Ushbu o’quv-uslubiy majmua 5120100- filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili) bakalavryat ta’lim yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalarga mo’ljallangan



Download 0,93 Mb.
bet17/87
Sana27.05.2023
Hajmi0,93 Mb.
#944681
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   87
Bog'liq
portal.guldu.uz-Социолингвистика

4.3. Nutqiy muomala
“Nutqiy muomala” terminida jarayonning bir tomonli bo‘lishiga urg‘u beriladi: u kommunikativ vaziyat qatnashchilaridan bo‘lgan yo so‘zlovchi (adresant), yo tinglovchi (adresat)ning nutqi yoki nutqiy reaksiyasini xarakterlovchi o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi.
“Nutqiy muomala” termini nutqning monologik shakllarini, masalan, ma'ruza, yig‘ilishlardagi nutq va h.k. kommunikativ vaziyatlarni tavsiflash uchun qulaydir. Biroq uning o‘zi dialoglarni tahlil qilish uchun yetarli bo‘lmaydi. Bunday holatda nafaqat har bir tomonning nutqiy muomalasi, balki o‘zaro nutqiy harakatlar mexanizmini ochib berish muhim hisoblanadi. Shunga ko‘ra “nutqiy muloqot” tushunchasi o‘z ichiga “nutqiy muomala” tushunchasini oladi. Nutqiy muomala rol, vaziyat va mavzu singari sotsiologik parametrlar bilan bog‘lanadi.
4.4. Nutq akti
Nutq akti” termini u yoki bu kommunikativ vaziyat doirasidagi so‘zlovchining aniq nutqiy harakatlarini ifodalaydi. Masalan, bozorda biron narsani sotib olish vaziyatida sotuvchi va xaridor o‘rtasida turli nutq aktlarini o‘z ichiga olgan shunday dialog vujudga kelishi mumkin: informatsiya haqida so‘rov: (- Necha pul? Qancha turadi? Kim ishlab chiqargan? Qanday materialdan tayyorlangan?), xabar (- Yigirma ming; Janubiy Koreya; Haqiqiy charm), iltimos (-Iltimos, olib qo‘ying, hozir pul olib kelaman), ayblash (- Qaytimni oz beribsiz!), tahdid (- Hozir militsiya chaqiraman!) va h.k.
Muayyan vaziyatda nutq aktining shakli uning mazmuniga mos kelmasligiga bilvosita nutq akti deyiladi. Masalan, oshxonada ovqatlanayotganingizda yoningizda o‘tirgan biron kishi sizga: -Tuzni uzatvorolasizmi?, - deb murojaat qildi. Mazkur murojaat shaklan so‘roq bo‘lsa ham, mazmunan iltimosni ifodalaydi. Siz unga o‘z harakatingiz bilan javob berasiz: ya'ni tuzdonni uzatib yuborasiz. Agar siz bu iltimosni so‘roq deb tushunib, unga: - Ha, deb javob berib, bu javobga mos harakat qilmasangiz, unda kommunikatsiya jarayoni buzilgan bo‘ladi. Yoki -Derazani yopvorasizmi? savoliga derazani yopish harakati orqali javob beriladi. Yoki telefonda: - Rustam uydami? deb so‘ralganda, “Rustamni chaqirib bering” degan ma'noni anglatadi.
XX asrning o‘rtalarida ingliz faylasufi J.Ostin, shuningdek, uning izdoshlari bo‘lgan amerikalik olimlar J.Syorl va G.Grays nutq aktlari nazariyasini ishlab chiqishdi. Unda nutqiy kommunikatsiya jarayoniga xos bo‘lgan bir qator qonun-qoidalar belgilandi, nutqiy kommunikatsiya va nutq akti muvaffaqiyatini ta'minlovchi tamoyillar shakllantirildi. Masalan: “aniq so‘zla”, “samimiy bo‘l”, “qisqa so‘zla”, “noaniq ifodalarni ishlatma” va boshqalar.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish