Tazim sizga ustozlar
1 oktyabr-“O’qituvchi va murabbiylar kuni”
O’qituvchi, murabbiy, ustoz. Oddiygina bu so’zlar zamirida shunchalik katta ma’no va mazmun borki, uni ta’riflash- ga ba’zan so’z ham ojizlik qiladi. Zero, har qaysi inson o’qituvchining qo’lida savod chiqaradi, murabbiy va ustoz- dan ta’lim oladi, tarbiya topadi. Bugun biz biron kasbni egallab, Vatan va el koriga yarayotgan ekanmiz, avvalo, ulardan minnatdor bo’lishimiz tabiiy, albatta.
Mamlakatimizda har yili 1 oktyabr – ana shunday mo’’tabar kasb egalari bo’lgan O’qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Yurtimizda istiqlol yillarida o’qituvchi va murabbiylik kasbi toma’noda qadr va e’zoz topdi. Bu haqda gap borar ekan, o’tg an yillar davomida shahar va qishloqlarimizda zamonaviy talablar asosida bunyod etilgan maktab, litsey va kasb-hunar kollejlarini, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari, o’quv-mashg’ulot va laboratoriya xonalarini tashkil etish, dars- lik va qo’llanmalarning yangi avlodini yaratish, malakali kadrlarni tayyorlash yo’lida amalga oshirilgan keng ko’lamli ishlarni aytib o’tish o’rinli bo’ladi. Eng muhimi bunday zamonaviy bilim maskanlarida jonkuyarlik va fidoyilik ko’rsatayotgan o’qituvchi va murabbiylarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash, ularning mehnatini munosib rag’batlantirish bo’yicha o’ziga xos yangi tizim joriy etildi. Bu bejiz emas. Chunki ularning mehnati ana shunday yuksak e’tibor va e’zozga munosibdir.
Har yili O’zbekistonda Ustoz va murabbiylar kuni keng nishonlanmoqda. Maktab va o’quv muassasalarining o’quvchilari hayotning ilk bilimlarini bergan ustozlarga chuqur izzatdadir. Ushbu kunda o’quvchilar minnatdorchilik ila gullar va sovg’alar bilan hayot yo’lida mashaqqatli mehnat uchun ustozlarni tabriklaydilar. O’qituvchi, murabbiy, ustoz. Oddiygina bu so’zlar zamirida shunchalik katta ma’no va mazmun borki, uni ta’riflashga ba’zan so’z ham ojizlik qiladi. Zero, har qaysi inson o’qituvchining qo’lida savod chiqaradi, murabbiy va ustozdan ta’lim oladi, tarbiya topadi. Bugun biz biron kasbni egallab, Vatan va el koriga yarayotgan ekanmiz, avvalo, ulardan minnatdor bo’lishimiz tabiiy, albatta.
Mamlakatimizda har yili 1 oktyabr – ana shunday mo’’tabar kasb egalari bo’lgan O’qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Yurtimizda istiqlol yillarida o’qituvchi va murabbiylik kasbi tom ma’noda qadr va e’zoz topdi. Bu haqda gap borar ekan, o’tgan yillar davomida shahar va qishloqlarimizda zamonaviy talablar asosida bunyod etilgan maktab, litsey va kasb-hunar kollejlarini, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari, o’quv-mashg’ulot va laboratoriya xonalarini tashkil etish, darslik va qo’llanmalarning yangi avlodini yaratish, malakali kadrlarni tayyorlash yo’lida amalga oshirilgan keng ko’lamli ishlarni aytib o’tish o’rinli bo’ladi.
Eng muhimi bunday zamonaviy bilim maskanlarida jonkuyarlik va fidoyilik ko’rsatayotgan o’qituvchi va murabbiylarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash, ularning mehnatini munosib rag’batlantirish bo’yicha o’ziga xos yangi tizim joriy etildi. Bu bejiz emas. Chunki ularning mehnati ana shunday yuksak e’tibor va e’zozga munosibdir.
Yosh avlodni teran bilimli va etuk mutaxassis bo’lib etishishlarida ularning beminnat xizmatlari ulkan. Darhaqiqat, muborak dinimiz ta’limotlari inson zotini jaholat zulmatidan nurli hayotga etishishda muhim omil bo’lgan ulug’ ustoz va murabbiylar xizmatlariga yuqori baho beradi va Alloh taolodan ularga ulug’ mukofotlar bo’lishi bashoratini beradi.
Prezidentimizning O’zbekiston o’qituvchi va murabbiylariga yo’llagan tabriklarida ta’kidlanganidek, haqiqatan ham ko’z nuri va qalb qo’rini, butun ongli hayotini yosh avlodga bilim va tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag’ishlagan, bir so’z bilan aytganda, Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan bu insonlarning olijanob mehnati doimo xalqimiz tomonidan e’zozlanib kelgan.
Ustoz deganda, har kaysi inson kunglida chukur xurmat – ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuygulari, shu bilan birga, hech kanday boylik bilan o’lchab, ado qilib bo’lmaydigan qarzdorlik xissi paydo bo’ladi. Bu yorug’ olamda onadek mexhribon, otadek g’amxo’r, har birimiz uchun aziz va mo’’tabar bo’lgan ulug’ zot – bu muallim va murrabbiylardir.
arzandlar ta’lim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga yetkazishga alohida e’tibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Xalqimizning ustoz otangdek ulug‘, degan purhikmat naqlida ham o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtirom namoyon. Mustaqillik yillarida davlatimiz rahbari Islom Karimov rahnamoligida bu sharafli va mas’uliyatli kasb sohiblarini e’zozlash, ular mehnatini qadrlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Bir necha yildirki, yurtimizda 1 oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelinmoqda. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, bu bayram, avvalo, o‘zining bilim va tajribasi, iste’dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko‘z nuri va qalb qo‘ri, butun borlig‘ini ayamasdan, ma’rifat yo‘lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir.
Ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini jo etadigan, o‘z o‘quvchilariga hayot maktabini beradigan mo‘tabar zot – o‘qituvchining bu qadar yuksak qadr topishi, jamiyatdagi mavqei yuksalishi zamirida, avvalo, mamlakatimizning mustaqillikka erishishi va Prezidentimizning doimiy e’tibori hamda g‘amxo‘rligi mujassam ekanligini alohida ta’kidlash joiz.
O‘qituvchi shaxsiga e’tibor bevosita uning ish joyi – maktabda barcha sharoitni yaratish bilan uyg‘un tarzda olib borilmoqda. «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, soha xodimlariga zarur shart-sharoitlar yaratish, ta’lim mazmuni va sifatini takomillashtirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mazkur hujjatlar yangi, zamon talablariga mos umumta’lim maskanlarini barpo etish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash, ularni o‘quv, laboratoriya jihozlari va kompyuter uskunalari bilan ta’minlash, ta’lim sifati va mazmunini takomillashtirish, bolalar sportini rivojlantirish imkonini bermoqda. 2004-2008 yillarda jami 6544 umumta’lim maktabida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Jumladan, 275 yangi maktab binosi barpo etildi, 1757 maktab kapital rekonstruksiya qilindi, 2866 maktab kapital, 1646 maktab joriy ta’mirdan chiqarildi. Bu boradagi ishlar ixtisoslashgan maktablar, maxsus maktab-internatlar, Mehribonlik uylari, ta’limdan tashqari muassasalarni ham qamrab olmoqda. Ayni paytda maktablarni o‘quv-laboratoriya jihozlari, mebellar, kompyuter texnikasi bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Sohadagi islohotlar ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bilan bog‘liq holda olib borilayotir. Bu jihatlar yangi, takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari asosidagi darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va chop etishda ham ko‘rinadi. 2005-2008 yillarda 85 million nusxada darsliklar chop etildi. Birgina, 2008 yilda umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun 243 nomda qariyb 17 million nusxada o‘quv adabiyotlari chop etildi.
Yoshlar ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik o‘zining yorqin samarasini bermoqda. O‘quvchilar tomonidan davlat ta’lim standartida belgilangan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishning umumiy samaradorligi muttasil ortib borayotgani, yoshlar ta’limning keyingi bosqichlari bilan izchil qamrab olinayotgani, o‘quvchilarimizning xalqaro fan olimpiadalari, intellektual bellashuvlar, ko‘rik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgani buning yaqqol ifodasidir.
2004-2007 yillarda o‘quvchilarimiz xalqaro fan olimpiadalarida 27 medalni qo‘lga kiritdi. 2008 yilning 28 aprel-4 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ximiya fanidan 42- xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 13 nafar vakilimiz sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturida umumta’lim maktablari o‘qituvchilari mehnatini rag‘batlantirish va pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimini yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.
REFERAT
Mavzu: Tazim sizga ustozlar
Bajardi: Toshpo’latova Sevara
Tekshirdi: _____________________
Do'stlaringiz bilan baham: |