Ushbu kitobdan joy olgan hikoyalar


Bu hayotning yozilmagan qonunlari bor. Ular sabab tushunmovchiliklarning oldi olinadi, mo’jizalar yuz beradi, insoniy fazilatlar bo’y ko’rsatadi



Download 126,15 Kb.
bet27/36
Sana12.05.2020
Hajmi126,15 Kb.
#49343
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
QATRALAR

Bu hayotning yozilmagan qonunlari bor. Ular sabab tushunmovchiliklarning oldi olinadi, mo’jizalar yuz beradi, insoniy fazilatlar bo’y ko’rsatadi.

BUVIMNING MEROSI

Buvim juda sarioshta ayol edilar. Ayniqsa, bobomning ust – boshlarini doim ozoda tutardilar. Umrlarining oxirida vatlarini sezgandek har kuni tog’ora – tog’ora kir yuvib, qishki kiyimlarigacha taxt qilib qo’ygan ekanlar. Buvim bu dunyoni tark etgach, bobomning kiyim – boshiga javobgarlikni opam zimmasiga oldi. Har holda buvimning doim yonida yurgan nevarasi.

Yozda talabalik ta’tiliga chiqib, uyga bordim. Opam turmushga chiqan. BBobom uch – to’rt ko’ylagini yuvish uchun berdilar (biz yonma-yon hovlida yashaymiz).

-Ko’ylaklarimni ko’p ishqalab yuvma, g’ijim bo’lib qoladi, keyin dazmol qilishga to’g’ri keladi. Dazmol esa kiyimni tez to’zdiradi, - dedilar.

Men hayron. Bobomning o’ziga yarasha injiqligi borligini bilardim – u, ammo qanday qilib erkaklar ko’ylagini yuvgach, dazmollamasdan tekis qilish mumkinligiga aqlim yetmayotgandi.

-Buving ham, opang ham shunday yuvishganki, keyin dazmol qilishmagan, - ta’kid ohangi bilan gapirdilar.

Bobomdan cho’chib turardim. Jiddiy, buning ustiga, yoshlari katta. Ular ketgach, onamga yuzlandim.

-Qanaqa qilib yuvaman endi kiyimlarni?

- Oddiy, hamma ko’ylaklarni yuvgandek. Faqat dazmol qilasan – da, yana qaytadan dorga ilib qo’yasan. Kelganlarida shundoq dordan olib qo’llariga beramiz. Buvingdan meros sir bu, - deya oyim xotirjam gapirdilar.

KUTILMAGAN YORDAM

O’qituvchiman, maktabda dars beraman. Bolalar bilan ishlab g’uborlaim tarqaydi. Turmushga chiqqanimga yeti yil bo’ldi. Farzandim yo’q. Shuning uchunmi, maktabda, o;quvchilarimdan biri «Ustoz sizga», deya stolim ustiga birpasda olmani birpasdan so’ng sinfdoshi kelib, «Ustoz, olma yegim kelyapti», deya erkalanib so’rasa, bolalarcha beg’uborlikdan dilim yayraydi. O’zim ham bolaligimni hali bilaman. Sal narsaga xafa bo’lib qolaman. Buni maktabimiz direktori ko’p eslatadi.

Dilrabo opa yomon ayolmas. Talabchan. Ayniqsa, o’qituvchilarga nisbatan! Tartib – intizomni yaxshi ko’radi.

Mehnat ta’tiliga ashoshib chiqdim – u, fursatdan foydalanib erim bilan paytaxtga – davolanishga yo’l oldik. Hali u shifokorga, hali bu shifokorga ko’rinib shoshib yurganimda maktabdan qo’ng’iroq bo’ldi. Ko’tarsam, direktorimiz. Sinf xonamni qayta ta’mirlatmaganim uchun koyidi. Keyin zudlik bilan bu muammoni hal etishim kerakligini aytdi. Ko’zimga yosh qalqidi. Mehnat ta’tiliga chiqquncha bu ishga ulgurmaganim uchun o’zimdan o’pkaladim. Ammo Dilrabo opaga paytaxtdali- gimni, hali bir oy shu yerda qolishimni qytolmadim. Turmush o’rtog’im «Telefon orqali tumanimizda biror usta topib, maktabga jo’nataman», deya ovutdi. Aksiga olib yozmasmi, ko’pchilik uyini ta’mirlatayapti. Uata ham topila qolmadi. O’zimni hech narsani uddalay olmaydigandek his qildim.

Tushdan so’ng yana telefonimiz jiringladi. Notanish raqam, ko’tarsam, maktabimiz oshpazi.

-Sarvinoz, yaxshimisiz? Sinfxonangiz devorlariyu partalarni bo’yab qo’yishdi. Shkaflaringiz joyini almashtirsak bo’ladimi? – dedi opa kutilmaganda.

- Iya, kim bo’yab qo’ydi? Dilrektorning o’zi oxiri sabri chidamay usta chaqirdimi?

- Yo’q o’g’lim ta’tilga kelgan – ku, bekor o’tiribdi uyda, shunga bo’yatdim.

- Direktorimiz sizni urishdimi? – rahmatni ham unutib savol berdim.

- Yo’q, shunchaki siz xayolingizni chalg’itmang shunga dedim – da.

Xolida opa o’sha kuni direktorning telefonda menga dakki berganini eshitib qolganini, muolaja olish ilinjida poytaxtga ketganimizni qaynonamdan bilganini aytib o’tirmadi. Bu ayolning faqat shirn taomlar tayyorlaydi, deb bilarkanman, qo’lidek ko’ngli ham ochiqligidan mehrim tovlanib ketdi.

ORZULAR USHALADI!

Hamshira bo’lishni umuman istamaganman. Asli, mashhur hind filmidagi advokatga havas qilardim. Biroq 9-sinfni tugatganimdan so’ng ota – onamning istagi bilan tibbiyot kolleji xujjat topshirdim. O’qishda zehnim o’tkirligi, maktabda doim a’lo boho olib o’rganganim uchungina yaxshi o’qidim. Kollejni tugatgach, ishga ro’yxushlik bildirmasdan borardim. Orzumni amalga oshirish uchun universitetga xujjat topshirish niyatim yo’q emasdi, ammo ish bilan o’qib tayyorlana olmasdim.

Ishlayotganimning ikkinchi yili shifoxonada davolanayotgan bir ayolning menga mehri tushdi. U kishini kim ko’rishga kelsa, meni maqtaydigan odat chiqardi.

-Rosa, chaqqon qiz, ammo shunaqa nafis harakatlar qiladiki, na xonaga kirib chiqqani, na ukol qilgani bilinadi.

Ayol tuzalib shifoxonadan ketar mahali meni qattiq bag’riga bosdi – da, odamni hayron qoldirib «Ko’rishguncha», dedilar. «Endi kasal bo’lmang», deya oldim, xolos. Ikki kundan keyin esa uyga sovchilar keldi. Menga mehri tushgan opa o’g’lini uylantirish tashvishida yurgan ekan.

-O’g’lim poytaxtda yashaydi. Istasa, qizingizni istitutda o’qitishi ham mumkin, - debdi onamga.

Ushrashuv, oqo’rar, fotixa, to’y … Keyin esa o’zim istagan o’quv dargohining talabasi bo’lishim… Hammasi go’yo oq xalatning mo’jizasidek…



Bu ikki voqea zamon va makon jihatdan bizdan olislarda sodir bo’lgan bo’lsa – da, ularni siz ham o’qizingizni istayman. Muhabbatga, hayotning mo’jizalarga boyligiga ishonishingizga ishonganim uchun ham.

1 DOLLARLIK UY

O’ttiz yoshlardan oshgan erkak parishonxotir o’z yo’lida ketayotgandi. Telbavor kishining ovozi qulog’iga chalindi:

-Dengiz bo’yida joylashgan uch qavatli uy sotiladi. Narxi – 1 dollar!

Avvaliga boshdan – oyoq oppoq kiyim kiyib olgan erkak miyig’ida kulib qo’ydi. Ammo uning nigohilari katta harflar bilan yozilgan ‘longa tushgach, toshdek qotdi. E’londa ham xuddi shunday deyilgandi:

«Dengiz bo’yida joylashgan uch qavatli uy sotiladi. Narxi – 1 dollar!».

U ko’zlarini yumib ochdi., e’longa yaqinroq borib, bo’g’inlab o’qidi. Telbavor kishi esa endi uning ustidan kulgancha, yana o’sha so’zni takrorlab, barmog’ini niqtab ketdi.

Yo’lovchi bu o’yinga qiziqib qoldi. Baxt qavakkal deya, e’londa ko’rsatilgan manzil tomon yo’l oldi.

Nahot, haqiqatan dengiz bo’yidaa koylashgan, tag’in uch qavaqtli uy atigi 1 dollarga sotilsa! Bu mo’jiza – ku!

Dengiz bo’yiga yetgach, o’sha bir qavatli uyni ko’rib, yigirma daqiqalar oldin yuragida milt etgan umid alangalay boshladi. U eshik qo’ng’irog’ini endi qiziquvchanlik yuzasidan emas, qandaydir ishonch bilan bosdi.

-Keling, - eshikni ochgan yetmishlardan oshgan ayol u tomonga qarab, «Orular sayiga marhamat», degandek jilmayib turardi.

- E’longa ko’zim tushgandi, nahot bu rost bo’lsa… - dedi samimiy chehra qarshisida biroz xijolat tortib.

- Ha, rost! Uy sotiladi.

- Narxi – chi, atigi 1 dollarmi? – u uyning bir savlatiga, bir ayolning samimiyatiga hayron qoldi.

- Ha, 1 dollar, - ayolning nigohlarida yolg’on yo’q edi.

- Nima uchun? – qahramonimizning qiziqishi yana oshdi.

- Bilasizmi, rahamtli erim bu shaharga ko’chib kelganida, cho’ntagida atigi 1 dollari bo’lgan. Kyin mehnat qilib, pul topa boshlagan. So’ng meni uchratgan, sevgimni qozonish uchun yana o’zini o’tga – cho’qqa urgan. Xullas, oxiri boyib ketgan. Uning vafotidan keyin farzandlarimning yoniga ko’chib ketayapman. Bizning uylarimiz, mol – davlatimiz o’zimizga yetarli. Turmush o’rtog’imning vasiyatiga ko’ra, bu uyni 1 dollarga sotmoqchiman. Ne ajabki, e’lon berganimga 3 oy bo’layapti, birinchi so’rab kelgan kishi sizsiz. Qani, 1 dollaringiz bo’lsa, notaries chaqiraman.

Erkak cho’ntagida qolgan oxirgi 1 dollarga qo’l cho’zdi…




Download 126,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish