Uslubiy majmua



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/259
Sana13.06.2022
Hajmi2,82 Mb.
#662873
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   259
Bog'liq
Uslubiy majmua

Umumiylik 
ayrim narsaning muayyan turkumga mansub barcha narsalar bilan 
o‗xshashligini belgilovchi xossalar bilan ifodalanadi. 
Umumiylik yakka narsaning mohiyatini aks ettiradi. Umumiylikni faqat mohiyatni 
aniqlash orqali ochib berish mumkin. YAkkaliksiz umumiylik sezgilar darajasida idrok 
etiladigan belgilardan, yakkalikning betakror individualligi, boyligidan mahrum bo‗lgan 
abstraksiya bo‗lib qoladi. YAkkalik va umumiylikning keltiriladigan ta‘riflari ularni ayni bir 
ayrim ob‘ektning tomonlari sifatida tavsiflaydi. Masalan, hayot bugungi kunda oqsilli jismlar va 
nuklein kislotalarning mavjudlik shakli sifatida tavsiflanadi. Irsiyat va o‗zgaruvchanlik – butun 
tiriklikning umumiy xossalari. Ammo oqsilning kimyoviy tarkibi va ayniqsa tuzilishi har bir 


59 
organizmda individual darajada betakrordir. Bu bir jonzotni boshqa jonzotdan farqlash imkonini 
beruvchi birdan-bir xossadir. Mantiqda yakkalik va umumiylik – tushunchalar tavsifidir. 
Umumiylik tushunchasida ikki va undan ortiq predmet, yakkalik tushunchasida esa – bitta 
predmet tushuniladi. Grammatik jihatdan umumiylik turdosh ot bilan, yakkalik esa – atoqli ot 
bilan ifodalanadi. Falsafada yakkalik va umumiylik borliq hodisalarining o‗xshashligi va 
farqlarini belgilovchi xossalardir.
«YAkkalik» kategoriyasi narsada, hodisada faqat shu narsaga, hodisaga xos bo‗lgan 
jihatni aks ettiradi. «Umumiylik» - bu narsalar va hodisalar o‗rtasida muayyan sifat jihati 
doirasida amalda mavjud bo‗lgan ayniylikdir. YAkkalik ham, umumiylik ham mustaqil mavjud 
bo‗lmaydi. Ayrim narsalar, hodisalar, jarayonlar mustaqil mavjud bo‗ladi. Umumiylik ham, 
yakkalik ham faqat ayrim narsa yoki hodisadagina mavjuddir. Har qanday ayrim narsa yoki 
hodisa qarama-qarshiliklar birligi hisoblanadi. Bir vaqtning o‗zida u ham yakkalik, ham 
umumiylikdir. Har qanday umumiylik ayrim narsa, hodisaning tarkibiy qismi, elementi 
hisoblanadi, chunki u ayrim narsa yoki hodisani to‗liq emas, balki bir yoqlama – narsalarda 
mavjud ayniy jihatlarni aks ettiradi. YAkkalik o‗z mohiyatiga ko‗ra mavhum hisoblangan 
umumiylikdan boyroqdir. Ammo umumiylik narsaning mazmuni, mohiyatini chuqurroq yoritadi 
O‗rta asrlar falsafasida umumiy tushunchalar tabiati haqidagi masala atrofidagi bahs 
uning ishtirokchilari realistlar va nominalistlarga bo‗linishiga olib keldi. Realistlar umumiylikni 
yakkalikdan ajratib, umumiylikni mustaqil holda mavjud hodisa sifatida, narsalar paydo 
bo‗lgunga qadar – narsalarning (Xudo aqlidagi) ilk timsoli sifatida, narsalarda – Xudoning 
ro‗yobga chiqarilgan g‗oyasi sifatida talqin qilganlar. SHunday qilib, realistlar fikricha 
umumiylik narsalarga qadar, narsalarda va narsalardan keyin narsaning muayyan g‗oyasi sifatida 
mavjud bo‗ladi. Nominalistlar esa, aksincha, faqat yakka narsalar amalda mavjud, umumiy 
tushunchalar esa, ayrim narsalarning nomlari, xolos, deb hisoblaganlar. Mazkur tasavvurlar aks 
sadosiga bugungi kunda ham, masalan, umumiylik ob‘ektlar to‗plami bilan, yakkalik esa – bitta 
predmet bilan tenglashtirilgan holda duch kelish mumkin. Amalda umumiylik va yakkalik 
kategoriyalari ob‘ektlarni emas, balki ularning xususiylik tomonlari sifatida birgalikda mavjud 
bo‗lgan xossalarini aks ettiradi. Umumiylik va yakkalikning birligi o‗ziga xosdir, chunki 
ularning har bir ob‘ektdagi ko‗rinishi, uyg‗unligi, birining ikkinchisidan ustunligi betakrordir. 
SHu sababli har bir ayrim hodisa, narsa – xususiydir.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish