Chexovning garov hikoyasi qaxramonlariga chizgilar
O’zbek xalq dostonlarida vatanparvarlik fazilatlarining aks etishi
Insho
Taqriz 1
Hikoyani o’qir ekanman bankir va yosh yurist o’rtasidagi garov oxiri nima bilan tugashiga shu qadar qiziqdim. Hatto bankir aytgani kabi men ham bu yosh yurist ko’p vaqt davomida qamoqda o’tira olmaydi deb o’ylagandim. Lekin afsuski o’ylaganlarim xom hayol bo’lib chiqdi. 15 yillik bu ahdlashuvni qanday o’tkazish haqida bir o’ylab ko’ring-chi, hech qayerga chiqmasdan, hech kim bilan gaplashmasdan o’tkazish juda qiyin hisoblanadi.
Lekin yosh yuristning qilgan harakatlari ya’ni vaqt o’tishi bilan qanday harakat qilayotgani anglab olishi, hamda yomon odatlarni tashlab kitob bilan oshno bo’lishi, uning vaqtini qanday o’tganini sezmay qolishi, uning o’qib o’rganganlarini va shu paytgacha ko’rgan kechirganlarini va odamlarning qanday yashayotganini taqqoslash imkonini bergan deb hisoblayman. Undan tashqari yosh yurist yozgan nomani bankir ham o’qib qilmoqchi bo’lgan ishidan qaytganligini hamda shu vaqtga qadar qanday yashaganligini ko’z oldidan o’tishi va pushaymon bo’lishiga olib keldi. Oddiy garov ortidan hayotga bo’lgan qarash shunchalik o’zgarib ketdi.
ALBATROS
Taqriz 2
Anton Chexovning "G'ilof bandasi ", "Niqob", "Chinovnikning o'limi", "Unter Prishiboyev", "Semiz va oriq" kabi hikoyalaridan farqli olaroq "GAROV" hikoyasi insonni bir zumgagina bo'lsa ham o'yga soladi. Chunki hikoyada insoniyatning qay darajada oliy ekanligi ko'rsatilgan. Yanikim odamzot nimalarga qodirligi uning murakkab mavjudot ekanligi ochib berilgan.
Garovda bank sohibining 15 yil avval o'ylanmay aytilgan gaplari shu kunga kelib o'zining boshiga balo bo'layotgani, hatto u mag'lub bo'lmaslik uchun odam o'ldirishgacha borgani achinarli holat.Ammo advakatni 15 yil ichida bir necha tillarni yolg'iz o'zi o'rgangani, ko'plab sohalarni o'zlashtirgani va buni uddasidan chiqqani insonni qay darajada mukammal ekanligini, agar o'zida ishtiyoq bo'lsa hamma narsa qo'lidan kelishi mumkinligini yana bir bor isbotlashi bu hammamiz uchun ibratdir. Ayniqsa uni yozgan maktubi o'zini o'limdan qutqarishi qoyilmaqomdir.
"Pul qo'lni kiri" deb shuni aytishsa kerakda ammo buni tushunish uchun odamda sabr bo'lishi darkor.Hayotining eng gullagan davrini tutqunlikda o'tkazib, bundan hech ham afsuslanmaslik esa tahsinga loyiq. Men bu hikoyadan shuni xulosa qilamanki olloh bergan barchasiga shukr qilaylik! Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin ammo bizni yashab turganimizni o'zi katta baxt, ha biz bu dunyodan hech narsa olib ketolmaymiz ammo o'zimizdan yaxshi nom , yaxshi bog' qoldirishimiz mumkin....
Hech qachon to'xtamang doimo olg'a intiling, hatto yiqilsangiz ham o'qish, o'rganish, izlanishdan charchamang, shundagina marra sizniki bo'ladi.....
Dinara Yusupova, yosh bloger
Do'stlaringiz bilan baham: |