Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/259
Sana13.06.2022
Hajmi2,82 Mb.
#662873
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   259
Bog'liq
Uslubiy majmua

Mazmun va shakl
. Mazmun va shakl tushunchalari, ularning dialektikasi qadimdayoq 
sinchiklab o‗rganilgan. Uyg‗unlik, go‗zallik, mutanosiblik tuyg‗usi, aql va tananing barkamolligi 
qadimgi yunonlar uchun juda muhim bo‗lgan. Ularning tilida shakl tushunchasi tabiatning oddiy 
materiali go‗zal shakl-shamoyil kasb etishiga imkoniyat yaratadigan g‗oya tushunchasining 
sinonimi sanalgan. Aristotel g‗oya, ya‘ni shaklni materiya bilan uzviy deb hisoblagan. Qadimgi 
YUnonistonda mazmun va shakl muammosi qo‗yilgan bo‗lsa, keyingi ming yillikda bu 
muammoni turli yo‗nalish mutafakkirlari echishga harakat qildi.
Mantiqda mazmun tushunchasi uning muhim belgilari majmuini anglatadi. Falsafada 
mazmun narsaning negizini tashkil etadigan, uning mavjudligi, rivojlanishi va shakllarining 
o‗zgarishini belgilaydigan qismlar, elementlarning muayyan tarzda tartibga solingan majmuidir. 
Ko‗rib turganimizdek, mantiq va falsafadagi mazmun tushunchalari bir-birini istisno etmaydi, 
balki bir-birini to‗ldiradi. Demak, mazmun – mazkur narsa, jarayon, hodisani belgilovchi 
elementlar, tomonlar, xossalar, aloqalar va tendensiyalarning yig‗indisi
.
Har qanday narsa, 
hodisa aniq mazmun bilangina emas, balki muayyan shakl bilan ham tavsiflanadi.
SHakl – bu narsalar va jarayonlarning mazmunini belgilovchi tomonlar, xossalar va 
aloqalarni uyushtirish usuli. Boshqacha aytganda, narsaning shakli – bu elementlar o‗rtasidagi 
barqaror ichki aloqalarni uyushtirishning unga yaxlitlik sifatida namoyon bo‗lishi va o‗ziga xos 
bo‗lgan barcha funksiyalarni bajarish imkonini beruvchi usuli.
SHakl – narsaning tuzilishi, strukturasini, mazmun elementlarining uyushish, bir-biri va 
tashqi omillar bilan o‗zaro aloqa qilish usulini tavsiflovchi ichki aloqa
.
SHakl,-deydi Ibn Sino,-
jismlarning mavjudligi qanday bo‗lsa, shunday saqlanishi yoki boshlang‗ich materiyaning 
konkret jismga aylanishidir. SHakl- tabiiy kuch sifatida anorganik jismlarni harakatga keltiradi: 
o‗simlik, hayvon, odam, kosmik ruhni harakatga keltiradigan tabiiy jismlar shaklidir. SHakl-
jismdan konkret narsa va predmet hosil bo‗lishidir. SHakl-jismlarning alohida xususiyati bo‗lib, 
konkret yashash tarzini belgilaydi. SHakl umumiy nom bo‗lib, narsa turini, narsaning 
mavjudligini, ikkinchi marta takomillashishini, mavjudligi va o‗rinli aktuallanishini bildiradi. 
SHaklni aniqlashda narsalar mavjudligi muhim o‗rin egallaydi. Masalan, olov olov shakli 
asosida aktuallashadi va boshqa shaklga o‗tadi. SHakl tufayli jism jism bo‗la oladi. 
Mazmun va shakl tushunchalariga berilgan ta‘riflarning o‗zidayoq biz ularning 
o‗xshashligini payqaymiz, chunki struktura, ichki izchillik – mazmunning ham, shaklning ham 
zaruriy komponenti. SHu sababli mazmunni shakldan faqat abstrakt nuqtai nazardangina ajratish 
mumkin. Ikki o‗xshash mazmunni taqqoslashgina shakl omillarini farqlash imkonini beradi. 
Nafaqat mazmun «shakldor», balki shakl ham mazmunlidir. SHu sababli ayni bir jihat, element 
bir zamonning o‗zida bir predmetning shakli ham, boshqa predmetning mazmuni ham bo‗lishi 
mumkin.
SHakl va mazmunning o‗zaro aloqasi shunda ifodalanadiki, narsaning bu ikki qarama-
qarshi tomonlari bir-biriga o‗zaro ta‘sir ko‗rsatadi. Qadimda mazmun va shakl dialektikasida 
shakl ustun qo‗yilgan, uning yordamida narsa o‗z g‗oyasi (shakli) yoki vazifasi (maqsadi)ga 
muvofiq bo‗lgan muayyan borliq sifatida mavjud bo‗ladi, deb hisoblangan. Keyinchalik fanning 
rivojlanishi va uning falsafaga ta‘siri kuchayishi bilan mazmun va shaklning aloqasi haqidagi 
tasavvurga ham aniqlik kiritilgan. Oddiy sog‗lom fikr bizga shakl nimaningdir, ya‘ni muayyan 
mazmunning shakli bo‗lishi mumkinligini, mazmunsiz shakl hech qanday ahamiyat kasb 
etmasligini ko‗rsatadi. SHu sababli formalizm tanqidi mutlaqo o‗rinlidir. Masalan, san‘atda «sof 
shakllar» bilan o‗yin qilishga urinish shuning uchun ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydiki, o‗zini 
formalist deb hisoblovchi iste‘dodli san‘atkor asarida mazmun baribir mavjud bo‗ladi. Davlatni 
boshqarishda formalizm turlaridan biri sanalgan byurokratizm bilan ham shunday hol yuz beradi. 
O‗z faoliyatini sof formal qoidalarga bo‗ysundiruvchi, sog‗lom fikrga son-sanoqsiz to‗siqlar 


62 
o‗rnatuvchi byurokrat amalda hokimiyat vakolatlari birdan-bir maqsad sanalgan muayyan davlat 
tizimining vakili hisoblanadi. Formalizmning yana bir ko‗rinishi huquqning pozitivistik talqini 
bo‗lib, unga binoan huquq iqtisodiy, siyosiy, axloqiy yoki o‗zgacha asoslashga muhtoj 
bo‗lmagan oliy asosdir. Huquqning mazkur formal-dogmatik talqini qonunchining 
o‗zboshimchaligiga keng yo‗l ochadi. Natijada davlatda nohuquqiy qonunlar ustuvorligi qaror 
topadi.
Narsa shaklsiz ham mavjud bo‗lmaydi. SHuningdek, shakl mazmunga faol ta‘sir 
ko‗rsatadi, narsaga unda mavjud bo‗lmagan xossalarni baxsh etadi. Masalan, ko‗mir, grafit va 
olmosni olaylik. Ularning farqi – faqat molekula strukturasida, ya‘ni shaklda. Ammo hech kim 
bu moddalarni bir-biriga o‗xshatmaydi. Xullas, shakl mazmunga faol ta‘sir ko‗rsatib, yo uni 
takomillashtiradi, yo o‗zini to‗la namoyon etishiga monelik qiladi. SHakl mazmundan nisbatan 
mustaqildir. Bu hol ayni bir mazmunning ko‗plab shakllari mavjudligida, shuningdek shakl 
mazmundan o‗zishi yoki undan orqada qolishida namoyon bo‗ladi. SHu sababli shakl va 
mazmunning uzluksizligi ularning birligi to‗g‗risida so‗z yuritish imkonini beradi. Bunda har bir 
muayyan holda yo shakl, yo mazmun ustunlik qilishi mumkin. SHakl va mazmunning 
nomuvofiqligi yoki qarama-qarshiligi yuzaga kelishiga sabab bo‗ladigan mazkur kategoriyalar 
dialektikasi borliqning har qanday hodisasi o‗zgarishi va rivojlanishining ichki manbai 
hisoblanadi.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish