Uslubiy qo`llanma suzish va uni o'qitish metodikasi andijon 2012



Download 336,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/44
Sana08.02.2022
Hajmi336,68 Kb.
#437378
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44
Bog'liq
suzish va uni oqitish metodikasi

Oyoqlar harkati.
Oyoqlar uzatib yuborilgan bir-biriga birlashtirilgan, oyoqlar uchi ham 
cho'zilgan bo'ladi. Harakat boshlanishi bilan ikkala oyoq tizzadan va chanoq son bo'g'imlaridan 
bukiladi. Shu paytning o'zida oyoqlar tizzadan ikki yon tomonga elka kengiligida keriladi va sal 
pastga tushiriladi. Oyoqlar bir yo'la tez harakat qilib suvga yuqoridan pastga bosadi. Bu harakat 
shartli ravishda tepish degan nom olgan, biroq buni aniqroq qilib tez bosish desa bo'ladi. Tepish 
so'zi ko'proq qo'llanayotganini ko'zda tutib, oyoqlarning tez suvga botirilishi tepish ma'nosini 
bermasa ham keyinchalik o'sha so'z ishlatiladi. Bu harakat boshlanganda bel va dumba bir oz 
pastga tushiriladi. Oyoqlar yana dastlabki holatga keltiriladi, oyoqlarni suvga botirish davom 
etadi. Delfin usulida suzganda bosh bilan elkani suvga chuqur botirmaslik, gavdani to'lqinsimon 
harakatlantiravermaslik kerak, chunki bu harakat suzuvchining yo'lini uzaytirish bilan birga 
qo'shimcha qarshilik tug'diradi, suzish suratini pasaytiradi, nihoyat suzuvchining oldinga suzish 
tezligini kamaytiradi. Maxsus tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, suzuvchining gavdasining yuqori 
qismi birmuncha tebranib turadi. To'lqinsimon harakat esa, ko'pincha gavdaning pastki qismi va 
oyoqlar bilan bajariladi. Delfin usulida suzishning -qo'l va oyoq harakatlari hamda nafas olishni 
bir-biriga moslab olib borishning uch turi bor. Bular bir tepish, ikki tepish va uch tepishdan 
iborat delfindir. Bular orasida ikki tepishdan iborat delfin usulida eng ko'p tarqalgan. Bu usulda 
suzganda qo'l bilan bir marta nafas olinadi va nafas chiqariladi. Bu turda dastlab gorizontal 
holatda, bosh suvga botiriladi, nafas chiqariladi, dumba pastga tushiriladi. Shu payt tizzalar 
bukiladi. Birinchi tepishga tayyorlaniladi, qo'llar esha boshlaydi. Qo'llar eshishning yarmiga 
etganda ikkala qo'l bilan birinchi marta tepiladi. Oyoqlar suvga tezgina botiriladi. Qo'llar 
eshishning yakunlovi, oxirgi qismiga o'tganda tepish tugaydi. Eshishning ikkinchi yarmida bosh 
ko'tariladi va og'iz suvdan chiqadi, nafas olinadi. Eshib bo'lgandan song qo'llar quloch ochib 
oldinga tashlanadi, oyoqlar suv ustiga yaqin ko'tariladi, nafas olish tamom bo'ladi, harakatning 
kelgusi bosqichida yuz suvga botiriladi, qo'llar suv ustiga tashlanadi, oyoqlar ikkinchi tepishga 


16
tayyorlanib, egiladi. Nafas chiqarish boshlanadi. Delfin usulida suzganda harakatning ikki-uch 
sikli davomida nafas olmay turish qanchalik maqsadga muvofiq ekanligini sekundomer bilan 
aniqlash mumkin. Agar suzuvchi ikki-uch sikl nafas olmay turib suzish texnikasini o'zlashtirib 
olsa va o'z natijalarini yaxshilayotgan bo'lsa, bunday texnikadan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. Ba'zan shunday bo'ladiki, qisqa masofaga nafas olishni to'xtatib suzish qulayroq, 
uzoqroq masofaga esa qulay emas: yoki nafas olishni ikki siklga to'xtatish maqsadga muvofiq, 
ammo, uch siklga to'xtatish mutlaqo foydasiz bo'ladi. Yoxud belgilangan masofani suzib 
o'tganda harakatlarning har ikki -uch siklida bir marta nafas olish qattiq charchatib qo'yadi, 
masofaning bir qismida esa, yaxshi natija beradi. Hamma variantlarni, tashqi ta'surot yoki 
kayfiyatga qaramay sekundomer ishlatib tekshirib qo'yish kerak. Delfin usuli yaqindagina paydo 
bo'lgan, shu tufayli ham uning texnikasi tola takomillashganicha yo'q. 

Download 336,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish