Devorga etib kelish.
Suzuvchi basseyn devoriga etib kelar ekan, ung yoki chap qo'li bilan
devorga tiralib tanasini yonga buradi, buning uchun u qo'l panjasini suv satxida yoki 10-15 sm
unda yuqoridagi devoriga tiraydi. Keyin shu qo'l tirsagidan bukib, tanasini devorga
yaqinlashtiradi. Oyoqlarini tizza va chanoq son bo'g'imlaridan bukib, ularni ham oldinga harakat
qildiradi. Shu bilan bosqich tugaydi.
Aylanish.
Suzuvchi qo'l panjasi bilan devorga tiralar ekan boshi bilan elkasini suvdan
chiqaradi va shu paytning o'zida oyoqlarini qattiq bukadi va pastga tushiriladi. Shu yo'sinda
devorga yaqin keladi. Bo sh qo'li bilan eshish harakatini qilib tanasini aylantiradi. Devorga
tiralgan qo'lini esa yozib nafas oladi. Suzuvchi qo'lini butunlay yozib devordan olarkan, endi
oyoqlarini devorga tiraydi, ikkinchi qo'lini esa oldinga uzatadi, bu paytda bosh bilan elkani
suvga botgan, yonbosh tomonlari o'zgargan. Oyoqlar tizzadan bukilgan holda bosh qo'llar
orasida turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |