213
energiya va boshqa resurslardan to`g`ri foydalanish, ularni ishlab chiqarishda
qo`llash, iqtisodlilik
tamoyiliga rioya qilish, material xarajatlarini kamaytirish,
arzon, lekin sifatli materiallarni ishlab chiqarishda qo`llash yo`li bilan amalga
oshirilishi mumkin. Shuni ta`kidlashimiz lozimki, ishlab
chiqarishni tashkil qilish
va uning samaradorligini oshirish avvalom bor aylanma mablag`lardan to`g`ri
foydalanishga bog`liq.
Qisqa muddatli aktivlar esa aksariyat hollarda aylanma mablag`lar deb
nomlanib bunday mablag`lar bir hisobot davri mobaynida foydalaniladigan,
sotiladigan va iste`mol qilinadigan mablag`lardir.
Moliyaviy qarorlarni qabul qilish uchun zarur bo`lgan aylanma mablag`lar
tarkibi quyidagi guruhlarga ajratatiladi:
- pul mablag`lari;
- qisqa muddatli moliyaviy quyilmalar;
- debitorlik qarzlari;
- moddiy-ishlab chiqarish zahiralari.
Subyektlarda aylanma mablag`larni boshqarish aylanma mablag`larning
aylanishi, samaradorlik ko`rsatkichlarini moliyaviy baholash ko`rsatkchilari
asosida aniqlanadi. Bunday ko`rsatkichlar tizimiga quyidagilar kiritiladi:
- xom ashyo va materiallarning aylanuvchanligi;
- kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligi;
- tayyor mahsulotning aylanuvchanligi;
- debitorlik qarzlarining aylanuvchanligi;
- pul mablag`larining aylanish davri.
Tadbirkorlik faoliyati moliyaviy mablag`larini jarayonida muhim o`rinni
korxonaning aylanma mablag`lari egallaydi.
Korxona aylanma mablag`lari quyidagi ko`rinishlarda bo`ladi:
- tovar moddiy zaxiralari qiymati;
- tugallanmagan ishlab chiqarish;
- ishlab chiqarish va muomaladagi joriy xarajatlar;
- muomala jarayonidagi pul xarajatlari;
214
- mehnat haqi va boshqalar.
Komplekt buyumlar, zapas qismlar va idishlar baholanadi.
Haqiqiy
tannarxga yana quyidagi xarajatlar qo`shiladi:
- moddiy resurslarni keltirish uchun qilingan xarajatlar;
- kredit foizini to`lash uchun qilingani xarajatlar;
- ustama va qo`shimchalar, kombinatsion xarajatlar, ta`minotchi tashkilot-
larga to`lovlar, tashqi iqtisodiy faoliyatga to`lovlar,
birjaga qilinadigan xarajatlar,
transport xarajatlari, tovarlarni saqlash va boshqa xarajatlar. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida moddiy resurslarning baholari o`zgarib turadi.
Shuningdek, resurslarni
yetkazib kelish bo`yicha xarajatlar xam o`zgaruvchan xarakterda bo`ladi. Muvofiq
ravishda tovar moddiy zahiralar qiymatini baholashda baholash amalga
oshirilayotgan payt ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Tovar moddiy zaxiralarni baholashda quyidagi
yondashuvlar mavjud
bo`lishi mumkin:
- joriy bahoda baholash;
- material resurslarni haqiqiy sotib olingan bahoda baholash;
- sotib olingan materiallarni o`rtacha baholar orqali baholash. Joriy bahoda
baholash moddiy zaxiralarni ishlab chiqarishga sarflanishida ularning oxirgi
Do'stlaringiz bilan baham: