Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment


 Kapital qiymatini baholash va uni muqobillashtirish



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

 
15.3. Kapital qiymatini baholash va uni muqobillashtirish. 
Moliyaviy menejer 
moliya, kredit, moliyaviy menejment, buxgalteriya 
hisobi nazariyasini, moliya sohasidagi O`zbekiston respublikasi qonunchiligini, 
kredit, bank, birja va valyuta faoliyatlarini, moliya bozorlari (kapital bozori, kredit 
resurslari bozori, qimmatli qog`ozlar bozori, valyuta bozori) da bo`ladigan operat-
siyalar tartibini, xo`jalik subyektlari iqtisodiy asoslarini, tashqi iqtisodiy faoliyatni, 
soliqqa tortishni, iqtisodiy tahlil metodi va metodologiyasini bilishi kerak. Ayniqsa 
moliyaviy menejerning bug`alteriya balansini va xo`jalik subyektining moliyaviy 
vositalaridan foydalanishini xarakterlaydigan shu kabi hisobotlar (qolgan 4 ta 
hisobot shakli)ni o`qiy olishi muhimdir.
Moliyaviy menejer 
moliyaviy axborotlar(ichki va tashqi)ni tekshirib 
chiqish, moliyaviy faoliyat natijalari va kapital qo`yilmalar bo`yicha tadbirlar 
samarasini tahlil qilish, moliyaviy reja tuzish, tuzilgan moliyaviy dasturlarning 
samarasi va ratsionalligini baholash, moliyaviy resurslardan foydalanish bo`yicha 
hisobot tuzishni bilishi kerak.


224 
Moliyaviy mexanizm 
– 
bu moliyaviy resurslardan foydalanishni tashkil 
qilish, rejalashtirish va rag`batlantirishni bildiruvchi moliyaviy richaglar ta`siri 
yig`indisidir. Moliyaviy mexanizm 
– 
bu moliyaviy munosabatlarni boshqarish 
usullari yig`indisi.
Moliyaviy menejment 
korxona moliyaviy resurslarini shakllantirish, 
taqsimlash va foydalanishi bilan bog`liq tamoyil va metodlar tayyorlashda va 
boshqaruv qarorlarini amalga oshirishda hamda uning pul mablag`lari oborotini 
tashkillashtirishda o`zini namoyon etadi. 
Korxona 
moliyaviy 
faoliyatini 
samarali 
boshqarish 
moliyaviy 
menejmentning asosiy tamoyillarini amalga oshirishni ta`minlaydi. Bu tamoyillar 
umumiy menejmentning bir qismi bo`lib, quyidagilar hisoblanadi: 
1. Umumiy boshqaruv tizimida integratsiyalashuvi. 
2. Korxona rivojining strategik maqsadiga qaratilganlik.
3. Moliyaviy boshqaruv qarorlari tanlovi jarayoni optimalligi.
4. Boshqaruv qarorlari shakllanishining kompleks xarakterligi.
5. Yuqori tebranuvchan boshqaruv tashkiliyligi. 
Debitorlar tarkibiga: 
> xaridorlar va buyurtmachilarning qarzi; 
> ajratilgan bo`linmalarning qarzi; 
> sho`ba va qaram xo`jalik jamiyatlarining qarzi; 
> xodimlarga berilgan bo`naklar; 
> mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga berilgan bo`naklar; 
> byudjetga soliq va yig`imlar bo`yicha bo`nak to`lovlari; 
> maqsadli davlat jamg`armalari va sug`urtalar bo`yicha bo`nak to`lovlari 
> ta`sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo`yicha qarzi; 
> xodimlarning boshqa operatsiyalari buyicha qarzi; 
> boshqa debitorlik qarzlari 
Korxonada kredit siyosati va mezonlari ishlab chiqilar ekan bunda quyidagi 
omillarni hisobga olish lozim: 
1. Sotish darajasi. 


225 
2. Inkassatsiyaga xarajatlar. 
3. Inkassatsiyaning o`rtacha davri. 
4. Chorasiz qarzlar darajasi. 
Albatta, kredit barcha firmalarga emas, balki kreditga qurbi yetmaganlarga 
beriladi. To`lash va moliyaviy barqarorlikni diqqat bilan ko`rib chiqib, qarz oluv-
chining moliyaviy ahvoli tahlilini o`tkazish zarur. Ma`lumotni bevosita qarz oluv-
chidan ushbu qarz oluvchi ishlaydigan boshliqqa firmalardan, qarz oluvchining 
moliyaviy ahvoli tahlilini o`tkazish zarur. Ma`lumotni bevosita qarz oluvchidan 
ushbu qarz oluvchi ishlaydigan boshliqqa firmalardan, qarz oluvchining bankidan 
va boshqalardan olish mumkin. Chet ellarda turli birlashmalarning kreditga qurbi 
etishi haqidagi ma`lumotlarning kreditga qurbi etishi haqidagi ma`lumotlarni 
sotuvchi maxsus firmalar (Dun&Brandstreet) mavjud. So`ngi xulosani qabul 
qilishda kreditning besh tavsifi hisobga olinadi: 
1. Qarz oluvchi haqida tavsifnoma. 
2. Kreditga qurbining etish, etmasligi. 
3. Mablag`. 
4. Kreditni ta`minlash. 
5. Qarz oluvchi firmasining kelgusi rejalar. 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish