Ushbu o’quv-uslubiy majmua 5120100- filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili) bakalavryat ta’lim yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalarga mo’ljallangan



Download 0,93 Mb.
bet18/87
Sana27.05.2023
Hajmi0,93 Mb.
#944681
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87
Bog'liq
portal.guldu.uz-Социолингвистика

Mustahkamlash uchun savollar:

  1. “Me'yor” tushunchasini tushuntiring va uning “adabiy til” tushunchasi bilan aloqasini izohlang.

  2. Nutqiy muomala termini ifodalovchi xususiyatlarni sanang.

  3. Nutqiy muomala bilan bog‘lanuvchi sotsiologik parametrlar nimalardan iborat?

  4. Nutq aktini ta'riflang, misollar keltiring.

Adabiyotlar:
1. Belikov V. I., Kro’sin L. P. Sotsiolingvistika. –M, 2001.
3. Ervin-Tripp S. Sociolinguistics G’G’ Advances in the Sociology of Language G’ Ed. by J. Fishman. Vol. 1. The Hague; - Paris, 1971.
4. Polenz P. von. Sprachnorm, sprachnormierung und Sprachnormkritik G’G’Bd. 1. Soziolinguistik. Ansätze zur soziolinguistischen Theoribildung; Bd. 2. Anwendungsbereiche der Soziolinguistik. - Darmstadt, 1982.


5-ma’ruza. Kommunikatsiya.
Reja:
1. Kommunikatsiya
2. Kommunikativ vaziyat
3. Til egasining kommunikativ salohiyati
Tayanch so‘z va iboralar: kommunikatsiya, verbal va noverbal kommunikatsiya, kommunikativ vaziyat, kommunikativ vaziyat komponentlari, kommunikativ salohiyat, “vaziyat grammatikasi”, ijtimoiy maqom, ijtimoiy rol, lisoniy ijtimoiylashuv.
Identiv o’quv maqsadlari:

  • Kommunikatsiyani aytib beradi.

  • Kommunikativ vaziyatni izohlab beradi.

  • Til egasining kommunikativ salohiyatini tushuntiradi.

5.1. Kommunikatsiya
“Kommunikatsiya” ko‘p ma'noli termin bo‘lib, u “ommaviy kommunikatsiya (axborot) vositalari” birikmasida matbuot, radio va televideniening axborot vositalarini, texnikada aloqa tarmog‘ini ifodalash uchun ishlatiladi. Sotsiolingvistikda “kommunikatsiya” “muloqot” so‘zining sinonimi sifatida qo‘llaniladi.
Kommunikatsiya verbal (nutqiy) va noverbal (nutqsiz)30 bo‘lishi mumkin. Kishilar o‘rtasidagi muomala jarayonida nafaqat verbal, balki noverbal muloqot vositalaridan, ya'ni turli imo-ishoralardan ham foydalaniladi. Har qanday jismoniy ishda ham nutqiy muomalaga ehtiyoj tug‘ilavermaydi: Masalan, shovqin yuqori bo‘lgan ish joylarida, xususan, temirchilik, quymachilik, qadoqlash va h.k. sexlarda ishchilar ko‘pincha imo-ishoralar vositasida muloqot qiladilar.
Ba'zi jamiyatlarda qadimda so‘zlashuv nutqidan kam foydalanishga harakat qilingan. Masalan, Xitoy va Koreyada konfutsiy olim-amaldorlari odatda o‘z fikrlarini yozma ravishda ifodalashgan. Hukmron konfutsiy aslzodalarining qiyofasi loqayd, yuzi toshdek, hyech qanday ifoda kasb etmagan. Mazkur an'analarning bugungi koreys jamiyatida ham o‘z ta'sirini yo‘qotmaganligi kuzatiladi.
S. M. Ervin-Tripp kommunikatsiya jarayonidagi partner (muloqot ishtirokchi)larning verbal muomalasiga sotsiolingvistikaning asosiy predmeti sifatida qaraydi: “Sotsiolingvistika ishtirokchilarning holatga, mavzuga, o‘zaro ta'sir funksiyalariga, shakl va baholarga ko‘ra verbal muomalasi bilan ish ko‘radi. Mazkur ta'rifning markazi verbal muomala (so‘zlashuv va uning muqobillari) hisoblanadi. Bu o‘rinda sistemani to‘liq tavsiflash uchun lingvistik belgilarning funksional alternant (muqobil)lari sanalgan imo-ishoralar va tasvirlarni ham kiritish lozim bo‘ladi. Biroq verbal muomala yuqori darajadagi to‘liq sistema sifatida o‘zini har joyda namoyon qiladi. Shunga ko‘ra uni qulay boshlang‘ich nuqta deyish mumkin”31

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish