Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

Iqtisodiy samaradorlik
samaradorlikka qaraganda bir muncha tor ma`noni 
anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo`jalik yuritishda maqsadga 
muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun 
ketgan xarajatlar(ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi. 
Xarajatlar qanchalik kam bo`lsa (mahsulot sifatiga ta`sir qilmagan holda), samara 
shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik
ishlab chiqarish samaradorligini mehnat 
sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy mehnat 
o`rtasidagi farqni yo`qotishni inobatga olgan holda tavsiflaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy 
samaradorlik bir vaqtning o`zida, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish, 
korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, shaxsning har tomonlama 
rivojlanishi va uning barcha qobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi 
hisoblanadi. Bevosita ijtimoiy samara, xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va 


32 
madaniyatining o`sishi, aholi sog`lig`ining yaxshilanishi va umr ko`rishining 
uzayishida aks ettiriladi. 
3.2. Iqtisodiy samaradorlikni tavsiflovchi ko`rsatkichlar.
O`zbekistondagi sanoat korxonalari va butun xalq xo`jaligining ishlab 
chiqarish faoliyati samaradorligi bir qancha iqtisodiy ko`rsatkichlarni tahlil qilish 
asosida aniqlashi mumkin. Ulardan eng muhimlari – quvvat yoki mahsulot 
birligiga to`g`ri keladigan kapital qo`yilmasi miqdori; mahsulot tannarxi; 
qo`shimcha kapital xarajatlarini qoplanish muddati; mehnat unumdorligi; foyda, 
daromad; mahsulot hajmining ko`payishi, sifatining yaxshilanishi, xom-ashyo va 
materiallarning birligidan olinadigan mahsulot hajmining ko`payishi yoki bir birlik 
mahsulot ishlab chiqarishda ularning xarajat miqdori va bu miqdorni belgilangan 
me`yor, reja darajasiga nisbatan kamayishi; fond qaytimi; fond rentabelligi; 
dastgohlar ish unumi; ish vaqti va korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan 
foydalanish darajasi va boshqalar. Shuning uchun barcha ishlab chiqarish 
samaradorligi ko`rsatkichlari 6 turga ajratilgan: 
1) umumiy ko`rsatkichlar;
2) mehnat resurslaridan foydalanish ko`rsatkichlari;
3) asosiy ishlab chiqarish fondlari;
4) aylanma mablag`lari;
5) kapital qo`yilmalardan foydalanish ko`rsatkichlari;
6) tashqi iqtisodiy aloqalarning samaradorlik ko`rsatkichlari. 
Variantlarning absolyut (mutlaq) va nisbiy (qiyosiy) iqtisodiy samaradorlik 
ko`rsatkichlari iqtisodiy samaradolikni, ya`ni ijtimoiy mehnat unumdorliginint 
oshishi mezonini to`g`ri aks ettirishi kerak. Ammo, bu talabga alohida olingan 
ko`rsatkichlardan hech biri to`liq javob bermaydi. 
Turli vaqtdagi kapital mablag`larni va joriy xarajatlarni quyidagi holda 
keltiriladi: 
a) qurilish muddatlari har xil bo`lganda; 
b) kapital mablag`lar qurilish davri ichida bir xilda taqsim etilganda; 


33 
с) qurilishni navbat bilan olib borishga imkoniyat bo`lganda; 
d) ishlatish jarayonida joriy xarajatlar xar xil dinamikaga ega bo`lganda. 
Ma`lum bir obyektni qurish uchun ketadigan xarajatlarning samaradorligini 
aniqlashda, odatda o`zaro bog`liq bo`lgan tarmoqlardagi yoki ishlab chiqarishdagi 
kapital xarajatlar va mahsulotning tannarxi hisobga olinadi. Agar muayyan tadbirni 
amalga oshirish uchun o`zaro bog`liq bo`lgan tarmoqlarda kapital xarajatlar va 
erishilgan iqtisod nazarda tutilsa, samaradorlik miqdori to`g`ri aniqlangan bo`ladi. 
Masalan, issiqlik elektr stantsiyasini qurish yoqilg`i sanoatining rivojlanishi uchun 
va transportni ko`paytirish, yo`llar qurish uchun ajratiladigan kapital 
mablag`larning o`sishiga olib keladi. 
Odatda, kapital xarajatlar muayyan tarmoq yoki obyekt uchun kerak bo`lgan 
aylanma fondlar elementlarini (xom-ashyo, yoqilg`i, muhim yordamchi 
materiallar) ishlab chiqaruvchi o`zaro bog`liq bo`lgan tarmoqlar to`plami uchun 
hisoblanadi. Shu tarmoq yoki obyekt uchun kerak bo`lgan asosiy fondlar 
elementlarini ishlab chiqaruvchi o`zaro bog`liq tarmoq guruhlari uchun esa bunday 
kapital xarajatlar hisobga olinmaydi. Chunki, asosiy fondlarning elementlari ishlab 
chiqarish jarayonida doimo iste`mol etiladi va muayyan obyektning normal ishlab 
turishi uchun ularning yonma-yon turgan tarmoqlarida uzluksiz ravishda ishlab 
chiqarib turishi kifoya. Sababi, asosiy fondlar muayyan obyektda uzoq vaqt ichida 
bir marta iste`mol qilinadi. Kapital mablag`lar samaradorligini hisoblash 
jarayonida o`zaro bog`liq bo`lgan tarmoqlarni nazarda tutish darajasiga kelganda 
zamonaviy EHMlar bunday vazifani muvaffaqiyatli bajarish imkoniyatini beradi. 
Lekin amalda bunday hisoblashga hojat yo`q. Chunki, har bir navbatdagi 
bog`lanish pog`onasida bevosita xarajatlarga qo`shiladigan tutash mablag`lar 
miqdori kamayib boradi va uchinchi tutashgan tarmoqlar doirasidan boshlab 
bevosita xarajatlarning o`sishi juda xam pasayib ketadi. Tutash xarajatlar har bir 
tutashish doirasida oldingi xarajatlarning 25 foizini tashkil qilsin deb, faraz qilaylik 
Bunda bog`lanishning birinchi doirasi bevosita xarajatlarni 25 foizga ko`paytiradi, 
ikkinchisi 6,75, uchinchisi 1,86 foizga va shunga o`xshash. 


34 
Kapital mablag`larni hisoblashda bog`lanish koeffitsienti deb, umumiy 
bog`lanish xarajatlarining asosiy ishlab chiqarishni tashkil etish uchun ketgan 
bevosita xarajatlarga nisbatan tushunish kerak. Bu koeffitsient umumiy 
xarajatlarning asosiy xarajatlardan necha marta ko`pligini ko`rsatadi. Shuning 
uchun xarajatlarning samaradorligini ifodalashda qo`llash nihoyatda zarur. 
Tutashgan kapital xarajatlar ko`pincha bevosita ketgan kapital mablag`lar 
hajmiga nisbatan bir necha marta ko`p bo`ladi. Masalan, bu koeffitsient qora 
metallurgiyada 2,5 ga, avtomobil` sanoatida – 4, alyuminiy ishlab chiqarishda 3,7 
ga teng. 
Masalan, tannarx faqat korxonaning mahsulot ishlab chiqarish uchun 
sarflangan xarajatlarinigina aks ettiradi. Bunda qo`shimcha mahsulot nazarda 
tutilmaydi. Mehnat unumdorligi ko`rsatkichida esa, buyumlashgan mehnat sarfi 
aks etmaydi. Kapital mablag`larning solishtirma birligi xarajatini ifodalovchi 
ko`rsatkichlar esa korxonada sarflangan xarajatlarni o`zida mujassamlashtirmaydi 
va shuning uchun iqtisodiy samaradorlikni to`la ifodalab bermaydi. Rentabellik 
ko`rsatkichi esa ishlab chiqarish, taqsimot va muomala sharoitlarini nazarda tutgan 
holda aniqlanadi, shuning uchun bu ko`rsatkich haqiqiy iqtisodiy samaradorlikni 
noto`g`ri ifodalanishi mumkin. 
Asosiy ko`rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
kapital mablag`larning solishtirma birligi; mahsulot tannarxi, mehnat 
unumdorligi, qo`shimcha kapial mablag`larning qoplanish muddati yoki 
samaradorlik koeffitsienti. 
1. Kapital mablag`larning solishtirma birligi deb, ishlab chiqarish 
quvvatlarining ishga tushirish uchun yoki tayyor mahsulotlarning natural yoki 
qiymat ifodada o`sishi uchun ketgan kapital mablag` miqdoriga aytiladi. Bu 
ko`rsatkichni qo`llanish uchun yangi texnika va texnologiyani joriy etish, ishlab 
chiqarishni tashkil etishda eng yangi, progressiv usullarni joriy etish va boshqa 
omillarni ko`zda tutgan holda har bir sanoat tarmog`i uchun kapital mablag`ning 
solishtirma birligi hisoblab chiqiladi. 
2.
Mahsulot 
tannarxi 
iqtisodiy 
samaradorlikni 
tavsiflovchi 
asosiy 


35 
ko`rsatkichlardan biridir. Variantlarni taqqoslanayotganda shunday tannarx 
ko`rsatkichi olinishi kerakki, uning tarkibiga ishlab chiqarilayotgan mahsulotni 
iste`mol qiluvchiga tashib berish uchun ketadigan xarajatlar ham kirgan bo`lsin. 
3.
Mehnat unumdorligi ishlab chiqarilayotgan mahsulotni ishchilar soniga 
emas, balki korxona yoki tarmoqparda bevosita ishlab chiqarish bilan band bo`lgan 
ishlovchilar soniga bo`linib topiladi. Iqtisodiy samaradorlikni kunlik yoki oylik 
mehnat unumdorlikni emas, balki bir soatda erishilgan mehnat unumdorligi 
aniqroq ifodalaydi. 
4.
Qo`shimcha kapital mablag`lar samaradorlik koeffitsienti taqqoslana-
yotgan variantlar mahsulot tannarxlari ayirmasidan olingan miqdorni bu variant-
larni joriy etishga kerak bo`lgan kapital mablag`lar ayirmasidan kelib chiqqan 
miqdorga nisbati bilan topiladi. Bu ko`rsatkich qo`shimcha kapital mablag`larning 
xar bir so`miga mahsulot tannarxining kamayishi natijasida olinadigan iqtisodiy 
samarani ifodalaydi. 
5.
Qoplanish 
muddati 
yoki 
qo`shimcha 
kapital 
mablag`larning 
samaradorlik koeffitsienti ushbu formulalar bilan topiladi. 
2
1
2
1
2
1
2
1

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish