Ushbu kitobdan joy olgan hikoyalar


O’ylab tashlangan qadamning, mulohaza qilib chiqarilgan qarorning oqibati sizni uyaltirib qo’ymaydi. Shunday ekan, shoshmang



Download 126,15 Kb.
bet9/36
Sana12.05.2020
Hajmi126,15 Kb.
#49343
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
QATRALAR

O’ylab tashlangan qadamning, mulohaza qilib chiqarilgan qarorning oqibati sizni uyaltirib qo’ymaydi. Shunday ekan, shoshmang.

ARG’IMCHOQ

Ko’p qavatli uyda yashaymiz. Qizim har kuni ishdan kelishimni «O’yingohga olib boring», xarxasha bilan kutib oladi. Ba’zida kayfiyatga qarab, uni bolalar maydonchalariga olib boraman, ba’zida vaqtimni qizg’anaman. Shu yil kunlar isishi bilan qo’shnilarga taklif kiritdim - «domimiz oldida bolalarga kichik o’yingoh quraylik». Biri onasini operatsiya qildirishmoqchiligini, biri shartnoma pulini to’lamoqchiligini, yana boshqasi uy ta’miri tugagach, pul ajrata olishini aytdi. Ularning «Keyingi oy pul yig’aylik», deyishganini oxiri ko’rinmas bahona deb tushunib, o’zim qizimga bir arg’imchoq o’rnatib berdim. Kechki salqinda olib chiqib uchiraman – da, keyin o’rindig’ini olib qo’yaman. Bir kuni ko’chaga chiqamiz desam, Shahzoda ayiqchasi, sochlari tillarang qo’g’irchog’i va pahmoq kuchukchasini bag’riga bosib olibdi.

-O’yinchoqlarimni uchirsam maylimi?! – dedi u.

- Ularni shunaqa yaxshi ko’rasanmi? – dedim uning shiringina gapirish ohangiga taqlidan.

- Ha, axir mening bu yerda o’rtoqlarim yo’q. Boshqa bolalarni esa arg’imchoqda uchirmasligimni aytgansiz, - deya u ma’yus tortdi.

O’zimdan hafa bo’lib ketdim. Qizimki g’ayirlik qilganimni sezibdi, qo’shnilar oldida nima degan odam bo’ldim? Shu kundan boshlab arg’imchoq o’rindig’ini yechib olmadim. Oradan ko’p o’tmay qo’shnilar ham bolalar maydonchasiga o’z hissalarini qo’sha boshlashdi.

BO’YINBOG’ BOG’LASHNI BILASIZMI?

Nihoyat, ish topildi! Yarim yildan beri omadim yurishmagandi. Bugun katta tashkilotning rahbari bilan uchrashaman. Ertalab nonushtani pala – partish qildim. Buvimning har tong nonga saryog’ surtib uzatadigan odati vaqtimni olayotgandek tuyuldi. Dadam bobomning soqolini olib ketishimni aytganidaku, jig’ibiyron bo’ldim. Axir shoshayapman. «Bobom, baribir, bir joyda yotsa, hech qayerga bormasa, keyin olarman», deya ko’chaga chopdim. Metroga tushgach, vagon eshigining oynasiga qaragancha bo’yinbog’ bog’lashga tushdim. Talabaligimda bir – ikki majburiyat yuzasidan bo’yinbog’ taqqandim. Endi esa hech uddalolmayapman. Asabiylashib bo’yinbog’ni jahl bilan silkidim.

-Qani, bundoq tur – chi, - sochlari oppoq, yoshi yetmishlardan oshgan chol o’rnidan turib menga gapirdi.

Qo’limdan bo’yinbog’ni oldi, kuzatib o’tirgan ekan. Keyin chaqqon harakatlar bilan bog’ladi – qo’ydi.

-Uchrashuvga bo’yinbog’ bilan emas, xotirjam borish muhim, - deya yelkamga qoqdi – da, joyiga o’tirdi.

Rahmat deyishga arang ulgurdim axir vagon to’xtagan bekatda tushushim kerak edi… Xotirjam tortganim esa naf berdi – ishga qabul qilindim!

ABITURIYENT SABOG’I

Xizmat safariga jo’natishganiga yarasha emas, samolyotga chipta olib berishsa bo’lardi. Vagonga chiqishim bilan shu fikr o’tdi hayolimdan. Issiq yondiraman deydi. Tezroq poyezd xarakatlansa – yu yelkamizga shamol tegsa, deya joyimga o’rnashdim. Yuqoriga ikki yosh yigit joylashishdi. O’qishga hujjat topshirishga otlanishgan chog’i, uzala tushgancha kitoblarni o’qiy boshladi. Ro’paramga esa qo’lida yoshga to’lmagan chaqalog’i, yana besh yashar qizi bor ayol keldi. Qizchaning injiqligi o’ziga yetguncha ekan. Hali uni yeyman deydi, hali ko’ngli sakrashni tusaydi. Tag’in tor kupega sig’may ketayapti. Tezroq kech kirsa – yu uxlay qolishsa, degan orzuda imillayotgan vaqtni o’tkazish uchun telefonimda o’yin o’ynay boshladim. Hamxonam bir – ikki gapga tortmoqchi bo’ldi, ro’yxushlik bermadim. Hozir bolalarining birini mening bo’ynimga ilib qo’yadi degan o’y bor edi – da. Kech tushdi, ikki yigit endi telefonlarining yoritgichi bilan kitob o’qishga tushishdi. Ayol esa o’rindiqqa qizalog’ini yotqizgancha chaqalog’ini bag’riga bosib o’tirardi.

Yarim tunda qulog’imga chalingan ovozdan uyg’onib ketdim.

-Opa, yuqoriga chiqa olasizmi? – tepadan yigitchaning boshi ko’rinar, u o’rindiqda mudrab o’tirgan ayolga gapirardi.

- Bolalarim kichkina yiqilib tushishadi, siz bemalol uxlayvering, - dedi ayol pichirlab.

- Bulardan iltimos qilsak – chi, mening joyimga chiqib yotardilar, men esa qizingizga qarab o’tiraman, baribir uxlamayman, abituriyentchilik, - dedi u.

O’zimni uxlaganga solib yotgan bo’lsam – da, sezdim, yigit menga ishora qilayapti. Hayotdan o’z o’rnini topishga intilayotgan shu bolaning aqli yetgan narsaga mening aqlim yetmaganida uyalib ketdim. Qizchani o’zim bilan olib yotsam bo’lardi – ku! O’rnimdan turib qizalaqni uyg’otib yubormaslik uchun ehtiyotkorlik bilan yonimga olganimda ayol hijolat tortgancha «Rahmat» dedi…




Download 126,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish