Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

Nazorat savollari: 
1.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti va sanoat sohalarining shakllanishi. 
2.
Davlatning iqtisodiyot, jumladan, sanoat sohasidagi tarkibiy o`zgarishlarga 
tegishli siyosati.
3.
Iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlarni ta`minlash deganda nimalar tushuniladi?
4.
Tarmoq va tarmoq tuzilmasining tushunchasi. 
5.
Tarmoqlarning iqtisodiy guruhlanishi. 


27 
III BOB.
SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING IQTISODIY VA IJTIMOIY 
SAMARADORLIGI
 
Reja: 
3.1. Ishlab chiqarish samaradorligining mohiyati va mezoni. 
3.2. Iqtisodiy samaradorlikni tavsiflovchi ko`rsatkichlar.
3.3. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish omillari va yo'llari. 
Tayanch iboralar:
Iqtisodiy samaradorlik, ishlab chiqarish samaradorligi, 
nisbiy samaradorlik, fan-texnika taraqqiyoti, mahsulot tannarxi,
 
 
3.1. Ishlab chiqarish samaradorligining mohiyati va mezoni. 
Bozor iqtisodiyotining o`tish sharoitida har bir qilingan ishning, yangi 
qurilishning, jalb etilgan investitsion mablag`larning iqtisodiy samaradorligini 
oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham moddiy ishlab chiqarish-
ning yetakchi tarmog`i hisoblangan sanoatda joriy etiladigan har bir tadbirning 
iqtisodiy samaradorlik darajasini to`g`ri va mufassal aniqlash ishlab chiqarish-
xo`jalik faoliyatini ilmiy asosda rejalashtirishni maqsadga muvofiq tashkil 
etishning, xo`jalik ishlari sifatini sanoatning har bir tarmog`ida hamda alohida 
korxonada boshqarishni ob`yektiv baholashning muhim omilidir. Iqtisodiy 
samaradorlikni aniqlash zaruriyatini bozor holatini baholash, loyihalarni baholash, 
narx va mahsulot hajmini aniqlash va kelgusi ishlarni amalga oshirishni 
bashoratlashda doimo sezib turamiz. Bu esa sanoatda ijtimoiy mehnat xarajatining 
samaradorligini aniqlash uslubiyati va uslubi oldiga katta talablar qo`yadi. 
Ma`lumki, mahsulot ishlab chiqarilishida ijtimoiy mehnat sarflanishi talab etiladi. 
Lekin, bir xil mahsulotni ishlab chiqarish uchun har xil miqdorda ijtimoiy mehnat 
sarf qilinishi mumkin. Shuni ham nazarda tutish kerakki,fan-texnika taraqqiyoti 
hamda mahsulotishlab chiqarish texnologiyasi va sharoitlari to`xtovsiz o`zgarishi 
natijasida mahsulotning har bir birligi uchun kerak bo`lgan buyumlashgan mehnat 
xarajati kamayib boradi. 


28 
Sanoat mahsulotini qaysi usul va vositalar bilan ishlab chiqarishmasalasini 
xal etish ko`p jihatdan sanoat ayrim tarmoqlarida ishlab chiqarish fondlarini barpo 
qilishga, texnik qurollantirishga va ishlab chiqarishni tashkil etishga sarf 
qilinadigan kapital mablag`lar miqdoriga bog`liq. Biroq ishlab chiqarish fondlarini 
barpo qilish va ularni kenggaytirilgan takror ishlab chiqarishga, texnik qayta 
qurollantirishga yo`naltiradigan kapital mablag`larning hajmi har bir davr uchun 
yalpi milliy dromad miqdori hamda uning iste`mol qilinadigan va jamg`ariladigan 
qismlarga taqsimlash xarakteri bilan belgilanadi. Shu sababdan ham bozor 
iqtisodiyoti sharoitida kishilarning sanoat mollariga bo`lgan ehtiyojlarini to`la 
qondira borish uchun kapital mablag`larni eng ko`p samara beradigan qilib 
sarflamoq lozim. Xulosa qilib aytganda, agarda kapital mablag`larning hajmi miliy 
daromadning va uning jamg`ariladigan qismini hajmiga bog`liq bo`lsa, milliy 
daromadning o`sishi,binobarin, halq moddiy- ma`naviy farovonligining yana 
yaxshilanishi bu kapital mablag`lardan va ular orqali bunyod etilgan asosiy 
kapitallardan samarali foydalanishga bevosita bog`liqdir. 
Ishlab chiqarish ayrim sohalarini rivojlantirish masalasi mahsulot birligiga 
sarf qilinadigan xarajat miqdori va mahsulot ishlab chiqarish muddatlari bo`yicha 
bir biridan farqlanuvchi bir nechta yo`llar bilan hal etilishi mumkin. Chunonchi, 
xalq xo`jaligining mahsulot u yoki bu turiga bo`lgan ehtiyojini quyidagicha ta`min 
etish mumkin: a) bir xildagi yoki biri ikkinchisining o`rnini bosa oladigan 
mahsulot turlarini ishlab chiqarish; b) yangi korxonalar qurish yoki ishlab 
turganlarini kengaytirish va rekonstruktsiyalash; v) mamlakatning boshqa-boshqa 
iqtisodiy hududlarida turli katta-kichiklikda ixtisoslashuv darajasi har xil bo`lgan 
korxonalar barpo qilish; g)yangi texnika, texnologiyaning turli xil vositalarini 
qo`llash, xom ashyo turlarini va ishlab chiqarishni tashkil etish shakllarining 
maqsadga muvofiqlarini tanlab olish va shunga o`xshashlar. Sarflangan xarajatlar 
jamiyat ehtiyojlarini xar tomonlama qondirishga imkon beradigan bo`lgandagina u 
samarali hisoblanadi.Bunday xarajatlar mehnat sarfining har bir birligiga eng qisqa 
muddat ichida mahsulot ishlab chiqarishning maksimal o`sishini ta`minlaydi. 
Iqtisodiy samaradorlik pirovardida ijtimoiy mehnat unumdorligining o`sishida 


29 
namoyon bo`ladi. Demak, ijtimoiy mehnat unumdorligining darajasi butun ishlab 
chiqarish samaradorligining asosiy mezonidir. 
Ishlab chiqarish samaradorligining mezoni bo`lgan ijtimoiy mehnat 
unumdorligini oshirish mablag`larni turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlar 
o`rtasida iqtisodiy jihatdan asoslangan holda taqsimlashga, mablag`larni tejamli 
sarflash variantlarini to`g`ri tanlab olishga bog`liqdir. Ijtimoiy xarajatlarning 
iqtisodiy samaradorlik darajasi hoh uning ayrim tarmoqlarida bo`lsin, hoh butun 
ishlab chiqarish miqyosida bo`lsin, sanoat mahsulotining u yoki bu turini ishlab 
chiqarishning eng foydali variantini tanlab olishga bog`liqdir. Sanoatni va uning 
ayrim tarmoqlarini bozor iqtisodi sharoitida muvaffaqiyat bilan rivojlantirishda 
asosiy fondlarni ko`paytirish uchun, texnika bilan qurollantirish uchun va ishlab 
chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish uchun sarf qilinadigan xarajatlarning 
iqtisodiy samarasini to`g`ri va aniq usullar bilan topish nihoyatda muhimdir. 
Iqstisodiy samaradorlikka xalq xo`jaligi va uning yetakchi tarmoqlarini bozor har 
tomonlama o`rganish orqali perspektiv rejalashtirish, loyihalashtirilayotgan 
qurilish ob`yektlarini va yangi texnikani eng progressiv va tejamli variantlarini va 
boshqa qator tadbirlarni amalga oshirish yo`li bilan erishiladi. 
Ammo ijtimoiy mehnat sarfining mutloq (absolyut) va nisbiy (qiyosiy) 
iqtisodiy samaradorligini oshirish zarur. 
Mutloq samaradorlik har doim olinadigan natijani uni olish uchun zarur 
bo`lgan harakatlarga nisbatini ifodalaydi. 
Nisbiy samaradorlik bir variantning ikkinchi variantga nisbatan iqtisodiy 
afzalligini va foydalilik darajasini ifodalaydi.Turli xil xo`jalik va texnikaviy 
vazifalarni hal etishning variantlari quyidagilardan iborat: 

yangi korxonani qurish yoki ishlab turganini kengaytirish va qayta 
jihozlash; 

bir-birining o`rnini bosa oladigan xom ashyolardan foydalanish va 
mahsulotlar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish; 

eski texnika o`rniga, yangi takomillashgan, unumdor va sifatlilarini 
kiritish; 


30 

ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va korxonalar birligini tanlash; 

quriladigan korxonalar joyini tanlash; 

ishlab chiqarish quvvatini oshirish yo`llari va ishlab chiqarishni tashkil 
etish usullarini tanlash; 
Mutloq va nisbiy samaradorlikni hisoblash ishlari bir-birini to`ldiradi va 
birgalikda mo`ljallangan kapital qo`yilmalarning samaradorligini ta`minlaydi. 
Eng foydali variantlarni tanlash ishlab chiqarishning mutloq samaradorligi 
ko`rsatkichlarini taqqoslashga asoslanadi. 
Mutloq samaradorlik – foyda, daromad, tejam olish maqsadida reja 
topshiriqlarini ishlab chiqarishda aniqlanadi. Bunda sarflangan xarajat va 
resurslardan olinadigan haqiqiy samarani olish ko`riladi. 
Nisbiy samaradorlik – variantlarning birortasining afzalligini, foydaliligini 
texnik – iqtisodiy jihatdan asosash uchun hisoblab chiqiladi. Bunda natija sifatida 
mahsulot tannarxini kamayishi o`rganiladi. Yangi texnika va boshqa tadbirlar 
uchun sarflangan kapital mablag`lari samaradorligini ta`minlash mahsulot 
tannarxini kamaytirish hisobiga erishladi. 
Nisbiy samaradorlikni aniqlash usuli bir xil hajmdagi mahsulot tannarxining 
kamayishiga asoslanadi. 
Mutloq samaradorlik esa mahsulotning xili va hajmidan qat`iy nazar milliy 
daromad yoki foydaning miqdoriga asoslanadi. 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish