Радуга” 3-guruh tarbiyalanuvchilari siz uchun bugun xizmatda bo’ldik.Qadrdon ustozlar ilohim umringiz uzun,taningiz sog’,martabangiz bundanda ulug’ bo’lsin.Xonadongizda doimo yaxshi kunlar bolsin.Etiboringiz uchun Raxmat.