Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/259
Sana13.06.2022
Hajmi2,82 Mb.
#662873
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   259
Bog'liq
Uslubiy majmua

Butun va qism.
O‗zaro bog‗langan soddaroq narsalardan tashkil topadigan har qanday 
predmetning murakkab tuzilishini ifodalovchi falsafiy kategoriyalarning ayrim nisbatan ajralmas 
majmuani tashkil etadi.
Predmetni (butunni) tashkil etuvchi narsalar uning qismlari hisoblanadi
.
Butunni tashkil 
etuvchi qismlarni birlashtiradigan bog‗lanish predmetga yaxlitlik baxsh etadi, ya‘ni butunga xos 
bo‗lgan, lekin uni tashkil etuvchi qismlarga ularning tarqoqlik holatiga xos bo‗lmagan integrativ 
xossalar va qonuniyatlar paydo bo‗lishiga olib keladi. 


63 
Butun o‗zini tashkil etuvchi qismlarning birligidir. U o‗z qismlarining o‗zaro aloqasi 
tufayli mavjud bo‗lib, bu aloqaning barqarorligi mazkur butunning tuzilishida o‗z ifodasini 
topadi.
Butun va qism tushunchalari qadimgi yunon falsafasidayoq ma‘lum bo‗lgan. Butunni 
o‗rganishga nisbatan yondashuvlarni belgilashda yuzaga kelgan ziddiyatlarni echish qiyinchilik 
tug‗dirgan. Ma‘lumki, Dekart o‗zining metod haqidagi mulohazalarida har qanday predmetni 
o‗rganishni bilish vazifasini echish uchun bu predmetni necha qismga ajratish kerak bo‗lsa, 
shuncha qismga ajratishdan boshlashni tavsiya etadi. Demak, butun - qismlar yig‗indisi deyish 
ham mumkin. Ammo bu fikr faqat qisman to‗g‗ri, chunki butun o‗zini tashkil etuvchi 
qismlarning oddiy yig‗indisi bilan izohlanishi mumkin emas. Masalan, qurilish materiallari bir 
uyumga to‗kilsa, bino paydo bo‗lmaydi. Qarama-qarshi yondashuv butunning ustunligini tan 
olishni nazarda tutadi. Bu holda butunni bilish qismlarni bilishdan oldin keladi. Ammo 
butunning o‗ziga xosligi uni tashkil etuvchi qismlardan kelib chiqmaganidek, qismning xossalari 
ham butundan kelib chiqmaydi. Natijada qoniqarli echimini topish mushkul bo‗lgan yaxlitlik 
antinomiyalari yuzaga keldi, chunki qarama-qarshi fikrlarning har birini amaliyotdan olingan 
misol bilan isbotlash va xuddi shuningdek, amaliyotdan olingan misol bilan rad etish mumkin. 
Masalan, butun qismlarning yig‗indisidir, degan qoidaga butun o‗zini tashkil etuvchi qismlar 
yig‗indisidan ko‗proqdir, degan qarshi qoida zid keladi. Qismlar butundan oldin paydo bo‗ladi, 
degan fikrga butun o‗zining qismlaridan oldinroq paydo bo‗ladi, chunki ularga yangi xossalar 
baxsh etadi, degan fikr zid keladi. Mazkur antinomiyalar bilish metodologiyasida ham bilishning 
qarama-qarshi mo‗ljallarida o‗z ifodasini topadi: butunni bilish uning qismlarini bilish orqali 
amalga oshiriladi, bunga qarshi qoida esa shunday yangraydi: qismlar butunni qismlarga ajratish 
mahsuli sifatida faqat butun haqidagi bilimga muvofiq anglanishi mumkin. Bu esa butun va 
qismning yaxlitlik orqali ifodasida namoyon bo‗ladi. YAxlitlik jumboqlariga quyidagi hodisa 
misol bo‗ladi: har bir atom yadrosining og‗irligi uning tarkibiy qismlari og‗irligining 
yig‗indisidan kamroqdir. «Massa nuqsoni» deb ataladigan bu hodisa massa va energiyaning 
ekvivalentligi bilan izohlanadi. Bu hodisani yaxlitlik jumboqlari nuqtai nazaridan qanday 
tushuntirish mumkin? Mazkur ziddiyatlarni echish butun va qismning aloqasi haqidagi qarama-
qarshi tasavvurlar birligini tan olishni nazarda tutadi. Darhaqiqat, qism butunga bog‗liq bo‗ladi, 
u butundan yangi xossalar oladi. Butun ham qismlarga, biroq ko‗proq darajada – ular o‗rtasidagi 
aloqaning xususiyatiga bog‗liq bo‗ladi.
Butunning uch tipi ma‘lum: 
a) mexanik butun (qum, tosh uyumi, chunki ularning qismlari butunga kiradi va undan 
deyarli o‗zgarmasdan chiqadi); 
b) uyushgan butun, agar qismlarning ko‗rinishi o‗zgarsa; 
v) organik butun, agar qismlar o‗z-o‗zidan rivojlansa (tirik organizmlar).
Qismlar o‗rtasidagi aloqaning xususiyati butunning sifat jihatidan aniqligini, uning 
yaxlitligini belgilaydi. YAxlitlik qismlarning shunday bir aloqasiki, unda butun qismlarining 
birligi ta‘minlanadi, buning natijasida butun tizimlilik, uyushqoqlik xususiyatini kasb etadi. 
Qismlar aloqasining tipi yaxlitlik tipini belgilaydi. Aloqaning strukturaviy (tuzilishning 
bog‗lanishlari), funksional (predmetning faoliyat usulini tavsiflovchi), genetik tiplari 
yaxlitlikning tegishli tiplarini tashkil etadi. YAxlitlikning quyidagi turlari farqlanadi: 
Mexanik yaxlitlikda qismning butunga kamroq bog‗liqligi va butunning qismga sezilarli 
darajada bog‗liqligi kuzatiladi. Masalan, avtomobil g‗ildiragi yoki ruli uning harakatlanishini 
ta‘minlovchi qismlardir, lekin ular o‗z sifatida avtomobildan qat‘iy nazar mavjud bo‗lishi 
mumkin.
Noorganik yaxlitlikda qismlarning butunga bog‗liqligi ortadi, butunning qismga 
bog‗liqligi esa kamayadi. Qismlarning barqaror aloqasi har bir elementga o‗z xossalarini saqlash 
va nisbatan o‗zgarmas bo‗lib qolish imkonini beradi. Masalan, elektron atom tarkibida ham, 
undan tashqarida ham (harakatlanayotgan elektronlarning izchil oqimi sifatida) deyarli 
o‗zgarishsiz qoladi.


64 
Organik yaxlitlikda organik dunyoda nafaqat qismlarning o‗zaro mosligiga, balki 
ularning subordinatsiyasiga ham duch kelish mumkin. Organik tizimlarning qismlari butundan 
tashqarida mavjud bo‗lmaydi. Tanadan uzilgan qo‗l faqat nomigagina qo‗l sanalishini Aristotel 
qadim zamonlardayoq qayd etgan edi.
YAxlitlik tiplari va turlarining tasnifi butunning tabiatini bilish nafaqat uni tashkil 
etuvchi qismlarni, balki qismlar o‗rtasidagi aloqalar xususiyatini ham bilish orqali amalga 
oshirilishini ko‗rsatadi.
Demak butun – narsa, hodisa va uni tashkil etgan qismlarning muayyan tartibda 
joylashuvi va o‗zaro bog‗langan yagonalikning ifodasi. Qism – butun tarkibiga kiradigan, uning 
tarkibidagina o‗z vazifasi (funksiyasi)ni bajara oladigan alohidalik. Masalan, yaxlit bir butun 
sifatidagi H
2
O molekulalarining qismlari – vodorodning ikki atomi va kislorodning bir atomi. 
Butun o‗z qismlarining oddiy yig‗indisidan iborat emas. Ma‘lumki, vodorod yonadi, kislorod 
yonishni quvvatlaydi, lekin suv, albatta, yonishga to‗sqinlik qiladi.
Dialektika butun va qismga ularning dialektik birligi nuqtai nazaridan yondashadi. Butun 
hosil bo‗lganda qismlar xossalarining yig‗indisidan iborat bo‗lmagan yangi sifat vujudga keladi; 
shunga qaramay u qismlar – ularning miqdori va o‗zaro aloqaning muayyan tipi bilan 
belgilanadi. SHu sababli dialektika butunni bilish faqat xossalar, qismlar haqida bilim mavjud 
bo‗lgan taqdirda samarali bo‗lishi mumkin va aksincha, qismlarni o‗rganish butunga doir oldingi 
bilimga tayanishi lozim, deb hisoblaydi.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish