Ushbu o’quv-uslubiy majmua 5120100- filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili) bakalavryat ta’lim yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalarga mo’ljallangan



Download 0,93 Mb.
bet15/87
Sana27.05.2023
Hajmi0,93 Mb.
#944681
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   87
Bog'liq
portal.guldu.uz-Социолингвистика

Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Tilning qayta ifodalash qobiliyati nima?

  2. Variativlik nutqiy kommunikatsiyaning qaysi darajalarida namoyon bo‘ladi?

  3. Fonetik yoki leksik variativlikka misol keltiring?

  4. Erkak va ayol nutqiga xos variativlik qaysi tilda yaqqol namoyon bo‘ladi?



Adabiyotlar
1. Belikov V. I., Kro’sin L. P. Sotsiolingvistika. –M., 2001.
2. Brayt U. Vvedenie: parametro’ sotsiolingvistiki G’G’ Novoe v lingvistike. Vo’p. VII. –M., 1975.
3. Vinogradov V. A., Koval A. I., Porxomovskiy V.Ya. Sotsiolingvisticheskaya tipologiya. Zapadnaya Afrika. –M., 1984.
4.Stepanov G. V. Tipologiya yazo’kovo’x sostoyaniy i situatsiy v stranax romanskoy rechi. –M., 1976.
5. Ervin-Tripp S. M. Yazo’k. Tema. Slushatel. Analiz vzaimodeystviya G’G’ Novoe v lingvistike. Vo’p. VII. Sotsiolingvistika. – M., 1975.
6. Dittmar N. Soziolinguistik. Exemplarische und kritische Darstellung ihrer Theorie, Empiric und Anwendung. – Frankfurt: Main, 1973.
7. Wunderlich D. Zum Status der Soziolinguistik // Aspecte der Soziolinguistik. - Frankfurt,1971.


4-ma’ruza. Nutqiy muloqot.
Reja:
1. Til me'yori
2. Nutqiy muloqot
3. Nutqiy muomala.. Nutq akti
Tayanch so‘z va iboralar: me'yor, til me'yori, adabiy til, nutqiy muloqot, nutqiy muloqotning holati, nutqiy muloqot qoidalari, nutqiy muomala, kommunikativ vaziyat, so‘zlovchi, tinglovchi, nutq akti, bilvosita nutq akti.
Identiv o’quv maqsadlari:

  • Til me'yorini aytib beradi.

  • Nutqiy muloqotni izohlab beradi.

  • Nutq aktini tushuntiradi.

1-asosiy savolning bayoni:
4. 1. Til me'yori
Biror bir jamiyatda, muayyan bir davrda lisoniy vositalarni tanlash, belgilash va ulardan foydalanish qonuniyatlari me'yor (norma)ni ifodalaydi. Me'yor (norma) - kishi nutqida nutq vositalaridan tartibli ravishda qo‘llanish majmui. Me'yor tushunchasi adabiy til tushunchasi bilan chambarchars bog‘liq. Ko‘pincha adabiy til me'yorlashgan til ham deyiladi. Me'yor nimaning to‘g‘ri yoki nimaning noto‘g‘riligini aniqlaydi. U “qonuniy” til vositalari va ifoda usullarini tavsiya qiladi, til odatlari va an'analariga zid bo‘lgan usullarni inkor qiladi. Masalan, olib berdi (oberdi); tog‘ Q-ga toqqa.
Me'yorlar tarixan o‘zgaruvchan bo‘ladi, biroq ular asta-sekin o‘zgaradi. Rivojlangan adabiy tillarda me'yor uzoq yillar davomida o‘zining turg‘unligini saqlaydi 27.
P. fon Polens me'yor deganda, metatil kommunikatsiyasi natijasida “me'yoriy”, “to‘g‘ri” deb baholanadigan, til sistemasi imkoniyatlarining bir qismini tushunadi28. Biroq real turmushda til me'yori tilni qo‘llash bilan to‘ldiriladi, ya'ni til egasi nutqida qo‘llanmaydigan, me'yorga va me'yoriy shakllarga mos kelmaydigan tilni qo‘llash hodisalari ham mavjud bo‘ladi. Bu o‘rinda me'yor “elak” vazifasini o‘taydi, ya'ni u xalq nutqidagi barcha yorqin, sof, aniq ifodalarni saralab, adabiy til qo‘llanishiga kiritadi, noaniq, mujmal, o‘tkinchi ifodalarni qoldiradi. Adabiy me'yor muhim ijtimoiy va madaniy funksiyani bajaradi. Inson faoliyatining barcha muhim sohalarida me'yorlashgan tildan foydalaniladi. Jumladan, ilm-fan, ta'lim, madaniyat, texnika, qonun chiqarish, ish yuritish va h.k. sohalarni me'yorlashgan tilsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Adabiy til me'yori dialekt yoki jargon me'yorlaridan farqli o‘laroq, ongli ravishda madaniylashadi: lug‘atlarda, grammatikalarda qayd qilinadi, maktablarda, o‘quv yurtlarida o‘qitiladi, kitoblarda, radio va televidenieda targ‘ibot qilinadi. Kishilarning barcha madaniy muloqoti odatda adabiy til me'yorlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish