Ushbu kitobdan joy olgan hikoyalar



Download 126,15 Kb.
bet1/36
Sana12.05.2020
Hajmi126,15 Kb.
#49343
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
QATRALAR


USHBU KITOBDAN JOY OLGAN HIKOYALAR

  1. Qizil atirgul

  2. Do’stlikning hayotbaxsh kuchi

  3. Eng muhim sabab

  4. Mehr zarralari

  5. Ajrimdan keyin

  6. Ko’p tarmoqli vijdon

  7. (K) O’chirilmagan xotira

  8. Ziyoli boboning hiylasi

  9. O’g’ri

  10. Buvimning arvohi

  11. Hamma narsa ko’ringanidek emas

  12. Oppoq qog’oz va qora dog’

  13. Tu’g’ma ishonch

  14. Qo’shaloq to’y

  15. Futbol – putbol

  16. Amaliyot o’qituvchisi

  17. Yuragim to’la mehr

  18. Yotoqxonadagi boylik

  19. Ikkinchi turmush ostonasida

  20. Tomoshabin ota

  21. Arslonning zarbasi

  22. Hayotning shirasi

  23. Qaynonasi bor kelin

  24. Qo’shni ayolning sabog’i

  25. Mening bolam Eynshteyn

  26. Bo’g’irsoq amaki

  27. Opa – singil

  28. Arg’imchoq

  29. Bo’yinbog’ bog’lashni bilasizmi?

  30. Abituriyent sabog’i

  31. Uqqan usta

  32. Olisdagi yaqinlar

  33. Bolalarning nasibasi

  34. Qo’shnining soyasi

  35. Onamning daldasi

  36. Salom, Yaponiya

  37. Katta yurakli singil

  38. Siz nima qilyapsiz?

  39. Har kim o’z istagan narsani ko’radi

  40. Munosabat

  41. Uchinchi tilak

  42. Baxt ortidan

  43. Xiyonatlardan keyin

  44. Bebaho duo

  45. Folbinga ishonib

  46. Oqsoq o’g’ri

  47. Adolatli hakam

  48. Oqibatning ildizi

  49. Chegarasiz orzular

  50. Takrorlangan imtihon

  51. To’rtinchi qiz

  52. Baxt o’qituvchisi

  53. Xaloskor

  54. Haqiqiy tuxfa

  55. Baho

  56. Soxta oltin

  57. Nogolis niyat

  58. O’chirilmagan raqam

  59. Yer ostidagi meros

  60. Kechirmoq bu…

  61. Buvimning merosi

  62. Kutilmagan yordam

  63. Orzular ushaladi

  64. 1 dollarlik uy

  65. So’lmagan gullar

  66. To’g’ri munosabat

  67. Afrika hayoli

  68. Go’zallik bahosi

  69. Jarroh

  70. Askar kundaligidan

  71. Qutaruvchi

  72. Qorbobo ham yosh bo’ladimi?

  73. Uydagi ilk bayram

  74. Qo’shnining iltifoti

  75. O’zbekona raqs

  76. Ko’chada o’tinchi, uyda sulton

QATRALAR

Xamma narsamizni yo’qotgan chog’imizda ham umid doimo biz bilan. Uning yana bir xususiyati atrofdagilarga ulashsak ham kamayib qolmaydi.

QIZIL ATIRGUL

Dengizchi uch yil davomida umrida ko’rmagan ayoldan xat olib turdi. Ayolning ismi Roza edi. Uning nomalarini o’qib javob yozar ekan, qalbida allaqanday taskinni tuyardi. Bora-bora ayolga g’oyibona oshiq bo’ldi. Ular bir-birlarining maktublarisiz yashay olmaydigandek edilar.

Yigitning xizmat muddati tugashi bilan uchrashishga axd qildilar. Uchrashuv vaqti – kech soat 1700, joyi – vokzal. Yigit va qiz umrida bir – birini ko’rmaganligi uchun shartli belgi sifatida atirgulni tanladilar. Ya’ni qiz pidjagini yoqasiga atirgul qistirib olishi kerak edi.

Yigit o’ylanib qoldi: ayolni umrimda ko’rmaganman, u qanaqa ekan? Yoshmi, qarimi, chiroylimi, xunukmi, oriqmi, semizmi?

Yigit kelishgan joyga yetib keldi. Soat millari 17:00 ni ko’rsatishi bilan ayol ko’rindi: yoshi oltmishlarda! Dengizchi shart burilib ketib yuborishi mumkin edi, ammo bunday qilmadi. Chunki u dengizda oylab qolib ketganida shu ayol taskin beruvchi, yolg’izligini bildirmaydigan maktublar jo’natgan, bayramlarda sovg’alar yuborgan, uni og’ir damlarda qo’llab – quvvatlagandi. Ayol bunday munosabatga loyiq emasdi.Shu sabab yigit uning oldiga dadil qadamlar tashlab bordi, o’zini tanitdi, qo’lini uzatdi va: “Siz Rozamisiz?” deb so’radi. Ayol yigit adashayotganini, Roza uning orqasida turganini aytdi.Yigit orqasiga o’girildi va yosh, bir go’zal qizni ko’rdi. Keksa ayolning aytishicha, qiz undan qizil atirgulni yoqasiga qadab olishini iltimos qilibdi. Agar yigit qaytib ketganda qiz uni butunlay unutishga axd qilgan ekan. Bu bir sinov edi va yigit undan sharaf bilan o’tdi.

DO’STLIKNING HAYOTBAXSH KUCHI

Qizaloq 13 yoshida oqqon kasalligiga chalindi. Ota-onasi, yaqinlari va shifokorlarning jon – jahdi bilan qilgan muolajalari natija berdi, 2 yil deganda dard chekindi. Ammo uzoq davom etgan kimyoterapiya natijasida uning sochlari to’kilib ketgan edi.Bundan qiz sho’rlik juda o’ksindi. Shifokorlar maktabga qatnashga ruxsat berishdi, ammo qiz taqir bosh bilan maktabga bormayman, deb turib oldi. Tunu kun yig’lardi. Bir kun darvozalari taqqiladi. Chiqib qarasa sinfdoshlari. 9 kishi turishibdi. Barchasi sochini taqir qilib olibdirib tashlashgan.Ular orasida 3 tasi qiz bola edi.Qiz qattiq ta’sirlandi. Yugurib uyga kirib kiyinib chiqdi va maktab tomon yo’l oldi.



ENG MUHIM SABAB

-O’smir paytim ko’p kitob o’qirdim, shundanmi, bilmadim juda ta’sirchan, har narsaga xafa bo’laveradigan qiz edim. Yana o’tish davrining o’ziga xos muammolari, sevimli dadajonimni bevaqt yo’qotgandim… Xullas, negadir xayolimda o’zimni o’ldiraman degan fikr aylanadigan bo’lib qoldi. Bora – bora u qat’iylasha boshladi. Bir qog’ozga yashash va o’lish uchun sabablarni ikki ustunga ajratib yozdim. O’lish uchun sabablarim ko’proq chiqdi. Keyin bu qog’ozni yonimda olib yuradigan bo’ldim. Vaqti – vaqti bilan uni o’qib turar yashash uchun sabablar bo’limiga nimadir qo’shgim kelardi–yu , qo’sholmasdim.Borgan sari tushkunlikka tushaverdim. Bir kuni sirli ro’yxatimni partaning ustida qoldiribman. Qaytib kelib uni ochganim- da, yashash sabablari qatorida katta harflar bilan yozib qo’yilgan shu so’zlarni ko’rdim: O’LISHGA HAQQING YO’Q, CHUNKI SEN JUDA CHIROYLISAN! Buni kim yozganini hanuz bilmayman, ammo o’sha paytda bu so’zlar meni hayotga qaytargandi.



MEHR ZARRALARI

Ispaniyalik shifokor Karla ko’ngilli sifatida Afrikaga ketdi. Somali davlatidagi qishloqda ishlay boshladi. Bir kun tushlik payti oynadan tashqariga qarab endigina buterbrodni tishlamoqchi bo’lib turgandi, o’rindiqda o’tirgan 8 yoshlar chamasi juda oriq bolakayni ko’rib qoldi. Rahmi keldi:”Qorni ochdir”. Bolaning yoniga bordi va buterbrodning yarmini bo’lib berdi. Qilgan ishidan ichida mamnun ham bo’ldi:”Men shu bolaning qornini to’ydirdim, yaxshilik qilish qanday maza!” Lekin bolakay negadir u kutgandek yegulikni darrov og’ziga olib bormadi. Maktab tomonga yugurib ketdi. Karla qiziqib ortidan poyladi. Bolakay nariroqqa borib devor ortida turgan o’rtoqlariga buterbrodni bo’lib bera boshladi. Ular 20 nafar edi! Karla yaxshilik qildim deb kibrlanganidan uyaldi. Yana mehrning eng mayda zarralar qadar cheksizligini ko’rib yig’lab yubordi.




Download 126,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish