Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

Nazorat savollari: 
1.
Subyektlarning asosiy va aylanma kapitallarini boshqarishda moliyaviy 
axborotlardan foydalanishning qanday usullari mavjud? 
2.
Subyekt aktivlarining iqtisodiy mohiyati nimada bo`lib hisoblanadi? 
3.
Subyekt aktivlarining shakllanishi, baholash va ularni boshqarish qanday 
amalga oshiriladi? 
4.
Liverdj deganda nimani tushunasiz? 
5.
Sof daromadning qiymati nimalarga bog`lik bo`ladi? 


219 
XV BOB.
KAPITALLARNI BOSHQARISH. 
 
Reja: 
15.1. Korxona kapitalini iqtisodiy mohiyati va guruhlanishi. 
15.2. Korxona kapitalini shakllantirish tamoyillari. 
15.3. Kapital kiymatini baholash va uni muqobillashtirish. 
Tayanch iboralar: 
korxona kapitali, pul oqimlari, naqd pul aylanishi, 
moliyaviy menejer 
 
15.1. Korxona kapitalini iqtisodiy mohiyati va guruhlanishi. 
Biznes subyektlarining moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishda 
pul 
oqimlarini
to`g`ri rejalashtirish va boshqarish muhim rol o`ynaydi. Pul oqimlari 
tadbirkorlik subyektining bir yil davomidagi barcha sarflangan va kirim qilingan 
pul mablag`larining harakatini ifodalaydi. Subyektning «pul oqimlari» tushunchasi 
o`zida faoliyatining uzluksizligi jarayoni davomida pul mablag`lari tushumi va 
chiqimining taqsimlanish yig`indisini aks etiradi. 
Pul oqimlarini to`g`ri rejalashtirish va boshqarish nisbatan murakkab vazifa 
bo`lib, u endigina amaliyotga kirib kelmoqda. Shuningdek, moliyaviy hisobotining 
shakllaridan biri ham «pul oqimlari to`g`risida»dir. 
Biznes subyektlarining pul oqimlaridan unumli foydalanish quyidagi 
vazifalarni yechishga yordam beradi: 

u tadbirkorlik subyektining «moliyaviy qon aylanish tizimi» bo`lib, 
samarali tashkil etilganda moliyaviy barqarorlikni ta`minlaydi; 

pul oqimlarini oqilona shakllantirish xo`jalik operatsion faoliyatining bir 
maromda va doimiy amal qilishini ta`minlaydi; 

pul oqimlarini samarali boshqarish qarz mablag`lariga, ya`ni chetdan jalb 
qilingan kapitallarga bo`lgan ehtiyojlarni qisqartiradi; 

pul oqimlarini boshqarishning faol tizimiga ega bo`lish o`z mablag`laridan 
samarali foydalanishni, ichki moliyaviy manbalarni shakllantirishni ta`minlaydi;


220 

pul oqimlarini to`g`ri boshqarish xo`jalik kapitalining aylanishini 
tezlashtiruvchi moliyaviy dastak hisoblanadi; 

pul oqimlaridan samarali foydalanish tadbirkorlik subyektining to`lov 
qobiliyatini oshiradi va maqsadli foyda miqdoriga erishishga yordam beradi; 

pul oqimlarini samarali boshqarish shakllariga ega bo`lish, qo`shimcha 
foyda olishni, bevosita pul aktivlari bo`yicha ijobiy natijalarga erishishni, ya`ni 
vaqtincha bo`sh turgan pul mablag`laridan samarali foydalanishni ta`minlaydi. 
Tadbirkorlik subyektlari «pul oqimlarini boshqarish» tushunchasi o`zida 
xo`jalik faoliyati uchun xizmat qiluvchi turli shakldagi pul oqimlari tarkibini aks 
ettiradi. Buning mohiyatini pul oqimlarini boshqarishda ularning alohida xususi-
yatlariga qarab aniqlash talab etiladi. Bunday pul oqimlarini guruhlashtirishni 
quyidagi asosiy belgilari bo`yicha tashkil qilish taklif kilinadi. 
1. Pul oqimlari xo`jalik faoliyatiga xizmat qilish jarayonlarining hajmi 
bo`yicha quyidagi shakllarga ajratiladi: 

korxona bo`yicha to`liq pul oqimlari; 

korxona xo`jalik faoliyatining alohida shakllari bo`yicha pul oqimlari; 

alohida tarkibiy tuzilmalari (javobgarlik markazlari) bo`yicha pul 
oqimlari; 

alohida xo`jalik operatsiyalari bo`yicha pul oqimlari. 
2. Xalqaro hisob standartlariga mos ravishda xo`jalik faoliyatining shakllari 
bo`yicha pul oqimlarining turlari quyidagilarga ajratiladi: 

operatsion faoliyat bo`yicha pul oqimlari; 

investitsiya faoliyati bo`yicha pul oqimlari; 

moliyaviy faoliyat bo`yicha pul oqimlari. 
 3. Pul mablag`larining harakat yo`nalishlari bo`yicha pul oqimlari ikki 
asosiy shaklga ajratiladi: 

ijobiy pul oqimlari («pul mablag`larining kirimi»); 

salbiy pul oqimlari («pul mablag`larining chiqimi»). 
 4. Hajmini hisoblash usullari bo`yicha pul oqimlari quyidagi shakllarga 
ajratiladi: 


221 

yalpi pul oqimlari; 

sof pul oqimlari. 
 5. Hajmining yetarlilik darajasi bo`yicha pul oqimlari quyidagi shakllarga 
ajratiladi: 

pul oqimlarining yetarliligi; 

pul oqimlarining yetishmasligi (defitsitligi). 
6. Pul oqimlari davrda baholash usullari bo`yicha quyidagi shallarga 
ajratiladi: 

joriy pul oqimlari; 

kelgusidagi pul oqimlari. 
7. Pul oqimlari quriladigan davrda shakllantirilishining uzluksizligi 
bo`yicha quyidagi shakllarga ajratiladi: 

doimiy pul oqimlari; 

vaqtinchalik pul oqimlari. 
 8. Doimiy pul oqimlari vaqt oralig`niing barqarorligi bo`yicha quyidagi 
shakllarga ajratiladi: 

doimiy pul oqimlarining bir xil vaqtdagi oralig`i; 

doimiy pul oqimlarining har xil vaqtdagi oralig`i. 
Kichik tadbirkorlik subyektining pul oqimlarini boshqarish jarayoni 
quyidagi asosiy tamoyillar asosida amalga oshiriladi.
1. Axborotlarning ishonchliligi tamoyili
.
2. Balanslashtirilishi tamoyili.
3. Samaradorlikni ta`minlash tamoyili.
4. Likvidlikni ta`minlash tamoyili.

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish