Har doim boshliqqa birinchi bo’lib gapirish imkonini ber.
BAXT ORTIDAN
Mushuk oftobda toblanib yotardi. Uning oldidan kichkina mushukcha dam u yoqqa, dam bu yoqqa yugurib o’ta boshladi. Katta mushuk boshini erinibgina ko’tarib so’radi:
-Nima qilyapsan?
- Baxtimning izidan chopayapman. Aytishlaricha, baxt mening dumimda ekan. Agar uni tutib olsam, baxtli bo’larkanman. Shunga uni tutaman deb yarim kundan beri yugurib yuribman. Ammo u nuqul mendan qochadi, hech tutqich bermayapti.
Katta mushuk miyig’ida kulib qo’ydi va dedi:
-Bilasanmi, menga ham yoshligimda baxt sening dumingda deyishgandi, Uni tutaman deb sendek rosa yugurganman. Oxiri bir kun hammasi jonimga tegdi va baxt ortidan quvmay qo’ydim. O’z yo’limni topib ketaverdim. Qarasam, dumim ham ortimdan qolmay kelayapti. U bir umr ortimdan ergashib yurdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |