Uslubiy majmua


YAngi davr (XVII asr)da kategoriyalarning tahlili



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/259
Sana13.06.2022
Hajmi2,82 Mb.
#662873
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   259
Bog'liq
Uslubiy majmua

YAngi davr (XVII asr)da kategoriyalarning tahlili.
YAngi davrda fan yanada 
rivojlanadi. Uning bosh vazifasini olimlar tabiat qonunlarini aniqlashda ko‗rdilar. Insonning aqli 
tabiat hodisalarining o‗xshash o‗zaro ta‘sirlarida muqarrar tarzda takrorlanuvchi barqaror 
aloqalar mavjudligini qadim zamonlardayoq payqagan edi. Bunda muhim, takrorlanuvchi 
xossalar fan va falsafa kategoriyalarida qayd etiladi, ularning o‗rtasidagi takrorlanuvchi aloqalar 
esa tabiat qonunlari sifatida tushuniladi. Fan va falsafa qonunlari muhim xossalarida o‗xshash, 
ikkinchi darajali xossalariga ko‗ra esa bir-biridan farq qiladigan tabiiy jarayonlar rang-barang 
variantlarining ideal invarianti

hisoblanadi. YAngi davr faylasuflarining asosiy e‘tibori ilmiy 
bilish metodologiyasi muammolariga qaratiladi. Bunda yuzaga keladigan eng katta qiyinchilik 
ziddiyatlar birligi anglab etilmagan, empirizm va ratsionalizm dialogi esa empirizmning 
tantanasi bilan tugagan empirik va nazariy bilimning o‗zaro nisbati muammosidir.
XVII-XVIII asrlarda ilmiy bilimning aksariyat tarmoqlari ilmiy dalillar yig‗ish darajasida 
bo‗lgan. Aksariyat hollarda dunyo turli-tuman o‗zgarmas narsalar va takrorlanuvchi 
jarayonlarning mexanik to‗plami sifatida tasavvur qilingan. Bu narsalar va jarayonlar o‗rtasidagi 
aloqalar doim ham teran asoslanmagan. Olamning ichdan ziddiyatliligi haqidagi tasavvur ko‗p 
jihatdan yo‗qolgan, qarama-qarshiliklar yo inson tafakkurining norasoligi, yo ayrim narsalar 
to‗qnashuvi sifatida anglangan. Rivojlanish o‗zgarmas narsalar va jarayonlarning aylanma 
harakati sifatida tushunilgan. Matematik bilimning ravnaq topishi olimlar e‘tiborini tabiiy 
hodisalarning sifat jihatidan o‗ziga xosligiga emas, balki asosan ularning miqdor jihatiga 
qaratishga da‘vat etadi. SHunday qilib, qadimgilar dialektikasi o‗rnini ma‘lum darajada 
dialektikaning muqobili sifatida tushuniladigan «metafizika» egallaydi. SHuni ta‘kidlash 
lozimki, «metafizika» atamasi odatda yo falsafa sinonimi sifatida, yo falsafa bo‗limi -ontologiya 
sifatida tushuniladi. Marksistik an‘anada «metafizika» atamasi salbiy ma‘no kasb etdi: 

Инвариант – мазмунини айрим ҳодисалар туркуми барча муайян кўринишлари асосий белгиларининг 
нисбатан барқарор мажмуи ташкил этадиган тушунчани ифодаловчи тил бирлиги. 


57 
dogmatizm, tafakkurning torligi, eski, qotib qolgan qarashlarga sodiqlik sifatida talqin qilindi. 
YAngi davr falsafasi va fanining mazkur tavsifi haqiqatga uncha mos kelmaydi, zero YAngi 
davr ilmiy bilimi falsafiy tafakkur tarkibidan uning ajralmas qismi sifatida o‗rin olgan 
tushunchalar apparatini yaratdi. Lomonosov – Lavuaze modda va harakatning saqlanishi g‗oyasi; 
G.Leybnits ta‘riflab bergan rivojlanish g‗oyasi; Nyuton klassik mexanikasidagi massa, inersiya 
va harakat, markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi kuchlar tushunchalari; tabiatdagi turli-
tuman aloqalarning o‗rganilishi; determinizm tamoyilining asoslanishi; mexanik harakat 
dialektikasi; Er evolyusiyasi haqidagi tasavvur; tabiatga nisbatan tarixiy yondashuvning nazariy 
ahamiyatini namoyish etgan Quyosh sistemasining kelib chiqishi haqidagi Kant – Laplas 
gipotezasi; organizm va muhitning birligi tamoyilining asoslanishi – o‗sha davr fani 
yutuqlarining to‗liq bo‗lmagan ro‗yxatidir. SHu sababli YAngi davr va Ma‘rifat davri falsafasi 
dialektika tamoyillaridan butunlay voz kechish davri emas, balki dialektika rivojlanishining 
o‗ziga xos va ancha etuk bosqichi hisoblanadi.
Nemis klassik falsafasining atoqli namoyandasi Immanuil Kant XVII-XVIII asrlar fani 
va falsafasining g‗oyalari va kategoriyalarini tizimga solishga ahd qiladi. SHu maqsadda u 
kategoriyalarning uch guruhi: hissiyot, idrok va aql kategoriyalarini farqlaydi. Kant barcha 
kategoriyalar aprior (tajribada ko‗rilmagan) xususiyatga ega ekanligini qayd etadi. Bilish 
kategoriyalarini Kant tajribaga yo‗l ochadigan dastlabki konstruktiv sxemalar sifatida talqin 
qiladi. Kategoriyalar bilayotgan inson hissiy taassurotlar xaosi ustiga «tashlaydigan» va har xil 
taassurotlarni tasniflash, ta‘riflash va o‗zaro bog‗lashni amalga oshiradigan tushunchalar 
«to‗ri»ga o‗xshatiladi.
Hissiyot kategoriyalari tarkibiga Kant makon va vaqt tushunchalarini kiritadi. Ular 
bizning o‗z sezgi organlarimiz ko‗rsatgan narsalarni umumlashtirish va anglab etish 
qobiliyatimizni tavsiflaydi.
Idrok kategoriyalari tarkibiga Kant kategoriyalarning to‗rt turkumi: miqdor, sifat, nisbat 
va modallikni kiritadi. U inson idrokining aprior shakllari ob‘ektiv va umumiy mazmunga ega 
bo‗ladi, buning natijasida tajriba umumiy va zaruriy ahamiyat kasb etadi, deb qayd etadi. 
Aql kategoriyalarini Kant g‗oyalar deb nomlaydi. Kant fikriga ko‗ra, g‗oya mumkin 
bo‗lgan tajriba chegarasidan chetga chiquvchi tushunchadir. G‗oyalar bizning amaliy va bilish 
faoliyatimizni tartibga keltiruvchi va tizimga soluvchi sxemalarga aylanadi. Ular inson 
faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tartibga solish funksiyasini bajaradi.
Kategoriya (yunon. kategoria – ta‘rif, mulohaza) – borliq hodisalari va unda hukm 
suruvchi munosabatlarning muhim, tipik mazmunini o‗zida aks ettiradigan o‗ta keng tushuncha. 
SHunday qilib, tabiiy til tushunchalari fan va falsafa kategoriyalari bilan tinimsiz boyib boradi. 
Kategoriyalarni tasniflash, borliqning turli shakllari haqidagi falsafiy tasavvurlarga muvofiq 
amalga oshiriladi. Odatda fan kategoriyalari, xususiy-ilmiy kategoriyalar va falsafa 
kategoriyalari farqlanadi.
Fan kategoriyalari tabiiy til tushunchalaridan ancha farq qiladigan so‗zlar bilan 
ifodalanadi. Aksariyat hollarda ular qadimgi yunon yoki klassik lotin tilidan o‗zlashtiriladi, 
ba‘zan ular mazkur hodisani kashf etgan olimning ismi bilan ataladi. Ilgari ma‘lum bo‗lmagan 
hodisani ifodalash uchun sun‘iy tarzda yaratilgan so‗zlar – neologizmlar ham ancha ko‗p 
uchraydi. Tabiiy tildan farqli o‗laroq, fan tushunchalari va kategoriyalari atamalar (terminlar) 
hisoblanadi, ya‘ni erkin talqinga yo‗l qo‗ymaydigan aniq belgilangan hajm va mazmunga ega 
bo‗ladi.
Har qanday fan borliqning muayyan tomonlarini o‗rganar ekan, albatta o‗z kategoriyalar 
apparatini shakllantiradi. Matematika «son», «differensial», «integral» kabi kategoriyalar bilan 
bog‗liq. Biologiyada «tur», «irsiyat», «o‗zgaruvchanlik» kabi kategoriyalar mavjud. Ammo, 
muayyan fanlarning kategoriyalari ma‘lum darajada umumiy bo‗lsa-da, borliqning ayrim 
sohalaridagina qo‗llaniladi va mazkur sohalarga xos bo‗lgan aloqalar va munosabatlarni aks 
ettiradi 


58 
Xususiy ilmiy kategoriyalar
 
alohida olingan xususiy ilmiy fanlarda qo‗llaniladigan, 
mohiyat nuqtai nazaridan boshqa fanlarda qo‗llanilishi mumkin bo‗lmagan kategoriyalardir. 
Masalan, fizika, kimyo geologiya, geografiya fanlari kategoriyalari xususiy xarakterga ega 
Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqalari va 
munosabatlari haqida fikrlash uchun qo‗llaniladigan o‗ta keng tushunchalar majmuidir. Ayni 
shu sababli falsafiy kategoriyalar hech qachon hajman cheklangan tabiiy til tushunchalari 
darajasida soddalashtirilishi mumkin emas. 
Tushunchalar sifatida kategoriyalar fikrlashning zaruriy shakllari hisoblanadi. O‗ta keng 
tushunchalar sifatida ular universal qo‗llanish va butun olamni tavsiflashga da‘vogar bo‗lishi 
mumkin. SHu boisdan falsafiy kategoriyalar dunyoning manzarasini yaratish vositasi bo‗lib 
xizmat qiladiki, bu, umuman olganda, falsafaning bosh vazifasi hisoblanadi. Har qanday 
tushunchalar kabi, kategoriyalar instrumental funksiyani bajaradi, fikrlash omili va vositasi 
sifatida amal qiladi. SHuningdek falsafiy kategoriyalar insonning turli hodisalarni bilish va 
o‗zlashtirish usuli sifatida ham instrumental funksiyani bajaradi. Falsafiy kategoriyalar ilmiy 
bilishning muayyan metodologiyasini, umuman borliqni, ayniqsa inson borlig‗ini tushunish 
me‘yorlarini yaratish orqali normativ funksiyani ham bajaradi. Kategoriyalarning ahamiyati va 
universalligi shu bilan belgilanadiki, bilish natijalari muqarrar tarzda kategoriyalarda qayd 
etiladi, kategoriyalar shakl-shamoyilini kasb etadi. Ular fan tarkibining zaruriy qismi 
hisoblanadi. Zero fan ob‘ekti faqat kategoriyalar yordamida fikrlanishi va tushunilishi mumkin.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish