????#Sen va men????



Download 3,18 Mb.
Sana19.04.2023
Hajmi3,18 Mb.
#930535
Bog'liq
Hikoyalar olamida faqatgina Amerika Uzbekiston va Turkiyaliklar hayotini yoritishadi men biroz bulardan chekinga holda mavzuni Rassiya olib boraman


Hikoyalar olamida faqatgina Amerika Uzbekiston va Turkiyaliklar hayotini yoritishadi men biroz bulardan chekinga holda mavzuni Rassiya olib boraman


🌿#Sen_va_men🌿


1_qism

Rassiyaning Samara shahri


* * * * * *
-Oyijon, iltimos urmang, endi unday qilmayman
-Endi men bu ko'ylakni qanday kiyaman aa, gapir axmoq qiz
-ke..chir..ing, bi..bil..mas..dan aralashtirib yu...yubo..rib..maan, en..di unday qil..mayma..n
-Ha yashamagur, sen hech qachon mening hayotimga yaxshilik olib kelmagansan
-iltimos kechiring oyijon
Diana faqat yig'lardi, uni aybi onasi bugungi uchrashuvga kiyadiga kiyimini, boshqa kiyimlar bilan aralashtirib yuvgani va oppoq kiyim tushunarsiz rangga aylanib qolgani edi.
Axir endigina 9 yoshli qizaloq qayerdan ham bilsin bunday narsalarni. Diana tug'ilgandan buuon onasi unga sovuq va qo'rs muomilada bo'lgan, hattoki Dianani isminiyam onasi qo'ymagan qiziqmagan ham..
Sababi onasi Dianani tug'ilishini xoxlamagan, Diana hattoki otasini kimliginiyam bilmaydi.
(Dianani onasi) Mariya asabiy axvolda xonasiga kirdi va gardirobidan birin ketin kiyim tanlashni boshladi, Diana esa jimgina o'z ishlarini qildi.
Deyarli har kuni Mariya Dianani urardi, sabab esa arzimagan narsalar uchun edi...
Shunday qilib oradan yillar o'tti.
Diana 16 yoshga kirdi, u juda odobli va aqilli qiz bo'lib voyaga yetti, hech kim Ruslar orasida ulg'aygan demaydi, Diana tundek qop qora sochlarini umuman kesmadi judayam uzun bo'lgan bu sochlarni har doim yig'ib yurardi, judayam chiroyli. bu qizimiz biroz uyalchang va sal gap gapirsa ko'zlariga yosh oladigan, ko'ngli bo'sh bo'lib ulg'aydi.
Oradan yillar o'tti...
-Diana narsalaringni yig'ishtir ketamiz bu uydan
-Q..qa..yerga oyijon
-Yangi uyimizga qizalog'im
Mariya xush kayfiyatta edi, va Dianani birinchi bora qizalog'im deya atadi, Dianani bu gapdan ko'ziga yosh keldi
-h..hop oyijon
Diana va Mariya narsalarini yig'ishtirib to'g'ri airaportga borishdi, u yerdan Maskvaga uchadigan samaliotta Maskvaga uchib ketishdi. Diana nega Maskvaga ketishayotganligini bilmaydi ham, jimgina onasi nima desa shuni bajaradi.
Maskvaga qo'nishdi va airaportta ularni 2ta qo'riqchi kutib oldi, Diana hayron edi. Biroz qo'rqdi, Onasining esa kayfiyati chog'. Ular 2 qavatli katta uy qarshisida to'xtashdi. Uy ichidan bir erkak chiqib keldi ular mashinadan tushishgandan so'ng. Mariya u odam bilan quchoqlashib hush kayfiyatta salomlashdi, Diana jim joyidan siljimasdan turardi
-Diana Dadanga salom bermaysanmi?
Diana shokda bu odam rostan ham meni dadammi deya, chunki u judayam dadasi bo'lishini xoxlardi. Ayniqsa sinfdoshlari dadang qayerda degan savoliga, boshini quyi eggancha bilmayman deyishdan charchagan edi...

🌿#Sen_va_men🌿


-Bu m..men.ni da..dam..mmi?


-Ha endi bu insom sening dadang qizim
Diana hech ikkilanib o'tirmay Andreyni bag'riga boshdi va yig'lab yubordi.
-DaDajon men sizni kelishingizga ishonar edim, sizni judayam sog'inib kettim dada
Deya yig'lardi, Andrey Mariyaga boshqacha qarab qo'ydi va qizni yupatti. Ular uyga kirishdi birga tushlik qilgamdan so'ng eshik jiringladi, eshikdan bitta qiz va bitta bola kelishdi. Ularni yoki taxminan 16, 18 yoshlar atrofida edi.
-Salom dada
-Salom
-Xush kelibsiz bolalar
-Rahmat, bular kim dada
Eng birinchi og'li savol berdi
-Tanishing bolalar bular sizni oyingiz Mariya va singlingiz Diana bo'lishadi
-Qanday daxshat (qizi salom ham bermasdan, shunday degancha mehmonxonadan chirib ketti)
-Tabriklaymiz DADAJON uylanibsiz, 1ta qizlik ham bo'libsiz sizlarga DAVOOMLII va uzoooq baxt tilayman
O'g'li bu gaplarni qanchalik alam va ko'zida bilinar bilinmas yoshlar bilan aytti va alamzada kulgancha u ham xonani tark etti.
Diana biroz hayron, negaki u rostan ham bu inson meni dadammi? Nega meni dadam bo'lsa uni farzandlari bor? Kim o'zi bu odamlar deya. Lekin onasidan qo'rqganligi uchun hali hamon jim...
-E'tibor berma azizam, ular hali ko'nikib ketishadi. Onasining o'limidan keyin ko'ngli o'ksik bo'lmasin deya judayam erkalatib yuboribman
-Hechqsi yo'q Andrey, hali bizni yaxshi bilishmaydi, bu gaplari tabiiy xol aslida.
-ratmat tushunganing uchun Mariya
Ular ovqatlanib bo'lishdi lekin Andreyni bolalari Damir va Karinadan darak bo'lmadi.
Andrey, Dianani 2 qavatdagi chiroyli xonaga joylashtirdi, u xona ataylab Diana kelmasidan oldin u uchun tayyorlangan edi.
Dianani xonasi Damir va Karinani xonasidan keyingisi ya'ni 3chi xona edi.
Diana tilidan: Ertalab erta turib, yuz qo'limni yuvar ekanman meni hali hamon savollar qiynardi. Rostan ham bu inson mening dadammi? Deya hayollarimni yig'ib nonushtaga tushdim. Oila jamul-jam
-Hammaga hayrli tong
-Sengayam qizalog'im kel o'tir
-tonggi qolibdimi soat 8dan o'tyabdi (Damir)
-hayrlisi qolibdimi endi(Karina)
Dadamning qoshlari bitta joyga kelib, g'azab bn gapirdi
-bolalar bu qanaqa gap bo'ldi. Singlingizgayam shunday deysizlarmi?....
🌿#Sen_va_men🌿

-Daadaa
Karina ham qolishmasdan yana gapirdi


-Mayli sizlarga yoqimli ishtaxa men o'qishga kech qolyapman. Xayr
-Men hali senga ruxsat berganim yo'q Damir
-Men hali sizdan ruxsat ham so'raganim yo'q "dadajon"
Alohida urg'u berib aytgancha uydan chiqib ketti. Men o'zimni ayiblay boshladim, ota bolani bir biriga qarshi qilib qoydimmi deya. Karina ham oxirigacha nonushta qilmay oqishga tayyorlanish uchun xonasiga kirib ketti.
-Ular meni yoqtirishmaydimi dada
-yo'q qizalog'im, ular shunchaki senga ko'nika olishmayabdi hali hammasi yaxshi bo'ladi, sen ko'p o'ylama
-Ular bilan albatta chiqishb ketasan Diana
-Rahmat dada oyi
-Aytgancha, Diana bugun sen ham o'qishga borasan senga haydovchi chaqirtirganman. Nonushtadan keyin o'qishga ketasan
-Hop, unda men tayyorlanay
-Hali nonushta qilmadinku qizim
-Ishtaxam yo'q dadajon
Men xonamga kirib kecha kelgandan buyon narsalarimni joylashtirmaganim esimga keldi va shkafni ochib narsalarmni joylashtirmoqchi edim. Lekin shkaf ichi liq to'la kiyim ekan. men kelmasimdan oldin hammasi tayyorlab qo'yilgan, deya o'yladim. Ichidan bitta kiyimni tanlab o'qishga yo'l oldim.
O'qishga yetib kelgach direktor xonasiga bordim. Dadam hammasini gaplashgan ekanlar direktor meni olib o'z auditoriyamga olib bordi. Dars endi boshlangan ekan. Men va direktor kirib borishimiz bilan hammani ko'zi men va direktorda edi.
-Xush kelibsiz Mixayil Yuriyevich
-Salom o'quvchilar, bu qiz sizlarning yangi kursdoshingiz. Ismi Diana. O'zingiz tanishib olaverasizlar, uzur darsingizni bo'lganim uchun
Deya direktor chiqib ketti
-Xush kelibsan Diana, men guruh rahbari Ivan Taranovich bo'laman. Bosh o'rinlardan biriga o'tir
-hop tanishganimdan xursandman Ivan Turanovich
Men bosh parta qidira boshladim. Oxirgi partada 1ta o'rin bo'sh ekan. Lekin ikkinchisida o'g'il bola bor edi. Men hech ikkilanmay bo'sh o'ringa borib o'tirdim. Auditoriyadagilarning hayrat to'la nigohi menga qaratilgandi. Men yomon ish qilib qo'ydimmi deb yonimdagi bolaga qaradim. U bo'lsa menga qarab ham qo'ymasdan telefondan boshini ko'tarmasdi. Oldi partagagi qiz menga achingandek qarab qo'ydi. Hammaga nazar solib chiqar ekanman, menga g'azab va ayyarona kulgancha Karina qarab o'tirardi. Yarim soatcha shu jimjitlikda o'tirdim.

🌿#Sen_va_men🌿


2_qism

Oxiri portladim...


-Salom kelganimdan buyon telefondan boshingizni ko'tarmaysiz. Balki tanisharmiz?
Yonimdagi bola eshtmagandek haliyam telefondan boshini ko'tarmasdi.
-Hey yigit men sizga savol berdim
U sekin boshini ko'tarib menga boshdan oyoq tikildi va
-kimsan va qachon kelding
-Exxeey telefonga mukkasidan ketibsizku deya kuldim
-Nega men bilan o'tiribsan bor boshqa partada o'tir deya urishdi yigit
-Boshqa bo'sh parta bo'lganida o'tirardim. Meniyam siz bilan o'tirishga ko'zim uchib turgani yo'q. U atrofga qaradi rostan ham boshqa bo'sh o'rin yo'qligini ko'rdi.
-Hn mayli
-(axmoq, aurbet, qizbolagayam shunaqa muomila qiladimi tomi ketgan, men ichimdan, lug'atimdagi eng chiroyli gaplar bilan uni siylardim)
-Ismim Alexsandr hamma Alex deydi
-Endi yetib bordimi deyman a boyagi savolim (men uni gap bilan chaqib olishga harakat qildim. Bilmayman avvallari hech kimga menga bunaqa muomila qilmasdi. Menimcha birinchi marotaba bunday muomilani u qildi menga)
-Isming nima qizaloq
-Men qizaloq emasman yigitcha. Ismim Diana
-Hn. Tanishganimdan xursandman Diana
-Men ham.
Zo'rg'a asablarimni tinchlantirib 1chi parani yakunladim va suv olib kelish uchun tashqariga chiqdim. Kelganimda kollej oshxonasiga ko'zim tushgan edi. Adashib qolmay deya sekin oshxonaga kirdim. Oshxona ichidagi bitta yigit va qiz qo'l ushlashgancha shirinlik tanlashar edi. Qiz haddan ziyot suniy go'zal edi Yigit esa qiz bilan ko'ngilxushlik uchun birga ekanligi shundoq ko'zlaridan bilinib turardi
Men ularga bir qarab qo'ydimda suv olib yana tashqariga chiqib kettim
Auditoriyaga qaytib kelganimda esa dars boshlangan ekan, kechikib kirganimni ko'rgan o'qituvchi
-Yangimisan
-salom, ha yangiman
-O'tir joyinga, ikkinchi kechikmay kelishni o'rgan
-hop boshqa takrorlanmaydi.
Men oxirgi partadagi o'z o'rnimga borib o'tirdim. Lekin Alex yo'q edi. Uni yo'qligiga etibor ham bermasdan darsni tingladim. Lekin hayollarim boshqa yoqda. Meni yana o'sha savollar girdobi qiynardi. U odam kim? Meni dadam kim? Agar u meni dadam bo'lsa bolalari bormi? Deya turli xildagi savollarni o'zimga o'zim berib yana bir darsni o'tkazdim. Dars tugashi bilan hamma tushlik qilish uchun chiqib ketdi...
🌿#Sen_va_men🌿
-Salom Diana
-.....
-Diana, hey qiz
Deya kimdir barmoqlarini shaqqilatdi. Shunday keyingina men o'zimga keldim
-Siz kimsiz? Nima gapingiz bor
-Salom, meni ismim Kristina agar yo'q demasang sen bilan tushlik qilmoqchi edim
-Mayli
Biz Kristina bilan birgalikda oshxonaga tushdik. Tushliklarimizni olib 1ta stolga borib o'tirdik. Buni qarangki menga qarama qarshi tomonda biroz oldin huddi shu yerga ko'rgan yigit va qiz kulib ovqatlanib o'tirishardi ular atrofida yana 4 5 tacha yigit bilan. Ko'rib tutoqib kettim. Qiz bolayam shunaqa bo'ladimi, shuncha yigitlarni orasida bitta o'zi uyalmasda o'tirishini deya jirkanib unga qarab qo'ydim. Buni sezgan Kristina men qarayotgan tomonga qaradi va
-Nega ularga boshqacha qarab o'tiribsan
-O'zim shunchaki. Ular kim
-Ha, ular orasida eng kelishgan yigit kolejimiz direktorining o'g'li. Tamerlan. Yonidagi qiz esa kolejimiz yulduzchasi Alisa, 2 yildan buyon Tamerlan bilan yaqin aloqada gaplashishadi
Kristina gazabdan o'zini zo'rg'a bosib turgan odam singari juda g'alati oxangda gapirardi
-Haa ular bir biriga mos ekan. Deya oldim xolos
-Ha mos, mos deya yana orqasiga boshqacha qarab qoydi. Biz tushlik qilishni boshladik. O'sha yigit esa men uni qarshisida o'tirganimni ko'rib ko'zini uzmasdan qarab o'tirardi.
---Jon qayerga qarayabsan dedi Alisa
-Hech qayerga Asalim, sen tushligingni tezro qil
-hop deya u nozlanib Tamerlanni yuzidan o'pib qo'ydi
---Shu payt birdan osmondan tushgandek Damir paydo bo'ldi
-Salom qizlar, mengayam bo'sh o'rin topiladimi yoningizdan
-Ha kel Damir yaxshimisan
-kayfiyatim a'lo darajada. Sen qalaysan Singiljon dedi Damir soxta tabbasum ila
-Hali bu seni singlingmi Damir
Deya Kristina hayrattan bir qo'li bilan og'zini berkitti
-Ha Tina bu mening o'gay singlim Diana
-Sizlarga yoqimli ishtaxa, yaxshi o'tiringlar
Men ular oldida ko'p o'tira olmadim. Ko'zlarim yoshga to'lgan. Akam meni o'gay dedi ha u meni o'gay dedi, bundan chiqdi meni dadam Andrey emas ekan.
Men Auditoriyaga kirmasdan tashqariga chiqib kettim. Kollej o'rmon ichida joylashgandek atrofida daraxatlar ko'p edi. Men kolej bog'iga borib ko'zimdagi yoshlarni tashqariga chiqardim. Bog'da hech kim yo'q edi. Tizzalab o'tirib qoldim va o'ksib o'lsib yig'lab o'tirardim. Bu menga alam qilardi u insonni men o'z otam deb o'ylagan edim...
🌿#Sen_va_men🌿

Nega axir? Deya qattiq baqirib yubordim. Shu payt kimdir bir qo'lini yelkamga qo'ydi va ikkinchi qo'li bilan dastro'molini uzatti


-Siqilma, senga nima bo'ldi yig'layabsan?
Men unga yosh to'la ko'zlarim bilan jim qarab turdim va dastro'molni olib ko'z yoshlarimni artdim.
-Senga nima qizig'i bor
-Shunchaki, so'rab ham bo'lmaydimi
-yo'q. ayniqsa senga
-Men senga nima yomonlik qildim? Bilsang boshqa qizlar xatto meni gapirishimgayam zor bo'lib yurishadi sen nega o'zingni olasan
Deya u menga qarab yurib kela boshladi
-A.a..Ale..ex s..sen ho...hozir n..n.nima qilmoqchisan?
-Qo'rqdingmi qizaloq
-Hechamda, sendanmi?
-Jasorating menga yoqyapti lekin manavi zahar tilingni bir kun qisqartirib qo'yishimga to'g'ri keladi
U yonimga kelib sekin yuzimga tushga bir necha tola sochimni yuzimdan oldi. Men esa bunday harakatini kutmaganim uchun uni utarib yubordim, u ham to'sattan itarib yuborishimni kutmagan edi va yerga o'tirib qoldi, men unga qaramasdan kollejga yugurib kirib ketdim. Hozirgi uni harakatlaridan esankirab qolganim uchun yo'lda kimgadir uruldim ammo etibor ham bermasdan auditoriyaga keldim
-Diana senga nima bo'ldi
-T.t..tina uni quchoqlab oldim, ko'zimda chiqishga shay turgan ko'z yoshlarim yuzimni yuva boshladi.
-Dia senga nima bo'ldi gapirsangchi ranging ham bir axvolda yoki kimdir xafa qildimi seni
-y.yo'q uyimga k..ke..tishni istayman
-hop hozir ustozga o'zim aytib qo'yaman sen uyinga boraver hop
Men narsalarimni olib, qanday kelgan bo'lsam yana shunday eshikdan chiqib ketayotganimda Alexga uruldim. (Qanchalar axmoqmanaa yo'lga qarab yurishniyam unuttimmi yo)
Hech nimaga e'tibor bermadim. Haydovchi kelishiga hali ancha vaqt bor, men uyga yayov qaytishni istadim. Hayollar og'ushida ketayotsam oldimda qop qora BMW mashinasi to'xtadi. Unga qaramasdan yonidan o'tib ketayotsam qoraytirilgan oynalarini pastka tushurib
-Hey qiz qayerga ketayabsan
Men javob bermaslik va unga qaramaslikni maqul ko'rib yo'limda davom ettim. Lekin uni ovozi negadir menga tanish
U mashinasidan tushib meni qo'limdan tortti. 1 urinishda men uni burnini tagida paydo bo'ldim.
-S..si..siz
-Ha men singiljon
-Nega meni yonimdasiz. Yoki kuzatib yuribsizmi? Nima qilyabsiz bu yerda? Meni o'ldirmoqchimisiz? Siz, siz siiz? Men barcha gaplarni nafas olmasdan tez ayttim. hayajon va qo'rquvdan oxiri gap topolmay qoldim....
🌿#Sen_va_men🌿
3_qism

Men qo'rqa boshladim rangim oqarab ketti peshonamdan esa sovuq ter chiqdi


-Qo'rqma qizaloq, men senga hech nima qilmayman Damir miyig'ida kulib qoydi
-Nega meni k.ku.zzatib kelyab..siz u.unda?
-Tina seni o'qishdan bir axvolda ketganingni aytti
-Nega? Mendan xavotir oldingizmi? Yoki yaxshi aka sifatida ko'rinmoqchimisiz
-yo'q shunchaki sen bilan biror joyga borib gaplashishni istadim singiljon
Ko'zlarim katta katta bo'lib unga qaradim
-Menga unday qaramaa dedi norozi ohangda
-Hop unda xayr men ketishim kerak
Deya undan qochishga harakat qilardim
-Heey men shuncha gapni kimga gapirdim. U orqamdan shunday deya baqirdi
-Soyamga bo'lsa kerak meni siz bilan aylanish va gaplashish niyyatim ham vaqtim ham yo'q.
-Hop unda mashinaga o'tir uyga tashlab qo'yaman
-yo'g'ey ovvora bo'lmay qo'ya qoling, o'zim yayob yetib olaman
-Diana, sabrimni sinama... baribir bitta joyga boramiz o'tir mashinaga, u endi meni bilagimdan ushlab o'ziga qaratti.
-Men siz bilan ketishni is-ta-may-man. Yayov sayr qilib uyga borishni istayman. Tushuntira oldimmi.
Qo'limni olib unga qaramasdan yo'limda davom ettim
U mashinasiga o'tirdida katta tezlikda haydab qayergadur ketti. Men esa uyga ketaverdim. Oradan 10 daqida o'tib u oldimda paydo bo'ldi
-Balki endi birga ozroq suhbatlasharmiz
-Nima haqida (tavba bu jinnimi bir qarasang jaxldan ketib qoladi keyin yana oldingda paydo bo'ladi)
-Sen haqingda yoki hayoting
-Mayli nimalarni eshitmoqchisiz
-yur qahvaxonada bir finjon coffe ichib gaplashamiz
-Yo'q istamayman
-hop unda sen bilan uygacha gaplashib ketaman rozimisan?
-hmm. Mayli
-Unda boshla
-Qaysi mavzuda gapiray
-Oilang hayoting ota onang
Men bu gaplardan ketin biroz asabiylashdim va o'tmishim ko'r oldimdam o'tti.
-Nima haqida gapiray, tug'ilganimdan buyon oyim meni yomon ko'ragani, har kuni kaltaklagani yoki bolaligim, boshqa bolalar kabi quvnoq, ota onasining issiq quchog'ida o'tmaganini gapiraymi? Aa balki seni uyinga kelib dadangni o'z otam deb o'ylaganimni aytaymi. Nimani gapiray ayt.
Men dard va alam bilan gapirardim
-D.diana kechir bil..bilmagan edim kechir
Men yana yig'ladim, (Ming lanat bo'lsin menga, Damirni oldida ham ojizlik kuchsizligmni ko'rsatdim, )
-Diana sen shu yerda tur men hozir kelaman. U meni axvolimni ko'rib qayergadir ketti. men turganim joyimdan jilmay uni kutdim, ichimda o'zimni sokib qarg'ardim, Alex, Tina va uni oldida ko'z yoshlarimga erk berganim uchun.
Oldimda yana o'sha BMW kelib to'xtadi, old oynasini tushirdi
-o'tir
-...
Jimgina mashinaga o'tirdim
-Manabu suv va shokaladlar senga
-Keragi yo'q
-Kerakmi deb so'raganim ham yo'q sendan
U hissiz gapirib mashinani juda katta tezlik bilan uyiga haydadi....
-Tush yetib keldik
-S.siz tushmaysizmi?
-Yo'q. Agarda uydagilarga bizni so'rashsa. Karina dugonalari bilan o'tirishi bor ekan, Damirni esa ishlari chiqib qolibdi deb aytib qo'yarsan
-hop
Men uyga kirdim, uydan sas sado chiqmasdi faqat 2ta xizmatkor ayol bor ekan
-Salom oyim bilan d.dadam qayerda
-Andrey Ivanov ishga ketgan, Mariya xonim esa o'z xonasida
-Rahmat
Men xonamga kirib ust boshimni almashtirdim va to'g'ri oyimning xonasiga chiqdim
Taq taq taq
-Kiring
Men xonalariga kirdim, avval umuman kirib ko'rmagan edim. Oyim tosh oyna qarshisida o'ziga oro berib o'tirardi
-Xush kelibsan Diana
-oyi siz bilan gaplashib olishimiz kerak
-Qulog'im senda
-Oyi Andrey Ivanov kim, rostan ham u mening dadammi
-Qizalog'im Diana
Oyim miyig'ida kuldi va
Haliyam yosh bolasan, u seni o'gay dadang bo'ladi, mayli sen uni dada deyaver
-Meni haqiqiy dadam kim va u hozir qayerda (Yo xudoyim iltimos u o'lgan demasin)
-Dadang, u sendan voz kechgan qizim. Hozir qayerdaligini ham bilmayman
-mendan.n v..vv..voz.zz ke.kechgan.mi?
Deya ko'zlarimdan 2 tomchi yosh koylagimga tomdi
-Haa u seni tan olmagan ham, uni eslama. endi seni dadang Andrey
-....
Men hech nima demasdan xonamga yugurdim. Xonamga kirdimu ichkaridan qulflab eshikka suyanib o'tirib qoldim
-N.nnaho.otki m.mendan v.vo..vozzz kechgan? O'z otam aa
Qo'llarim bilan og'zimni yopib o'ksib o'lsib yig'ladim. Axir men onamdan bunday javobni kutmagan edim. Xattoki men o'z otamga ham keraksiz bir insonman. Ming lanat menga, nega dunyoga kelganman o'zi, men oyimdan faqatgina
-Seni otang Andrey
Deyishini kutgandim holos. Afsus...
Men turib divanga o'zimni ottimu, ko'zimda yoshlarim to'xtab ular yumipa boshladi
* * * * * * *
-Sen nimalar deyabsan
-Tinchlan jonginam, seni oldingdagi qiz kim edi?
-Natali sabrimni sinama nima xoxlaysan, Kecha sen bilan barcha aloqalarimni uzganman. Yana nega menga qo'ng'iroq qilyabsan?
Damir asabiy baqirib yubordi...
-Shirinim buncha baqirmasang, agar shu qizni yonida ko'p o'ralashaversang, u qizni yo'q qilaman
-Natali, bilasan senda ko'nglim yo'ligini yana mendan nima istaysan. U meni singlim
-Men ham sen ham juda yaxshi bilamiz seni singling Karina ekanligini
-ha bilamiz Lekin bu qiz mening o'gay singlim. Uni yonida har kuni bo'laman chunki biz bitta uyda yashaymiz. Unga hech nima qilmaysan tushundingmii
-Damir, damir damir
Deya Natali kuldi
-Nima deysan tezz gapir Natalii
-Men bilan aloqalarni tiklaysan
-Hech qachon, eshtyabsanmi hech qachon. Sen meni ko'zimgayam ko'rinma
Damir aloqani yakunlab telefonini yonidagi o'rindiqqa otti
-Boshga bitgan balo bu, qayerdan ham bu bilan tanishdim suv ilon bu
Deya uni eng yaxshi gaplar bilan sokardi
* * * *
Tamirlan Alisani uyiga tashlab o'zi yana kollejga qaytti, to'g'ri direktorni xonasiga kirdi
-Salom volidayi sultonim
-Yana nimani boshlading, ishing tushmasa bu xonaga kirmas edingku?
-Hech nimani boshlaganim yo'q onaa
Tamirlan stol ustidagi olmani olib tishlab yana gapida davom ett
-eshtishimcha bugun kolejimizga yangi qiz kelibdi
-Ha keldi
Dariya Nikolayevna shunday deya hujjatlarni ko'zdan kechirardi
-shu haqida malumotlar kerak edi
-Uni nima qilasan
Dariya hujjatlardan boshini ko'tarib ko'z oynagini paska tushirib Tamerlanga qaradi
-Kerak onajonim keraak
-ishqilib sevib qolmadingmi?
Dariya fig'oni falakka chiqib savol berdi
-Shunday desa ham bo'ladi, unga qiziqib qoldim
-Tamik, seni dastingdan kollejda sevilmagan qizni o'zi qolmadi
Deya baqirib yubordi
-Onajonim, volidam men ularni sevmayman ular o'zari bo'ynimga osilib olishadikuu.
-Tamik u kimni qiziligini bilsanmi?
-Yo'q hozir u haqida malumotlar yozilgan hujjatlarni bersangiz bilib olar edim.
-U Andrey Ivanovning qizi bo'ladi
-Nimaa
Tamerlan hayratta, sal kam baqirib yubordi, olmani stol ustiga qo'ydi
-Ona hujjatlarni berarsiz balki
-Qaysar bola, shkafda 1V degan tortmada, eng ustida turibdi olaver
Dariya qo'li bilan boshini ushlagancha yana hujjatlardan ko'zini uzmasdan bir nimalar o'qib o'tirdi
Tamerlan tez borib hujjatlarni oldi va ochib telefoniga rasmga oldi. Keyin
Rahmat volidayi sultonim deya xonadan chiqib ketti....
🌿#Sen_va_men🌿
4_qism

Kechki ovqat payti hamma dasturxon atrofiga yig'ildi. Lekin hali hamon Dianadan xabar yo'q edi


-Lili Dianani kechlikka chaqirib tush
-Hop bo'ladi Andrey Ivanov
Birozdan keyin Lili bitta o'zi qaytib keldi
-Janob Diana xonim kechki ovqatga tushmasligini aytti. Uni kutmasdan o'zlaringiz ovqatlanar ekansiz?
-Yaxshi. Unda hammaga yoqimli ishtaxa
Ovqat payti Damir Diana haqida hayol surib uncha ovqatlanmadi qolganlar esa uni unutib ovqatlanaverishdi. Keyin hamma o'z xonalariga yo'l oldi
-Lili 10 daqiqadan keyin mehmonxonaga 2ta qahva olib kel
-hop boladi Mariya xonim
Andrey va Mariya Mehminxonada gaplashib o'tirishardi
Karina internet bilan band telefondan ko'zini uzmasdi
Damir hayol surib o'tirdi oxiri balkonga chiqdi. Bolalarni xonasiga balkon orqali 3ta xonaga kirish imkoniyati bor edi. Lekin ular orasida salgina baland to'siqlar qo'yilgan. Damir hech kimga sezdirmasdan to'siqdan oshib o'tib Dianani xonasiga kirdi.
-K.ki.m bu
Diana haliyam uxlamagan ekan. Damir uni uxladi deb o'ylagan edi.
-M.menman Diana sekinroq
-Damir siz bu yerda nima qilyabsiz og'rincha xonamga kirib
-O'zim. Sendan xabar olgani kelgandim
-Hop. Eshikdan kelsangiz ham bo'ladiku. O'takamni yoray dedingiz.
-Nima qilay hayolimga eng birinchi shu fikr kelgan bo'lsa
U endi norozi ohangda gapira boshladi.
-vaay hop hop, kel o'tir
-Nega kechki ovqatga tushmading
-Ishtaxam yo'q edi
-biron nima yeb olmaysanmi endi
-istamayman
-Tushlikdayam tuzukroq tushlik qilmaganding, kasal bo'lib qolma
-Sizga nima. Men kasal bo'lsam. O'gay singlingiz uchun qayg'urmay qo'ya qoling akajon
(Buni, meni tergashlari jonimga tegdi kim o'zi buu menga)
-Buncha zahar bo'lmasang, men shunchaki seni o'yladim
-o'ylamang sizga desam o'lib ketmaymanmi. Kimga kerakman o'zi?
-Diana qo'y bu gaplarni. Hozir pastka tushib ovqatlanib ol. Liliga aytsang ovqat tayyorlab beradi
-Xoxlamayman
-Dianaa buncha qaysar qiz bo'lmasang
-shundayman, endi akajonim xonamdan chiqing deya uni eshik tomon itara boshladim...
Hey qiz nima qilyabsan. Jinni
-Ha nima qilibman chiqing honamdan
-Hop chiqaman faqat eshikdan emas. Ko'rgan odam nima deb o'ylaydi
-Hayaa uzur
Deya boshimga urib qoydim.
-mayli ko'rishguncha, ovqatlaniib oolll
U qanday kelgan bo'lsa shunday xonasiga chiqib ketti
Men esa qornim ochganini his qildimda darrov oshxonaga tushdim. Lili allaqachon uxlashga ulguribdi. O'zimga ovqat suzib muzlatgichdan 1ta banan va olma olib ovqatlana boshladim.
-Yoqimli ishtaxa
Men ovqat yeyotgan edim uni ko'rib yeyotgan ovqatimga tiqilib, yo'talib qoldim
-Sekinroq, odam ko'rmaganmisan nima balo
U mayin jilmayib shu gaplarni aytti
-odam ko'rganman nima qilyabsiz bu yerda.
-Suv ichgani chiqqandim
U bir ko'zini qisgancha 1 stakan suv ichib oshxonadan chiqib ketti. Men esa ovqatlanib bo'lib mevalar bilan xonamga yo'l oldim. Xona chiroqlari yana 2 soat davomida o'chmadi. Men mevalar bilan sevimli kitobni o'qib o'tirardim. Keyin uyqum keldi shekilli kitoblar bilan uxlab qolibman___
......Erta tong......
-Salomlar bo'lsin duyo go'zali Dariya xonimga
-Salom o'g'lim. Yaxshi dam oldingmi?
-Ha a'lo darajada
-Kecha qayerda eding, seni kuta kuta uxlab qolibman soat nechchida uyga kelding shaxzodam
Dariya har doim Tamerlandan gap olishga harakat qilsa shaxzodam deydi.
-Onajon kecha do'stlarim bilan edim
-Haa xizmatchilar yana seni mast axvolda uyga kelganingni aytishdi. Bunnga nima deysan.
-Onaaa tinchgina nonushta qilaylik, yoki shuniyam tergov bilan o'tkazmoqchimisiz
Tamerlan norozi ohangda gapirib nonushta qila boshladi
-hop, hop jimman shaxzodam. bugun o'qishga borasanmi?
-Albatta o'qish qoldirish mumkun ham emasku. Axir kimsan Direktor xonimning o'g'limanku
Deya o'zi aytgan gaplarga o'zi kuldi
-Ha mayli
Ular hazil huzil bilan nonushta qilishdi
* * * * * *
-Diana xonim uyg'oning
-aa. Nima hozir. Hali kitobimni o'qib tugatmadimku
-Xonim nonushtaga tushing
-keyinroq uxlayman hozir shu kitobni tugatib olay Tiinaa...
🌿#Sen_va_men🌿

-Dianaa o'qishga kech qolasan tur o'rningdaan


Oyim kelib jaxl aralash sal kam baqirib yubordi. Men oyimni gaplarni eshtishim bilan sakrab o'rnimdan turdim
-Hop hozir turdim mana
-5 daqiqada nonushtada bo'l. Hammamiz seni kutib qolmaylik
-hop
Men oyim aytgandek 5 daqiqada nonushtaga tushdim.
-Hayrli tong qizalog'im
-Hayrli tong dadajon qolganlargayam hayrli tong
-Sengayam
-Rahmat Damir
-ho'sh bolalar kechagi o'qish kuni qanday o'tti. Kelishib keta oldingizmi
-Albatta dadajon Diana bilan yaqin dugona bo'lishgayam ulgurdik shundaymi Diana
Dedi Karina, men unga angrayib kiprigimni pirpiratib qarab turardim
-h..ha shunday hayrattan shu gaplarni gapirdim
-Diana yaxshi singil ekan, chiqishib kettik u bilan
Damir menga yana bir ko'zini qisib gapirishda davom etti
-Dada Dianaga haydovchi nimaga kerak o'zim olib borib, olib kelsam bo'lmaydimi
Men bu gapdan keyin, Damirga uni yeb qo'ygudek norozi qarab turardim
-Yaxshi fikr, sen o'zing istasang men roziman. Endi Dianadan havotir olib kutib o'tirmasak ham bo'laveradi
-Akajon siz meni bir martayam o'qishga olib bormagansiz, qayerdan quyosh chiqaqoldi.
Karina g'azab bilan zahrin socha boshladi
-Karina go'zal singlim, seni olib borishga odam ko'pku axiir deya bir qoshini uchirib choy ichishda davom etti
Nonushtani shunday chiroyli gaplar bilan yakunlab hamma o'z ishiga qarab ketti. Men dadamning gapilari tufayli Damir bilan o'qishga kettishga majbur bo'ldim.
Mashinaga o'tirishim bilan
-Sen esingni yeganmisan?
-Yo'q nega endi singiljon
-Nega dadamga men bilan o'qishga borishni aytting, men sen bilan borishni is-ta-may-man deb dona dona qilib ayttim.
-Bu meni qi-ziq-tir-may-diii. Endi esa jim o'tir
-Buyruq berishni bas qil. Menda nima istaysan o'zi
-Hech narsa faqat men bilan o'qishga birga borib kelsang shuni o'zi kifoya
-Nimani boshlading yana
-Eeey sen deya asabimni buzmasdan hurmat bilan gapir
U jiddiy gapirdi
-Endi seni sizlashim qolgandi. Yoshing nechchida
-yoshim 19da Dianaa
-vayy hoop hop sen nima desang shu
-Aytganni qil hop demasdan
....
🌿#Sen_va_men🌿
5_qism

Men o'qishga yetib kelguncha jim o'tirdim va kelgandan keyin


-qaytganda men taksida ketaman olib ketishingiz shart emas akajon. uni javobini kutmasdan mashinadan tez tushib auditoriyaga kirib ketdim.
Endi bu yerda o'qish maroqli tuyula boshladi. Men Alex bilan emas Kristina bilan birga o'tiradigan bo'ldim.
-Salom go'zalim
-Qaleysan Tina
-Yaxshi o'zingchi, kayfiyating g'alati?
-Ee gapirma, suyukli akajonim bilan keldim. Endi har doim shunday bo'larkan
-Vay yaxshiku Damir ajoyib yigit, o'qishga u bilan birga kelishni istagan qizlar judayam ko'pku.
-Menga nima endi shu bilan kelib ketishim qolgandi
-Damir ajoyib yigit uni xafa qila ko'rmaa
U kulimsirab daftariga nimalarnidir yozardi
-u senga yoqsa sen u bilan keta qolgin
-Yo'q, meni shaxsiy haydovchim bor
-Mendayam bir edi, Damir o'zim olib borib kelaveraman demasidan oldiin
-Exx Diana darsga tayyorlan, baribir Damir o'z aytganini qiladi va sengayam qil-di-ra-di
Dars boshlandi. Jimgina 2 para darsni ham yakunladik.
-Tina bugun darsimiz 2 paramidi?
-Ha bugun hamma talabalarga 2para dars
-Faqat bizni guruhgamikan deb quvonib ketgandimaa
Yengil kulgu ovozlari yangradi. O'qishdan chiqquncha har xil kulguli gaplar bilan Tina bilan kulishib xayrlashdik
Men Damirga aytganimdek taksida ketmoqchi edim, undan oldin biroz piyoda sayr qilishni xoxladim
Daraxtlar sarg'aygan, bagrlari sekin astalib bilan to'kilardi. Havo biroz sovuq shunga qaramasdan men uchun ob havo va kun judda ajoyib edi. Tabiat go'zalliklaridan bara olib ketayotsam. Birdan mashinaning shovqin suron ovozlari bilan oldimda 2ta mashina kelib to'xtadi. Bri qop qora BMW ikkinchisi esa sap sariq Lambargini edi.
Ularga qaramasdan yana yo'limda davom ettim, ular esa qoraytirilgan oynalarini tushirdiyu bir biriga ayyarona jilmaygancha yana mening oldimga keldi. Ikkala mashinadan ham tengma teng 2ta yigit tushib kelishdi
-Salom Diana
-Diana mashinaga o'tir
-Qochinglar yo'limdan
-Diana balki, birga biror joyga borarmiz nima deding, yaqindan tanishib ham olar edik
-Heey, Sen unga umuman gapirma tushundingmi
Damir uni yoqasidan oldi
🌿#Sen_va_men🌿

-Indamaganimga haddingdan oshma yigitcha, Diana sen ham biror nima de. Tamirlan gazab bilan baqirdi


-U hech nima demaydi va meni mashinamga o'tiradi (Damir)
-Bas qilinglar, esingizni yeganmisz ikkalang ham.
-Yo'q lekin hozir ikkalamizdan birimizni tanlab mashinasiga o'tirishing kerak (Tamerlan)
-Istamayman, yolg'iz qolishni istayman. Seni men bilan nima ishing bor hattoki tanimaysan ham dedim
-Ehh Diana Diana, men seni tanimayman aa
-Ha tanimaysan. Bor Alisani yoniga meni oldimda nega o'ralashyabsan, Damir siz bu yerda nima qilyabsiz? Men sizga taksida ketaman degandimkuu
Men asabiy ikkisigayam baqirib yubordim
-Nima meni undan rashk qilyabsanmi. Tamerlan kulib yana gapida davom etti. Men hozir ketaman, lekin sen bilan ishimiz tugamadi, meni eslamassan lekin men seni esladim jajji farishta, Dianaa u ko'zini qisgancha mashinasiga o'tirib katta tezlikda ko'zdan g'oyib bo'ldi.
-Diana mashinaga o'tir
Damir asabiy gapirdi
Men o'ylanib qoldim. Qulog'im tagida Tamerlanning "Jajji farishta, Diana" degan gaplari jaranglardi.
-Diana senga aytyabman. U baqirib yubordi
-N.n.nima
-Qaysarlik qilmasdan tez mashinaga o'tir
Damirning bunday asabiy ahvolidan unga hech nima demaslik va qaysarlik qilmaslikni ma'qul ko'rib, mashinasiga o'tirdim.
Mashina harakatga kela boshladi. Borgan sari tezlashib borardi. Damir esa asabiy rulni qattiq ushlagancha mashinani boshqarardi
-D...Dam..iirr s..sall sekinroq haydang
Meni rangim oqarib ketti, Tezlikdan juda qo'rqardim.
-Seni u bilan qanday aloqang bor, U seni qayerdan taniydi?
-B.b.bilmaym..maan, Damir iltimos sekinroq haydang
U menga g'azab bilan tikildi. Mening rangim oqarib, terlab ketganimni ko'rgach esa g'azablangani esidan chiqib, havotirdan
-Diana senga nima bo'ldi dedi
-Sekinroq ha..haydang zo'rg'a shu so'zlarni ayta oldim holos. U esa mashinani chetroqda to'xtatdi.
-Yaxshimisan Diana, nima bo'ldi senga
-T..tezlikdan qo'rqaman.
U mashinadan tushib meni yonimga keldi,
-Kel, mashinadan tushib biroz toza havo ol. O'zingga kelib olasan shunda
-H.h.op mashinadan tushib u bilan toza havoda biroz turdim. O'zimga kelgach. Damir bilan Tamerlan o'rtasida bunaqangi g'azab, urish va dushmanlikning sababi nimada? Miyyamda faqatgina shu savol aylanardi. Ikkalamiz ham jim edik. Oxiri men tilga kiridim:
-Balki biroz suhbatlashib olarmiz....
🌿#Sen_va_men🌿

-Yaxshi fikr, yur biror joyga borib bafurcha gaplashib olamiz. Aka singil emas. Damir va Diana bo'lib


-U nima degani endi
-mashinaga o'tir
U meni kutamasan mashinaga o'tirdi.
-Ochiqchasiga gaplashib olamiz Diana
-Tushundim Damir
Biroz yurgach bitta qahvahonada to'xtadik, Qahvahonaga kirib 2ta qahva buyurtirdik. Men sabrim chidamay miyyamda charx urayotgan savollarimni unga berdim.
-Damir... Tamerlan bilan soz nega meni oldimga keldingizlar? U bilan orangizda nima bor? Nega uni bu qadar yomon ko'rasiz. Men undan nigohlarmni uzmasdan savol berdim
-Iltimos, Diana faqat shu haqida gaplashmaylik. U afitsiant olib kelgan qahvalarni olish barobarida javob berdi
-O'zing ayttingkuu, ochiqchasiga gaplashib olamiz deb. Damir va Diana bo'lib. Yana qanday savol berib gaplashay sen bilan. Tez qizishib kettim
-Hop. Hop senga bitta gap aytib ham bo'lmaydi, va'da beraman, barcha savollaringa javob beraman, faqat oxirida. Oldin sen meni savollarimga savob bergin.
U qahvada bir hoplab yana gapida davom etti
-Ho'sh, oying bilan sen qayerdan keldingiz. Oying avval nima ish qilardi. Dadang kim edi oldin. Tamerlan bilan qanday tanishsan. U seni tanir ekan? Ho'sh Diana xonim savollarmga 1ta 1ta javob berisgingizni intizorlik bilan kutyabman. U qahvadan yana ichib joyiga qo'ydi. Menga o'tkir nigohlari bilan qarab, savollariga javob kutardi.
-Hosh, sizga bugun hammasini aytamanda qutilaman baridan.
-Shunday deb umid qilaman
-Hop, undaa eshting
Biz oyim bilan Samara shahridan kelganmiz, Men tug'ilganimdan buyon oyimning, jerkib yomon ko'rgan xattoki isminiyam o'zi xoxlab qo'ymagan, har kuni kaltaklab azo bergan tashlandiq qizi edim... [Men hissiz bir nuqtaga tikilgancha yana gapirishda davom ettim] to'g'risi oyim nima ish qilishini bilmayman, men faqat uy ushlari yu maktabga borib kelishni bilardim xolos. Dadamni bo'lsaa... Umuman ko'rmaganman, hattoki tug'ilganimdan buyon uyimizda Dada yoki dadang degan ibora umuman ishlatilmagan ham. Sizniuyingizga kelib Andrey dadamni o'z otam deb o'ylagan edim. Ishonasizmi shu kuni men juddayam baxtiyor edim. Nihoyat meniyam endi o'z dadam bor deya. Sinfdoshlarim dadam haqida so'rashganida, boshimni quyi eggancha bilmayman yoki ularni hatto tanimayman ham deyishdan charchagan edim... [biroz skunatdan keyin yana gapimni davom ettirdim]
🌿#Sen_va_men🌿
6_qism

Tamerlanni tanimayman, bilmayman u esini yegan telbami, o'zidan o'zi kelib seni taniyman deydigan. Men istamaygina kulib qo'ydim


-Haa hammasi tushunarli
-Hosh Damir afandi endi siz meni savolarimga javob berasiz.
-Mayli va'da berganman axr..
-Hosh. Sen va Tamirkan o'rtasidagi dushmanlik qanday boshlangan va nega haligacha davom etmoqda shularni menga aytib berchi
U bir xo'rsinib qo'ydida, gapini boshladi
-Xullas, Biz Tamerlan bilan juda qalin do'stlar edik. U bilan bitta sinfda o'qiganmiz. 5-sinf paytimizda u bizni shaharga ko'chib kelgan. Shu tariqa bitta maktabda taxsil oldik. Bizni do'stligimizni hech kim buza olmasdi. [U mayus jilmaydi, huddiki afsuslangan odam alamdan jilmaygani kabi]
-keyinchi, keyin nima bo'ldi
-Keyin bir oxirida 9-sinf bo'ldik. Maktabda eng yuqori sinf. Hamma qizlar bizga oshiq edi. Bir kuni maktabimizga Nastiya isimli qiz keldi. U judda go'zal va betakror ediki. Bu go'zallik butun maktab yigitlarini o'ziga jalb qilgan edi. Jumladan men va Tamikni ham. Hullas. Nastiyaga ikkalamiz ham sevgi ishor qildik. Lekin u kimni tanlashidan qatiy nazar do'stligimiz abadiy bo'lishiga kelishgan edik...
-Nastiya kimni tanladi shunda [Men qiziquvchanligim tutib savol berdim]
-Dianaaa savol bermasdan sabr qilib tinglasangchi. Yoki aytmay qo'ya qolay [Damir norozi ohangda shunday dedi.]
-Bo'ldi davom eting jimman, mana...
-Nastiya... uni tanladi...
-Hozir birga baxtlidir a ular
-Yo'q oradan hech qancha vaqt o'tmay, Tamerlan Nastiyaning nomusini toptagan degan gaplar tarqaldi, bu gaplar Nastiyaning akasiga ham yetib bordi, Nastiyani tekshirtirib ko'rgan akasi, uning homladorligini biladi va qattiq do'pposlaydi, qiz esa bunday ho'rliklarga chidolmay o'z joniga qasd qiladi [Damir achinish va alam bilan shu gaplarni aytardi]
-Nega shunda siz bilan Tamerlanni o'rtasida dushmanlik bor, tushunmadim
-Nastiyaning o'limidan keyin, Tamerlanni jinim suymas darajada yomon ko'rib qoldim. Shunday jirkanch ishni qilgan, meni do'stim ekanligidan hazar qilib nafratlanardim, shu sababdan men Tamerlan bilan gaplashishga bordim. Men Nastiyani chin dildan sevardim, hattoki o'zimdan ham qizg'onadigan darajada [u alam va yosh to'la nigohini menga qaratti, men jim uni gapirishini kuttim]
Hullas... shu kech men Tamerlan bilan gaplashgani bordim, oyoqda zo'rg'a turardim, juda mast axvolda edim....
🌿#Sen_va_men🌿

Tamerlan bilan nimalarni gaplashdim nima bo'ldi hech nimani bilmayman. Ertalab soat 12larda boshim yorilib ketay deb og'riq berishini sezib uyg'ondim. Turib oynaga qarasam. Yuzlarim shilingan, Labim qonagan, ko'zim sal ko'kargan, bel va qorn qismim og'riqdan azob berardi. Xullas Tamerlan bilan uchrashganimdan keyin jon holatta zo'rg'a yotog'imga kelibman. shuni bilaman holos


-N..nima ikki do'st bir biri bilan janjalashishganmi
-Bilmayman Diana esimda yo'q [U afsus bilan gapirardi] Bilganim shuki. Men haliyam Tamerlandan nafratlanaman. Va sen ham unga ko'p yaqin yurmaa, tushundingmi meni [oxiri g'azablanib sal kam baqirib yubordi]
-h..hhoop
-Mana savollaringga javobni ham olding, endi ketarmiz balki
-Haa bugunga yetarli bo'ldi...
Biz uyga keldik. Qahvahonada qanchaa gap sotganimizni bilmayman, Uyga kelib soatga qarasam 16:30 ekan. Ko'rib ko'zim chiqib ketay dedi. Shunchaa gap ham gaplashamizmi. Biz uyga kelganimizda Karina bizdan oldin kelib yana qayergadir ketishgayam ulgurgan ekan. Uydagilarga biz haqimizda qanday yolg'on to'qigan ekan deya o'ylab qo'ydim. Qornim ochganini sezib pastga tushdim. Tushishim bilan dadam keldilar
-Salom Dadajon
-Salom Diana. Damir bilan aylanishlar yaxshi o'ttimi [yana qanaqa aylanish]
-H..ha ajoyib o'tti
-Ha Damir bilan tez chiqishib ketganingizdan hursandman qizalog'im. U seni qayerlarga olib bordi.
Dadam bilan birgalikda oshxonaga kirdik, baxtimga shu payt Damir ham kelib qoldi
-Akajon dadam bugungi aylanishimiz haqida so'rayotgandi keling birgalikda, tasurotlarni gapirib beramiz [Men vaziyattan chiqishga harakat qilardim]
-Haya bugun biz Diana bilan Parkka bordik [u menga bir ko'zini qisb qo'ydi]
-Aylanaverib meni qornim ochdi, balki u bu narsa yeb olarmiz.
-Uzuraa singiljon senga ovqat olib berish esimdam chiqibdi
-Hech qsi yoq akajon uyda yeyaveramiz endi. [Men shu aylanish haqidagi yolg'on tugasin desam u battar cho'zib yolg'on gapiraverardi]
Bir amallab dadamning savollar girdobidan qutildik.
-Haya, dada oyim qayerda
Men oshxonadan chiqib ketatoyganda savol berdim
-Oying aylangani ketti u bu narsa harid qilishim kerak degandi.
-Ha mayli, men xonamda bo'laman
Men xonamga kirib darslarimni qilishni boshladim....
🌿#Sen_va_men🌿

-Jin ursin hammasini


Deya rulni asabiy urayotkan Tamerlan yana o'tmishni eslab asabiylashayotgan edi.
"Negayam uni sevdim, negayam u bilan do'stlashdim. Evaziga esa nomart iflos degan nomga ega bo'ldim yaqin do'stimdan ajraldim, hattoki u ham meni nomard deb biladi. Ming lanat o'sha Nastiyasigayam. Tamerlan biroz tinchlandida mashinani yurg'izib klubga yo'l oldi. Borgandan keyin stolga o'tirib ichimlik buyurdi. Barmen ichimlikni berishi bilan bir ko'tarishda qadahni bo'shatti va yana dedi.
-Exxeey bu yerlarda shaxzodamizni ham ko'radigan kun bor ekanku
Tamerlan boshini biroz ko'tarib qaradi, qarshisida Alex turardi.
-Senga nima kerak
-Hech narsa, balki birga icharmiz
Tamerlan miyigida kuldida
-Hnn. Mayli kel
Ular ichimlik buyurishdi va sigareta tutatib gaplashib o'tirishdi
-Seni guruhinga yangi qiz kelibdi deb eshitdim
-Ha keldi, u men bilan bitta partada o'turdi, judayam go'zal qiz ekan lekin
-Sen bilan.. endi nima qilmoqchisan
-Bilmadim zerikkanda gaplasharman u bilan. Bilasan meni, uncha munchaga sevib o'ldim, kuydim qilmayman. U o'zini gapiga o'zi kuldi
-Ey qo'ysangchi Alex, senam endi yoshbola emassan, 17ga kirding o'zingni yig'ishtirib olsang bo'lmaydimi
-vuuy, bu gaplarni kim aytyabdi aa kim, kolejimizning shaxzodasi, qizlarni suyuklisimi. Qo'y Tamerlan kulgimni keltirma. Alex istamaygina kulib qo'ydi
-Endi ular o'tmishda qoldi... Sen o'zingni yig'ishtirib ol va Dianaga yaqinlasha ko'rmaa. Tamerlan yana bir qadah ichimlikni ichdida turib ketti.
-Hali buni vaqt ko'rsatadi Tamerlan
Alex shunday baqirgancha qolaverdi. Tamerlan oyoqda zo'rg'a yurardi. 1 qadam oldinga tashlasa 2 qadam orqaga qaytardi. Bir amallab mashinasigacha yetib bordi Endi uni ochib bir amallab ichiga o'tirsa bo'ldi
-Eyy men senga aytyabman, ochiil. Tamerlan mashinasiga asabiy baqirardi
-Shundayam mashina bo'ladimi Ochill deyabman ochilsangchii endi Tamerlan mashinaga buyruq berib unga suyanib qoldi.
-Eeey sen ochilish o'rniga nega menga suykalyabsan deya u baqirdi, mashinadan biroz uzoqlashdi va kimgadir urulib ketti.
-Vay uzur uzur u zo'rga oyoqda turib shunday dedi
-hop, yordam kerak emasmi?...

🌿#Sen_va_men🌿


7_qism

-Yordam... ha ha kerak, manavi mashinaga aytingdaa ochilsin endii, boyadan beri ochil deyabman aytganimni qilmayabdiii. Tamerlan norozi ohangdi mashinani yomonlab shikoyat qilishni boshladi.


-Hop. Hop keling siz bu yerga o'tiring men sizni uyingizgacha olib borib qo'yaman
-Hop mana
Yigit eshikni ochib bir amallab Tamerlanni o'tqazdi.
-Vay. Bu eshikni o'zim ochishim kerak ediya Tamerlan qattiq kuldi. Boyagi yigit esa manzilni so'radi. Tamerlan esa boshqa narsalarni gapirib gapirib uxlashga ulgurgan edi.
-Endi nima qilaman buni.. uyi qayerda ekanaa.. Alkash bokkunicha ichadimi odam aa. O'ziga o'zi gapirib qo'ydi. Tamerlanga qo'ng'iroq bo'ldi. Ekranda Onam degan yozuv. Yigit telefonni olib unga javob berdi
-Tamerlan shu paytgacha qayerda yuribsan, qancha qo'ng'iroq qildim javobam bermading. Deya ayol kishining oshqirgan ovozi keldi
-S.sa..salom kim bu
-Sen kimsan. Tamerlan qayerda
Yigit bu ayol Tamerlanning onasi ekanini faxmlab
-O'g'lingiz men bilan, hozir mashinasida uxlayabdi
-unga nima bo'ldi
-Uyingiz qayerda xola, o'g'lingizni olib boraman
- * shu manzil. Olib kelaver
-hop hozir boramiz.
Yigit Tamerlanni uyiga olib bordi. Qo'rqchi zo'rg'a tamerlanni xonasigacha olib bordi
-Salom siz u bolani onasi bo'lsangiz kerak.
-Ha. Men uni onasiman, siz kim bo'lasiz
-Men uni ko'chada ko'rib qoldim. To'g'rirog'i unga urilib kettim
-U bunday axvolda qayerda ekan
-Klubdan chiqqan shekilli, chiqib mashinasi bilan urshib turgan ekan. Yigit biroz kuldi
-Exx axmoq bolayaa, sizga katta rahmat uka yaxshi yigit ekansiz. Bizdan biror yordam kerak bo'lsa aytarsiz
-Rahmatga hojat yo'q xola, bu ishni boshqalar ham qilgan bo'lardi. Men endi boraqolay
-Hop rahmat yana bir bor.
* * * * * *
Men darslarimni qilib bo'lgach. Tamerlan aytgan o'sha gaplarni ma'nosi nima ekanligini o'ylay boshladim. Lekin juda uzoq o'ylamadum chunki men eslagan edim...
Hali hamon esimda. O'sha paytda men, endigina 5 yosha kirgan jajji qizaloq edim. Sochlarim uzun, tabiiy jingalak edi, oppoq ko'ylakda. Bog'chadan keyin onasini 2 skat darvoza tagida kutgan.. oxiri onasini kelmaganini hazm qilolmay, yig'lashga tushgan qizcha. Yuzimni qo'lim va yoqlarim bilan berkitib yig'lardim. Shunda yonimga 8 9 yoshlar atrofidaga, maktabdan chiqib kelayotgan, bola keldi....
🌿#Sen_va_men🌿
-Nega yig'layab o'tiribsan?
Men boshimni ko'tarib yosh to'la ko'zlarim bilan unga qaradim
-Demak seniyam esdan chiqarishibdida. U afsus bilan gapirardi
-H..ha sh..shunday
Hiqqilagancha zo'rga gapirdim
-Xafa bo'lma hozir kelib qolsa kerak
-B.b.balkii
Men yana yuzimni berkitib yig'lab yubordim. Chunki oyim birinchi marta bunday kech qolishi edi.
-Yig'lama, isming nima?
-Diana
-Buncha chiroyli, meniki Tamerlan
-Tanishganimdan hursandman
Men biroz yig'lashdan to'xtab, u bilan suhbatlashdim.
-Kel do'st bo'lamiz
-Mayli. Avval meni do'stlarim bo'lmagan
-Unda men seni ilk do'sting bo'laman
-Kelishdik
-endi yig'lamagin. Axir farishtalarga yig'lash yarashmaydi
-hop, nega endi farishta?
-Chunki sen Jajji farishtaga o'xshaysan
-U nima degani, yaxshimi yoki yomon
-Farishta bu eng yaxshi inson degani
-Mayli farishta bo'lishga roziman unda
Men kulib qo'ydim
-Biz yana ko'rishamizmi. Unga savol berdim
-Bilmadim, balki ko'risharmiz. Meni esingdan chiqarib yubormaa
-Hop, sizam meni esingizdan chiqarib yubormang. Bir kun albatta ko'rishamiz...
-Diana kechir qizalog'im, seni olib ketish yodimdan ko'tarilibdi
Oyim havotirlanganidan tez kelgan shekilli hansirab gapirdi
-Oyijon. Yugurib oyimni bagrimga bosdim
-iltimos kechir Diana. Salom, sen kimsan?
-Salom, shu yerdan o'tib ketayotgandim, qizingizni yig'lab o'tirganini ko'rib yoniga kelgandim...
-Ha. Mayli rahmat
-arzimaydi... Ko'rishguncha JAJJI FARISHTA, DIANA
-ko'rishguncha
Men qo'limni silkitib qo'yib, oyim bilan kettim....
Men shu kunni eslab ko'zimga biroz yosh oldim. Axir men shuncha vaqt mobaynida qidirgan va yagona o'g'il bola do'stim topilganidan judayam xursand edim. O'tirgan joyimdan sakrab turib, quvonchdan sakray boshladim. Hattoki biroz oldin kelib menga halaqit bermaslik uchun, devorga suyangancha meni tomosha qilayotgan bir juft qop qora ko'zlarni payqamas darajada. Hayolga berilib, uni topganimdan Ich ichimga sig'masdan quvonardim...
🌿#Sen_va_men🌿

-Diana
u sergak tortib havotirdan yonimga keldi, Men qo'rqqanimdan baqirib yubordim. Chunki uni qachon xonamga kirganini bilmagam edim


-Nega baqirasaan jinni
u bir qo'li bilan og'zimni yopti. men gapirardim lekin u qo'lini olmagani uchun g'uldiragan ovoz chiqara olardim holas
-Nimalar deyabsan. u qo'lini oldi
-Qo'lingni olsang aytamandaaa
-Uzur o'zingku baqirgan
-Qachon kirding xonamgaa, odam degan bundoq eshikni taqqilatib, ruhsat berilgandan kiradida brovni xonasigaa
-Shuncha taqqilatdim eshitmading, oxiri havotir olib kirgandim. hayollar og'ushida parvoz qilayotgan ekansan. Hayolparst
u meni boshimga yengil urib qo'ydi
-Hop, nega kelganding o'zii
-Kechlikka chaqirishyabdi, yur
-Hop yur kettik.
Men boyagi quvonchim, qo'rquvim sabab tarqab ketti. hafsalasi, ovqatga tushdim
Ovqatlanib bo'lgach.
-Diana qizalog'im. Men va dadangdan senga arzimas sovg'amiz bor
-Qanaqa sovg'a
-Ochib ko'rchi, senga yoqadi albatta
Men kichikroq hajmdagi chiroyli o'ralgan qutichani ocha boshladim. Oxirigach ochib qarasan eng oxirgi rusmdagi telefon ekan
-Viiyyy Rahmat Dada oyii. deya ularni oldiga borib ikkalasiniyam quchoqlab oldim
-Arzimaydi qizalog'im senga yoqqanidan gursandman dedi dadam
-Lekin men ishlatishni bilmaymanku. Men yana hafsalasiz xafa xolda javob berdim
-O'zim senga o'rgataman, uyog'idan havotir olma
-Rahmat Damir. Hammangizni yaxshi ko'raman.
Mana bizning baxtli oilamiz, Faqat unga Karina yetishmasdi. Uni ozgina tushunish kerak. Axir begona ayol onasini o'rnini bosolmaydi. Karinaga hozir judayam qiyin hammasini qabul qilishi kerak, u bizlarga nafrat bilan qarab, hech nima demasdan turib xonasiga chiqib ketti...
Kechlikdan keyin hamma o'z xonalariga uxlashga ketishdi. Biz esa Damir bilan 1 soatcha telefon titkiladik. U menga o'zi bilgan hamma narsani o'rgatti hattoki telegram ham ochib berdi, oxirida esa oila a'zolarimizni kantakka saqlab berib o'z xonasiga chiqib ketti.
Men ham honamga chiqib ertanggi kunni o'ylab shirin entikib qo'ydim va uyqular saltanatiga ravona bo'ldim....
🌿#Sen_va_men🌿
8_qism

_Erta tong_


Dariya jig'ibiyron holda qoromg'u va spirt hidi anqiyotgan Tamikni xonaga kirib keldi, to'g'ri borib pardalarni ohdi keyin derazaniyam ochib Tamikni oldiga keldi. bu paytta u derazadan kirayotgan kuzning salqin havosi va ko'zini qamashtirayotgan quyosh nurlaridan qochish maqsadida ko'rpaga battar o'ranib oldi.
-Tamerlan tur o'rningdan o'qishga kech qolasan. Dariya o'zini bosishga harakat qilib gapirardi
-Oyii, buguncha o'qishga bormayman boshim yorilib ketay deb og'riyabdi
-Og'riydida, kecga bo'kkuningcha ichganingdan keyin. Tur o'rningdan
Dariya Tamerlanni ko'rpasini tortib oldi
-Onnaaaa xonadan Tamerlanni norozi ohangdagi ovozi jarangladi
-Tamik tez yuvinib oastga tushmasang qattiq jazolamasan. Kechagi axvoling uchun jaza olganingni unutma
-Onaa yana qanaqa jazooo
-Nonushtaga tushib, menga kechagi axvolingni tusguntirasan bo'laqol tez
-Hopp Tamerlan erinibgina turib yuvinishga kirib ketti...
-Salomlar dunyo go'zali volidayi sultonimgaa
Kulib kelib Dariyani yuzidan o'lib joyiga o'tirdi. ikkalasiyam jim nonushta qilishdi. Tamerlan xursand esidan chiqibdi deb. Nonushta tugab ketishga chog'langan edi
-O'tir joyinga, Kechagi ahvolingni tushuntir menga
-Onaa rosti eslol.ayman, eslasam albatta tusguntirib beraman
-Nega tushuntiriahni istamayabsanmi onangga. Men sendan havotir oldim axir. o'qishdan keyin uyga ham kelmagansan kechqurun 9larda olib keldi senii
-Nima, kim olib keldi
-Bilmayman notanish yigit
-Qayerdan olib kelibd
-O'zingni go'llikka solma bolaa
-Bilsam yodimda ho'lsa sizdan so'rarmidim onajon
-Klubdan chiqib mashinang bilam urshib turgan emishsan. shumda ko'rib qolib senga yordam berib uyga olib kelibdi
Tamerlan yengil kuldida
-Onajonim eslasam hammasini sizga tushuntirib beraman. Dariyani yuzidan o'pip xonasiga chiqib ketti. ko'p o'tmay qaytib chiqdi kiyimlarini alishtirilgan. o'qishga yo'l oldi
* * * * * *
Men bugun avtomatik tarzda erta turdim va oshxonaga tushib Lili bilan birgalikda nonushta tayyorladik. Dadam oyim va Damir meni kayfiyatim cgog'ligiga jayron vo'lishdi va e'tibor bermay nonushtani boshlashdi. nonushtadan keyin esa indamay Damirni mashinasiga borib o'tirdim....
🌿#Sen_va_men🌿

-Bugun senga nima bo'ldi, isitmang yo'qmi o'zi


yuzim va peshonamni ushlab ko'rdi
-Hammasi joyiga isitmang yo'q, endi gapirchi bugun nega bu axvoldasan?
-Nima har kuni qovog'imni uyib yuraymi, senga nima?
-Bo'ldi hech nima demadim. kettik
u borguncha bir so'z demasdan, menga jilmayib qarab qarab qo'yardi. bir zumda o'qishda paydo bo'ldik.
mashinadan tushishimiz bilan
-Aqilli qiz bo'lib, yaxshi o'qigin Singiljon
u ustimdan kulgandek, sochimni to'zg'itib kollejga kirib ketti. Men ham asabiy uni orqasidan ko'llejga kirdim. auditoriyaga borguncha ko'zim bilan Tamerlanni qidirardim, kalidorni har bir burchagidan qidirdim ammo men qidirgan odam yo'q
hafsalasiz auditoriyaga kirdim. Tina har doimgidek Kanspek yozish bilan band. U bilan salomlashib bo'lgach endi o'tirmoqchi edim. stulim ustida bir dona qip qizil atirgul va yonida kanvert bor edi.
-Buni kim qo'ydi stulimga
-Bilmadim men kelganimdayam turgan ekan. senga kelgan bo'lsa kerak deb tegmadim
-Ha mayli
men kanvertni ogirib qaradim. sirtiga JAJJI FARISHTA, DIANAga deya yozilgan ekan. sekin jilmayib qo'ydimda. kanvertni ochdim.
"Salom, avvallari hech kimga xat yozib ko'rmaganman. Xullas, darsdan keyin seni kollejimiz yonidagi qahvahonada kutaman. hurmat bilan seni ilk do'sting Tamerlan"
Men bu xatni o'qib kulib yubordim. xatiyam o'ziga o'xshagan sovuq lekin chiroyli edi.
Darslarda hayolim faqat unda bo'ldi shuncha yillardan buyon u bilam yana qayta gaplashaman deya. Hayajon va quvonchdan portlab ketay deb o'tirdim. Tina bilan birgalikda tushlikka tushdik. Men har zamonda atrofga alanglab kimnidir qidirardim. lekin u kelmaganligini bilgach hafsalasiz ovqatlanardim
-Diana senga bugun nima bo'ldi, boshqachasan
-Hech nima o'zim shunchaki
-Boyadan buyon kimni qidirib topolmayabsan.
-Hech kim tezroq ovqatlan darsga kech qolamiz.
Men sabrsizlik bilan oxirgi parani yakunlab kollejdan otilib chiqib kettim. Damir meni kutib turgan ekan
-Va nihoyaat ketamizmi
-Qayerga men biroz tushunmay unga savol berdim. chunki men kollej atrofidan qahvahonani qidirardim
-uygada seni 1 yarm soat kuttim axir
-Kim sizga kuting dedi. meni biroz ishlarim bor o'zim uyga boraman ketavering
-Yana qanaqa ish, o'tir mashinaga ketamiz....
🌿#Sen_va_men🌿

Men qahvahonani topgan edim undan ko'zimni uzmasdan, Damirga beparvo


-Damir o'zingiz ketavering. men qadrdon do'stimni ko'rgani ketyabman
-Mayli yur seni o'zim tashlab qo'yaman o'sha do'stingnikiga
Damir tishlarini g'ichirlatib shunday dedi, balki 1 yarm soat kutgani uchun asabiylashayotgandir
-Yo'q do'stim shu yaqin atrofda, xayr men ketishim kerak
men shoshilgancha qahvahona tomon ketardim. Damirni unutib qahvahonaga kirdim. ko'zim bilan Tamerlanni qidira boshladim, va nihoyat topdim. Eng oxirgi stolda men shuncha payttan buyon qidirayotgan chehrani ko'rdim. U menga mayin jilmaygancha qarab o'tirardi.
Men hayajondan go'yo ikki yuzim lovvillab yonayotgandek uni oldiga bordim
-S.salom dedim
-Salom, kel o'tir
-hop. men labimda titroq bilan gapirardim
-Yanayam go'zal qiz bo'libsan
u mendan ko'zini uzmay jilmayib gapirardi
-Rahmat, siz esa o'zgaribsiz avvalgidan
bu gapimdan keyin u mayyus tortgancha
-Bilaman dedi
-Men sizni endi esladim
-Men esa birinchi ko'rgan kunimda va ismingni eshitganimdayoq eslaganman
-Shunchalar qadrlimidim sizga
-Albatta, axir farishtalarni har doim ham uchratavermaymanku, u kuldi shu payt uni ikki yuzidan bilinar bilinmas kulguchlari ko'rindi ( Vo ajaab yigit kishiyam shu qadar chiroyli bo'ladimi, kulishinichi buni) men angrayib unga qaraab qoldim, u kulishdan to'xtab
-Hoy Dianaa
-Ha nima
-Endi o'zing haqqingda gapirib ber
-O'o'zim haqimda. Men mayus shunday dedim
-Ha hozirgi hayoting haqida
-Hozirgi hayotim ajoyib. Ota onam opam va Akajonim bor
-Haa, seni oxirgi marta Samarada ko'rgandim. bu yerga qayssi shamol uchirdi
-Oyim turmush qurdi. Men ham oyim bilan Maskvaga kelgandim
-Haa Andrey amaki uylanganidan xabarim bor edi lekin seni o'gay dadang deb o'ylamagan edim
-Haa shunaqa. Endi siz o'zingiz haqingizda gaoirib bering
-Men sen bilan ko'rishgandan so'ng uyga bordim. o'sha kuni oyim va dadam janjallashishgan ekan. shunga meni eslaridan chiqarib maktabda qoldirishibdi..
Xullas shu kundan keyin oyim va dadam ajrashishdi. Oyim meni olib Maskvaga keldi, shundan buyon mana shu yerda yashayabmiz, oyim kollej direktori....
🌿#Sen_va_men🌿
9_qism

-Haa yaxshi ish bo'lmabdi, Men sizni juda ko'p qidirdim. Men oyna orqali yon atrofga qarab gapirardim. birdan ko'zim mashina ichida bizlarga qarab o'tirgan Damirga tushdi, u nima qilyabdi bu yerda deya o'ylanib qoldim


-Diana nega to'xtab qolding.
Tamerlan ham men qaragan tomonga qara, va u ham Damirni ko'rdi
-U sen bilan kelganmidi?
-Y.yo'q men unga do'stim bilan uchrashaman sen uyga ketaver degandim.
-U bilan kelib yuribsanmi kollejga
-Ha, u dadamga o'zim olib borib olib kelaman deb aytgandi
-Hm. u boshqa bir so'z demadi afitsiant kelib o'zidan o'zi bir quti shirinlikla va ko'plab shishirilgan pufatlarni olib keldi
-Buyurtmangiz janob
-Ol deya menga qarab aytti
-Rahmat, shirinliklar jonu dilim edi
-Endi ketarmiz balki
uni xursandchiligi uzoqqa bormadi. aytganimdek u yana sovuq muomila qila boshladi
-Mayli. Men shirinliklar va sharlarni olib chiqdim.
Biz chiqishimiz bilan Damir mashinadan tushib biz tomonga kela boshladi
-Salom Tamerlan
-Diana mashinaga o'tir, Salom Damir
-Diana men bilan yur
Damir meni qo'limdan tortib keta boshlagan edi. Tamelan Damirni qo'lidan ushlab qoldi. Xuddiki uni olib ketolmaysan degandek
-Qo'lingni tort Tamerlan
-Diana men senga mashinaga chiq degandim
u manga biroz g'azab bilan qarab gapirdi
-Diana sen bilan KET MAY DIII
Damir dona dona qilib aytti. Men arosatda qolgandim. Tamirlan bilan ketay desam Damir xafa bo'ladi. Damir bilan ketay desam Tamerlan xafa bo'ladi. Nima qilishni bilmay qoldim.
-Ikkalangizning iltifotingiz uchun tashakkur. Men ketishim kerak
Deya taksiga o'tirib kettim. Ular yana nimanidir kelisholmay tortishib qolib ketishdi. Men to'g'ri yo'lni tanladim deya o'ylab uyga yo'l oldim. Ichimda esa "Ishqilib bu ikkalasi yana bir muammoni boshlashmasinda" deya duo qilardim
Uyga yetib keldiim, bir amallab hech kimga sezdirmasdan oyoq uchida xonamga kirdim. Va sharlarni qo'yib yubordim ular shiftga qarab uchib ketishdi. O'zim esa eshikni yopishim bilan unga suyanib bir shakalatlar to'la qutiga bir pufaklarga qarab jilmayib qo'ydim. O'rnimdan turib ust boshimni almashtirdimda, shakalatlar va pufaklarni olib kelib estalik uchun telefonimda ularni rasmga oldim. Va Qutini ochib shakalatlarni yeya boshladim. Shu payt birdan eshik ochilib Damir kirib keldi....
🌿#Sen_va_men🌿

Men endigina shikaladlarni yeya boshlagan edim. Damir keldi, g'azabdan qip qizil bo'lib, yonib ketay deb turardi. Meni Tamerlan bergan shikoladlarni yeyotganimni ko'rib fig'oni falakka chiqdi va asabiy qo'li bilan peshonasini ushlab gapirdi


-Diana shakadlarni yeyishni bas qilib, men bilan bog'ga yur
Men Damirni vajoxatini ko'rib qo'l oyog'im titrab ketti. Hech nima demasdan unga ergashdim, bog'ning eng so'ngiga yetishimiz bilan
-Sen u nusxa bilan nima qilib yurganding, Damir o'shqirib yubordi. Men esa dir dir qaltiragancha, qo'rqanimdan ko'zimga yosh kela boshladi. Lekin men Damirga tik boqib
-U bilan gaplashgani borgandim. Etiboring uchun u mening do'stim
-Do'st bo'lishga boshqasi qurib qolganmi, nega aynan u?
-Damir, nega meni so'roq qilyabsiz? Yoki ota onamizga yaxshi "AKA" sifatida ko'rinmoqchimisiz aa?
-Diana nimalar deyabsan, seni tushuna olmayabman
-Tamerlan meni do'stim yana qanday tushuntiray
-Diana, men senga u haqida aytgandim, sen nega yana u bilan do'stlashding Dianaaa
-Chunki men bu gaplaringni aytmasingdan oldinn, u bilan do'stlashganmann
-Qanqasiga
-Shunaqasiga akajon, Men u bilan 5 yoshligimdan buyon do'stman
-Diana hozir hazilashadigan paytmas, u bilan aloqalaringni uz. Keyin kimni xoxlasang shu bilan do'st bo'laver, faqat u emas iltimos
-Damirr, menga mehrbon aka ro'lini o'ynashni bas qiling endiii
Men jig'ibiyron baqirdim, Sabrim tugagan edi.
-Yaxshi Diana, sen nega u olib bergan shirinliklarni yeyabsan, Menga aytganingda undanam ko'prog'ini olib berardimkuu
-Damiiiirrr meni so'roqlashni basss qilinggg, ularni menga sovg'a qildii.
-Diana, bilganingni qil. Men seni shunchaki himoya qilmoqchi edim. Xayr ertaga taksida kollejga yetib olarsan. Indindan haydovchingni chaqirtiraman, xavotir olma
U achinish va g'amgin ovozda shularni aytib meni gapirishimni kutmasdan uyga kirib ketti. Men endi u bilan birga kollejga bormasligimdan quvonardim, Avvalgi aytgan gaplarini esa o'ylamadim ham, shunchaki ertaga Tamerlan bilan gaplashib oydinlik kiritaman deya xonamga kirib stol ustiga qo'yib ketgan shikoladimni yeyishda davom ettim...
* * * * * *
Damir xonasiga kirishi bilan divanga o'zini otti va o'ziga o'zi gapira boshladi.. Nega Diana aynan Tamerlan bilan do'stlashdi? yoki uniyam taqdiri Nastiyanikiga o'xsharmikan? yo'q, yo'q men bunga yo'l qo'ymayman, hech qachon...
🌿#Sen_va_men🌿

Damir bilmasdi bu tuyg'ular nimaligini, Dianani Tamerlan bilan ko'rganda g'azablanishiniyam bilmasdi, Bu shunchki unga mehrbon akaman shundan deya o'ylardi. Aslida u Dianani sevib qolgandi, lekin tan olgisi kelmasdi. Chunki Nastiyadan keyin hech kimni sevib azoblanmayman deya o'ziga o'zi so'z bergandi.


Damir yarim soatcha o'ylanib yotti oxiri hayollarini yig'ishtirib yuvinish xonasiga kirib ketti...
* * * * * *
Tamerlan Damir bilan suhbatidan keyin
Mashinasiga o'tirdi
-Nega haliyam Damir meni nomard deb o'ylaydi? Axir men unga aytgandimku O'sha kecha, ishonmabdidaa menga haliyam. Ming lanat bo'lsin senga Nastiyaaa G'zabdan baqirib yubordi. tinchlanganidan keyin, Damir haqida shuni angladikii u Dianani sevib qolgan. Mashinani harakatga keltirib bir zumda uyiga keldi, Onasi haliyam ishda ekan, xonasiga kirib uxlashga harakat qildi lekin, hayollari uni tinch qo'ymadi. U Damir va Dianani hayotidan chiqishni o'yladi, lekin negadir Dianaga bog'lanib qolgandi. Mayli ularni hayotidan chiqdiyam deylik. Lekin ular birga bo'lishi uchun oilasidagilar rozi bo'larmikan??? Axir Diana va Damir o'gay aka singilkuu?... Yoki men Diana bilan do'stligim uchun kurasha olarmikanman, Damir va Diana bilan gaplashib olishim kerak, boshqa yo'l yo'q.
Tamerlan oxiri bu hayollardan qutilishni imkomi yo'qligini bilib tinchlamtiruvchi dori ichdida uyquga ketti...
_Kech tusha boshladi_ Men bu mahal shirinliklardan yeb uxlab qolgandim. Uyqumni eshikning bir maromda to'xtovsiz taqqilashi buzib yubordi. Erinibgina
-Kiring
Xonaga Lili kirdi
-Diana xonim, yarm soatdan keyin kechlik tusharsiz
-Yaxshi, tushman, soat nechi bo'ldi, Oyim va dadam qayerda
-Andrey Ivanov va Mariya xonim. Mehmonxonada tilvizor ko'rishyabdi. soat 19:30 bo'ldi.
-Mayli ketishingiz mumkun, rahmat
Lili chiqib ketti. Men esa turib yuzlarimni yuvdim keyin esa Tamerlan bergan pufaklarni nima qilaman endi deb o'yladim. Balkonda turib osmonga uchirishni istadim. Hamma pufaklarni bitta qilib bog'ladimda ularni tashqariga chiqarib qo'yib yubordim. Ular uzoq uzoqlar uchardi. Qaniydi men ham ularga o'xshab uzoq uzoqlarga ketolganimda deb o'ylab jilmayib qo'ydim. Keyin kechlikka tushishim esimga tushb xonamda chiqdim. Men bilan tengma teng Damir ham xonasida chiqdi...

🌿#Sen_va_men🌿


10_qism

Uni sochlari tartibsiz, o'zi ko'cha kiyimini kiyib olgan edi. Men uni ilk bor ko'cha kiyimida ko'rishim edi. unga yarashar ekan. qora jinsi shim, ustida oq koylak biroz bilinib turadigan atirgul rasmi tushirilgan. kuz fasli salqinligi uchun jinsi yoqasi biroz moynalik vitirofka kiyib olgan.


U menga bir qaradida boshqa qaramadi pastga tushib ketti. Mehmonxonaga borib
-Dada men ketyabman
-Qayerga Damir
-Do'stlarim bilan o'tirishimiz bor edi, shunga ketyabman, kech kelishim mumkun
-Mayli, boraver
Damir tez tez yurgancha uydan chiqib ketti.
Men oshxonaga kirib, Liliga yordamlashdim. U mendan 5 yoshga katta, ammo ajoyib qiz ekan. dadam va oyim kelishdi. Lekin Karinadan darak yo'q.
-Dada Karina ovqatga tushmaydimi
-U dugonasinikida, bugun kelmaydi
-Haa
Hamma jim ovqatlanishdi, ovqatlanib bo'lgamdan keyin hamma o'z ishi bilan shug'ullanishdi men xonamga kirib kettim, ammo zerika boshladim. O'zimni biroz chalg'itay deb Kitob o'qishga kirishdim
* * * * * * *
Damir uydan chiqishi bilan mashinasiga o'tirdi. biroz o'ylanib turdida klubga borishni istab mashinani harakatga keltirdi. Aslida uni hech qanday do'stlari bilan o'tirishi yo'q edi. Shunchaki ko'chaga chiqib biroz hordiq chiqarmoqcji edi. Bir zumda klubga keldi. Kirib barni yonidagi stolga o'tirdi. Barmenga ichimlik quyishini aytti, Barmen ichimlikni berishi bilan uni olib unga tikilgamcha hayol surib qoldi.
-Yigitni guli, nega bir o'zing o'tiribsan. Sherik kerak emasmi, qiz bolani ovozi edi
Damir jim. qadahga termulib o'tiraverdi
Qiz esa bu yerda ortiqchaligini sezib Damirni oldidan ketti. Damir esa oxiri qadahdagi ichimlikni bittada ichib yubordi. ko'zlarini qattiq yumib uh tortti. Lekin uni qalb og'rig'i oldida bu qadahdagi ichimlik ham kuchsiz edi. Damir shu alfozda ko'p o'tirdi bu vaqt oralig'ida esa anchagina qadahlarni bo'shatgan edi. U boshini stolga qo'yib biroz o'tirdi. Endi ichimlik ishishga kuchiyam holiyam yetmasligini bilib sekin o'rnidan turdi. Boshi aylanardi, Bir amallab chiqib ketyotgan edi. Oldidan qandaydir qiz chiqib unga uruldi. O'zi zo'rg'a kelayotgan Damir gurs etib yerga yiqildi. Boshi aylanayotgani uchun hushidan ketishgayam ulgurgandi.. Qiz uni hushidan ketganini ko'rib, qo'riqchilar yordamida mashinasiga o'tirg'izdi. Tezlik bilan Damirni shifoxonaga olib keldi. Shifoxonaga kirib doktorlarga xabar berdi. Ular zambil bilan kelib Damirni mashinadan tushurib, shifoxonaga olib kirishdi.
🌿#Sen_va_men🌿

-Damir, Damir ko'zlaringni och. Meni qo'rqitma.


Ha bu qiz begona emasdi, U Damirni tanirdi.
Qizni ko'z yoshlari yuzini yuvardi, Damirni bu ahvolidan qo'rqib ketgandi.
Shifokorlar tekshiruv xonasiga kelganda
-Siz shu yerda qoling, biz o'zimiz xabar beramiz. deyishdi
-Yo'q yo'q men ham u bilan birga kiraman. Yo'o'q Damirr. Iltimos u bilan borayy
qiz shifokorga yalina boshladi.
-Siz bemorga kim bo'lasiz
-Sevgilisi
-Unda uni oila a'zolariga xabar bering
-Hop, lekin uni axvoli qanday
-Biz uni tekshirmasdan biron nima deyolmaymiz
-H.hoop.
Qiz tezda Karinaga qo'ng'iroq qildi. Chunki unda Karinada boshqani raqami yo'q edi
-A.aloo Karina
Qiz qo'rquv va havotirdan qaltirab gapirardi
-Salom, nima gap Natasha
-K.k.Karinaa
Qiz yig'lab yubordi
-Nima bo'ldi gapirsangchi
Telefon ortidan Karinanni asabiy ovozi jarangladi
-D.damiir u.uu
-Damirga nima bo'ldi. Tezroq gapir Natashaa. Karina Damirni ismini eshtishi bilan. Natashaga baqirib gapira boshladi
-U.u shifoxonada
-Nima bo'ldi unga, qaysi shifoxonada u
-*** shy shifoxonada. Hozir doktrlar tekshirishyabdi. Tezroq yetib kel Karina
Natasha iltijoli gapirdi. U ming yomon bo'lsayam, Damirni qattiq yaxshi ko'rardi, u uchun havotir olardi.
-Hop hozir boraman hech qayerga ketib qolma.
qo'ng'iroq yakunlandi. oradan ko'p vaqt o'tmay Karina hovliqqancha yugurib keldi
-Natasha Damir qayerda
-Haliyam tekshiruvdaa
-Unga jima bo'ldi o'zi
-Bilmayman, men endi klubga kirayotgandim. U kelib menga urilib ketti, keyin yerga yiqilib hushini yo'qotti
-Haa, demak yana boshlabdidaa
Karina ho'rsinib qo'ydi, Natasha tushunmay Karinaga qaradi
-3 yil oldin ham shunday bo'lgandi
-Nima bo'lgandi
-Unga ichish mumkun emas. ko'tara olmaydi, sababi 3 yil oldin u bitta qizni deb azoblandi keyin alamini ichkilikdan oldi. Har kuni klub barlarda yurardi, oxirida shifoxonaga tushib qoldi. Shifokorlar unga endi Alkagol mumkun emas deb aytgandi. Bu telba bo'lsa yana ichibdi...
Nastiya endi gapirishga og'iz juftlagan edi. Shifokor chiqib
- *** Damirga kim
-Biz
-Unga kim bo'lasiz
-Men singlisiman, ahvoli yaxshimi
-Ahvoli qoniqarli, Ko'p Alkagol ichgan, u ichkilikni ko'tara olmas ekan, ichib nima qiladi... Biz uni oshqozonini yuvdik. Hozir palataga olishadi, Ertalabgacha o'ziga keladi.
-Rahmat doktor
Karina kutish stuliga o'tirib qoldi.
-Nega u ichadi, uni yana kim azoblayabdi
ko'zlari bir nuqtaga tikilgancha gapirdi
-Karina o'zingni qo'lga ol. Akangni ahvoli yaxshi ekan. Sen uyingga boraver men uni oldida bo'laman
-Yo'q, shartmas senga kattakon rahmat. uyingga ketaver akamga o'zim qarayman
Karina turib Damir yotgan palataga kirib ketti. Nastiya ham uyiga ketti...
* * * * * * *
Tamik uyqudan uyg'ondi soatga qarasa 8 yarmdan o'tibdi. turib yuz qo'lini yuvdida oshxonaga bordi. Oshxonada Dariya bor ekan
-Salomlar bo'lsin Dunyo go'zaliga
-Yaxshimisan shaxzodam. kel o'tir
Dariya bugun o'z qo'llari bilan Tamerlanga kechlik tayyorlagan ekan.
-Buncha shirin hid kelmasayaa bu yerdan
-Bugun senga o'z qo'llarim bilan ovqat qildim
-Vou, Nima munosabat bilan volidam
-Ovqatlanib bo'lgach aytaman
-Mayli, yoqimli ishtaxa
Ular ovqatlana boshlashdi. ovqatdan keyin bir finjon choy ustida Tamerlan gap boshladi
-Ho'sh qanday gap ona
-Bugun ertalab senga jazolangansan degandimkuu
-Ha esimda, ho'sh bu gal qanaqa jazo volidam. Tamerlanni hayolida (ishqilib 1 hafta piyoda qo'ymasa bo'ldi edi, yoki yana avvalgidek restaranda afitsiant yoki idish yuvuvchi qilmasinda yo xudo)
Hayollarini Dariyaning
-Uchrashuvga chiqasan
degan gapi bo'lib yubordi. Tamerlan ichayotgan choyiga tiqilib qoldi
-N.NIMAA..
-Sekinroq hoy bola. Uchrashuvga chiqasan dedim holos
-Ona men hali yoshmanku nega endi birdaniga uchrashuvga chiqasan deyabsizz
-Meniyam orzu havaslarim bor. seni ertaroq uylantirub, to'yingni undan keyin nabiralarimni tezroq ko'rsam deymanda o'g'lim.
-Hali yoshmanku, Uchrashuvga chiqmayman hech qachon
-Unda meni oxirgi gapimni tingla. Seni hech vaqosiz qoldiraman Tamiik
-Onaaa
Tamerlan asabiy baqirib yubordi. biroz tinchlangach esaa...
🌿#Sen_va_men🌿
11_qism

onasini bu fikrdan qaytarishga urundi


-Dunyo go'zali, volidam. Mehrbonim o'zimni, Iltimos bu fikrdan qayting onajonim
-Tamik, meni avrashga harakat qilma, Ertaga soat 2 da ** shu restaranda uchrashuv, Mana qizning rasmi orqasida esa u haqida malumotlari va uchrashuv joyi bor, gapim tugadi
Dariya turub xonasiga chiqib ketti.
Tamerlan esa g'azabdan devorni mushtlay boshladi. qo'llari qizarib ketti to'xtab qizni basharasiga qaramayam rasmni buklab cho'ntagiga solib qo'ydi. Keyin uydan chiqib mashinasiga o'tirdi. Qayerga borishini bilmadi, Miyyasiga esa ajoyib fikr kelib mashinani harakatga keltirdi
* * * * * * * *
Men qiziqib kitob o'qib o'tirardim, hayolimni balkon eshigiga otilgan tosh bo'lib yubordi. Men kitobni bir chetga qo'yib balkon eshigiga bordim. eshik shishavand edi. sekin qaradim otilgan kichik tosh va oppoq o'ralgan qog'oz bor edi. men eshikdan chiqib asta qog'ozni oldim va ochib o'qidim.
-Ko'changga chiq
-qiziq, buni kim otti ekanaa men qiziqib balkondan tashqariga qaradim. Hech kim ko'rinmadim. Men yana divanga o'tirib kitob o'qiy boshladim, lekin hayollarim boshqa joyda, o'qiganimni miyyam qabul qilmayapti. Oxiri qiziquvchanligim ustun kelib ko'chaga chiqdim. Havo biroz salqin edi, men ustimda uy kiyimi bilan chiqqandim, Darvozadan chiqishim bilan ko'chaqa qaradim, qorong'uda mashinalardan boshqa, hech kim yo'q edi. E'tibor bermay, endi uyga kirib ketayotgan edim
-Qayerga ketyabsan
Juda tanish ovoz, hayrattan darrov ovoz kelgan tomonga qaradim. Chunki bu Tamerlan edi
-Nega hayron bo'lasan
yuzimga tabassum yugurdi
-Nima qilyabsiz bu yerda
-Shunchaki, seni ko'rgani keldim
-Bugun uchrashgan edikku
-Yur seni bir joyga olib boraman
-Qayerga shu mahalda
men hayratta edim, shu mahalda yana qayerga olib bormoqchi deya
-Istaysanmi? bugun seni dengizga olib boraman
-Balki ertaga borarmiz
-Demak rozisan
-Men hali roziman demadimkuu
men kulib yubordim
-Shunda o'zing, ertaga borarmiz dedingku
-Qadrli do'stim, bugun kech bo'lgandir aa
-Dianaa faqat bugun unday qilmagiin
-Men nima qilibman
kulishdan o'zimni tiyib savol berdim...
-Ertaga emas hozir boraylik, sen bilan borishni istayman. Axir meni do'stimsanku
Tamerlan huddi yoshbolaga o'xshab, yalingudek so'radi
-Bugunmas, Ertaga albatta boramiz, Faqat siz xafa bo'lmang
Men uni mo'ltirab so'raganini ko'rib, yozidan ushlab gapirdim
-Mayli, xafa bo'lmayman. Lekin bitta shart bilan
-Qanaqa shart ekan
-Hozir men bilan qahvaxo'rlik qilasan
men yosh bola o'ylayotgandek. qo'limni yuzimga qo'yib o'yladim
-Dianaa faqat bunga yo'q demaa
Tamerlan norozi ohangda gapirdi
-Hop, hop darrov arazlamang
Tamerlan, yoshboladek quvonib ketti. uni quvonganini ko'rib, bir kulgim kelsa bir o'zim ham hursand bo'lardim. U qo'llarimdan ushladida darrov mashinasiga olib bordi. Men uyga kirib ustimni alishtirib chiqarman deb o'ylayotgan edim. Lekin u mashinasiga o'tirgizib olib ketti.
Yo'l bo'yi 2ta qahva oldik, keyin uncha uzoq bo'lmagan bog'ga bordik. Bu yer Tepalik ekan, ko'plab katta daraxtlar ekilgam teplaik. Tepalik oxiri panjaralar bilan to'silgan ekan. To'siqlardan Keyini esa katta va chuqur jarlik edi. Biz mashinadan tushib parnjara qarshisiga bordik. Men judayam sovuq qotardim. Dir dir qaltiraganimni ko'rgan Tamerlan, Mashina yukxonasini ochib 2ta yopingich oldi. Menmcha unda bunday holatlar ko'p bo'lgan shuning uchun yoping'ichgacha mashinasida bor deya o'ylab qo'ydim.
Biz uzoq suhbatlashdik. Uni va meni qiziqishlarim. keyinchalik qaysi kasb egasi bo'lishimiz haqidayam gaplashdik. Chamasi 1 soatlardan keyin uyga qayttik. Men yana oyoq uchida uyga kirdim. Hayriyatki Meni yo'qligimni hech kim sezmabdi deb ikkinchi qavatga ko'tarilib xonamga kirdim. yengil uhh tortib chiroqlarni yoqgan edim. Qo'rqganimdan baqirib yubordim.
chunki meni stulmda, meni oyim kutib o'tirardilar. Ularnin ko'rishim bilan og'ir yutunib qo'ydim
Muallif tilidan:
-Kel Dianaa
Mariya huddiki Dianani mensimaganday, miyig'ida kulib qo'yib, o'tirishi uchun divanga ishora qildi
-O'tir, qizalog'iim
Diana indamasdan borb divanga o'tirdi
-Ho'sh, ho'sh.. ho'o'sh.... Bizni jajji malikamiz Dianaa, shu mahalda qayerlardan kelyabdii
Mariya o'rnidan turib, sekin uni yuzlaridan silab gapirdi
-Qayerdan kelyabsan qizalog'im
-O.oyyi m.mmeen shun..chakii
Mariya sekin sochlaridan siladuda, qattiq sochidan tortti...
🌿#Sen_va_men🌿

Nima shunchaki


Mariya nafrat bilan gapirardilar
-T..tushuntirib beraman oyijon
Diana Mariyaning qo'llariga yopishdi. Lekin Mariya shundayam, shu qadar qattiq sochlaridan tortardikii, Diananing ko'zlariga yosh kela boshladi,
-Nimani tushuntirib berasan. Nima qilib yurganding yarm kechasi ko'chadaa
-Oyi..jon, no..noto'g'ri tushunmang. do'stim chaqirgan edi shunga chiqgandim
-Do'stingmi yoki sevgilingmi, aa gapirr qaysi biri
Mariya Dianani sochlaridan siltab gapirardi
-Oyii u meni do'stim. ishoningg
Diana yig'lab yubordi
-Sen suyuq oyoq kechasi nima qilib yurganding. agar do'sting bo'lsaa
-Oyiii u shunchaki gaplashgani kelgan ekann
Mariya Dianani gaplarini eshtmasdan, sochlaridan ushlab sudragancha pastga olib tushdi, Diana jon jaxti bilan Mariyani qo'llariga yopishib. Endi chiqmayman hech qayerga kechiring deb yig'lardi. Bu shovqin surondan uy xizmatchisi ham uyg'onib ketgandi.
-Xonim nima qilyabsiz
Mariya xizmatchiga nafrat bilan qarab o'shqirib yubordi
-Seni ishing bo'lmasn bor xonanga kirib uxla
Lili qo'rqqanidan qaltirab, xonasiga kirdi. Damir unga, uyda nima bo'lsa meni xabardor qilib tur deb ketgan edi. Darrov telefonini olib bu xaqida Damirga xabar yubordi
Mariya Dianani Eng pastki yer tagida joylashgan qavatga olib tushdi
-Oyijon nima qilmoqchisiz
Diana nahotki o'z onam meni o'ldirmoqchimi deb o'ylab qo'rqib ketgandi
Mariya bitta xonani ochib.
-Kir manavi xonaga
Dianani xonaga itarib yubordi
-Oyijon iltimos, men hech qanday yomon ish qilganim yo'q. Meni nega bu yerga olib keldingiz
-Aqling kirgunicha shu yerda qolasan.
-Ona yo'o'q, Iltimos unday qilmang
Mariya e'tibor ham bermasdan xonani qulflab, Mamnun jilmaygancha u yerni tark etti.
Diana polda o'tirib yig'lay boshladi. ko'zlari qizarib shishib ketti, tongga yaqin esa, ko'zida yosh bilan uyquga ketti...
* * * * * *
_Ertalab_
Damirni ahvoli yaxshi edi. Ertalab ko'zlarini ochdi. Haliyan boshi biroz aylanardi. Sekin yon atrofga qaradi. Oppoq xona, ustigayam oppoq choyshablar yopilgan, yonida uni chap qo'lini ushlagancha Karina uxlab uotardi. Damir chanqaganini sezib, Karinani qo'lidan qo'lini oldi. Sekin turayotgan edi. lekin boshi aylanganligi uchun yana joyiga o'tirib qoldi...
12_qism

Shu payt Karina ham uyg'onib ketti.


-D.damir qachon o'zingga kelding
-Uyg'otib yubordimmi seniyam
-YoÄŸe seni o'zingga kelishingni kutayotgan edim, axvoling yaxshimi?
-Ha, yaxshiman. Men bu yerda nima qilyabman?
-Senga nimalar bo'lyabdi Damir
-Menga nima qilibdi
Damir tushunmay so'radi
-Nega yana ichding, shunga so'rayabman
-Ha umi... Menga hech narsa bo'lgani yo'q, shunchaki eski hotiralar esimga tushdi holos
-Haa, Seni bu yerga kim olib kelganini kecha nimalar bo'lganini eslay olasanmi
-Hech nima eslolmayapman. Meni bu yerga kim olob keldi
-Natasha olib keldi, keyin meni chaqirdi
-Ming lanat o'shani
-Nima bo'ldi, Senga nimadir qildimi u
-Jonimga tegib ketti, qutilolmayapman 2 yildan beri menga ilakishib qolgan. Telba u
Damir asabiy gapirardi. Keyin esa boshida kuchli og'riq turdi. qo'llar bilan boshini ushlab qoldi. Karina buni ko'rib darhol shifokorlarga habar berdi
-Doktr Damirga nima bo'ldi. Hammasi yaxshi ediku
-Bemorni ko'p toliqtirmang, Unga hozir tinchlik kerak. u biroz asabiylashgan shunga boshida og'riq turgan. Hozir tinchlantiruvchi ukol qildik, uxlaydi. Uyg'onganidan keyin olib ketsangiz bo'ladi
-Hop.
-Haya, unga yaxshiroq qarang. Ichkilik ichmasin.
-Hop o'zim uni nazorat qilaman.
Karina yana Damirni oldiga kirdi...
* * * * * *
Tamerlan bugun o'zi avtomtik erta turib yuvinish xonasiga kirib ketti.
Dariya endi kelib Tamerlanninuyg'otmoqchi edi, uni yatog'ida yo'qligini oo'rib, uyg'onganligini hildi va nonushta tayyorlashga tishib ketti. Uy xizmatchisi 2 kunga ruxsat olgan edi. Shuning uchun bugun Daroyani o'zi nonushta tayyorlaydi
Tamerlan kiyinib chiqdi, qo'lida sochiq bilan boshini quritib Pastga tushdi, Hech nima demasdan quriq salom berib oshxonaga kirdi
-Kel o'g'lim o'tir
Dariya ham nonushtani hozirlab Tamerlanni kutib o'tirgandi, Tamerlan esa bugun. Onasi uchun arazni yoqb olgandi. Salomdam boshqa hech marsa demay jimgima nonushta qila boshladi
-Bugun o'qishga borasanmi
-Ha
-Soat 2da uchrashuving borligi esingdami
-Esimda
Dariya qancha u bilan gaplashib kayfiyatini ko'tarishga harakat qilmasin. Tamerlan sovuq va qisqa javob berish bilan qutulardi....
🌿#Sen_va_men🌿

Oxiri savollar girdobidan qutulish uchun


-Yoqimli ishtaxa, Menga endi ruhsat. deya o'rnidan tura boshladi
-Mayli boraver
Tamerlan xonasiga kirib qayergadir ketish uchun tayyorlana boshladi.
* * * * * * *
Diana tilidan:
Men og'riqdan ko'zlarimni zo'rg'a ochardim. Atrofga nazar solib qaradim. qandaydir uskunalar va katta idishlar bor edi. Xona oppoq rangda jihozlar ham oq. eshik oldida patnisda bir kosa ovqat non va bir stakan suv bor edi. Bu qayer, men bu yerda nima qilyabman deb o'ylardim. Keyin esa, kechagi voqealar ko'z oldimdan o'tib ko'zimga yosh keldi. Ko'zimdagi og'riq va ko'zyoshlarim birlashib. ko'zim achisha boshladi. Demak bildimki, endi yig'lamasligim kerak.
Atrofni yaxshilab ko'zdan kechirdim, Shundagina men Kirxonada ekanligimni payqadim. katta idishdagilar yuvilmagan kiyimlar, uskunalar esa zamonavir kiryuvish mashinalari edi. Men bu yerdan qochishni o'ylab chiqadigan oyna yoki yana bir eshik qidirardim. Lekin meni yer ostidagi xonalardan biriga qamagani esimga tushib jimgina kutishni afzal bildim...
Kecha kechlikdan keyin. Andrey Ivanovni ish yuzasidan offisga chaqirtirgandi. Mariya Andrey ketganidan keyin Diana bilan gaplashgani xonasiga kirganida esa. Diana xonasida yo'qligini ko'rdi va uni shu yerda kutishni istab, Dianani xonasida qolgandi...
nonushta payti, Andrey Ivanov Mariyaga savol berdi
-Bolalar ko'rinmaydi
-Karina kecha dugonasinikida qolgan
Damir kechadan beri uyga kelgani yo'q
Dianani erta tongda xolasinikiga jo'natib yubordim. Kecha siz ketgandan keyin singlim qo'ng'iroq qilgandi. Ertaga dam olish kuni Dianani 1 kunga yuboring, Uni juda sog'indim degandi.
-Haa Damir nega haligacha yo'q, yoki yana qayssidir o'rtog'inikida sang'ib yurganmikan
-Havotir olmang kebqolar
-Ha mayli. men ishga ketyabman
-Yaxshi borib keling
Mariya Diana haqidagi yolg'onni ishonarli qilib aytti. Lekin endi Damir bu yolg'onga nima derkin...
* * * * * * *
Damir uyg'ondi Qarshisida Karina unga termulib o'tirgandi. Darrov sergaktortib
-Y..yaxshimisan Damir
-Ha yaxshiman, suv ber
-Hop hozir
Damir bir ko'tarishda stakanni bo'shatti
-Qachon ketamiz bu yerdan
-Agar yaxshi bo'lsang hozir ketamiz
-Ha yaxshiman, ketaylik bu yerdan. bo'g'ilib ketyabman.
-Hop, men doktorlarga, ketyabmz deb aytb qoyay hozir kelaman
-yaxshi....
🌿#Sen_va_men🌿

Damir o'rnidan turib, birinchi telefonini qidira boshladi va nihoyat tumba ustidan topdi. Yoqb qarasa hech kim qo'ng'iroq qilmagan, faqat 1ta sms kelgan ekan. Ochib o'qidi. O'qidiyi gazabdan fig'onni falakka chiqdi. Tez oyoq kiyimlarini kiyim eshikdan o'qdek otilib chiqdi. kalidorda kelayotgan Karinani ko'rmasdan o'tib ketti. Karina hayron edi. u ham darrov xonadan sunkasini olib Damirni orqasidan yugurdi. Xauriyatki hali Damir ketmagan ekan


-Damir nima bo'ldi buncha shoshmasang
-Tez uyga borishimiz kerak. mashinang qayerda
-Hov ana
Karina o'zining siyohrang mashinasiga ishora qildi
-Kalitni ber
-Hayday olishingga ishonching komilmi
-Karina kalitni ber
Damir g'azabdan o'zini bosb gapirardi
-Mana
Ular mashimaga o'tirishdi, Mashina harakatga keltirib, yuqori tezlik bilan bir zumda uyiga kelishdi
-Damir nima bo'ldi buncha shoshilyabsan
-....
Damir mashinadan tushib yugurgancha uyiga kirib ketti. Karina hayron bunga nima bo'ldi faqatgina 5 daqiqaga yolg'iz qoldirgan edimku deb.
Damir uyga kirishi bilan Mariyani xonasiga bordi, taqqilatmasdan bostirib kirib salom ham bermasdan maqsadga o'tti
-Diana qayerda
-Xolasinikiga ketgan, tinchlikmi o'g'lim
-Mariya iltimos o'g'lim deb murojat qilmasangiz
-Yaxshii
-Endi Diana aslida qayerda ekanligini ayting
-Damir men seni hech aldaganmanmi
-Hali aldashingizga sabab yo'q edi. endi esa bor. Diana qayerda
Damir o'shqirib yubordi
-Diana meni qizim, u xolasinikidaa
-Shundaymi, demak o'yin o'ynaymiz deng
Karina Mariyani xonasida Damirni o'shqirgan ovozi chiqqani uchun, yugurib xonaga kirdi
-Damiirr nima bo'ldi nega baqryabsan Mariyaga
Damir bir so'z demasdan xonani tark etti.
-Mariya Damirga nima bo'ldi
-Singlisini so'rab kelibdi
-Diananimi
Ensosini qotirib soradi
-Ha
-U qayerda unda
-Xolasinikiga ketti
-Yo'g'e uni xolasi bormikan. hech eshitmagan ekanman
Karina o'zini majburlagandek, kuldi
-Karina xonamdan chiqib ketsang
-Aytmasangiz ham ketaman Oyijon
Karina zahrin sochib u ham xonani tark etti. Mariya boshini ushlagancha stulga o'tirib qoldi...
🌿#Sen_va_men🌿
13_qism

Damir xonada chiqishi bipan 1chi qavatga Lilini oldiga bordi


-Kecha sen menga sms yuborgansan, Xonim Dianani urayabdi deb, Ho'o'sh u qayerdaa
Damir g'azab va havotir aralash Lilidan nigohlarini uzmasdan so'radi.
-Uu, uu
-Nima u chaynalmasdan gapir
-Xonim uni kirxonaga qamab qo'ygan
-NIMAA
Damir baqirib yubordi, tez yugurib pastki qavatga tushdi. Kirxonani eshigini endi ochaman degandi. Xona qulf kalitlari esa yo'q ekan..
Men jim bir nuqtaga tilikib o'tirganimda, kimdir xonani ochishga harakat qildi. Lekn qulflangani uchin olcholmadi. va u gapirdi
-Diana shu yerdamisan
Bu damir edi
Men darrov o'rnimdan turib
-Haa yaxshiman, D..da..miir men ko'zlarim achishsayam yig'lab yubordim
-Diana eshildan uzoqroq tur
-H.hop
Men eshikdan uzoqroq turgandim. Birdan eshik qulfi sinb ketti va eshik ochildi
Men esa hech ikkilanmay Damirni bag'rimga bosdim
-D.damiirr
ko'z yoshlarim daryo bo'lb oqardi
-Diana tinchlan men shu yerdaman. Tinchlan
-H.hop meni bu yerdan olib keting
U meni qo'yib yuborib. yuzlarimdan ushlab o'ziga qaratti. Sochlarim yulunib biroz to'zg'igan, ko'zlarim esa shishb ketgandi. Lekin bu gal onam meni urmagandi
-Diana bu ishni oying qildimi
Men uni ko'zlariga tik boqolmadim. boshqa tarafga qarab
-Yo'q
-Aldama Diana men hammasini bilaman
Men unsiz yig'lardim
-Bo'ldi yig'lama, ketamiz bu yerdan faqat sen yig'lamagin
-H.h..hop
Biz 1chi qavatga chiqishimiz bilan. bizlarni Oyim va Karina kutib turardi. Men oyimdan qo'rqganim uchun Damirni orqariga o'ttim. U esa buni tushunib qo'llarimdan mahkam ushladi
-Damir qizimni qayerga olib ketyabsan
Damir gazabdan miyig'ida kuldi
-Bu hali sizni qizingizmidi
-ha Diana meni qizim
-Unda nega uni bu ahvolga solib kirxonaga qamagansiz
-U jazolangan
-Sababingiz bormi, jazolashga
-U kechasi, ko'chga sevgilisininoldiga chiqib ketgan
Damir bu gaplarga ishonmay sarrov menga qaradi.
Karina esa meni bu ahvolimdan huzurlangandek kulib turardi
-Shu gap rostmi Diana
-Yo'q, Men sevgilimni emas do'stimni oldiga chiqqandim
-U Aldayabdi
Damir Mariyani bu gaplariga ishonmay qo'limdan tortib bu uydan olib chiqdi...
🌿#Sen_va_men🌿

Biz darvozadan chiqib siyohrang BMW ga o'tirdik


-Diana u do'stin kim edi
Men titroq ovozda
-T.T..Tamerlan
-Ming lanat, u rulni bir urdi
Yana u. Nega uni oldiga chiqding
-o'zi meni chaqirgandi
-U bilan nima qildingiz
Damir ham ishonchsiz, onam aytgan gaplarni aytti
-U meni dengizga olib bormoqchi edi. lekin men ko'nmadim kech bo'lib ketti deb.
-Keyinchi Damir qoshlarini bir joyga olib kelib yovqarash qilib gapirdi
-K.keyin u qo'yarda qo'ymay qahva ichisha olib bordi. Biz 2ta qahva olib qandaydir tepalikka bordik. U bilan chamasi 1 soatday suhbatlashib keyin uyga qayttik.
-U bilan kecha uchrashgandingiz yana qanday sugbat a
Damir ichonchsiz g'azab bilan gapirdi
-Damir ishoning, u bilan faqat bir birimizning hayotimiz haqida gaplashdik
-Yaxshi, senga ushonaman Diana. Iltimos ishonchimni oqla u shunday deb biroz tabassum qilib sochimdan siladi. Keyin mashinani harakatga keltira boshladi
* * * * * * *
Tamerlan katta supermarketga keldi. U yerdan bu yergan bugunga kerak bo'ladigan narsalarni xarid qildi. Dengiz bo'yidagi pikni uchun kop narsalar oldi. ixcham 1ta stul va 1ta stol ham. ular aynan picniklar uchun mo'ljallangan edi. Keyin esa Diana uchun ko'plab shirinliklar oldi. Va supermarkettan chiqib. soatga qaradi soat 12 bo'libdi. Yaqin do'stini restaraniga borib tushlik buyurtirdi. Endi atrofga nazar solib qarayotgan edi. O'ziga qadahga 1 juft qop qora ko'zlarni payqadi. U insonga qarab boshida uncha tanimadi Lekin uni yonidagi insonni ko'rgandan keyin aynan bu inson o'zining qadrdoni ekanligini sezdi...
Ular o'tirgan stolga borib qizga yuzlandi
-Senga nima bo'ldi
Tamerlan Damirni orqasidan borib Dianaga savol berdi. Damir bu ovozni tanidi g'azablanib u tomonga qaradi. Diana esa ko'zlarida dengizdek mavjlanib yurgan yoshlar bilan jim o'tiraverdi
Damir salfetka bilan og'zini artib, gapirishni boshladi
-Seni deb shu ahvolga tushibdi
Tamerlan tushunmay Damirga qaradi
-Sen kecha tunda unga uydan chiqishini aytgansan, keyin olib ketgansan
-Ha shunday, lekin unga nima bo'ldi
-U qaytganidan keyin, onasi uni kaltaklab kirxonaga qamab qo'ygan. Damir g'azablanib Tamerlanga qaradi....
🌿#Sen_va_men🌿

Ular o'tirgan stolga borib qizga yuzlandi


-Senga nima bo'ldi
Tamerlan Damirni orqasidan borib Dianaga savol berdi. Damir bu ovozni tanidi g'azablanib u tomonga qaradi. Diana esa ko'zlarida dengizdek mavjlanib yurgan yoshlar bilan jim o'tiraverdi
Damir salfetka bilan og'zini artib, gapirishni boshladi
-Seni deb shu ahvolga tushibdi
Tamerlan tushunmay Damirga qaradi
-Sen kecha tunda unga uydan chiqishini aytgansan, keyin olib ketgansan
-Ha shunday, lekin unga nima bo'ldi
-U qaytganidan keyin, onasi uni kaltaklab kirxonaga qamab qo'ygan. Damir g'azablanib Tamerlanga qaradi.
-Nimaa.
Tamerlan tushunmay nega qamaydi deya o'ylardi
-Shu gap rostmi, Diana
Men unga qaramadim. Ko'zimni boshqa tomonga olib qochib o'tiraverdim.
-Tamerlan yur sen bilan gaplashib olishimiz kerak. Diana sen ovqatingni ueb turaver
-Hop
Ular nima haqida gaplashishar ekam. Ey xudo bu ikkalasi yana bir baloni boshlashmasinda. Men tinch joyimda o'tirib ovqatlana olmadim. Qiziquvchanligim ustun kelib ularni orqasidan tashqariga chiqdim.
Tamerlan gapirardi. Damir esa hayrat bilan Tamerlanni barcha gaplarini tinglardi... Men ularning ahvoli yaxshiligi, bu holatta urushmasligiga ishonch hosil qilib, Restaranga qaytib kirdim va hotirjam ovqatlanaverdim. 20 daqiqalardan so'ng Damir va Tamerlan keldi. Ikkalasiniyam kayfiyati joyida. Men bir Tamerlanga bir Damirga qarab hayratlanardim. Bularni birinchi marta bunday ko'rishim edi
-Nima bo'ldi sizlarga
-Hech nima bo'lgani yo'q to'g'rimi Tamik
Damir kulib Tamirlanga qaradi
-Ha shunday Danik
Tamerlanni bu gapidan keyin ikkalasiyam kulib yuborishdi. Men esa ularga, axmoqqa qaraganday hech bir o'zgarishsiz qarab o'tirardim
-Diana iltimos unday qarama, bu qarashingga kulgim kelyabdi
-Qanday qaray endi, sizlarni tushunmayapman. Boyagina bir biringizni g'ajishga tayyor edingizlarku endi bo'lsa ming yillik qadrdonlardan kirib kelyabsizlar
Asabiylashganimdan zahrimni socha boshladim
-Sekinroq Diana, o'zingni bos
-Hop Damir endi mengayam tushuntiringlar nima bo'ldi o'zi...
🌿#Sen_va_men🌿
14_qism

-Xullas meni tingla... Bizni dushmanligimizga sabab ozgina anglashilmovchilik bor edi. Men shuni Damirga tushuntirib qo'ydim.


Tamirlan hush kayfiyatta bir ko'zini qisb qo'yib bizni yonimizdan joy oldi
-Shunday Diana
Damir Tamerlanni gaplarini maqullab ko'zini yumib qoydi, Men qayssi anglashilmovchilik ekanligini qisman anglagan edim, lekin haqiqiy anglashilmovchilikni Damirdan so'rab bilib olaman deb o'ylab qo'ydim. Biz biroz suhbatlashib o'tirdik keyin hamma uy uylariga ketadigan bo'ldi.
Tamerlan bizdan oldin uyiga ketti, biz Damir bilan mashinasiga o'tirdik
-Endi uyga boramizmi
Men iltijoli mo'ltirab qaradim.
-Ha agar borishni istamasang ayt
-Borishni istamayman, ammo qayerda qolaman...
-Hop, borishni istamasang olib bormayman
Damir yo'nalishni o'zgartiridi, Men unga ishonganim uchun qayerga deb so'ramadim..
Biz katta mehmonxona oldida to'xtadik.
-Buguncha mehmonxonada qolasan. Ertaga o'zim seni olib ketaman.
-Hop
Biz mashinadan tushib ro'yxattan o'tishga bordik. Men mehmonxona tashqi ko'rinishigina hashamatli deb o'ylagan edim, ammo ichi undan ham hashamatli va did bilan bezatilgan ekan. Men mehmonxonani ko'zdan kechiraman deguncha Damir menga bitta xona olibdi. Biz lift orqali 4-qavatga ko'tarildik. Men liftdan cjiqishga qo'rqganim bois 4-qavalga cgiqqubcha ko'zlarimni yumib yuzgacha sanadim. Peshonamdan sovuq ter chiqardi. 4-qavatga yetganimizda, Damir menga qarab
-Yetib keldik balki liftdan tusharsan deya jilmaydi
-Kulmang, ee. Odam o'laman desa siznkulasizaa
-Hop, hop.kulmayman yur kettik
Damir bilan men uchun ajratilgan xonaga keldik.
-Sen shu yerdan chiqmay o'tir, nimadir kerak bo'lsa menga xabar berasan, telefoning yoningda aa
-Meni qauerdan olib kelganingiz esingizda yo'q shekilli
Damirni shoshilib gapiryotgani uchun esidan chiqqandur. Men unga axmoqqa qaraganday qarab gapirdim
-Haya esim qursn. U boshiga shapatilab qo'ydi.
-Ma manabu telefonni ol. Nimadur kerak bo'lsa menga qo'ng'iroq qil
U menga o'zini telefonini berdi, men uni ustidan kulb yubordim
-Nega kulasan, hozir kuladigan payt emas
U hayron menga qarab gapirardi. Men uni bu gaplaridan battar kuldim...
🌿#Sen_va_men🌿

Oxiri o'zimni kulishdan tiyb


-Siz menga o'zingizning telefoningizni qoldirib ketyabsiz, yana nimadir kerak bo'lsa menga qo'ng'iroq qil deysizaa
Men yana kulb yubordim
-Ming lanat. Damir bir qo'li bilan peshonasiji ushlab menga qo'shilib u ham kulb yubordi.
-Hop, meni telefonim senda qolsin, Men uyga borb senga bir nexhta kiyim va o'zingni telefoningni olib kelb beraman. Agar biron nima bo'lsa. O'zingni raqamingga qo'ng'iroq qil. Men tezda uyga boraman va seni telefoningni olaman, Hop
-Hop, telefoningiz kodlanmaganmi
-yo'q, yaxshi o'tir birozdan keyin kelaman. Haya ungacha hech kimga eshikni ochma, faqat men kelganimda ochgin. Ko'rishguncha
Damir meni javobimni kutmasdan tashqariga chiqib ketti. Nega u buncha shoahyabdi umuman tushunmadim.
* * * * * *
Tamerlan restarandan hush kayfiyatta chiqdi. Soatga qaradi 13:40 soatni ko'rishi bilan bugungi uchrashuv esiga tuahib kayfiyati tushb ketti. Mashinasiga o'tirib, vaqtida uchrashuv joyiga keldi. Restaranga kelib atrofga qaradi. Unga teskari bo'lib bitta qiz o'tirardi. Restaranda deyarli undan boshqa hech kim yo'q ekan. Tamerlan bu shu qiz bo'lsa kerka deb o'ylab qizni yoniga bordi. Qiz orqasini o'girib o'tirgani uchun uning yuzini ko'rmagan edi. Uni oldiga borb endi gapirishga og'iz juftlagan edi, qizni yuzini ko'rib gap topa olmay qoldi, faqatgina og'zidan
-K.K.Kristiinaa
Hayratddan salomlashmasdan ham faqat shu gapni aytti,
-Salom, Tamerlan.
Kristina uyalibgina, o'zidan siponi yasab salom berdi
-Sen bu yerda nima qilyabsan
Tamerlan atrofga qarab savol berdi.
-Oyim qo'yarda qo'ymay bugun uchrashuvga chiqasan deb tayinlagandilar
Kristina o'zini g'amgin ko'rsatib boshini egdi. Tamerlan boshqa tarafga qaragan paytida unga bir qarab kulb qo'ydi
-Shoshmay tur
Tamirlan ertalab cho'ntagiga solgan rasmni chiqarib ko'rdi. Qarasa Rasm Kristinani rasmi edi, Rasmga bir qarab boshini ushladi
-Tina meni to'g'ri tushun, men seni sevmayman buni ustiga hali yoshman sen ham juda yoshsan. Bu uchrashuv bemani uchrashuv bo'ldi. Meni yaxshilav eshit. Bu to'y bo'lmaydi, tushundingmi. Uyingdagilarga yigit menga yoqmadi yoki u uchrashuvga kelmadi deb aytgin. Qanday bahona topasan bilmayman. Faqat mashmashani to'xtatasan. Meni uylanish niyyatim yo'q...
🌿#Sen_va_men🌿

-L.llekin Tamerlan, onalarimiz kelishib qo'yishgan ekanku


-Tinaa, ota oangga ayt yigitni sevgan qizi bor ekan deb
Tamerlan Tinani gaplaridan keyin o'shqirib yubordi, Tina o'rnidan turdida yig'lab Restarandan chiqib ketti
-Tavba,.bu qizga nima dedim. Axir o'ziyam oyim majburladi dediku
Tamerlan asabiy gapirdi, U sgu yerda biroz o'tirdida.
-Menga farqi yo'q baribr uylanmayman, deb o'ziga o'zi gapirib restarandan chiqib ketti. Soatiga qaradi bu uchrashuv uchun 10 daqiqa ham ketmaganiga hursand bo'lib mashinani yuzg'ardi....
* * * * * *
Men Damirni telefoni bilan yolg'iz qoldim. O'zi brovni narsasini titkilaydigan odatim yo'q lekin bu kichkinagina xonada zerikib ketyabman. Tavakkal deya Damirni telefonini ochib ichini tekshira boshladim. Eng hirinchi galeriyaga kirdim.
Ichida, Bitta qiz bilan tushgan rasmlari judayam ko'p ekan. Qizni o'zi tabbiy joyi yo'qdek ko'p joylari suniy edi. Sochlari sariq rangda. Suratlar orasida ularni ismlari yozilganiyam bor ekan. Qarasam Damir va Natasha deyilgan ekan. Demak bu qizni ismi Natasha. Keyin suratlar oxirlay boshladi. Balki oldinlagandir galleriyasi teskari ekan, rosti... ko'zimga bitta rasm tushdi. Bu rasmda Men bor edim, rasm biroz xira, uzoqdan olingani ayon edi. Keyin o'ylab qarasam bu Kecha qahvahonaga kirayotgan suratim ekan.
-Vay axmooq, meni rasmga olibdimi
Men darrov u rasmni o'chirdim. Undan keyingisi yana men edim. Qarasam yotoqda shiringina bo'lib uxlab yotganim ekan. Buni qayerdan olgan deb ko'zlarim chiqib ketay dedi. Uniyam o'chirib tashladim. Va nihoyat endi meni rasmlarimdan qutildim deganimda yana bitts rasm chiqdi. Bu men bog'da yurganimda balkondan olingan surat ekan. Uniyam qoldirmay o'chirib tashladim. Va nihoyaat meni rasmlarim tufati. Galleriyasida faqat o'zi va Natashadan boshqa tuzuk quruq rasmi yo'q ekan. Endi telefonni ochirib qo'yayotgan edim, Notanisj raqamdan qo'ng'iroq bo'ldi. Men o'ylanib turb javob berdim
-Salom
Telafon ortidan. Men tanigan ovoz yangradi va eng birinchi aytgan so'zlari
-Diana, Damirni telefoni senda nima qilyabdi. Shular bo'ldi
-Tamerlan sizmi?
-Ha menman. Damir qayerda
-U uyga ketgandi.tinchkikmi
-Tinchlik sen qayerdasan
-Men mehmonxonadaman
-Ha, bugun seni olib ketmoqchi edm. Shunga Damirdan so'rashga qo'ng'iroq qilayotgam edim.
-Qayerga olib ketmoqchisiz
-Kecha vada berganding
-Bugun borishimiz shartmi?
-Ha. Istasang biz bilan Damir gam boradi
-Roziman uchchalamiz birga piknik qilamiz
-Albatta. Men hozir supermarketga keldim piknik uchun narsalar harid qilgani (Aslida Tamerlan, 2 kishilik narsalar olgandi endi Damir uchun ham olgani kelayotgandi)
-Hop hozir Damir kelsa aytaman. Sohilda ko'rishguncha
Men aloqani yakunladim...
🌿#Sen_va_men🌿
15_qism

Oradan ko'p vaqt o'tmay Damir keldi. Eshikni hech ikkilanmay Damir ekanligini bilib ochdim


-Diana, eshikni ochishdan oldin "kim bu" deb so'ramaysanmi axiir
Damir kelar-kelmasidan asabiy meni urusha boshladi
-Siz ekanligingizni bilib, so'ramasdan ochdim
-Ha mayli, Mana telefoning va kiyimlaring. Menga hech kim qo'ng'iroq qilmadimi?
-Tamerlan qo'ng'rioq qilgandi
-Yana qanday gapi ichida qolb ketbdi u tentakni
Damir kulib telefonini oldi.
Men esa ichimda (bu ikkisiga nima bo'ldi ekan) deb o'ylab, savolimga javob topolmaganimdan postlab ketay deb turgandim.
-U men va sizni dengizga piknikka taklif qildi
-Obbo.. bugunmi?
-Ha bugun
-Hozir u bilan gaplashib olay
Tamerlan xonadan chiqib ketti. Men esa kiyimlarimni alishtirib ketishga tayyor bo'ldim. Sochlarimni tekslab taradi. Ko'zimni shishgani va qizarishlari deyarli ketgandi...
***
-Alo
-Qayerdasan Tamik
-supermarketdan chiqdim endi sohilga ketyabman, sizlaram kelaszlarmi do'st?
-Ha, ha boramiz, Sen Dianani olib ket meni ozroq ishlarim bor edi
-Hop. Qanday ish jiddiy emasmi
-yo'q, Natasha gaplashib olaylik deyabdi. Keyin, kecha klubda mashinam qolgandi shuni olib kelaman
-Yaxshi, ishqilib sohilga kela olasanmi
-Ha, ha boraman albatta. Sen hozir Dianani *** shu mehmonxonadan olib ket
-Yaxshi boryabman
Aloqa yakunlandi. Damir Dianani xonasiga qaytti
***
Men tayyor bo'lganimda Damir kirib keldi, Meni ko'rib biroz qoshlari chimirildi
-Tayyorman ketamizmi
Deya jilmayib qoydim
-Ha ketamiz, ee yo'q sen bilan Tamerlan ketasizlar. Men sizlarni orqangizdan boraman
-Yaxshi, keldimi u
-Yo'q hozir kelib qoladi, sen nega bunday kiyinding.
Damir qoshlari chimirilib menga qarab gapirardi
-Axir o'zingiz shu kiyimlarimni olib kelibsizkuu. Yana menga, nega bunday kiyinding deysiz
(Telbami bu, o'zi shularni olib kelb yana ozi jaxl qiladi, ee shoshma)
-Sizni nima ishingiz bor "akajon"
-Mayli menga farqi yo'q, hozir Tamerlan kelsa u bn ketasan.
-Yaxshi.
U jiddiy holatda xonadan chiqib ketti
***
Damir xonada chiqishi bilan, tezlikda liftga chiqib oldi, o'ziga o'zi gapira boshladi
-Menga nima u qanday kiyinadi. Eey xudoyimey, hayollaringni yig'ib ol Damir, hozir klubga borasan, Natasha bilan ko'rishib mashinangni olib sohilga borasan. Tamom... Huuh
Damir o'zini o'zi tinchlantirib mehmonxonani tark etti
***
Men hayron edim. Bu o'zi shularni olib keldiku nega menga jaxl qilyabdi deb. Ustimdagilar tuzukku. Shimi qora koftasi oq, keng dvoyka kiygandim. Ustimdan oppoq kurtkamni. Sochimni esa yoyib olgandim. Nimasi yoqmadi deya ko'zguga qarab qo'ydim. Va hammasi joyidaligiga ishonch hosil qilgach. Tamerlanni kuta boshaldim....
🌿#Sen_va_men🌿

Ko'p o'tmay eshik taqqiladi. Men Damir aytganidek avval


-Kim bu, deb so'radim eshik orqasidan esa
-Men Tamerlanman, eshikni och Diana
Degan ovoz eshtildi. Men darrov eshikni ochib
-Tayyorman ketamizmi
Deya maqsadga o'tib qo'ya qoldim. Chunki bu xonada zerkib ketayotgandim
-Ha, kettik
Tamerlan hayron, u eshikdan kirmasdan ketti. Men esa eshikni qulflab uni orqasidan ergashdim. Biz lift oldida kelganimizda men boyagi holatni eslab yuzim burishdi. Hali lift bizni qavatda to'xtamadi shuning uchun Tmirlan menga qara savol berdi.
-Nimadir bo'ldimi
-yo'q hammasi yaxshi. Men ko'zimni yumib gapirdim.
-Yaxshi, unda kettik.
Lift kelib to'xtagan ekan. Men og'ir qadamlar bilan liftga chiqdim. Ko'zlarimni yumib yuzgacha sanadim. Qo'llarimni qattiq yumib olgandim. Yana avvalgidek peshondan sovuq tez chiqardi. Sanoq yuzga yetganida lift eshiklari ochildi. Meni chekram yorishib ketib "hayriyatey" deb liftdan chiqdim, chiqishimiz bilan
-Liftdan qo'rqasanmi
Tamerlan savol berdi
-Ha, uncha yoqtirmayman
-Haa.
U boshqa gapirmadi, mehmonxonadan chiqdik. Tamerlanni mashinasiga o'tirdik. Men mashina orqasiga qarasam bir dunyo narsalar bor ekan. Bilardim bu piknik uchunligini shuning uchun Tamerlanga savol ham bermadim shunchaki ikkalamiz ham jim ketardik. Meni hayolimga boya meni portlatib yuboray deb tugan savol keldi. Va hech ikkilanmay uni Tamerlanga berdim. Aslida undan so'rash niyyatim yo'q edi. Lekin hozir javobini olmasam portlab ketadigandek edim.
-Bugun, Damir va sizga nima bo'ldi
-Hechni, nimadir bo'lishi kerekmidi
-Yo'q, aytmoqchimanki sizlar avvaldan dushman edingiz nega endi birdan do'st bo'lib qoldingiz
-Dushmanligimizni sababi tushunmovchilik sabab edi. Damirga shuni aytib tushuntirdim. Menmcha Tamerlan asabiylashayotgan edi, jiddiy va asabiy ohongda gipirardi
-Ha, agar sir bo'lmasa u tushunmovchilik nima?
Mashina birdan chiyyilagancha to'tadi. Men Tamerlanga qaradim. U ham menga hech bir o'zgarishsiz, jiddiy qarab tirardi
-Tushunmovchilik sababi
Nastiya ismli qiz bo'lgan. Uni Damir ikkimiz ham sevib qolganmiz. Lekin u qiz Damirga. "Men Tamerlanni tanladim hayotimizdan chiqib ket" degan. Damir do'sti uchun o'yindan chiqadi. Aslida Nastiya va men shunchki do'st bo'lganmiz. Keyinchalik Nastiyani nomusi toptalganini va u homilador ekanligini eshittik. Ming afsuski o'sha qiz. O'zini nomi bulg'angani yetmagandek meniyam shu ishlariga sherik qilgan. Menga "Nomart" degan tamg'ani qoldirib o'zi esa o'z joniga qasd qiladi.
Tamerlan bir nuqtaga qarab, o'ychan va g'azab bilan gapirardi.
Men esa eshitgan gaplarimni mag'zini chaqardim.
-Haa, tushundim
U mashinani yurg'iza boshladi. Biz deyarli dengizga yetib kelgandik. Tamerlanga qo'ng'iroq bo'ldi. U bilan gaplashganidan bu shubxasiz Damir edi...

🌿#Sen_va_men🌿


-Nima gap og'ayni
-Qayerdasizlar
-Sohilga yetay deb qoldik tinchlikmi
-Ha tinchlik. Men ham hozir yo'lga chiqdim. Yarm soatlarda oldingizda bo'laman
-Yaxshi, menga aytgan ishing bittimi
-Ha, Natasha bilan gaplashib oldim.
-Ha yaxshi, kelaver qolgan gaplarni keganingda gaplashamiz
-ko'rishguncha
Aloqa yakunlandi.
Men ham Tamerlan ham sohilga yetib borguncha jim kettik..
Biz katta va poyonsiz Dengizga yetib keldik. Mavjlanib turuvchi to'lqinlar katta katta harsang toshlarga urilardi. Sohilda faqatgina to'lqinlar va chag'alaklarni shovqini eshtilardi. Men Tamerlandan oldin dengiz bo'yiga keldim. Sekin bitta harsang toshni ustiga minib ko'zlarimni yumib, qo'llarimni keng yozgancha dengiz havosidan to'yib, to'yib mafas olardim. Bunga faqatgina shamolda har yoqqa uchayotgan sochlarim halal berardi. Lekin men ko'zimni ochmasdan turaverdim...
Orqamdan Tamerlan kelgan ekan. Birdan boshimga kepkasini kiydirdi. Men qo'rqib kettim. Harsang toshdan endi yiqilayotgan edim. Bellarimdan o'tgan baquvvat qo'llar meni qutqarib qoldi. Men qo'rqib ketgandim. Unga qaradim. Bir juft qop qora ko'zlar, judayam chiroyli edi. Men uni oo'zlariga qarab turaverdim, chunki uni ko'zlarida nimadur bordek. Katta qop qorong'u koinotga o'xshardi. U sekin meni qo'yib yubordi. Men ham u ham o'zimizga keldik. Harsangtoshdan pastga tushib mashinadan narsalarni tushura boshladik.
-Sen kecha dengizga bormayman deb oyoq tirab olganding a
-Ha, shunday.
-Lekin, kelganimizdan keyin mendan oldin yugurib ketb qoldinga
U kuldi, men uni bu gaplaridan keyin hech nima demadim.
-xafa bo'ldingmi Diana
-Yo'q. men mashinadan yeguliklarni olib tushdim. Tamerlan esa stol va stullarni joylashtirdi. Savat ichidagi yeguliklarni stolga qo'ydim. Meni e'tiborimni 2chi savat tortgandi, chunki men hamma kerakli narsalarni joylashtirib bo'lgandim, keyin, u savat avvalgisidan sal kichikroq hajmda edi. Uni ichini ochgandim. Ichida ko'plab kinderlar va shikoladlar bor ekan. Men quvonib kettim. Shikoladlar jonu dilim edi. Sekin Tamerlanga qarab
-Keling shikolad yeymiz,
-Rahmat, o'zing yeyaver. Sen uchun olganman
-Rahmat, biz biroz dengizga termulib o'tirdik. Biroz vaqtdan keyin, viz kutgan inson keldi. Tuzlarida biroz mayuslik aks etfan, men bilan xonada aytishib ketgan yuzida g'azab aks etgan Damir emas. Go'yoki kimdir qalbiga ozor bergandek, Damir keldi.
-Kel seni kutib o'tirgandik o'tir
Kuz kunlar biroz salqinlagan bu vaqtda sohilda biz uchalamizdan boshqa hech kim yo'q
-Yaxshi yetib keldinglarmi
-Ha yaxshi, sizga nimadir bo'ldimi Damir
-Yo'q hammasi joyida
-Demak, endi vaqti chog'lik qilamiz. Men hozir koffelarni olib kelaman, Tamerlan turib mashinasidan koffelarni olin kelishga ketti...

🌿#Sen_va_men🌿


16_qism

-Damir tinchlikmi


-Ha Diana,
-Unaqaga o'xshamaydi. Ko'zlaringiz mayus
-Natasha bilan gaplashgandim. Umrim oz qoldi, meni so'nggi nafasimgacha men bilan bo'l deyabdi
-Nima. Endi nima qilasan, u o'lsa
-Menga u emas, boshqa narsa muammo bo'lyapti
-yana qanaqa muammo
-U menga uylanasan deyabdi. Ko'rinishidan rostan ham umri oz qolgan kasalga o'xshaydi
U mayus gapirdi. Bizni suhbatimizga Tamerlanni
-Endi nima qilasan
Degan savoli qo'shildi
U qo'lida koffe va yopinchiqlar bilan kelgan edi..
-Aslida u bilan orani ochiq qilish uchun borgandim
-Iy, men sizzi uni sevadi deb o'ylardim
Men biroz kulmsirab gapirdim
-Yo'g'eey kelib kelib shunimi, Dianaa
Damir ham kulib yubordi
-Nima qilbdi unga
Tamerlan bizga termosdagi issiqina qahvalarni berayotib yana savol berdi
-uni tabbiy joyi yo'qku Tamik
Damir jiddiy ohangda gapirdi
-Ho'sh do'st endi nima qilasan shundan gapir
-Uni hayotidan chiqay desam... u yaqnda o'laman deyapti. Qolay desam men uni sevmayman
-haa darding og'ir ekan bo'tam... buni dsrmonin topmog'in lozim
Deya Tamerlan Domlalarga o'xshab gapirdi. Uchalamiz ham kulib yubordik. Bizni kichik davramizda yengil kulgu sadolari jarangladi. Biz sohilda anchagacha suhbatlashib o'tirdik. Ular menga yoshligi haqida so'zlab berishar, meni kuldirish uchun harakat qilishardi. Men ular bilan o'zimni erkin va baxtli his qilardim....
_Ertalab_ soat 7:30
Tamerlan kecha biroz kech kelganligi bois, haliyam uxlab yotardi. Xonaga Dariya kirib keldi
-Tamerlan uyg'on, o'qishga kech qolasan
Tamerlan hech nimani eshitmasdi. Dariya qancha uyg'on demasin ko'zlarini ochmasdi. Dariya Tamerlanni xonasidan chiqib ketib, ko'p o'tmasdan 1 stakan suv bilan kirib keldi.
-Tamerlan oxirgi narta aytyabman, uyg'oon
Tamerlan qotib, uxlab yotardi
Dariyani beparvo stakandagi suvning hammasini Tamerlanni yuziga quydi. Tamerlan sakrab o'rnidan turdi. 1 stakan suvdan ekyin uyqusidan asar ham qomagandi. Ko'zlari katta katta ochib
-Onnaaaa nimaaa qilganizz buuuu
Deya baqirib yubordi
-Men seni ogohlantirgandim. Tezda yuvunib nonushtaga tush
-Hoop.
Tamerlan boshini ushlab biroz o'ziga kelb o'tirdi. Keyin yuvinish xonasiga ketti...
Bugun ularni uyiga xizmatchisi Zara kelgan. Nonushtalarni tayyorlab qoydi. Bir vaqtni o'zida Dariya va Tamerlan chiqib kelishdi. Dariyani qovog'idan qor yog'ardi, Tamerlan esa jiddiy. Balki ertalabdi 1 stakan suv uchundir.
Ular jimgina nonushta qilishdi, nonushtadan keyin
-Menga ruxsat, o'qishga tayyorlanay, Tamerlan aochiqqa og'zini artib shu gaplarni aytti
-yo'q, o'tir joyingga senda gapim bor, Dariya qo'lidagi samchiqi va pichoqni tashla Tamerlanga yuzlandi
-Kechagi hunaringiz haqida eshittik Tamerlan Aslanov. Qizni xafa qilibsiz
-Oyi men unga nima debman
-Unga sevganim bor debsan, hayriyat qiz shundayam uyidagilarga, menga yigit yoqdi debdi, uni ko'nglidagi o'sha qizni unuttirib o'zim uchun yangi sahifa yarata olaman debdi
-Ona mem u qizga uylanmayman. Hali yoshman
-Yoki shu qizga uylanasan yoki meni sendek o'g'lim yo'q. To'y masalasiga kelsak. Shu yilni o'zida uylantiraman deyotganim yo'qku. Ko'llejni tugatib universitetga o'qishga kir, biror kasbni egallab oilangni boqa oladigan, bo'lganingda uylantiraman
-....

🌿#Sen_va_men🌿


Tamerlan jim o'ylanardi. Nima qilsam ekan deya. Onasi aytyabdi hozir uylantirmayman deb, damek umid bor. Ungacha esa, Tinani o'zidan sovutadi. Keyin esa yana eski hagotini davom ettiradi tinch va osoyishtali. U rozi bo'lishni oylab. Gapini boshladi


-Roziman ona, faqat 1 ta shart bilan
-Hop qanaqa shart shaxzodam
-Tina men bilan umuman uchrashmayman.
-Bu nima deganing axir unga uylanasanku
-Shunga rozi bo'lsangiz men ham roziman. Endi esa sizga yoqimli ishtaxa
Tamerlan javobniyam kutmasdan xonasiga chiqib ketti. U to'g'ri qaror qabul qildim deya o'ylab, kiyinib o'qishga yo'l oldi.
*
Damir ham kecha uyiga kech kelgan chunki ular sal kechroq qaytishgandi. Yana Damir Dianani mehmonxonaga olib bordi. Shu sababdan kech kelgandi. Soat 8 bo'lishiga qaramay hali hamon uyquda. Uni uyqularini. Mariyaning asabiy o'shqorgan ovozi buzib yubordi
-Qizim qayerda deyabman sengaa
Damir sekin ko'zlari i ochdi. Bu ayol meni xonamda nima qilyabdi deb unga gapira boshladi
-Nima qilyabsiz meni xonamda chiqib keting
-Qizim qayerda deyabman senga
-Hn. Qizingiz
Damir yotgan joyida, uyqusiragancha butun xonani larzaga keltirib kuldi.
-Damir, meni qizim qayerdaaa
Mariya endi biroz yumsgab ko'zlariga yosh olib gapirdi
-Qizingiz endi esingizga tushib qoldimi
-Nim bo'lgan taqdirdayam u meni qizim
Mariya o'zini tiyb turolmay, yig'lab yubordi
Damir unga biroz acjinib
-Qizingizdan xavotir olmang u ishonchli joyda
-Uni olib kel.
-Soat nechi bo'ldi
-soat 8 bo'ldi
Damir soatni eshtib sakrab o'rnidan turib yuvinish xonasiga kirib ketti. 10 daqiqalardan so'ng sochlarini quritib yuvunish xinasidan chiqdi. Xonasida turib
-Lilii xonamga kel. Deya baqirdi. O'zi esa kiyinish uchu gardirobidan kiyimlari i oldi
-Labbay xojayin
-Dianani o'qishga kiyadigan kiyimlari va sumkasini tayyorla
-ho'p bo'ladi
Lili chiqib ketgach kiyimlarini alishtirib pastga tushdi. Karina undan oldin o'qishga ketagn ekan. Andrey Ivanov esa kechadan buyon uyga kelmagan. Lilidan Dianani kiyimlarini olib o'qdek mehmonhonaga uchdi...
***
Men ko'zlarimni begona xonada ochdim. Yonimda xech kim yo'q, atrofga qaradim. O'zimni xonam emasdim, Sakrab o'rnimdan turdim. Men qayerdaman. Kimni xonasidaman deya....
Xonaga boshdan oyoq qaradim. Keyin, kechagi voqealar ko'z oldimdan o'tti, nihoyat men mehmonxonada ekanligim esimga tushib xavotir va qo'rquvlarim tarqab ketti. Kulgancha peshonamga yengil shapatilab qo'ydim... soatga qaradim 7 yarm. Turib yuvinish xonasiga kirib kettim. Soat 8larda sochimni quritib yuvinish xonasidan chiqdim, Keyin hayolomga bugun Dushanba o'qishga boramanmi yoki yo'q degan savol keldi... Damirga qo'mg'iroq qoldim telefoniga javob bermaydi. Tamerlanga qo'ng'iroq qilay desam, uni raqami menda yo'q.. Na iloj uni kelishini kutishimga to'g'ri keladi.....
🌿#Sen_va_men🌿

Tamerlan kollejga kelishi bilan birinchi bo'lib Tinani ko'rdi. U ham huddi Tamerlanni kelishini poylayotgandek uni oldiga yugurib keldi. Tamerlan esa unga g'azab bilan qarab hech nima demasdan o'tib ketti. Tinani esa hali aytilmagan gaplari og'zida qolb ketaverdi. Ko'zlariga yosh keldi. Lekin yig'lamadi


-Baribir meniki bo'lasan Tamerlan deya u ham Tamerlanni orqasidan kollejga kirdi...
Tamerlan kirishi bilan uni oldiga Alisa keldi. Tamerlan jiddiy holatda u bilan gaplashdi. Lekin negadir unga bo'lgan muhabbatimi yoki qiziqishimi so'ngan edi. Alisa esa o'qishda bo'lishiga qaramay Tamerlanga surkalishda davom etardi. Bu xolat Tamerlanga yomadi. Endi undan uzoqlashmoqchi edi ammo. Ularga qara turgan Tinani ko'rdi. Tinani ko'zlarida mavjlanib turgan yoshlar bor edi. Tamerlan bunga ahamyat bermay Alisa bilan o'z auditoriyasiga kirib ketishdi...
Tina ko'z yoshlarini artib u ham o'z auditoriyasiga kirdi. Bugun negadir Diana kech qolyapti deya o'ylab qo'ydi. Uni yonidagi stul bo'shligi uchun. Tinani yoniga Alex keldi
-Salom Tina qaleysan
-Yomonmam nma edi. Nega meni yonimga kelding, bor yo'qol Karinani oldiga
-Uni oldida yertalich odam bor. Zaxar. Alex qo'zg'almasdan shu yerda o'tiraverdi...
****
Eshik taqqilay boshladi. Men eshik oldiga borib
-Kim bu desim
-Men Damirman eshikni och
Bu Damir ekanligini bilib eshikni ochdim. Damirni qo'lida 1ta paket va meni ryugzagim bor edi. Ikki ko'zim ularda Damorni gapirishini kuttim
-Narsalaringni ol. Tezda tayyorlanb chiq, o'qishga ketamiz, Men darrov narsalarimni olib Damirga qaramasdan eshikni yoptim. 10 daqiqalarda kiyimlarimni alishririb yana qautadan borb eshikni ochdim. Damir yo'q ekan. Eshikdan.boshimni chiqarib qaradim, yo'lak oxirida Damir kim bilandir telefonda gaplashishardi. Men xonaga kirib barcha narsalarimni oldim. Xonani biroz taxlab, eshikni qulfladimda Damirning oldiga bordim. U haliyam kim bilan gaplashyabdi hayronman, sekin ustiga kiygan viterofkasidan tortqiladim. U menga qarab "yaxshi ketamiz" degandek ko'zini yumb qo'ydi. Meni ashaddiy dushmanimiz lift. Liftga chiqdik. Damir telefon ortidagi kishini tinglardi. Gohida qandaydir shartnoma haqida gapirib tushuntirib qoyadi. Men ko'zlarimni yyumiz yuzgacha sanamoqchi edim. Issiq qo'llarni o'zimni sovuq taftimda his qildim. Liftda bizdan boshqa hech kim yo'q, bu Damir edi. Men ko'zimni ochib unga qaradim. U esa hech nima bo'lmagandek turaverdi. Darrov lift to'xtagani haqida signal chalindi. Men hayron edim. Qanday qilib buncha tez tushdik deya. Damir qo'ng'iroqni yakunlab meni qo'llarimdan tortib ketti. Biz mehmonxonadan chiqishimiz bilan unga gapirdim
-Nima qilyabsiz Damiir.
U yurishdan to'xtab meni qo'llarimni qo'yib yubordi va menga qaradi. Ko'zlar ko'zlarga to'qnashdi. Damir meni ko'zlarimdan ko'zini uzmasdan javob berdi...
🌿#Sen_va_men🌿
17_qism

-Sen liftga chiqishdan qo'rqasan, shunga biroz yordam berdim "singiljon"


Bu Damir odam bo'lmaydi. Tamerlan ikkalasi 1 xil. Bahor havosidek o'zgaruvchan. Bir qarasang quvnoq, sen bn suhbatlar quruvchi inson bo'lsa. Yana bir vaqt juda sovuq, qo'rs hissiz eshakga aylanib qolishadi, Bularni tushunib bo'lmaydi o'zi... mashinaga o'tirdik. Hmashina harakatga keldi, yo'nalishimiz kollej deb o'ylagandm. Lekin biz boshqa yo'lga buruldik.
-Qayerga ketyabmiz
-Qahvahonaga
-Kollejchi?
-Nonushta qildingmi?
Hissiz axmoq, men unga savol bersam u ham.menga savol beradi.
-Yo'q sizchi?
-Men ham nonushta qilganim yo'q. Birga nonishta qilamiz, jim savol bermasdan ket
Hayratimni yashirmay unga qaradim, Damir o'zgarib qolibdimi? Deb o'lardim.
Biz u bilan birga nonushta qildik. Shu suhbatdan keyin umuman gaplashmadik. Jim kollejga keldik.
-Qaytganingda Tamerlan seni uyga tashlab qo'yadi
-Sizchi?(men yana o'sha uyga, bitta o'zim boramanmi. Bu gal onam meni o'ldirib yuborsa nima qilaman?) Meni rangim oqarab ketti
-Sen uyga borganingda menga xabar yoz. Men ham ertaroq borishga harakat qilaman. Xonangdan chiqmay o'tir
-Yaxshi.
Men jim mashinadan tushib kollejga kirib kettim...
***
Damir mehmonxonadagi telefon orqali suhbat bilan, endi haftaning ayrim kunlar ishlashiga to'g'ri kelishini o'yladi. Chunki Andrey Ivanov bitta o'zi katta, butun boshli kampaniyani boshqarish og'irlik qilardi. Damir bo'lsa yoshligidan offisda katta bo'lgan. Offis uni ikkinchi uyi desak ham bo'ladi. U Dianani kollejga tashlab o'zi offisga dadasini oldiga ketti...
*
Men auditoriya kirganimda hammani ko'zi menda. Nega bunday qarashyapti deb. Oralaridan bitta qiz chiqib
-Damir bilan ucgrashib yuribsanmi? Deya savol berdi
Men hayron edim. Qiz bu gapni qayerda oldi ekan deya
-Jinnimisan, o'z akam bilan uchrasjadigan darajada axmoq emasman. Kim bu gapni chiqargan bo'lsa, o'sha Damirni sevsa kerakda. Axir shunday chiroyli yolg'on chiqarishiga qaraganda.
Qiz jim bo'lib qoldi. Men uni turtib o'z o'rnimga o'tirdim. Yonimda Tina boshini partaga qo'yib yuzini ko'rsatmay o'tirardi
-Salom Tina
U jim hech nima demadi
-Senga nima bo'ldi. Bugun boshqachasan
U sekin boshini ko'tarib menga qaradi. Ko'zlari biroz qizargan edi. Demak yig'lagani aniq
-Yaxshimisan
U meni birdan quchib oldi
-D.dianaa
-Nima bo'ldi Tina.
-Men Tamerlanni sevaman
Meni ustimdan birov sovuq suv quygandek bo'ldi, biroz o'zimga kelgandan so'ng
-Y.yaxshikuu u ham seni sevadimi?
Men jilmasyishga harakat qildim
-Nimasi yaxshii. U meni yomon ko'radi
-iy nega unaqa diysan
-Yaqinda bizni to'yimiz bo'lishi kerak......
🌿#Sen_va_men🌿

Tinani bu gapi endi menga boshqacha ta'sir qildi. Huddiki ilk va yagona do'stimdan hozirni o'zida ajralib qoladigandek edim. Biroz jim turdim


-H..hali hammasi yaxshi bo'ladi, u ham seni sevib qoladi. Sen xafa bo'lma Tina
Men o'zimni erkin va hotirjam tutishga harakat qildim.
-Salom qizlar, yaxshimisizlar. Bu shirinliklar sizlarga bu gul esa senga Diana...
Men jim unga qoshlarimni chimirib qarab o'tiraverdim. U bo'lsa
-Tina dugonangizni 5 daqiqaga olib ketaman. Deya qo'limdan sudrab auditoriyadan olib chiqdi
-Ey nima qilyabsan
-Qizaloq senlab gapirma
-Nima xoxlaysan mendan, guling va shirinliklaringni stolm ustida yo'qot
Men baqirib qaytadan auditoriyaga kirib ketmoqchi edim. Ammo u qo'li bilagimdan qattiq tortti. Men bir zumda Alexni oldida paydo bo'ldim
-Qo'yvor qo'limni.
Men uni qo'lidan bilagimni halos qilmoqchi edim. Lekin u ikki qo'li bn meni ikkala bilaklarimni ushlab oldi. Men qoshlarimni chimirib darrov unga qaradim, qo'llarimni silkitib
-qo'yib yubor deyabman, baqirib gapirdim
-Qo'yib yubormasanchi.. Diana men seni sevib qoldim. Kel men bilan birga hayotingni oxirigacha yasha
-Alex qo'yib yubor uni qo'lini
Alexni orqasidan, Tamerlanni hissiz ovozi eshtildi. U judayam jiddiy turardi, Alex meni qo'llarimni qo'yib yubormasdan. Tamerlanga qaradi.
-Kel Tamerlan, qara bu qushchani chiroyliligini
-Qo'yib yubor uni dedim men senga Alexx
Tamerlan yanayam jiddiy va yo'g'on ovozda gapirdi. Menmcha u g'azablanayotgan edi. Men Alexdan qo'llarimni olishga urinardim. Lekin ilojisi yo'q. U judayam qattiq ushlab olgandi
-Kelsangchi Tamerlan
Tamerlan tezda kelib, Alexni yoqasidan oldi. Shundagina Alex meni bilaklarimni qo'yib yuborib. Qo'llarini yelkasi tengi ko'tardi
-Mana qo'yib yubordim. O'zingni bos Tamerlan.
Tamerlan uni yoqasini qoyib yuborib menga yuzlandi
-Sen bilan darsdan keyin gaplashamiz Diana hozir esa auditoriyaga kir.
Hali darslar boshlanmagandi. Men yugurib Auditoriyaga kirib kettim. O'rnimga o'ririshim bilan. Tinani ikki ko'zi bilaklarimda ekanligini angladim. Bilaklarimni yopish uchun yengil kurtkamni kiyib oldim.
-Diana bilaklaringga nima qildi
-Hech nima qo'yaver
shu payt o'qituvchinkirdi. Dars boshlanib ketti. Lekin Alexdan darak yo'q edi. Oradan 10 daqiqalar o'tgandan keyin. Auditoriyadagilarda shibr shivr boshlanib ketti. Kirsdosh bolalar telefobida nimanidir uymalashib ko'rishardi. Biz ham Tina bilan ularni yoniga bordik. Ular instagramda jonli efir ko'rishayotgan ekan. Tina ularni qo'lidan telefonni yulb oldi. Qarasak unda bir bola jonli efir qilardi....
🌿#Sen_va_men🌿

O'rtada esa Tamerlan bilan Alex urshishardi. Alexning og'zi burni qon. Qoshini tepasi yirtilgan. Kiyimlari chang, Xullas umuman tanib bo'lmaydigan qilib kaltaklangandi. Tamerlanni bo'lsa labi qonagan xolos. Jonli efirda Tamerlan tinmasdan Alexni kaltaklardi, jonli efir qilayotgan yigit esa ularni jim kuzatardi. Bular qayerda urshishyapti deb Telefonga yaxshilab qarasam. Kollej orqasidagi bog'da urshishayotgan ekan. Men o'qituvchidan so'ramasdan tashgariga otildim. To'g'ri bog'ga bordim. Tamerlan Haliyam Alexni kaltaklardi. Alex menmcha hushidan ketishga ulgurgandi. Men borib Tamerlanni qo'lidan ushlab o'zimga qaratdim.


-Nima qilyabsiz, o'lib qoladiku hozir
-Menga nima, u qilmishiga yarasha jazosini olyapti
-Nima qilgandi u sizga. Tez yordam chaqiring tez, Men Alexni pulsini tekshirdim. Hayriyatki hali tirik ekan,
Tamerlan hech nimaga e'tibor bermay jim yurib keta boshladi.
Haliyam jonli efirni davom ettirayotgan yigitni qo'lidan telefonini olib sindirib tashladi. Yigit esa Tamerlandan qo'rgani uchunmi yoki boshqa sababdanmi hech narsa demadi. Singan telefonini olib u yerdan ketti. U ketishi bilan, deyarli butun kollej talabalari oynadan qaray boshlashdi, ularni shivr shiviri hattoki bizga ham eshtilardi. 20 30 tacha talaba auditoriyasida o'tirolmay bizni oldimizga chiqqan shekilli uymalashib kela boshlashdi. Tamerlan esa Alexga achingani uchun tez yordam chaqirdi. Tez yordan kelgach meni qo'limdan ushlab qayergadir olib keta boshladi. Ichimda esa (Ming lanat, bular qayerga istasa o'sha yerga sudrab olib ketaverisharkanda, Endi bu ham shunday qilyabdi. Men bir buyummidim ruhsatimsiz sudrab olib ketaveradigan,) Biz kollej bog'ini ichkarirog'iga kirib ketardik. Dryarli oxirlab qolganimizda. Men keskin to'xtadim. Tamerlan esa biyagi g'azab to'la nigohlari bilan menga qaradi.
-Nima, qayerga istasam o'sha yerga, ruxsatisiz sudrab ketaveraman deb o'ylaysizmi. Deb asabiy baqirib yubordim.
Tamerlan esa o'zini bosishga harakat qilib. Ko'zlarini chuqur yumib turdida u ham gapirdi
-Gaplashib olishimiz kerak
-Shu yerdayam gaplashaversak bo'ladi, qayerga olib ketyapsiz
U yana to'xtamasdan sudrab ketaverdi. Yurib ketayotganda e'tibor bermasdan uni ichimda lug'atimdagi "eng chiroyli" so'zlar bilan siylardim. Oxiri biz to'xtadik.
-Va nihoyat siz istagan joyka keldimi dedim ensamni qotirib. Lekin endi atrofga nazar solib qarasam. Biz shu qadar chiroyli joyda edikki. Bu yer kollejni bog'ida joylashgan deb hech kim o'ylamasdi. Atrofda chiroyli daraxtlar judayam ko'p yana ular sap-sariq rangga burkangandi. Bitta skameyka va undan keyin kichik ammo chiroyli ko'l bor. Uni oxirlariga yaxshlab qaralganda bir nechta oqqushlar suvda suzib yurganligiga guvoh bo'lasan kishi. Shu hayollar bilan Tamerlanni gaplarini eshitmabman ham. Bir payt ko'zlarimni oldida suni shaqillatgan barmoqlarini ko'rdim, shundan keyingina uni gaplariga e'tivor berdim.
-Nimalarni o'ylayabsan Diana
-Aa.. nima
U kulmsirab peshonasini shapayilab qo'ydi....
🌿#Sen_va_men🌿
18_qism

Men ajablanib unga qaradim. Hozirgina g'azablanayotgan edi, endi bo'lsa samimiy jilmaygancha menga qarab turbdi. Aytganmanku, bular bahor havosidek o'zgaruvchan. Yaqin orada meni jinni qilib yuborishmasa bo'ldi...


-Nega gaplarimni tinglamaysan aa. Men shuncha gapni kimga gapirdim. O'zi o'ylagandimaa bu qiz nega menga savol bermayaptii deb. U qo'li bilan og'zini yopib qotib kulardi. Balki shunchalar ko'p gapirgan va shularga achinganidan kulyotgandir.
-Exxeyy, men bu tabiatni go'zaligiga mahliyo bo'lib qolbmandaa. Men Tamerlanni gaplariga beparvo qarab gapirdim. U meni beoarvoligimni ko'rib jiddiy bo'lib oldi.
-Alexni nega kaltaklaganimni so'ramaysanmi
U bir qoshini uchirib so'radi
-Haya, nega uni kaltakladingiz
Men qoshlarimni bir joyga olib kelib so'radim.
-U seni rasmga olibdi. Agar sen u bilan uchrashib yurmasang, fotashop qilib internetga joylayman deyabdi
-Vay ablaheey, yuring shifoxonaga boraylik. Siz uni qaytadan kaltaklaysiz
-Ey, to'xta hali bu hammasi emas
-Yana nima...
-Darsga kirmaylik. U iltijoli mo'ltirab qarab, jilmaydi. Men uni bu qarashlaridan qanday rozi bo'lganimni bilmay qoldim. U bilan ko'l bo'yidagi skameykadan joy oldik. Men uzoq uzoqlarga qarab hayol surib o'tirgim kelardi. Lekin Tamerlan gapirib tinch o'tirmasdi
-Diana
-Labbay
-Sevganing bormi
Men uni bu gaplaridan boshqacha bo'lib kettim. Lekin haliyam, uzoq uzoqlardan ko'zimni uzmasdan javob berdim.
-Yo'q, sevgiga ishonmayman
-Nega, axir sevgi ajoyib tuyg'uku
Men unga qaradim. U menga porlagan ko'zlari bilan qarab o'tirgandi
-Bilmayman, hech kimni sevib ko'rmaganman. Boshqa mavzuga o'taylik.
Maktab davrimdayam sinfdoshlar sevgi mavzusini ochishsa jerkib urshib berardim.
-Yaxshi...
U nimanidir aytgisi kelar ammo aytolmasdi.
-Haya tabriklayman sizni
Men jilmayib unga yuzlandim
-Nima munosabat bilan. u kuldi
Shunda yana, ikki yanog'idagi bilinar bilinmas kulguchlari ko'rindi. Hayolimda"Judayam chiroyli" degan gaplarni aytardim.
-Aa nima deding
Tamerlan tushunmay menga qaradi.
-Sharmanda, men bularni hayolimda emas tilimda aytibman. Men yuzmni berkitdm
-Nima deding, Diana
U kulardi.
-Yaqinda Kristina bilan to'yingiz ekan shunga tabriklayotgandim
Nima deyishni bilmay shu mavzuga o'tib qo'ya qoldim. Birdan uni yuz tuzilishi o'zgardi. Yana jiddiy, hissiz kimsaga aylandi
-Nimadir muammo bormi u bilan
-Uni yoqtirmayman, bo'g'ma ilon u
-Iyy dugonamni nega haqoratlaysiz
-O'ziku, Tamerlanga turmushga chiqaman deb bo'ynimga osilib olgan
-Sevib qolganda endii
-Sevarmish, men sevmaymanku uni. Nega tushunmaydi axir
-Unda siz kimni sevasiz
Birdan shu savolni berib yubordim. U mayus tortib qoldi
-Endi, menmcha qiziq emas
-Nega
-Tina uyidagilarga va meni oyimga, Tamerlanga turmusgga chiqaman deb bo'lgan. Oyim esa shu qizdan boshqasiga uylansang meni ona dema, hech vaqosiz ko'chaga haydayman deyabdi
-Haa arosatda qolibsizdaa... kelinoyimga aytdingizmi?
U chuqur ho'rsinib qo'ydi.....
🌿#Sen_va_men🌿

-Exx Diana. Meni hayotimda hozir eng qizig'i, u kelinoyingga hali sevishimni ayta olmagandim...


-Haa uni men taniymanmi
-Baki..
-Uni tasvirlab bering, chiroylimi
U jim o'yga toldi va
-Yur uni senga ko'rsataman
Men attofga qaradim, nahotki u qiz shu yerda. Mendanam chiroylimikan.
U bilan ko'lni oldiga keldik
-U suv parisimi
Tamerlan mayin jilmaydi, Kel o'tir deb menga ishora qildi
Men uniyoniga o'tirdim. (Nahotki suv pariysi bo'lsa?)
-Ana u qaragin
-Qani qayerda men suv tubiga qaradim.
-yaxshilab qarasang bitta chiroyli qizni ko'rasan
U kuldi, men yaxshilab suv tubiga hattoki boshqa joylariga ham qaradim. Oxiri hafsalasiz, osuvdagi aksimga qarab qoldim
-Topdingmi
-U men bilan ko'tishishni istamayabdimi deymanov. Kelmadiku, Tamerlan meni ustimdan qotib kuldi. Men asabiylashib
-Boringgeey, sizga ishongan men axmoq deb boshqa tarafga qarab o'tirdim.
-Diana.
-Nima deysiz yana
-Seni sevaman
[Va nihoyat bizni hissiz oshig'imiz, tuyg'ularini tan oldi!]
Men darrov unga qaradim.
-M.mmenn ha.haligi...
-Bilaman, meni do'st sifatida ko'rasan... imkon bersang men seni baxtli qilardim
-Y.y..yo'q Tinachi u nima bo'ladi. O'ylab gapiryabsizmi?
-Menga nima, o'sha Tinani deb hayotim ostun ustun bo'lib ketay deyabti o'zii
-Tamerlan m..meni eshting... bu shunchaki hoy havas, menga o'rganib qolgansiz, Tina bilan to'yingiz yaqinda. Siz meni emas uni seving. Chunki men emas aynan u sizga mehrbon juft, rafiqangiz bolala
Endi gapiryotgandim. U lablarim ustiga barmog'ini qo'ydi
-Tshshsh, gapirma jech qachon unday bo'lmaydi... men unga uylangan taqdirimdayam, hech qachon uni xotinim o'rnida ko'rmayman. Menga turmushga chiqsa umri faqat azobda o'tadi, buni senga va'da berib ayta olaman.
-Yo'q, yo'q unday demang. Men sizga munosib emasman
-Jim bo'l Diana. Men seni sevaman gap tamom. Seni kimni sevishing va boshqalari umuman qiziqtirmaydi.
U asabiy gapirdi. Keyin biroz tinchlanib
Hali ko'rasan #sen_va_men judayam baxtli oila bo'lamiz.
-Heey, men sizga hali roziman yoki imkon berdim demadimkuuu.
Men qoshlarimni chimirib gapirdim
-Men ayttim. Seni fikring meni qiziqtirmaydi deb, shunday ekan. Sen faqat menikisan
-Asabimni buzmang Tamerlan janoblari, buni hali vaqt ko'rsatadi.
Men labimni burib ketib qoldim, u biroz turdida menga yetib olish uchun yugurib keldi...
🌿#Sen_va_men🌿

-Nega buncha qaysar qizsan a


-Qaysar bo'lsam o'zimgaa
-judayam ajoyibsanda Diana.. U kuldi
-Nega, hamma ajoyibsan deydi.
-Chunki sen bir vaqtni o'zida, judayam sersavol, quvnoq, yig'loqi, qaysar, arazchi qizsan
-Rostanaa
Men uni tariflarini eshtib hayratimni yashirmay so'radim
-Ha seni shu xislatlaring uchun sevib qolganmanda
Men bu gapiga hech nima demadim. Yuragim tez tez urardi. Yurak urishim ungayam eshtilyotgandek edi go'yo.
-Buncha qizarib ketting
U havotir va kulgu aralash soradi
-Yaxshiman, shunchaki
-Yanoqlaring qip qizil loladek bo'libdi. U kuldi, Men qo'llarim bilan yuzimni ushaldim.( Ey xudoyim, menga nimalar bo'lyapti. Kasal bo'lib qoldimmikan)
-Bo'ldi, hayajonlanib uyalishni bas qil. Bo'lmasa qulupnayga aylanib qolasan. U kulgudan o'zini zo'rga to'xtatib shu so'rlarni aytti
-Ajab bo'pti
Men qadamlarimni tezlashtirib bog'dan chiqib kettim...
Auditoriyaga kirdim. O'qituvchi qayergadir chiqib ketgan ekan. Hammani ko'zi menda. Hijolat bo'lib sekin Tinani olfiga bordim. Borishim bilan Tina menga nafrat bilan qarab
-Narsalaringni olib boshqa bo'sh o'ringa o'tir.. dedi
Shu payt o'qruvchi kirib qoldi. Men jim bo'sh o'rin qidirdim. Alexni partasi bo'sh ekan. (U har doim bitta o'tarkan) men uni o'rniga o'tirdim. Auditoriyadagilar men haqmda shivr shivr gap qila boshlashdi. Men esa ichimda (qoyil g'iybatchilar, endi bularga chaynashga gap topildi yeyy) deya asabiylashib o'tirdim. Ko'p o'tmay najot farishtasidek 1chi para tugagani haqida ogohlantiruvchi qo'mg'iroq chalindi. Men turib Tina bilan gaplashgani oldiga bordim. Men gapirmasimdan uni o'zi gap boshladi
-Tamerlan bilan qayerda edingiz,
-Nega menga bunday munosavatda bo'lyabsan Tinaa
-Men Tamerlanni sevushumni bila turib Tamerlan bilan yaqin bo'lyapsan aa
-Nimalar deyapsan, u meni do'stim, men uni 5 yoshligimdan buyon taniyman axir
-Aldamaginn Diana. O'zi kelganingga 1 hafta bo'ldi, nega aldayapsan
-U senga hisob berishga majbur emas Tina
Yana men kim bilandir gaplashyotganimda paydo bo'lib gapga qo'shildi.
-Tamerlan o'zim gaplashaman
-Narsalaringni ol Diana, ketamiz u yana avvalgi jiddiy hissiz insonga aylandi
-Shoshmang qayerga?
U meni kutmasdan narsalarimni oldida. Tina va meni oldimga kelib
-Yaxshi qolinglar bolalar. Deya meni qo'limdan sudrab auditoriyadan tashqariga olib chiqdi, chiqishimiz bilan unga o'shqirib baqira kettim
-Ming lanat, qachon meni tinch qo'yasiz Siz. Nega har doim hissiz oldimga kelasizda hohlagan tomoningizga sudrab ketasiz, Nega har doim meni hayotimga ho'jayinchilik qilasiz
U hech nima demadi jim turaverdi. Balki olovga moy sepgandek, gapirishni istamagandir.. Men biroz tinchlanganimdan keyin gapirdi....
🌿#Sen_va_men🌿
19_qism

-Zudlik bilan ketishimiz kerak. Damir chaqiryapti, muhim gapi bor ekan


Men indamasdan uni qo'lidan sumkamni yulib oldim, asabiylashib uni kutmasdan mashinaga o‘zim o‘tirdim, u ham jim kelib maahinaga o‘tirdi, keyin mashinani yurg‘izdi. Qayergadir ketardik. Ichimda "bunchalar shoshilinch chaqirishiga qaraganda uni judayam muhim gapi bordir" deb o‘lab qo‘ydim. Biz qandaydir katta bino oldiga kelib to‘xtadik. Judayam hashamatli ham emas, judayam oddiy ham emas. Qandaydir chiroyli ko‘proq oq qora ranglarga urg‘h berilgan bino edi.
-Yetib keldik tush
Men tushdim, bino judayam katta va osmon o‘par edi.
Biz ichkariga kirdik. Binoni ichkari qismida ham oq qora rangdagi buyumlar ko‘p ekan. Tamerlan kotiba qizni oldiga borib
-Damir Alexanov qayerda
-Xonasida, siz Tamerlan bo‘lasizmi
-Ha, xonasini ko‘rsatib yubora olasizmi
-Albatta, sizni kelishingiz bilan xonamga kirsin degandilar
-Yaxshi unda kettik
Ular lift oldiga kelishdi. Men ham jim ularga ergashdim, (Ming lanat, meni ashaddiy dushmanim Lift) lift 1-qavatga kelishini kutib turdik. Lift ochilib Damir keldi
-Anastasiya sen ishingni qilaver men o‘zim olib boraman.
Deb kotiba qizni jo‘matib yubordi. U kelib meni qo‘limdan tortib liftga olib kirdi, Tamerlanni ko‘zlari bizni qo‘llarimizda edi. Men qo‘limni torib olishga harakat qilardim, shunda Damir bir o‘qrayib qo‘ydi. Tamerlan bo‘lsa g‘azabdan qizarib ketti..Xuddiki hozir kimdir bir nima desa yonib ketadigandek turardi. Damir eng yuqori qavat tugmasini bosdi. (Ming lanat, buni xonasi nega bunchalar tepada, yo atay qilganmikan)
Men Tamerlanga qaradim, u g'azab to‘la ko‘zlarini mendan uzmasdan qarab turardi. Men bir qaradimda damim ichimga tuahib boshqa tarafga qarab oldim. Uni bu nigohlariga qayta qarashga juratim yetmadi. Baxtimga, biz eng oxirgi qavatga yetib kelganimizni anglatuvchi singnal chalindi. Men Damirni qo‘llarimni haliyam qo'yib yuborgani yo‘q edi. Men ikkinchi qo‘lim bilan uni qo‘lidan qattiq chimchilab oldim. U avtomatik tarzda, qo‘llarimni qopyib yuborib, cbimchilagan joyimni ushlab voyvoylay boshladi. Uni holatini men va Tamerlan ko‘rib qotib kulardik.
-Ey qiz nega chimchilaysann
U baqirib yubordi
-Ayb o‘zizda qo‘limni qo‘yib yuborishingiz kerak edi. Men labimni burib gapirdim.
-Zaxaarr, seni oldingda anakonda hijolat aa
Damir kulib gapirdi, uni bu gapiga kulmasligimni ilojisi yo‘q edi. Uchalamiz ham kulib yubordik. Tamerlan meni qilgan bu ishimdan mamnundek kulaverardi. Biz Damirni xonasiga kirdik.
-Ho‘o‘sh Damiik, bunday shoshilonch chaqirtirishingga qaraganda judayam muhim gaping borga o‘xshaydi. Gapir
Damir biroz, gapiradigan gaplarini oldindan o‘ylab olib, gapirishni boshladi
-Sizga shuni ma'lum qilamanki... Men ish bo‘yicha o‘ta muhim majlisga ketyabman
-Shunga nima, bizga aytib ketishing kerakmi o‘qishdan qoldirib
-Tamiikkk meni oxirigacha eshit oldinnn. Tamerlan ham men ham jim uni tingladik....
🌿#Sen_va_men🌿

-Hullas men 1 oyga Italyaga ketyabman. Diana senga omonat Singlimga yaxshi qara va himoya qil. Har kuni uni ahvoli haqida menga xabar berib turasan. Agar men kelgunimcha uni xafa qilsang yoki yolg‘iz qoldirib yo‘qotib qo‘ysang, mendan ko‘rasan


Tamirlan biroz hayrat va asabiylik bilan
-Seni yana bitta singling bor edi uchi. Uni kimga omonat qoldiryabsan, keyin nega aynan sen ketishing kerak o‘sha Italiyaga
-Bilaman meni yana bitta singlim borligini. U o‘zini hammadan himoya qila oladi, lekin Diana hozircha ojiza. Uni himoya qilmayman boshqaga ayt desang ham bo‘lardi. Senga ishonardim. Mayli boshqasini topa qolaman
-Yo‘q o‘zim shunchaki so‘ragandim. O‘zim ko‘z quloq bo‘lib turaman
-Yaxshi. Nega aynan sen degandingaa. Dadamni ishlari chiqib qolbdi o‘rniga meni jo‘natyabdi.
-Sizdan boshqa birov borsa bo‘lmaydimi
Men norozi gapirdim. Chunki uyda faqatgina Damir meni himoya qila olardi. O‘tgan galgi, oyimni kirxonaga qamab qo‘yganini eslasam ko‘zimga uosb keladi
-Diana habotir olma ishlarimni tugatiahim bilan, tez qaytaman ungacha senga Tamerlan qarab turadi, o‘qishga olib boradi. Ho‘p
U meni yupatti. Tamerlan esa bizlarga boshqacha qarab turadi.
-Men 2 soatdan keyin ketaman.
-Bugunmii
Men mo‘ltirab qaradim. Agar Tamerlanni bu qarashlari bo‘maganida aniq yig‘lab yuborardim. Chunki, uyda Damirdan boshqa suyanchig'im yo‘q deb o‘ylardim. Uyam bugun ketarkan
-Ha Diana. U boshini quyi solib gapirdi
-Shunday ekan, yuringlar Damir ketishidan oldin kichik ziyofat qilamiz
Tamerlanni bu gapi Damirgayam mengayam yoqb tushdi. Chunki bizga kichik ziyofatlar yoqardi. Biz Damirni xonasidan chiqib liftga keldik. Men Damir va Tamerlanga qaradim. Ularni o‘tkir nigohlari menda. Men oldindan ular nimani o‘ylayotganini sezib. Ikkala qo‘limniyam cho‘ntagimga solib oldim. Lift kelishi bilan ularni kutmasdan liftga kirdim. Ular ham kelib meni orqamga o‘tib olishdi. Men Tamerlan yana birnimani boshlamasidan eson omon bugungi kunni yakunlay deb duo qildim. Biz tezda birinchi qavatga keldik. Men ilk bor liftsan qo‘rqmasdan o‘zim hech kimni ko‘magisiz tushdim. Quvonib kettim. Orqamdan Damir va Tamerlan xo‘mrayib kelishardi. Men ularni ko'rib kulgim kelardi. Uchalamiz ham jim Tamerlanni mashinaga o'tirdik.
-sizlar uchun atiga 1 soat vaqtim bor. Qani qayerga boramiz?
-Hayvonot bog'iga boraylik. Men quvnoq ovozda gapirardim ular ikkalasi birdaniga
-Diana yoshbola emasmizkuu deyishdi.
-Mayli, unda o'zlaringiz ayta qoling. Meni hayfiyatim birpul bo'ldi. Ular kelishgan holda Klubga boramiz deyishdi, Lekin meni klubga bormasligimni bilmay qaror qabul qilib bo'lishgandi. Men keskin ravishta ularni huhbatini bo'lib
-Men klubga bornayman
-Yaxshi unda Restaranga boramiz
-Roziman
-Ha mayli bo'laveradi, tezroq boraylik vaqtimiz kam
Deya Damir shoshiltirardi..
Tamerlan mashinani tezligini oshirib bir zumda katta restaranga olib keldi...
🌿#Sen_va_men🌿

Biz restaranga kirib, hech kim bezovta qilmasligi uchun eng oxiridagi stolga o'tirdik. Ichishga ichimlik va hamma o'ziga yoqqan taom yoki shirinligini buyurtma qildi. Men shkaladli to'rt buyurtirdim. Ular esa o'zlariga yoqqan ovqatni tanlashdi. Biz ovqatlanish bilan bir qatorda maroqli suhbat qurardik. Damirni yo'qligida hayotimiz qanday bo'lishidan tortib barchasini gaplashardik. Hammamiz xursandmiz. Lekin, men Damir ketayotganidan judayam xafaman.. u meni o'z akamdek bo'lib qolgandi, Damirni ketadigan vaqti bo'ldi, Tamerlan bilan uni airaportgacha kuzatib qo'ydik. Qaytyotganimizda


-Damir ketganidan xafamisan
-Albattada, axir u meni yaqin insonim va suyanchig'imga aylangandi
Men homush oynadan tashqaridagi manzaralarni kuzatib gapirdim
-hmm, xafa bo'lma endi men yoningdaman. Uni o'rnini bildirmaslikka harakat qilaman
Tamerlan biroz jilmayib ko'nglimni ko'tarishga harakat qildi... men jim o'tiraverdim.
-Telefon raqamingni ber
-Nega
-Axir seni har kuni kollejga olib boramanku
-Mayli, ****
U telefoniga yozib oldi...
-Rahmat
U meni uyimga olib kelib qo'ydi. Uyga kirib ketgunimcha mashinada poylab o'tirdi. Kirib ketganimdan so'ng u ham uyiga ketti..
Uyga kelsam oshxonadan shirin hidlar chiqardi. Men oshxonaga bordim, oyim va Lili bir nimalar pishirishyotgan ekan. Oyimni ko'rib biroz qo'rqdim. Yana meni urib kirxonaga qamab qo'ymasinda deb. Oyim meni oo'rishi bilan chehrasi yoroshib ketti
-o'qishdan keldingmi qizalog'im, kiyimlaringni alishtirib tez bizni yonimizga tush
Oyim judayam samimiy gapirardi. Men bundan quvonib tezda kiyimlarimni alishtirib oshxonaga tushdim. Men oyim yaxshi tomonga o'zgarganidan xursand edim. Biz ko'plab shirinliklar pishirdik. Kechlikka ovqat ham qildik. Kechlik paytida dadam Damirni Italiyaga jo'natganini aytdilar. Karina va men biroz xafa bo'ldik... Men ovqatkanib bo'lgandan keyin, dars qilsih uchun xonamga chiqib kettim
***
Tamerlan uyiga keldi. Onasini ko'rmaslikka harakat qilib oyoq uchida xonasiga chiqib oldi. Kiyimlarini alishtirib divanga o'ziji otti, Ammo.. ko'p o'tmasdan onasini o'zi xonaga tashrif buyurdi
-Tamerlan
Tamerlan asabiylashganidan chuqur nafas oldi. Ko'zlarini ochib Dariyaga qaradi
-Bugun kollejda yaxshigina hunar ko'rsatibsan.
-Maqsadga o'ting
Tamerlan beparvo yana ko'zlarini yumib oldi
-Nega Alexni kaltaklading, axir u Sergey amakingni o'g'likuu
-Menga nima. O'z aybiga yarasha jazosini oldi ona. Endi xonamdan chiqib keting dam olmoqchiman
-Yaxshi... Ertaga Tinani tug'ilgan kuni. O'qishga bormaysan, kuningni u bilan o'tkazasan. Men uni ota onasiga xabar berdim. Ular rozi.
-Onaa hech qachon. Men o'zim bilaman nima qilishni. Sizga uylanaman dedimmi? Mendan boshqa narsa talab qilmang
Tamerlan asabiy baqirdi
-Meni sabrimni sinama Tamiik. Agar ertaga u bilan kuningni o'tlazmasang ko'rasan mendan
-yaxshi, yaxshi...
🌿#Sen_va_men🌿
20_qism

Dariya Tamerlanni yaxshi degan so'zlaridan keyin xonani tark etti. Tamerlan esa ertani o'ylab asabiylashardi. Ko'zlarini yumib etangga bo'ladigan hamma narsani rejalashtira boshladi, Kech tushishi bilan u klubga yo'l oldi. Klubga borib tinmasdan ichardi, uni oldidan 3 4 ta qiz girdi kapalak bo'lib, Uni o'ziga qaratishga harakat qilardi. Lekin Tamerlan faqat ichishdan beri kemasdi, ora orada qizlarga dardlarini aytib o'tirdi. 1 2 ta qiz undan foyda yo'qligini hilan davraga raqsga tushish uchun ketishdi. Shu alfozda 12gacha o'tirgan Tamik, sekin turib uyiga ketti. Bu gal u o'zini qisman boshqara olardi. Ammallab uyiga kelib indamasdan xonasiga chiqdi. Nihoyat bugun, uni onasi dakki berish uchun yoniga kelmadi. Tamerlan xonasiga kirib ust voshiji alishtirmasdan yotoqqa o'zini otti. Hattoki oyoq kiyimini yechishniyam unutgandi...


_Ertalab_
-Diana uyg'on nonushta tayyor. O'qishga kech qolasan
Mariyaning quvnoq ovozi yangradi. Diana bu ovozlarni eshtib ko'zlarini ochib soatga ko'rib ko'zlari chiqib ketay dedi. Roppa rosa 7:55 endi aniq o'qishga kech qoladi...
Men sakrab turib yuzlarimni yuvmasdan kiyina boshladim. Kiyimlarimni alishtirib bo'lgandan keyin sochimni tarab bitta qilib o'rdim keyin yuz qo'llarimni yuvib shoshilib oshxonaga tushdim. Yana soatga qaradim endi soat 8:10. Oxshxonaga kirib kecha pishirgan pishiriqlardan 2ta oldim. Shu payt telefonimga sms keldi. Men 1 stakan suvni ichdimu oyimga
-ko'rishguncha oyijon men o'qishga ketyabman.
-Shoshma nonushta qilmaysanmi
Men oyimni gaplarini eshitmasdan oyoq kiyimlarimni kiydim. Telefoninga kelgan smsni ko'rdim. Bu begona raqamdan edi
"Tezroq chiqmasang, o'qishga kech qolamiz" deb yozilgan edi. Men uni kimligini tacmin qildim. Bu aniq Tamerlan, chunki hali undan boshqaga raqamimni bermagandim. Darvozadan chiqib ko'chaga qaradim. Uyimiz oldida u sap sariq mashinasiga suyangancha, o'ziga yarashgan kastyum shimda ko'ziga qop qora ko'zoynak taqib, meni kutib turardi. Men esa atay mayda qadamlar bilan sekin uni pldiga bordim.
-Salom, qaleysiz
-Salom, tezroq mashinaga o'tir.
"Hissiz to'nka, buncha yaxshi gapirib bo'lmaydi. Baribir javob olomaysan" ichimda shu gaplarni aytib orqa o'rindiqqa o'tirdim. U o'tirishi bilan mashina oynachasini men ko'rinadigan qilib to'g'irlab. Mashinani harakatga keltirdi. Kollejga kelgach
-mashinadan tush, o'qishdan chiqqaninhdan keyin sms yoz darrov kelaman. Ungacha o'zboshimchalik qilib ketib qolma
Dedi jiddiy
-Hop, siz darsga kirmaysizmi
-Yo'q, ishlarim bor
Men uni gaplaridan keyin mashinadan tushib kollejga kirib kettim. U men kirib ketguncha meni poylab o'tirdi. Kirishim bilan mashinasini qattiq haydab qayergadir ketti.
Auditoryaga kirib bordim. Karina har doimgidek erta kelgan, Tina esa bugun negadir ko'rinmaydi. Men o'rnimga borib o'tidim. Auditoriyada Tinadan boshqa yana, Alex yo'q edi. U haqida hech nima eshitmadim faqat hozirgacha kasalhonada ekanligini bilaman holos...
Men zerikib kettim, bizga uncha kerak bo'lmagan fanlar bo'lardi, shu alfozda oxirgi paragayam yetib keldim....
🌿#Sen_va_men🌿

Tamerlan Dianani kirib ketgunicha unga qarab o'tirdi, Diana kirib ketishi bilan mashinani tez haydab Tinani uyiga keldi. Tamerlan beparvo uni mashinasida kutti. Tina o'zidan siponi yasab, iboli qizlardek ko'ylak kiyib chiqdi, Tamerlan unga qaramasa ham ensalari qotib asabiylashardi.


-Salom, uzur kuttirib qo'ymadimmi
-Judayam kuttirdingda Tamerlan vishshilab gapirdi. Tina esa o'zini eshitmaganlikka olib
-Nima dedinga eshitmay qoldim
-yo'q, qayergadir boramizmi deyotgandim
-Ha.. Klubga boraylik
Tina bilmasdan hayoliga kelgan gapni aytib yubordi. Aytib bo'lgan
-aa yo'g'ee Restaranga boraylik demoqchi edim
Deb gapini to'g'irlab qo'ydi, Tamerlan biroz shubhalandi lekin indamadi. O'ziga tanish bo'lgan bitta restaranga kelishdi.
Tamerlan Tinani kutmasdan testaranga kirib bitta stolga o'tirdi. Tina ham indamay uni oldiga o'tirdi. U bugun Tamerlandan o'zgacha sovg'a kutardi. Lekin bilardi, Tamerlan u uchun sovg'a olmasligini hattoki onasi majburlagani uchun unga vaqt ajratayptganigacha bilardi. Shunda ham unda umid bor edi
-Nima yeysan
-Farqi yo'q, siz nimani buyurtirsangiz mengayam shundan
Tamerlan Tinani gaplariga battar asabiylashib ketti. Ko'ziga ko'ringa ovqatdan buyurtma qildida
-Sen biroz o'tieib tur, men qo'ng'iroq qilib olishim kerak deb
Tashqariga chiqib ketti.
Tina bo'lsa yig'lagudeb qolb ketti. Tamerlan tashqariga chiqib mashinasiga suyanib osmonga qaradi, o'ziga o'zi "Tinchlan Tamerlan, faqatgina 2 soat shunga chidab bersang, qaytib uni qprasiniyam ko'rmaysan. Tinchlan..." shu gaplarni takrorlab telefonini olib. Telegramga kirdi, Damir online edi
-Salom og'ayni qalaysan. Yaxshi yetib oldingmi
Darrov javob keldi
-Qaleysan Tamik, ha yacshi yetib keldim. Diana yaxshimi o'qishga olib bordingmi
-Ha olib bordim, chiqqanidan keyin yana olib qaytaman
-ha o'zing qayerdasan
-Bitta Alvasti bilan uchrashuvdaman
-Ee, kulgimni keltirma, Kim o'sha
-Dianani kursdoshi, Tina bilan
-Vay zo'rku. To'y qachon
-Eyy senam asabimni buzib to'y demagin. O'zi unga zo'rga chidab o'tiribman
-Tamik, senga sabr tilayman do'st. Meni ishlarim bor edi keyinroq gaplashamiz xayr
-Mayli xayr
Tamerlan telefonini cho'ntagiga solib yana restaranga qaytib kirdi. Tina ko'zlari to'rt bo'lib uni kutib o'tirardi. Kelsa unga savollarim bor, maroqli suhbat quramiz deb ichidan quvonib o'tirgandi, Afitsiant kelib, Tamerlan buyurtirgan taomlarni olib kela boshladi. Ovqatlar ketma ketligi tugagandan keyin
-Qani tez tez yegin ovqatingni, keyin ketamiz
Tina Tamerlanni ketamiz degan gapidan xursand bo'lib ketti. Nihoyat meniyam biron bir joyga olib boradi, yoki qandaydir sovg'a tayyorlagani aniq deb.
Tamerlan deyarli ovqat yemadi. Tina ham. Tamerlan hisobni to'lab Restaranda chiqdi. Tina ham...
Ular chiqishi bilan Tamerlanga sms keldi xabarda;
"Tinani olib shahar aylantir, aqilli bola bo'lginaa Tamiik" shunday yozilgandi. Tamerlanni asablari eng cho'qqiga chiqdi. Soatga qaradi Dianani o'qishdan chiqadigan vaqtiga yarm soat bor ekan. Mashinani to'g'ri Tinani uyiga haydadi. Tina hayron edi.
-Tush mashinadan
-H.haligi
-Meni ishlarim chiqib qoldi, sen bilan shahar aylanishga vaqtim yo'q uyingdagilarga meni yomonlasang yoki boshqa marsa desang mendan ko'rasan.
-h.hop
Tina og'zini berkitib, ko'zlaridan marjon marjon yoshlarni to'kib uyiga kirib kettii...
🌿#Sen_va_men🌿

Tamerlan Tinaga e‘tibor bermay mashinasini yurg‘izib o‘zi istagan manzilga yo‘l oldi...


***
Va nihoyat, men oxirgi darsni yakunlab Tamerlanga xabar yozib tashqariga chiqdim. Kollejdan chiqishimga havo salqin va yomg‘ir endi savalayotgan ekan. Sekin yurib piyoda ketmoqchi edim. Lekin ertalabgi ko‘rgan Tamerlandan butkul o‘zga odam qiyofasida oldimga keldi. Qo‘lida guldasta men sevgan oppoq moychechaklar edi, ularni olmasligimni ilojisi yo‘q. Men gullarni Tamerlanni qo‘lidan olib
-Bu gullar nima munosabat bilan?
-Shunchaki... istaysanmi sen bilan har ko‘rishganimizda shunday ajoyib guldastalar sovg‘a qilaman
U mayin jilmaydi. Uni bu turishida hayolimga, ertalabki jiddiylik va hissizligi keldi. Lekin ertalabgi mavzuni qo‘zg‘ab ikkimizni ham kayfiyatimizni buzishni istamadim. Shunchaki Tamerlanni savolli taklifiga javob qaytardim
-Yo‘q istamayman
-Nega, axir shuncha qizlar mendan bitta guldasta tugul so‘zimga zorku, senga nega kerakmas
-Chunki.. Gullar ekilgan holatida chiroyli va boqiydir. Uzilgandan keyin 1 kun tirik yashaydilar holos
Men mayus holda gapirdim. Tamerlan gaplarimni tushunib
-Mayli, unda senga har ko‘rishganimizda shirinlik sovg‘a qilan, endi rozimisan
Men o‘yladim, yaxshi taklif. Lekin ko‘p yeb, kasal bo‘lb qolsamchi degan savol keldi.
-yo‘q u ham bo‘lmaydi, chunki ko‘p shirinlik yeb kasal bo‘p qolsamchi?
Men yoshbolaga o‘xshab, yaxshilab o‘ylab gapirardim. Tamerlan kulib
-ho‘p unda o‘zing ayt
-Hmm... menga faqatgina mehr va samimiylikni o‘zi yetarkan
Deya jilmaydim
-o‘xxo malikam mendan judda katta narsani talab qilyapsizkuu
U ustimdan kulgandek gapirdi
-Unda kerakmas. Men xafa bo‘lib bergan guldastasiniyam o‘ziga tutqazib undan oldin mashinasiga o‘tirib oldim. U men o‘tirgan tarafni eshigini ochib
-Arazlamasangchi Diana, shunchaki hazillashdimku bu gullarni olgin endi
-Kerakmas gullaringiz, borib Tinaga bering
Men arazlab o‘tirib oldim
-Diana, olasanmi yoki olmaysanmi
-Kerakmas
Tamerlan meni oldimdan uzoqlashib, duch kelgan, kollejdan chiqib ketayotgan bir qizga guldastani tutqazdi. Men esa g‘azabdan portlab ketay dedim. U oldimga kelib
-Endi ko‘ngling joyiga tushdimi dedi jiddiy, men labimni burib
-U meni gullarim edi nega berasiz u qizga
Dedim. Tamerlan hayratta, ustimdan kulb yubordi
-o‘zing hozirgina kerakmas deyotgandingkuu
-Endi esa kerak
-Senga boshqasini olib beraman endi
-yo‘q menga aynan shu gul kerak
Men asabiylashib qaysarlik qilardim. Sababini esa o‘zim ham bilmayman..
-ho‘p hozr
Tamerlan yugurib, gulni bergan qizni oldiga bordi. U hali ketmagandi. Tamerlanni bergan gullarni hidlab quvonib ketardi. "Axir kimsan kollejimizmi shaxzodasi unga gul bergankuu"
Tamerlan borib
-Ma'zur tutasiz, bu gullar sevgilimniki edi. Asabiylashib sizga berishimni aytgandi endi esa uni so‘rayabdi... Ko‘rishguncha
Qizni qo‘lidan guldastani yulb olib Meni oldimga keldi
-Marxamat Diana xonim gullaringiz
U menga guldastani berib eshikni yopib o‘z o‘rniga o‘tirdi. Mashina harakatga keldi. Biz meni uyimga olib boruvchi yo‘ldan emas, butkul boshqa, begona yo‘ldan ketardik. Men atrofga qarab havotirlana boshladim. Ichimda "U meni qayerga olib ketyabdi" degan savollarni aytardim. Jim o‘tirdim, bir payt mashina to‘xtadi. Qayerga keldik ekan deb oynadan qaradim...
🌿#Sen_va_men🌿
21_qism

Qarasam, katta harflar bilan Hayvonot bog‘i deb yozib qo‘yilgan ekan. Ko‘zlarim porlab ketti. Chunki mening bolaligim bo‘lmagan, boshqa bolalar kabi hayvonot bog‘iga yoki parklarga bormaganman. Men ham Tamerlam ham birga mashinadan tushdik. Mem quvonib ketardim, Tamerlan esa mening yoshbolacha quvonib ketganimga faqatgina mayin tabbasumi bilan qarardi. Biz hayvonot bog‘ini to‘liq aylanib chiqdik. U uerda judayam ko‘p hayvonlar va hattoki dengiz mavjudotlari, dilfin kit va har xil baliq turlarigacha bor ekan... Hayvonot bog‘idan chiqqanimozdan keyin. Tamerlan memi uyga tashab qo‘ydi...


Kunlarimiz shunday quvnoq ba‘zida esa asabiy o‘tardi. Biz talashib tortishib Damir keladigan kunga ham yetib keldik...
_1 oydan keyin_Yakshanba_
Oktyabr oyi o‘rtalari. Kunlar sovuq tushunarsiz. Daraxtlarning bagrlari to‘kilib bo‘lgan..
Tamerlan budilnikni jiringlashidan uyg‘ondi. Soatga qaradi. Bitoz o‘ylanib o‘tirdi keyin esiga, bugun Damir kelishi tushib darrov yuvunish xonasiga kirib ketti. Uni hayotida shu 1 oy ichida o‘zgarishlar bo‘lgani yo‘q. Uyga kelsa faqargina Dariyaning "Tina bilan uchrash" degan gaplari. Hatto onasi bilan boshqa mavzuda gaplashishmaudiyam. Tamerlanga Tinani umuman qizig‘i qolmagan edi. U faqat Dianani o‘qishga olib borish uni hursand qilosh bilan ovvora bo‘lib qolgandi. Kecha ham Tina bilan uchrashuvi bor edi lekin Tamerlan Dianani aylanishga taklif qilib. Tinani oldiga bormadi....
*
Dianani hayotida esa o‘zgariahlar katta. U oyisi bilan munosabatlarini yaxshilab oldi. Karina bilan bo‘lsa haliyam o‘sha ahvol.. u bugun Damot kelishini bilib avtomatik tarzda o‘zi turdi. Soatga qarab tezda yuvinish xonasiga kirib ketti. Birozdan kegin sochlarini quritib chiqdi, Telefoniga qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Bu shubxasiz Tamerlam edi
-Salom
-salom, mana hozir chiqyabman.
-yaxshi
Diana kiyimlarini alishtirib narsalarini olib. To‘g‘ri ketadigan bo‘lib oshxonaga bordi. U yerda ertalabdan Lili va Mariya nonushta tayyorlash bilan band edi.
-Oyi, men ketyabman. Yaxshi qolinglar
-nonushta qilib letmausanmi qizim
-yo‘q ulgurmaymiz
-Mayli tezroq qayt
-Xayr oyijoon
Diana oyoq kiyimini kiyib bo‘lgach, eshikni yopib ko‘chaga shoshdi, ko‘chada har doimgidek uni Tamerlan kutib turardi. U har doimgidan boshqacha. Biroz asabiy, g‘amginlik bor edi unda.
-Salom ketamizmi
-Salom, aha ketamiz
U boshqa gapirmadi. Diana orqa o‘rindiqqa o‘tirdi. Yo‘lda ketyotganda Tamerlan savol berdi
-Diana, Damir kelyotganidan xursandmisan?
-Albattada, uni judayam sog‘inib kettim
Men ko‘zlarim porlab, xursand javob berdim. Tamerlan esa meni bu javobimdan keyin mayin ammo hasta jilmayib qo‘ydi....
🌿#Sen_va_men🌿

Biz airaportta Damirni chiqishini kytardik. U esa shoshilmasdan sekin kimdir bilan suhbatlashib kelardi. Yonidagi kimsani ko'roadim. Lekin aniq u qizbola edi...


**
-Sizam bugun qaytizmi Italiyadan
Damir kulib savol berdi
-Ha bugun qaytyabman. Farodifni qarang 2-marta birga qaytyabmizaa
Qiz ham unga qo'shilib kulardi.
Damir o'ziga qafrli bo'lgan, ko'p vaqtdan buyon ko'rmagan qadrdonlari do'sti va singlisini ko'rib ko'zlari quvonib ketti. Yonidagi qiz bilan birga ularni oldiga keldi
-Qaleysan do'stim yaxshimisan
Damir Tamerlan bilan ko'rishdi
-Yaxshi, o'zing yaxshimisaneson omon keldingmi
-Ko'rib turganingdek do'st. Diana sen yaxshimisan
Damir quvnoq ovozda gapirardi
-Salom, ha yaxshiman akajon
Diana Damirdan oldin, o'zi borb Damirni quchib oldi. Tamerlanni nigohlari ularda, huddiki hozir ular yo'q bo'lsa Diana bilan janjallashadigandek. Damir Tamerlanni holatini ko'rib kuldi
-Diana sizlarda yangiliklar kattaga o'xshaydimi
-Qanday yangilik
Diana damirni bag'ridan chiqib ikki yigitga qaradi
-Aksincha senda yangilik katta ko'rinadi, yoningdagi qiz bilan tanishtirmaysanmi?
-Haya, tanishinglar bu Kamilla, Kamilla tanish bular mening eng yaqin do'stim Tamerlan va singlim Diana
-Tanishganimdan xursandman
-Sizlar qayerda tanishdingiz Damir
Damir va Kamilla bir birlariga qarab kulib qo'yishdi
-Biz airaportta tanishganmiz
Damir kulmsirab gapirdi
-Airaportta Tamerlan va men birdaniga shu savolni berdik, Kamilla Damirni gapini tasdiqlab
-Ha airaportta
Deya kulb qo'ydi
-Mayli do'stlar. Biron joyga borib ovqatlanaylik
-Italiyadan ochqab keldingmi deyman a Damiir
-Ee uyoqni taomlari baribr o'zimiznikiga o'xshamaykida Tamik.. Kamilla yur senam biz bilan
-Bilmadim. Qanday bo'larkan
-Yuravering. Men bilan gaplashib o'tirasizku hech bo'lmasa
-Mayli, kettik unda
Kamilla ham bizga o'xshagan shox va quvnoq qiz ekan.
Biz u bilan orqa o'rindiqqa o'tirdik. Yigitlar Damir va Kamillani narsalarini yukxonaga joylashtirishdi. Keyin old o'rindiqlardan joy olishdi. Tamerlan mashinani o't oldirdi, biz to'rtovlon endi Restaran tomon ketardik. Yo'lda ham Damirni zeriktirmasdan. Usiz o'tgan, jinniliklar bilan to'lib toshgan 1 oyni so'zlab berdik...
Biz Kamilla bilan restaranga kelib oxirdi stolga o'tirdik. Yigitlar esa taom buyurtma qilgani ketishdi.kelganidan keyin, endi Damir va Kamillani gali. Shu 1 oy ichidagi tassurotlarini so'zlab berishadi. Taonlar keldi. Damir va Kamillaga bir xil taom. Ammo Tamerlan va meniki boshqa boshqa. Tamerlan meni nimani yaxshi ko'rishimni biladi, shuning uchun menga, ertalab bo'lishiga qaramay. To'rt buyurtma qilibdi. Ichimda bir xursand bo'lsam bir uyalib ham ketaman. Chunki men tortlarni har qanday vaziyatta sevib yeyman, lekin ulardan ajralib turganim uchun biroz hijolatda edim....
🌿#Sen_va_men🌿

Ovqatlanib bo'lguncha Damir Kamilla bilan qanday tanishganini va Italiyadagi o'zi uchun zerikarli bo'lgan kunlarini so'zlab berdi.


Restarandan chiqishimizga bitta qop qora ko'zaynak taqqan kastyum shimda galstuk taqqan. Yigit keldi, Kamillani uni ko'rishi bilan ensalari qotb ketti darhol
-Nega kelding bu yerga, o'zim uyga boraman degandimkuu. Yoki Sulton xonimimiz jo'natdimi
Asabiylashib gapirardi
-Mazur tutasiz Kamilla honim, meni Bekam jo'natgandilar.
-Oyimga aytgandimku o'zim boraman debbb
Kamilla yoshbolacha asabiylashib barzangi yigit kelgan mashinaga o'tirdi
-Janoblar, honimni yuklari qayerdaligini aytolmaysizmi
-Yuring, meni mashinamda
-hop
Barzangi yigit va Tamerlan mashinaga ketishdi. Biz Damir ikkalamiz bu yigit kimligi va Kamillani harakatlaridan angrayib qolgandik. Yigit Kamillani narsalarini yukxonasiga ortib mashinasini haydab ketib qoldi
-Hey do'stlarr.. nima bo'ldi sizlarga
Tamerlan kelib ikkalamizniyam turtti
-Hech nima. Hozir Kamillani harakatlarini o'ylayotgandim
-Jigaringdan urdimi deyman aa Do'st
Tamerlan qotib kuldi. Men ham uni gaplariga kulardim. Damir esa arazlab
-Mashinani kalitini ber, o'zim haudayman
-Menga farqi yo'q, qaytaga men Diana bilan gaplashib ketaman
Tamerlan menga ko'zini qisb gapirdi va Damirga kalitlarni berdi.
-Men bilan oldinda o'tirib ketasan Tamik
-Nega ekan, Tamerlan kuldi. Chunki hozir Damirni buyruqlar judayam kulguli edi. Damir indamasdan haydovchi o'rindig'iga o'tirdi.
Men orqa o'rindiqqa o'tirishim bilan orqa eshiklarni qulflab qo'ydi. Tamerlan noiloj oldiga o'tirdi.
Damir shu qadar tez haydardiki, biz bir zumda uyga yetib keldik. Tamerlan, men va Damirni uyga tashlab, o'zi ham uyiga ketti...
Biz uyga kirishimizga, Karina yugurib chiqib Damirni quchib oldi
-Akajonim seni judayam sog'inib kettim
(Karina Damirni aka desa ham senlab gapirardi. Ularni orasida 2 yosh farq qilardi)
-Sekinroq, sekinroq. Men hams eni judda sog'indim Karina
-Yur uyga, sen uchun judayam shirin taomlar tayyorlaganman
-Mariya va Dadam qayerda
-Dadam ishdalar, Mariyani esa ko'chada ishlari bor ekan.
-Ha mayli, meni qornim to'q sen borib o'zing ovqatlanaver men xonamda biroz dam olmoqchiman.
Karina Damirni bu gaplaridan xafa bo'ldi, mayus tortib
-Hop dediyu oshxonaga kirib ketti.
Damir esa unga uncha e'tibor bermadi.
Men va Damir xonalarimizga ketardik. Men unga biroz yordamlashib 1 2 ta yengil narsalarini xonasigacha olib keldim. Endi xonamga o'tib ketmoqchi edim, Afsuskiii.....
🌿#Sen_va_men🌿
22_qism

Afsuskiii, ketishga ulgurmadim. Bilaklarimdan qattiq tortgan, issiqgina kaftlar meni to'xtatib qolgandi. Men norozi bo'lganday unga qaradim. Damir meni bilaklarimdan ushlab to'xtatib qolgandi.


-Gaplashib olaylik, deya xonasiga olib kirdi
-Ho'sh nima gapingiz bor
-Boya so'ray olmagandim.. Men yo'qligimda, kimdir seni xafa qilgani yo'qmi
-Yo'q hech kim xafa qilmadi
-Men oyingni nazarda tutgandim
-Oyim, siz ketgandan keyin butunlay o'zgardi. Menga judayam mehrbon bo'lb qoldilar
-Ha, yaxshi... yana bitta narsa
-Gapiring
-Tamerlan bilan o'rtangizda hech qanday munosabat yo'q to'g'rimi
-Ha faqat do'stlik bor holos
Men shu gapni aytib hayolga berildim. Tamerlanni o'sha kuni aytgan "Seni sevaman" degan so'zi qulog'im tagida jaranglardi. Men biroz o'zimga keldim, qarshimda Damir menga tikilib huddiki mendan nimanidir javobini kutib turgandek. iltijoli qarab turardi.
-Nega menga bunday qaraysiz, nimanidir o'tkazib yubordimmi
-Yo'q hech nima
Damir hafsalasiz gapirdi
-Ketishing mumkun Diana
Deyotgan paytida kimdir xona eshigini taqqilatdi
-Kim uu
-Men Karinaman Damir, Kirsam maylimi
Karina hatto eshikni ochmasdan gapirdi
Damir va Diana Bir birlariga qarab qo'yishdi. Damir Dianani qo'llaridan ushlab Balkonga olib chiqdi va eshikni yopib pardalarniyam yopdi
-Kiraver Karina
-vayvo shuncha payt nima qilding, Damir hattoki kiyimlaringniyam alishtirmabsan
Karina Damirni yst boshi va eshik oldida tushga yuklariga qaradi
-Twlwfonda gaplashyotgandim. Deya bahona qildi Damir
-Haa
-Neha kelganding
-Yordam kerak emasmi deb kelgandim... nega xonang bunchalar qorong'u pardalarni ovhib qo'ysangchi
Damir yugurub pardalar oldiga turb oldi
-Yo'q menga shunisi qulay, chiqib ketaver dedi. Chunki Karina, shishavand eshikdan Dianani ko'rib qolishi aniq edida..
Karina mahli deb Damirni xonasidan chiqib ketti. Damir esa qutilib qolganidan chuqur uh tortti. Orqasiga o'girilib pardalarni ochib shishavand eshik orqali balkonga qaradi. Lekin Diana u yerda yo'q. Damir ko'zlariga ishonmay balkonga chiqdi. Haqiqatdan ham Diana u uerda yo'q edi. Damir darhol Dianani xonasiga kirdi.. Diana xonasida bitta olmani tushlab yegancha kitob o'qib o'tirardi
-Qachon kelding
-Yaqinda
Diana butun diqqat e'tiborini kkitobdan uzmay etiborsiz gapirdi
Damir esa indamasdan uni yolg'iz qoldirdi...
Damir chiqib ketishi bilan Diana qo'lidagi kitobni yopib kiyimlarini alishtirdiyu, yotoqqa o'zini otti.
Ha u atay o'zini be'etibor kitob o'qiyotgandek ko'rsatgandi, sababi esa. Damir unga xonada aytgan gaplari edi...
🌿#Sen_va_men🌿

Aslida Diana Damirni nima deganini va uni o'sha ahvolini bilardi. Chunki uni so'zlarini eshtishga ulgurgandi...


*
Tamerlan uyiga keldi. Uyida onasi yo'qligi bilib, biroz kayfiyati ko'tarildi. Chunki onasini Tamerlanga aytadigan gapi bitta uyam bo'lsa "Tina bilan uchrash" Tamerlan shularni o'ylab battar asabiylashardi. U Diana haqida onasiga aytishi kerakligini o'yladi, va miyyasiga birinchi kelgan fikr bilan onasiga qo'ng'iroq qildi. Uzoq kutilgan qo'ng'iroqdan keyin telefon ortidan Dariyaning quvnoq ovozi eshtildi
-Tamik, nima gap
-Ona ko'rishib gaplashib olaylik, sizda muhim gapim bor edi
-Hop, yarm soatga uyda bo'laman
-Yaxshi, kutaman
Qo'ng'iroq yakunlandi.
Tamerlan oldinda omasi uchun aytadigan gaplsrini o'ylay boshladi,
Roppa rosa yarm soatdan keyin Tamerlanni xonasi eshiklari ochilib xush kayfiyatta Dariya kirib keldi
-Tamiik shaxzodam senga yangiligim bor
-Mendayam bor ona
Ikkalasini kayfiyati bir xil edi, faqat Tamerlanni kayfiyati biroz hasta insonlarnikidek mayus edi...
-Sizni yangiligingizni eshtaylik Volidam
-Hop, unda tingla.. Bugun, aniqrog'i hozir seni unashtirib kelyabman shaxzodamm
Dariya quvonib gapirardi
Tamerlanni qulog'ida esa Dariyani aytgan gaplari va Dianani sho'x kulgulari aylanardi. Sababi onasi aytgan gaplarga hayoliga eng birinchi Diana kelgandi.. Tamerlan tinchlanib miyig'ida kuldida gapira boshladi
-Onajonim, endi meni tinglang
-hop, qulog'im senda
Dariya divanga qulayroq joylashib, oyoqlarini chalishtirib oldi
-Xullas onajonim, Sizga kelin topdim va shu qizni men sevib qoldim
-Xursandman, Tina judayam yaxshi qiz
Dariya mamnun jilmaydi, gap kim haqida ketyotganini o'zicha taxmin qildi. Lekin uni hayoliga kelgan insonni, Tamerlan aytayotgani yo'q edi..
Tamerlan kulib
-Dunyo go'zali Dariya xonim.. Bu gal adashtilar
-N..nima kim unda
Dariyani yuzidagi tabbasumlar o'chdi, o'rnini biroz g'azab va hissizlik egalladi
-Uni taniysiz, judayam go'zal va tungi klublarda yurmagan qiz. Bur qarasang beg'ubor yoshbola, bir qarasang esa katta odamlardek jiddiu qiz
Dariya tamom ila gap kim haqida ketayotganini anglagandi..
-Demak bu o'sha, Diana ekanda
-Topdingiz volidam xuddi o'zi
-Tamerlan ikki qulog'ingayam quyib ol.. hech qachon o'sha nasl nasabi ma'lum bo'lmagan qizni senga olib bermayman. U qiz Kristinani tirnog'igayam arzimaydi.
-Adashasiz Dariya xonim, teskarisi.. o'sha Tina, Dianani tirnog'igayam arzimaydi
-Tamerlan, hozir meni asabimni buzib u qiz haqida gapirma. Hayollaringni va hislaringni jilovlashni bil.. ha keyin, sen endi unashtirilgansan shuniyam yodingna tut
Dariya poshnasini taqqilatgamcha darg'azab xonadan chiqib ketti....
🌿#Sen_va_men🌿

Tamerlan. Onasining gaplariga uncha parvo qilmadi, o'zi bilan o'zi hovuridan tushib baribir rozi bo'ladiku deb xonasidan tashqariga chiqib ketti.


Kimgadir qo'ng'iroq qilib bir nechta narsalar buyurtma qildi va tanish do'stini oldiga yo'l oldi...
*
Men yotoqqa o'zimni otib. Hayollarim turli xil ko'chalarga kirib chiqdi. Men endi "Arosat"da qplgandim. Bir tarafinda meni hammadan himoya qilgan va qadrdon bo'lishga ulgurgan.. akam, Damir yana bir tomonimda, meni ilk do'stim, u ham qadrdonga aylanishga ulgurgan, do'st hamda yaxshi aka timsolida. Tamerlan bor edi.
Ular ikkisini niyyati ham men va menga bo'lgan sevgisuga erishish edi...
Shu o'y hayollar bilan hattoki ularni hayotidan chiqib ketish, ya'ni uydan qochishniyam o'yladim. Lekin bu noto'g'ri yo'l ekanini bilib bu fikrimdan qayttim. Charchaganligim sabab ko'zlarim o'zimga bo'ysunmasdan yumila boshladi va men uyqular saltanatiga ravona bo'ldim...
**
Dariya xonasiga kirib asabiy bir joyda tumasdan uyoqdan buyoqq borib kelib Nima qilishni o'ylardi. Nima qilib bo'lsayam Tamerlanni bu yo'ldan qaytarishi kerak, Axir u endi "unashtirilgan" ku. Hayoliga eng birinchi va jo'yali fikr, bu Tinaga qo'ng'iroq qilish bo'ldi. Qisqa gudokdan keyin Telefon orqasidan Tinaning sho'x va quvnoq ovozi yangradi
-Salom Dariya xonim
-Tina, senga muhim gapni aytishim kerak
-Qulog'im sizda
-Qo'lingdan kelsa qaylig'ingni, suyuklisi Dianani qo'lkidan qutqarib qol
-Bu nima deganingiz
Tina havotirlanib gapirdi
-Deganim shuki, Qaylig'ing Dianani sevib qolgan va unga uylanmoqchi. Endi esa seni qiladigan ishing. Qamday qilib bo'lmasin Tamerlanni o'zingga jalb qilishing bo'ladi
-M.maylii.. qo'limdan kelganini qilaman
-Menga qo'lingdan qilganini qilishing emas, Aniq shunday qilishing kerak
Dariya asabiy Tinaga baqirib yubordi..
-Albatta Dariya xonim, ishonchingizni oqlayman.....
Dariya uni gaplarini oxirigacha eshitmasdan qo'ng'iroqni yakunladi.
Aslida Dariyani asosiy maqsadi, o'g'lini obro'li va boy xonadon qiziga uylantirish edi. Chunki Dariyani deyarli butun shaxar taniydi, taniqli ishbilarmon xonim va shaharni eng oldi kollejini direktori edida....
**
Men ko'zlarimni ochdim, telefonimni olib soatga qaradim, soat 16 yu 36 edi. Men sekin turib yuz qo'llarimni yuvish uchun ketayotgan edim. Meni eshik oldida turgan katta quti diqqatimni tortti, Qutini ranggi qop qora va oq bog'ich bilan o'ralgandi. Men qutini ko'tarib divanga qo'ydim. Kim olib keldi ekan va ichida nima bor ekan deb boshda, silkitib ko'rdim... quti salgina og'irroq edi. Ichidan esa hech qaday ovoz kelmadi. Meni qiziquvchanligim ustun kelib qutini ochdim. Ichida tun zulmati kabi qop qora ko'ylak, ustida yana bitta kichikroq hajmdagi quti bor edi. U qutiniyam ochdim. Ichidan qop qora tufli chiqdi ustida xat ham bor ekan.....
🌿#Sen_va_men🌿
23_qism

Xatni olib o'qidim, "Salom go'zalim, shularni kiyib soat 18:00ga tayyor bo'l haydovchi boradi. Hurmat bilan SENING SIRLI SHAXZODANG" deya yolzilgandi. Bu qayssi hissiz to'nkani xati deb asablarim eng yuqori cho'qqiga chiqdi. Ko'ylakni olib ko'rayotgan edim. Ko'ylakni tagidan yana bitta xat chiqdi. "Bilaman, men seni aytgan tariflaringga mosman, Endi esa tezroq harakat qil" deb yozilgandi. Men bu so'zlarni o'qib bir asabiylashsam bir kulardim. Bu kim ekan deya. Yuzlarimni yuvib, Damirni xonasiga bordim. Hayolimga eng birinchi u kelgandi. Damirni xonasiga kirganimda uni yo'q ekanligini ko'rdim. Pastga tushib Lilidan Damirni so'rasam. 10 daiqa oldin tashqariga chiqib ketganligini aytti. Men esa ichimda "Bu shubxasiz Damir" deya taxmin qilardim.


-Lili xonamdagi qutini kim olib keldi
-Bilmayman xonim, yarm soat oldin eshik jiringladi, xat tashuvchi kelib Diana ** ga jo'natma bor deya menga tashlab ketti
-Haa mayli ishingni qilaver. Deb xonamga chiqdim. "Demak Damir janoblari, o'yin o'ynarkanmizda... shuni o'zingiz hohladingiz, o'yin endi boshlanadi" o'zimga o'zim gapirib soatga qaradim. Roppa rosa 17:00 ekan. Tezda o'sha ko'ylakninkiydim. Tosh oyna qarshisiga kelib o'zimga nazar soldim. Yasan tusan qilishni bilmayman, avvallari umuman bo'yanmaganman. Endi bu men uchun muammo. Hayolimga Lilidan yordam so'rash keldi, pastga tushib uni xonamga olib keldim
-Lili menga yordaming kerak
-Mayli xonim qo'limdan kelgancha yordam beraman, ammo qanday masalada
-Meni yasantirib qo'ygin iltimos, o'zim bilmaymandaa
Men pastki labimni tishlab, hijolat gapirdim
-Hop, unda hozir kelaman
Lili 5 daqiqada, kasmetikalarini olob keldi. Men u bo'yoqlarni ko'rib ko'zim chiqib ketaydidi. Faqatgina kimrigim va labimni bo'yata oldim holos. Qolganlarini surmaysan deb qaysarlik qildim.
Lili sochimni ham turmaklab qo'ydi. Men deyarli ilk bora sochlarimni oxoq qildim. Juddayam uzun belimdan ham o'tadigan sochlarimni. Lili chiroyli qilib jingalak qilb turmaklab qo'ydi.. unga rahmat aytib ishlarini qilaverishini ayttim.
O'zim esa oynaga qarab tayyorligimga yana bir bor amin bo'lgach, soatga qaradim. 17:55 demak 5 daqiqadan keyin haydovchi keladi...
Ustimga yengil kurtkamni va o'sha poshnali tushlini kiyib tashqariga chiqdim. Chiqish oldidan Liliga "oyim va dadamga dugonalari bilan o'tirishi bor ekan deb aytib qo'y" deya tayinlab qo'ydim. (Yo xudo yolg'onimni o'zing kechir)
Men darvozadan chiqdim. Chiqishimga, qora kastyum shim va galstukdagi barzangi yigit meni kutib oldi.
-Janob sizni olib borishimni tayinlagan edilar
-Mayli
U menga eshikni ochib berdi. Men Orqa o'rindiqdan joynolgach eshikni yopib o'zi haydovchi o'rindig'iga o'tirdi. Mashina harakatga kela boshladi....
Biz ancha yurdik, deyarli shahar markazidan ancha uzoqqa kelgandik. Men qo'rqa boshladim..
-O'sha janob deyotganingiz kim?
-Borganda ko'rasiz honim, menga faqat sizni uni oldiga olib borishim topshirilgan
U sovuq javob berdi. Men esa borgan sari qo'rquvga tushardim. Telefonimni olib Damirga qo'ng'iroq qilib ko'ray deb telefonimni qidira boshladim.
Lekin u yo'q edi... Men endi battar qo'rquvga tusha boshladim
-Iltimos.. me.meni uyimga qaytarib olib boring... deya gapira oldim holos
-endi lech xonim, men janobga boryabmiz deb xabar yuborganman..
-To'tat mashinani deyabmannn
Men baqira boshladim. Haydovchi esa meni gaplarimni tinglamasdan eshikni qulflab qo'ydi.....
🌿#Sen_va_men🌿

Men unga baqiraverib charchadim. Oxiri biz katta restsranni oldida to'xtadik. Qiziq.. shahar chekkasidayam Restaran bo'larmikan deb o'yladim, mashinadan tushishga biroz cho'chib tugandim. Haydovchi kelib mashina eshigini ochdi


-Marhamat xonim, yetib keldik
Deya kinoyali galirdi
-Rahmat
Men ham uni ohangiga monant zaharxanda gapirdim.
-manabu xat sizga, janib yetib kelganimizda berishimni tayinlagandi
-Shuni oldinroq berganingda bo'lardiku to'nka. Men zarhimni sochib xatni oldim. Restaranga kirmasdan oldin uni ochib o'qidim "Men yoningda bo'laman, endi qo'rqmasdan ivhkariga kir!" Deb yozilgandi... men hatni o'qib biroz tinchlandim. Lekin u kim ekan. Haqiqatdan Damirmi deb o'ylardim.
Kirishim bilan menga teskari o'girilib turgan bo'ylari baland, chiroyli kastyum shimda, bitta yigit turardi. Men uni orqasiga o'girilib turganligi uchun kimligini aniq ko'ra olmadim.. men poshnamni taqqillatib kelishim bilan u men tomonga o'girildi. Men esa qarshimdagi insonni ko'rib ajoblanardim. Lekin qisman u bo'lishligi aniq edi...
Restaran ichini tariflaydiga bo'lsam. Qop qorong'u faqatgina shamlar yog'usi bilan yoritilgan edi. Kichkina shamchalardan yo'lak hosil qilingan va yo'lak oxirida 2 kishilik stol. Ustida ramantichniy shamlar va 2 kishi uchun oldinda tayyorlangan taomlar... restaran ichida shamlardan tashqari qizil va tillarang sharlar ham bor edi. Hammasi huddi restaran ichida uchib yurgandek havoda muallaq turardi...
Men qarshimdagi yigitga tushunmay qaradim, u meni qarashlarimni tushinib
-Menga unday qarama. Yur ovqatlanamiz deb qo'limdan ushlab biz uchun ajragilgan stolga olib bordi. Iltifot ko'rsatib meni stulga o'tirg'izdi. O'zi esa muz to'la idishga solinga vinoni ochib stakanlarga quydi...
-Ho'sh sovg'am yoqdimi
-Yoqqanda qandoq
Kinoyali gapirib chaqib oldim
U vinolarni quyib bo'lgach, menga qaradi va meni oldimga ya'ni stol ustiga qizil ammo billur toshlar bilan bezatilgan, bejirim qutichani qo'ydi..
O'zi esa bir qo'limdan tutib, bir qoli bilan qutichani ochdi. Ko'zlarimga tik qarab...
-Men seni sevaman, menga turmushga chiqasanmi dedi
Men uni bu gaplsridan keyin darrov qo'limni tortib oldim
-Tamerlan o'ylab gaporyabsizmi
-Albatta bu haqida shu 1 yarm oy ichida million martalab o'ylaganman. Va shu to'xtamga keldim
-Axir siz.. siz.... Tina nima bo'ladi axir... hazilni yig'ishtiring Tamerlan
Men jaxl aralash gapirdim
-Diana... ming lanat o'sha Tinaga... Men uni emas seni sevaman deb aytganmankuu. Menga u emas sen keraksan. Men kelajagimda faqatgina. Seni ko'raman Diana
Tamerlan hafta ovozda ko'zlarida g'am qayg'u bilan gapiradi... men esa uni gaplari va Tinani o'ylardim
-Ho'sh meni rozi bo'ldim ham deydik. Ammo Tina nima bo'ladi
-Qo'y shu Tinani gapirma. Bugun faqatgina #Sen_va_men haqimizda gaplashaylik..
-Tamerlan, sizni taqdiringiz malum. Siz va Tina turmush qurasizlar. Nega endi menga sevgi izhor qilyabsiz. Bas qiling
Dianaga bu gaplarni aytish og'ir ekanligini shu onda bildi. U bilgani shuki, u ham Tamerlanni sevib qolgandi.... u uchun og'ir bo'lsada, endigina anglab yetgan sevgisini o'zgaga topshirishga mahkum....
🌿#Sen_va_men🌿

Balki Damir ish yuzasidan safarga ketmaganida, hammasi boshqacha bo'larmidi...


Shu onda Diana nima qilishni bilmay qoldi..
-Tamerlan meni uyimga olib borib qo'ying
Deya oldi holos. Tamerlan hafsalasiz, ochgan qutichasini yopti. Uni ichida olmos ko'zli tilla uzuk bor edi. Qutichani yopib qo'llarida mahkam siqdi va asabiy
-mayli, ketamiz
Tamerlan bu kecha uchun ancha tayyorgarlik ko'rgandi. Axir 5 soat ichida restaranni band qilish va ichini bu ahvolga keltirishni o'zi bo'lmagandi. Ham ketgan vaqtiga ham qabul qilinmagam sevgisi uchun jaxli chiqayotgandi. Ikkalasi ham insdamasdan. Tamerlanni mashimasiga borib o'tirdi...
Tamerlan asabiylashganidan mashinani juda tez boshqaradi. Dianani kelganidan ko'ra ketishi tez bo'ldi. Tamerlan darrov Dianani uyiga tashladida u kirib ketguncha kutib turmasdan mashinani tez haydab ko'zdan go'yib bo'ldi...
Diana uni ketib qolganidan biroz ranjidi. U xonasiga kirishi bilan og'zini berkitgancha yig'lab yubordi... Sevgisini anglab ulgurmasidan, u so'nishga ulgurgandi....
***
Damir bu paytta, tungi klubda faqatgina ichish bilan band edi. Unga shifokorlarning "sizga ichish mumkun emas"deygan gaplari ta'sir qilmasdi, ularni gapiga qaramasdan. U baribir ichaverardi. Oxiri ahvoli biroz yomonlashishni boshlashi bilan ichishni to'xtatib. Uyiga ketishi kerakligini angladi.
Bir amallab uyiga keldi. Ammo o'z xonasiga emas Dianani xonasiga kirdi. U ko'p ichganligi bois o'z xonam deb o'ylab Dianani xonasiga kirgandi, To'g'ri borib ust boshini alishtirmasdan. Dianani yotog'iga, ko'zyoshlari bilan uyquga ketishga ulgurgan Dianani yoniga yotti. Yotoqqa yotganidan keyin yotoqdan undan tashqari Diana ham borligini angladi. Dianani uzun tim qora sochlarini biroz silab yotti keyin hidlab, sochlarini qo'yib yubormagan holda uyquga ketti. Diana esa qotib uxlab yotardi, ko'zlari yig'layverganidan og'rib oxiri uxlab qolgandi...
**
Tamerlan Dianani uyiga tashlab o'zi, Barga yo'l oldi. Tungi klubga borayam bo'ladi, ammo u yerda uni, qizlar tinch qo'ymasdi. Qizlar suykalaverganidan jonigayam tekkandi...
U Barga keldi, Kelishi bilan Barmenga ichimlik quyishini buyurdi, va shu bilan 2 soatcha Barcha ichib o'tirdi...
Unga hozir judayam alam qilyotgandi, shubcha harakatlsri va umrida ilk bor, butta insonga shu qadar qattiq bog'lanib qolganligi. Uni uchratgan kuni va u bilan do'stlashgan kuniga lanatlar aytardi. Dianaga bo'lgan sevhisini, nafratga aylantirishga harakat qilar, Ammo barchasi befoyda edi... Uni sevgisiga asosiy to'siq bu "Tina" edi. Agar u bo'lmaganida, Balki shu paytgacha Dianani do'sti bo'lib emas. Sevgilisi bo'lib yurgan bo'larmidi...
Hammasi endi taqdirga havola!
U Bardan zo'rg'a chiqardi. 1 qadam oldinga tashlasa 3 qadan orqaga qaytardi. Bu gal u mashinasigacha zo'rg'a yetib bordi. Va mashinaga o'tirishi bilan, uyqular olamiga ravona bo'ldi.....
🌿#Sen_va_men🌿
24_qism

_Ertalab_


Diana uyqudan erinibgina uyg'onib o'rnidan turayotgan edi. Sochlari nimagadir ilakishib, qattiq tortikganini sezdi. U shundagina yotoqqa qaradi. Yotoqda. Ust boshlari bilan hattoki oyoq kiyimini yechmasdan uxlab yotgan Damirni ko'rdi. Diana hayrat bilan darrov ust boshiga qaradi. Kiyimlari joyida, hech nima qilinmagan faqatgina, Damir uni sochlarini ushlab yotgandi. Diana sekin sochlarini olib. Damirni uyg'otishni boshladi. Lekin Damir kecha kech kelganligi bois uyg'onmasdi. Diana oxiri yuvinish xonasiga kirib 1 stakan suv olib keldi
-Oxirgi marta takrorlayman. Yo o'zingiz turing yoki stakandagi suvni quyib yuborman dedi
Qaniydi Damir uni gaplarini eshitsa... Diana 3gacha sanadi Ammo Damirdan sas sado kelavermagach. Stakandagi bor yo'q suvni to'g'ri Damirni yuziga quydi. Damirni yuziga sovuq suv quyilganidan keyin, sapchib o'rnidan turdi. Diana esa hayron
-Oldinroq shu ishni qilsam bo'lmasmidi
Deya kinoyali gapirdi
Damir tushunmay unga qaradi, atrofga nazar solib qaragandi, Damir Dianani xonasi ekanligini angladi.
-D..diana
-Ha men, nima qipyabsiz meni xonamda.
Diana qoshlari chimirilib bir qo'lida stakan va bir qo'lnbosh holatta, qo'llarini beliga qo'ydi. Yosh bolani urshgandek Damirga urshib hisob so'rardi
-D.ddianaa... m..men..nn
Damir endi gapirishni boshlaganida eshik orqasidan, qadam tovushlari kela boshladi. Damirni ham Dianani ham ko'zlari eshikka qaratilgan. Diana nima qilishni bilmasdan jturgan joyidan qotib qoldi. Damir esa
-Sen o'zim tushuntirib beraman. Xayr
Deb balkon orqali o'z xonasiga o'tib ketti.. Dianani xonasi eshiklari ochilib
-Dianaa
Deya endi gapirishni boshlayotgan Lili ko'rinish berdi.. Dianani uyg'oqligini ko'rib,
-Nonushtaga
Deya gapini tugatib xonadan chiqib ketti
-ho'p
Diana yuvinish xonasiga kirib ketti...
****
Tamerlan quyosh nurlaridan ko'zlari qamasha boshladi, buni ustiga bo'yni ham og'rirdi. Yotgan joyi noqulayligi va sovuqligini sezib ko'zlarini ochdi, va o'zini mashina o'rindig'ida ko'rdi. Biroz o'ylanib turdida, bu yerga qanday kelib qolgani esiga tushdi. Soatni ko'rish uchun telefonini qidirib topdi, soatga qarasa 9 yarmdan oshgan. Ichida "Ming lanat o'qishga kech qolibman, Endi Dariya xonimdan 1 qop gap eshitaman" deya so'kinib qo'ydi. Telefoniga anchagina qo'ng'iroq va sms lar kelibdi. Ularni ko'pchiligi Onasidan bir nechtasi esa Tinadan. Ularni ko'rdiyu ko'rmaganlikka olib telefoniji o'chirib qo'ydi, Uyqusini ochish uchun ko'zlarini uqalab mashinani o't oldirdi, mashinani to'g'ri uyiga haydadi. Uyiga kelganida oyisi allaqachon ishga ketgandi. "Xudoga shukur" deya xonasiga kirib kiyimlarini alishtirdiyu yotoqqa o'zini otib. Kechagi charchoqlarini chiqarish uchun uyquga ketti...
Diana tilidan:
Nonushta qilib bo'lgach hamma ish ishlariga va o'qishlariga ketadigan bo'lishdi. Men bugun o'qishga piyoda bormoqchiman, chunki ko'pdan beri sayr qilmagandim, buni ustiga o'qish vaqtigacha ancha vaqt bor. Shu hayollar bilan darvozadan chiqardim, Lekin har doimgidek hayollarim va rejalarimning qotili paydo bo'lib meni mashinasiga olib borib o'tirg'izdi. Men u inson bilan tortishganim bilan, u baribir aytganini qildiradi deb, ilojsiz uni mashinasiga o'tirdim....
🌿#Sen_va_men🌿

Biz Damir bilan jim kollejga ketardik. Menga bu jimjitlik yoqmay ketayotgandi, nihoyat uni o'zi gap boshladi


-Kecha ozgina o'zimda emasdim. Shunga meni xonam deb adashib seni xonangga kirib ketibman. Uzur
Damir hissiiz ammo biroz hijolat, yo'ldan ko'zini uzmasdan gapirdi
-Mayli (endi xonamni eshiklarini qulflab uxlayman. Bu hissiz to'nkadan har baloni kutsa bo'ladi) deb ichimda o'zimga o'zim gapirardim. Biz boshqa gaplashmadik. Kollejga yetib kelgan ikkimiz ham o'z xonalarimizga kirdik.
Men auditoriyaga kirib o'z o'nimga o'tirmoqchi edim. Ammo u yerda Tina va Alex o'tirishardi. Ikkisiniyam ko'rim asablarim buzilib ketti. Men bo'sh oarta qidirdim. Eng oxiridagi, Alexni avvalgi o'rni bo'sh ekan. Borib o'sha yerga o'tirdim. Menga Tinani qilayotgan muomilasi yoqmas va undan borgan sari nafratlanib borardim. Shu alfozda jimgina darslarni yakunladim... O'qishdan chiqib o'zim uyga ketmoqchi edim. Qayerdandan Tinani mashinasi va undan keyin, mashina ichidan yonimga tushib kelayotgan Tinani ko'rdim. (Buni meni oldimda nima ishi bor ekan. deb o'ylardim)
U oldimga kelib
-Diana gaplashib olaylik
Men ham uni shu so'zlarini kutardim. Uni bu muomilasi haqida so'ramoqchi edim
-Yaxshi, meniyam senda gaplarim bir
-mashinaga chiq
(Shu yerda gaplashsak bo'lmaydimi, buncha hammasi gaplashmoqchi bo'lsa, "Mashinaga chiq" deya buyruq beradi) hayollarimda shu gaplar aylanardi, ensamni qotirib mashinasiga chiqdim. U mashinani yurg'izib kollejni orqa tomoniga o'tti. Bog' ichida ketardik. Men daeyarli bu yo'llar mavjudligini ham bilmasdim. Chamasi 10 daqiqa yurgandan keyin mashina to'xtadi. Uncha katta bo'lmagan ko'cha, ammo 1ta mashina bemalol sig'ardi. U mashinadan tush dedi.
-Shu yerda gaplashamizmi
-Albatta, odamlardan holiroq joyda gaplashaveraylik
-hop
Men mashinadan tushdim. U gap boshladi
-Diana, meni Tamerlanni sevishimninbilasan a
-Ha bilaman, tabriklayman dugonajon yaqinda to'yingiz bo'larkan.
Men o'zimni quvnoq ko'rsatishga harakat qilardim. Ammo.. bilmayman, ichimdan nimadir uzulgandek bo'lardi..
-Ha, ammo bunga 1ta to'siq bor
-Qanaqa to'siq
Tina biroz nafrat aks etgan ko'zlarini menda uzmasdan gaplarida davom etti
-Sen...
-"Men"...
Uni gaplarini ichimdan taxmin qilardim. Aslida sen deyishini ham qisman bilardim...
-Ha "Sen". Tamerlan va sen uchrashib yurgan ekansan. Nega menga aytmading
-Qanaqasiga, men u bilan uchrashib yuribmanmi
Uni gaplaridan hayratta kulib yubordim
-Ha, sen nega mendan sevganim va baxtimni tortib olyabsan
Uni gaplaridan asablarim eng yuqori cho'qqisiga chiqdi.....
🌿#Sen_va_men🌿

Oxiri uni gaplari oshib tushdi. Nima emish men Tamerlanni bo'yniga osilvogan ekanman. Bunisi endi ortiqch..


-O'sha Tamerlaningni borib pishirib yegin. Agar qolingdan kelsa uni mendan tortib ol. Yana qo'lingdan kelsa o'zingni sevdir. Ammo shuni unutma. Birovni qalbiga hech kim buyruq berolmaydi. Hattoki u insonni o'zi ham..
To'g'ri aytding, Tamerlan meni sevadi, kecha sevgi izhori ham qilgan...
Faqat.. o'sha beg'ubor shaxzodangni sevgisini rad ettim. Sen uchun, seni odam, uniyam baxtli bo'lishga haqqinbor deya... Lekin bu ishimdan, hozir pushaymonman.. senga achingan men axmoq, lekin Tina, ishon seni bu ahvolingga judayam achinyapman...
Gaplarimni yakunlab unga soxta
achinish bilan qarab turdim. U ko'zlarida mavjlanib turgan yoshlarini, tashqariga chiqarmasdan ehtiyotkorlik bilan artib tashladi...
-Mayli, unda sizlarga davomlii va uzooq baxt tilayman. Deb mashinasiga o'tirdi, keyin yana o'ziga o'zi gapirdi "Agarda sen tirik qololsang, jonginam" Tina yuziga tushishga shay turgan ko'z yoshlarini yana artti va, Mashinasini katta tezlikda haydadi..
Ular mashina oldida turb gaplashishgani bois, Diana mashina oldida unga qarab turgandi. Birdan Tina mashinasini katta tezlikda yurg'izib kela boshladi. Diana nima bo'lyotganini anglashga ulgurmasidan, uni mashina urib yubordi. Mashina katta tezlikda kelganligi uchun u 2 3 mets uzoqqa, uchib ketti va yo'l chetiga ag'anadi.
Tina mashinani to'xtatib, oynacha orqali yerda qonga belanib yotgan Dianani ko'rdi va yuziga mamnunlik aks etgan tabassum yugurdi....
*
Tamerlan uyg'onib soatiga qaradi. Tushdan keyingi 3 yarm edi.. Turib o'ychan o'tirdi va yuvunish xonasiga kirib ketti, uni kayfiyati yo'q, judayam g'amgin edi.. hissiz, toshyurak insonga aylanib qolgandek edi, go'yo...
Ko'p o'tmasdan, sochlari ho'l ahvolda chiqdi. Uy kiyimlarini kiyib, oshxonaga tushdi. Uyda onasi yo'q, xizmatchi ham qayergadir ketgan bo'lsa kerak u ham yo'q edi. Borib muzlatgichdan tayyor yeguliklarni olib. Nonushta qila boshladi. Axir u uchun bu nonushta edi. Balki 2tasi 1da. Uni kayfiyati bugun judayam yo'q huddiki bugun nimadir bo'ladigandek, yuragi bejo edi... nonushtasini qilib bo'lgach. Dariya ishdan keldi. Tamerlannni ko'rishi bilan uni quchib oldi
-Shaxzodam meni, kechadan beri qayerda eding. Seni izalamagan joyim qolmadiku. Hayriyat sog' omon ekansan.
Deya yuz ko'zlaridan o'pa boshladi. Tamerlan onasini bu ishiga hissiz qarab
-Ha ona soppa sog'man, kecha do'stimnikida qolgandim
Deb yolg'on gapirdi, axir onasiga kecha Bardan chiqib mashinamda uxlab qolibman demaydiku..
-Ha yaxshisan, xudoga shukur, nima bo'ldi senga shaxzodam, tushkun kayfiyattasan. Dariya Tamerlanni yuzidan silab gapirdi. U o'g'lini bu holatiga judayam achinardi. Chunki uni bunday tushkun kayfitta ko'rmagan...
-Men xonamda bo'laman
Dariya o'ng'lining javobidan biroz cho'chidi, nimadir bo'ldimikan deb. Lekin buni Tamerlandan so'rashga botina olmadi.
Tamerlan og'ir qadamlar bilan xonasiga kirdi, u qo'shiq tinglashni yaxshi ko'rardi. Kattaroq hajmdagi, ko'pdan buyon foydalanmayotgan kalonkasini olib. Butun uyni jumbujga keltirar darajada. Qattiq musiqa qo'ydi o'zi esa ko'zlarini yumgancha yotoqqa o'zini otti.....
🌿#Sen_va_men🌿
25_qism

Damir o'qishdan chiqib, uni kutmasdan ketib qolayotgan qizni orqasidan ketyotgandi. Uni oldida Tinani mashina to'xtaganini ko'rib. Ularni chettan biroz kuzatib turishni ma'qul ko'rdi. Tina mashinadan tushib Dianani ham mashinasiga chorlaganini ko'rib. Bularni qayergadir ketmoqchiligini angladi, keyin esa o'zi ham ularni ortidan borishni istab mashinasiga o'tirdi. Tinaga sezdirmasdan ulardan ancha orqaroqdan sekin mashinada borardi. Kollejni orqa tomonuga o'tgandan keyin "bu tarafda ularni nima ishi bor ekan" deb o'ziga o'zi gapirib qo'ydi. Shu payt uzoqroqda Tinani mashinasi to'xtaganini ko'rdi. Damir mashinadan tushmasdan ularni kuzatardi. Ular mashinadan tushib, uni old tarafuga o'tirb ketganini ko'rib, nima qilishmoqchi deb, qiziqqanidan postlab ketay deb o'tirardi. Ularni mashinasi orasidagi masofa taxmiman 40 50 metr uzoqlik edi.. Damir 5 daqiqacha kuzatib o'tirdi endi mashinadan tushib ularni yaqinroqdan kuzatmoqchi edi. Ammo Tinani mashinasiga qaytib chiqqanini ko'rdi. Diana ham mashinaga chiqib, ular yana biror joyga ketishar deya mashinasida o'tirishni ma'qul ko'rdi... Lekin Diana mashinaga chiqmadi. Aksincha Tina uni mashinasi bilan urib yubordi va u yerni tark etti...


Damir esa uni ko'z oldida bo'lgan manzaradan esankirab qoldi. Diana qayerda deb uni qidira voshladi. U yo'l chekkasida dumalab qonga belanib yotardi. Damir Dianani ko'rishi bilan, mashinadan otilib tushib uni oldiga yugurdi...
Dianani qo'li va oyog'i ozroq lat yegan. Boshi yorilgan shekilli yon to'xtovsiz oqardi. Damir yugurib kelishi bilan. Dianani boshidan quchib qattiq
-DIAANNAAA deb baqirib yubordi..
-Yo', yo'q seni meni tashlab ketishga haqqin yo'q. Ko'zlaringni och Diana
Damir nima qilishini bilmas ozroq Dianaga baqirib turg'izishga harakat qilardi. Chunki u hayoti davomida bunday vaziyatga tushmagandi. So'ng hayoliga shifoxonaga olib borish kelib. Dianani ko'tarib mashinasiga olib bordi. O'zi ham tezda mashinaga o'tirdi. Yo'lda esa faqatgina
-Yo'q Diana sen meni tashlab ketolmaysan, ozgina chidagin hozir shifoxonaga yetib boramiz. Faqat iltimos meni tashlab ketmagiin
Damirni ko'zidan yosh chiqdi. U onasini yo'qotgandan beri ilk bora ko'zidan yosh chiqishi edi. U oxirgi marta onasidan ayrilganida yig'lagandi. Shundan buyon hissiz insonga aylangandi. Hattoki Natasha o'lganida ham bu qadar azoblanmagan edi...
Damir shifoxonaga yetib kelgan Dianani avaylab ko'tsrib mashinadan tushirdi. Shifoxonaga kirishi bilan
-DOKTOOR deb baqirib barcha bemar va hamshiralarni diqqatiji tortti. 2ta hamshira tezda zambilni olib kelishdi. Damir Dianani ohista Zambilgan qo'ydi va
-Iltimos meni tashlab ketma
Deb u ham shifokorlar tengi zambil yonida yurardi. Tez yordam bo'limiga yetganda, hamshiralar uni to'xtatib qolishdi.. Damir ming Dianani oldiga kirib u bilan bo'laman deyishiga qaramasdan, hamshiralar uni kirgizishmadi...
Damir kutish joyida devorga suyanib o'tirib qoldi.. hali hamon ko'z oldida Diananing qonga belanib yotgan tanasi gavdalanar edi.. undan tashqari onasining o'limi ham ko'z oldiga kelardi....
🌿#Sen_va_men🌿

*10 yil oldin*


Damir sovuq xonaga kirdi, u yerda onasi malikalardek oppoq kiyimlar tiyib yotardi. Damir yugurib kelib onasining sovushga ulgurgan tanasini quchdi.
-Oyijon iltimos ketmang, men sizsiz qanday yashayman, sizni judayam yaxshi ko'raman. Onaa iltimos qayting. Deya tinmasdan yig'lardi. Uni oldiga Anrey Ivanov kelib o'rnidan turg'izdi. Dadasini ko'zida Tushkunlik va g'amlar bor edi.. so'lib qolgan gul kabi. Damirni yupatishga jarakat qilardi..***
Damir o'sha kunni va onasini esladi. Dianani ham yo'qyotsa u qanday chidaydi? Chidash uyoqda tursin keyin u qanday yashaydi? O'ziga shu savolni berdi. Lekin javobi yo'q. Yuragi yonib ketyotgandi. Imkoni bo'lganda, hatto o'zini jonidan kechib bo'lsa ham.. Dianani qutqarib qolardi... o'qishdan chiqqanidan keyin Dianani yolg'iz qoldirganiga afsuslandi.. hayoliga Tina keldi. Undan judayam nafratlanib ketardi... Qo'llari musht tugulib, sakrab o'rnida turdida shifoxonada o'qdek otilib chiqib ketti....
Mariya soatiga qarab, Diana va Damir keladigan vaqtdan ancha o'tib ketganini ko'rdi. Ulardan havotirlanib Dianaga qo'ng'iroq qildi. Ammo olgan javibi "xizmat ko'rsatish doirasidan tashqarida" degan bo'ldi. Hmkelib qolar deb jim kutishni maqul ko'rdi.. Ammo 1 skat o'tsa hamki darak yo'q. Mariya havotirdan tilka pora bo'lay derdi.. Damirga qo'ng'iroq qildi.
Damir u paytta hech kim bezovta qilmasin deb, telefonini o'chirib tashlagandi..
Mariyani har ikki fanzandining telefoniga tushib bo'lmayotganini hazm qilolmay, uyoqdan buyoqqa borib kela boshladi. Karina allaqachon uyga kelgandi. Undan Damir va Dianani so'raganda "bilmayman" degan javobni aytgandi. Shunda ham Mariya o'zini o'zi tinchlantirib yana biroz kutishni ma'qul ko'rdi. Ha demay Andrey Ivanovni ham ishdan qaytadigan vaqti bo'ladi. Mariya havotirlanganidan. Kollej diraktorini raqamini topip unga qo'ng'iroq qildi. Kollej direktori, Dariyadan olgan javobi
-Ular o'qishdan chiqishgan. Biz ularga faqatgina o'qish paytida javob beramiz. O'qishdan keyin ularga masul emasmiz. Sog' bo'ling..
Degani bo'ldi xolos...
Eshikdan Andrey Ivanov kirib keldi. Mariya yugurib borib Andreyni quchib yig'lab yubordi
-Nima bo'ldi Mariya. Tinchlikmi.. bolalar yaxshimi?
Andrey Ivanovni ham ko'ngli nimanidir sezgandek bolalarni so'radi. Mariya hiqqilagancha
-ertalab o'qishga ketgan, haliyam kelishgani yo'q
Dedi. Yig'lab..
-Nima.. shu paytgacha qayerda yurgan ekan bular. Uchalasi ham yo'qmi
Andrey Ivanov hayrat va havotir ila gapirdi
-Yo'q. Faqatgina Damir va Diana yo'q. Karina o'qishdan kelgan xonasida
-Karinadan so'rab ko'rmadingmi
-So'radim ammo u bilmayman dedi. Kollej diraktoridan ham so'raganman. U o'qishdan keyin talabalarga men javob bermayman deb go'shakni qo'yib qo'ydi.
Mariya ulardan havotir olib faqat yig'lardi....
🌿#Sen_va_men🌿

Damir g'azab va nafrat bilan. Tinani shaxsiy uyiga bostirib keldi. Tinani bu uyi haqida oilasidagilar bexabar edi..


Damir uni uyiga kirib ko'rgan manzarasidan hayratdan qotib qoldi, Chunki Tina va Alex birga kulishib gaplashib, ovqatlanib o'tirishardi. Damir alamzada kulib
-Qoyil, Tina xonim. Boyagina bitta qizni o'lim yoqaisga olib borib, endi bu yerda hech nima bo'lmagandek hushtoringiz bilan ovqatlanib o'tiribsizmi.. bravoo
Damir zaharhandalik bilan gapirib alamzada va xaddan ortiq soxta kuldi..
Tina uni gaplaridan qotib qoldi. Bir uyiga bostirib kelganligi uchun asabiylashsa. Bir uni gaplaridan qo'rquvda edi.. (u qayerdan bila qoldi ekan) deb oyladi
-Tina, Tina. Sen nega bunday qiling
Damir nafrat to'la ko'zlarini Tinafa qadaqi. Agar ularni yonida Alex bo'lmaganida. Damir Tinani hech ikkilanmasdan, shu zahotiyoq bo'g'ib o'ldirardi..
-D..damir nimalar deyabsan
Tina hech nimani bilmagandek hayrat bilan yolg'on gapirdi
-Sen suvilon. Dianani nega urib yubording
Damir endi ochiqchasiga Tinani bo'ynidan bo'g'ib devorga tiradi. Tina zo'rg'a nafas olardi...
-D..damir s..senga t..tushuntirib ...ber.ber.raman
Alex kelib Tinani Damirni qo'llaridan qutqarib qoldi. Damir esa shu asabiylik va g'azab bilan Tinani gapirishini kutardi
Tina biroz o'ziga kelib olgach gap boshladi
-Diana, meni qaylig'imji tortib olyabdi. Shunga u bilan yaxshilikcha gaplashmoqchi edim. U bo'lsa qo'lingdan kelganini qil ammo uni mendan tortib ololmaysan deb atti. Dedi
Tina Dianani gaplarini haddan ortiq bo'rttirib yubordi...
Damir tushunmay Alexga qaradi, Alex buni tushunib
-Men uni qaylig'i emasman
Deb inkor qildi..
-Unda kim?
Damir hayrat bilan Tinadna so'radi
-Tamerlan, meni qaylig'im, kecha unashtirildik
-Nimaa
Tamerlan juddayam hayratta edi. Tamerlan yaqin do'sti bo'la turib uni uylanayotganini o'zidan emas boshqadan eshitayotganiga hayratta...
-Ha, onasi meni tanladi, yaqin orada bizni to'yimiz
Tina mamnun jilmayib gapirdi
-Shunga, nima Dianani shu ahvolga solishing shartmidi..
-O'zi asabimni buzdi. Unga aytib qo'y Tamerlanga ikkinchi yaqinlashmasin
-U hozir yashash uchun kurashmoqda sen nimalar deyabsan
Damir yana asabiylasha boshladi
-Endi ogohlantirib qo'ydimda..
Damir hech bir so'z demay, shifoxonaga Dianani oldiga bordi..
Shifokorlardan, Diana haqida so'raganida
-Uni ahvoli juda og'ir boshidan og'ir jarohat olgan. Qo'li va oyog'idagi jarohatlariga malham qo'ydik.
-U qayerda ahvoli qalay. O'ziga keldimi
-Uni aperatsiya qilib. Boshini tikib qo'ydik. Boshi yorilgan. Hozir esa u koma holatida.
-U o'ziga kelib yashab qoladimi?
-Bilmayman, oxirgi 48 soat buni hal qiladi. U hayotga qaytishni istasa yashaydi. Istamasa, tayyorgarligingizni ko'raverasizlar
Damirni qulog'ida. Shifokorni aytgan oxirgi gaplsri jaranglardi
-uni ko'rsam maylimi
-Mayli faqat 5 daqiqaga
-Hop...
🌿#Sen_va_men🌿

*5 yildan keyin*


Tamerlan 1 haftadan buyon uyiga kelmagan. Tina va Dariya uni kutaverib adoyi tamom bo'lishdi. Tamerlan telefonlarini o'chirib qo'ygan, mashinasini ham uyuga tashlab faqatgina o'zi ketib qolgandi. Sababi eda yana o'sha mavzu "Ajrashish"... Tina bilan turmush qurishganiga 3 yil bo'lyabdi. Lekin shu 3 yil davomida er xotindek yashashmadi. Boshqa boshqa xonalarda yotardi yoki Tamerlan uyga kelmasdi. U mana shu 5 yillik hayotini faqatgina ishga bag'ishladi. Tina unga yaqinlashgudek yoki boshqa qilsa uni o'zidan uzoqlashtirar agar asabiylashgan payti yoniga kelib suyulsa kaltaklardi. Bor alamini Tinadan olardi. Lekin Tina shundayam baruga chidab, sabr qikib Tamerlanni kutardi. Chunki u Tamerlanga telbalarcha oshiq bo'lgan, uni gaplari qulog'igayam kirib chiqmaydi...
Dariya havotirda offisdagi Tamerlanni kotibasiga qo'ng'iroq qildi..
-Salom Dariya xonim
Qiz Dariya bilan quyuqqina so'rashdi. Dariya to'g'ridan to'g'ri maqsadga o'tib
-Tamerlan qayerda
-Janob o'tkan kuni kelgandi offisga, shundan beri kelgani yo'q
-Nega kelgandi u kuni
-Offis hujjatlarini olich, offisni sizni nomingizga o'tkazish haqida hujjat tayyorla degandilar
-Nima
Dariya eshitgan gapidan hayratlandi.
-Shunday. Hujjatlar tayyor bo'lay dedi. Hohlasangiz 1 soatlarga jo'nataman
-Kerak emas
Dariya qo'ng'iroqni yakunladi. Yonida unga iltijoli qarab o'tirgan Tinaga
-Eringni ko'ngliga yo'l topsang bo'lmasmidi, shunday ham makrsiz ayol bo'ladimi. Deb Tinaga baqirib xonadan chiqib ketti. Kimgadir qo'ng'iroq qilib, zudlik bilan Tamerlanni topishini aytti...
Tamerlan esa bu paytta, Hayolga berilib mashina boshqarib ketardi, hayolida Chet elga ketib yangi hayot boshlashni rejalashtiryapti. Mashinani qabriston oldida to'xtatdi. Yonidagi o'rindiqdan oppoq moychechaklarni olib. O'zi uchun qadrli bo'lgan, hali hamon bu yuragi u uchun urayotgan qizni qabriga keldi.
Qabr toshi ustida *Xamedova Diana* deb yozilgan tagida esa tug'ilgan va o'lgan yillari yozilgandi... ex bechora qizaloq. Hali 17 bahorni qarshilamagandi ham..
Tamerlan qabrga o'zi bilan olib kelgan gullarni qo'yib. Ko'zidagi qop qora ko'zoynagini oldi..
-Diana, qara seni yo'qotganimga 5 yil bo'lay deyabdi.. Shu 5 yil mobaynida har hafta seni oldingga kelaman. Menga ishon bu yuragim faqat senga tegishli, unga o'zga insonni kiritganim yo'q. Tinani esa rafiqam deb qabul qilmayman... Diana agar tirik bo'lganingda #sen_va_men judayam baxtli oila bo'lardik. Sen bilmaysanda, men seni hozirgacha va telbalarcha sevishimni... hech qayssi qiz senchalik beg'ubor va qaysar emas. Seni o'rning judayam bilinyabdi. Sen bilan o'tgan kunlsrimni sog'indim. Iltimos yonimga qayt.....
Tamerkan jimib qoldi. Keyin ko'zoynagini taqdida, Dianani qabri bilan xayrlashib u yerdan ketti. Mashinasiga o'tirib shu yerga kelgunicha tuzgan rejalarini. Amalga oshirish payti kelganini sezdi.....
🌿#Sen_va_men🌿
26_qism

Damir jonlantirish bo'limiga kelib. Diana yotgan xonaga kirdi. U shu holatidayam judayam go'zal edi. Qo'llariga har xil uskunalar, burniga esa kislarod ulab qo'yishgandi. Damir uni oldiga kelib. Qo'llaridan ushladi. Dianani qo'llari judayam sovuqotib ketgandi, Damir uni qo'llaridan ushlab. Dianaga gapira boshladi


-Diana, o'zinga kel... Uyg'on iltimos. Meni tashlab ketma Diana. Men seni ham yo'qotsam, chidolmayman. Iltimos... Diana seni qanchalar sevishimni bilasanmi. Agar o'zingga kelsang, senga vada beraman seni bu yerlardan uzoqlarga olib ketaman...
Damir.iltijoli Dianaga termulib turardi.
Diana hech bir so'z demasdan uxlab yotardi...
Navbatchi hamshira kelib, Damirni ketish vaqti bo'lganligini aytti
-Mayli Diana. Men ketyabman, sen esa men kelgunimcha o'zingga kel, bu meni senga yagona iltimosim...
Damir xonadan tashqariga chiqib ketti. Ko'ngliga hech nima sig'masdi. Ko'chaga chiqib nima qilishini bilmay o'ylanib qoldi.. uyiga boray desa ota onasi Dianani so'rasa nima deb javob berishini bilmaydi. Axir, uni ust boshi Dianani qoniga belangandi. Damir ust boshiga qarab, qayerga borishni o'ylardi. Uyiga borgani bilan. Uyidagilarga Diana haqida qanday tushuntiradi axirr...
Damir shularni o'ylardi. Keyin mashinasiga o'tirib hayoliga kelgan kimsaga qo'ng'iroq qildi, uzoq chaqiruvdan keyin telefon orqasidan, yigit kishini ovozi keldi
-Salom Damir qaleysan
-Yaxshimasda og'ayni. Uyingdamisan
-Ha uyimdaman tinchlikmi
- Uyingga boryabman. Borganimda gaplashamiz
Damir qo'ng'iroqni yakunlab, ketish uchun mashinasini o't oldirdi. Birozdan keyin o'zi istagan manzilga kelganida mashijani to'xtatdi. U ko'p qavatli uylar oldida to'xtagandi. Mashinasidan tushib bitta uy eshigini taqqilatdi. Birozdan keyin eshikni O'sha telefonda gaplashgan yigit ochdi, Damirni ahvolini ko'rgan Bryus shokga tushdi.
-Qayerdan kelyabsan Damir
Damirni uyiga kirishi bilan so'roqqa tuta boshladi.
-Singlim shifoxonaga tushib qoldi do'st
-K.K.Karinani ahvoli yaxshimi
-Uni ahvoli yaxshi men o'gay singlimni nazarda tutgandim
Damir tushkun javob berdi
-Sen uni biron nima qildingmi
-Yo'g'ey jinnimisan do'st, axir sevganimni qanday o'ldiraman. Uni hatto o'zimdan ham qizg'onamanku
-Shoshma shoshma sen nima deding
Ularni gapiga, mehmonxonaga krib kelgan yosh va chiroyli qiz qo'shildi.
-Ey sen bor xonaga kir
Bryus u qizga urshib berdi. Damir esa u qizni ko'rib biroz hayratlandi, shu holatida u qiz va Bryusni birgaligini ko'rib kulardi
-Nega kulasan
-Sen qachon ulgurding bu qizga uylanishga
-Ey bu mavzu boshqa sen gapingni davom ettir
-Hop. Hop. Uni Tina mashinasida urib yubordi
-Yo'g'ee o'zimizni Tina mii
Bryus hayrat bilan gapirdi. Chunki u ham bir vaqtlari Tinaga sevhi izhor qilgan va sevgisi javobsiz qolgandi...
-Ha, Bryus bugun senikida qolsam maylimi
-Albatta bemalol og'ayni. Uyingdagilar shifoxonada bo'lsa kerak
Damir uni savolidan boshini quyi qilib, qo'llari bilan changalagamcha o'tirib qoldi
-Demak, uyingdagilarni xabari yo'q, shundaymi
-Ha, ertalab o'qishga deb chiqib ketganmiz. Ikkimiz ham...
-Mayli, hozir senga yangi kiyimlar olib kelaman. Yuvinib chiq. Keyin Beatrisga aytaman joy tayyorlab beradi.
-Hop, rahmay senga...
Damir boshqa gapirmadi....
🌿#Sen_va_men🌿

Endi Damirni hayotidan gapirsak. U Dianani o'limidan 2 hafta o'tib Italiyaga ketti. Andrey Ivanovga "o'sha yerda o'qib ham sizni ishingizni davom ettiraman" dedi. Andrey Ivanov: rozi bo'lib Damirni Italiyaga jo'natti...


Mana 5 yildirki Damir 1martayam Maskvaga kelgani yo'q. Andrey Ivanov "qayt seni uylantiraman" deyishiga qaramay kelmaydi. U uchun Italiya yaxshi edi go'yoo..
Italiyadagi hayoti:
-Leylaa bu yerda nima qilyapsann. Seni izlamagan joyim qolmadiii
Damir havotirlanganidan baqirib gapirardi
-Kel Damir
-Yetar shuncha payt shu yerda o'tirganing yuraqol ketamiz uyga
Biroz hoviridan tushib gapirdi
-Qara bu dengiz qanchalar chiroyliligini
-Bilaman, lekin yuraqolsangchi sovuq qotasan
-Damiir hozir yozku, o'tir shu yerga
Leyla Dengiz bo'yida o'tirardi, yoniga Damirni ham oldi
-Seni sevaman Leyla
Leyla jim edi. Qulog'i tagida begona yigitning "Seni sevaman" degan so'zlari jaranglardi. U shu so'zlar sohibini eslashga harakat qilardi... lekin boshida kuchli og'riq turdi. Va u dengiz bo'yida hushidan ketti...
Damir uni jimib qolganini sezib unga qaradi. Qarasa Leyla hushidan ketishga ulgurgan ekan. Damir darrov uni ko'tarib uyiga olib bordi.. Uyi dengiz yaqinida edi..
U darhol Leylani xonasiga olib kirib shifokori Ilmiraga qo'ng'iroq qilib, Tezda yetib kelishini tayinladi...
Oradan ko'p vaqt o'tmay, Ilmira hovliqqancha kerakli narsalar solinga sunkasi bilan yugurib keldi.
-Nima bo'ldi Damir
-U hushidan ketib qoldi
-Unga hech nima demaganmiding
-yo'q, dengiz bo'yida o'tirgan ekan, yonuga borib "seni sevaman" degandim... keyin uni jimib qolganini sezib unga qaraganimda u hushidan ketgan ekan..
-Yaxshi u qayerda hozir
-Xonasida
Damir Ilmiraga Leylani xonasini ko'rsatti
Ilmira Leylani xonasiga kirib uni tekshirib ko'ra boshladi. Hammasi joyida yurak urishi ham maronida. Lekin nega hushidan ketti ekan
-Bilmayman,
Damir eshik oldida Ilmira va Leylani kuzatib turub gapirardi
-Hozir o'ziga keltiraman, keyin nima bo'lfanligini o'zidan so'raymiz..
Ilmira Leylaga hushiga kelishi uchun kuchli spirt hidlatti. Leyla yoqimsiz, burnini teshik yuboradigan bu hiddan. Yuzlari burishib boshini ushlagancha o'ziga keldi..
Yonida Damir va Ilmirani ko'rib, hayron ularga termulib turdi..
-Leyla yaxshimisan
Damir birinchi unga shu savolni berdi
-Menga nima bo'ldi Damir
-Dengiz bo'yida hushingdan ketting
Damir Leylani yotog'i oldiga kelib u tenggi o'tirib gapirardi
-Leyla yaxshimisan, senga nima bo'ldi
Ilmira Leylani so'roqqa tuta boshladi
-Yaxshiman. Oxirgi eslaganlarim. Boshimda kuchli og'riq turib, hushimdan ketganim...
-Ha yaxshi. Unda senga dori yozib beraman...
-hop, Damir suvvv
-hop, hozir olib kelib beraman.
Leyla yana ko'zlarini yumdi.
Ilmira va Damir xonadan chiqib ketishdi....
🌿#Sen_va_men🌿

Ilmirani bu galgi aytadigan gaplarini Damir taxmin qilardi. Aslida u qisman barchasini bilardiya... ular oshxonaga kelib. Damir orqalaridan Leyla kemayotganmikan deb qarab. Ishonch hosil qilgach eshikni yopdi


-Nima hap Ilmira
-Damir biz kutgan kular keldi
-Yo'q, axir bo'lishi mumkunmas. Jin ursin
Damir asabiylashib stullarni tepib yubordi
-Damir, tinchlan.. bunday bo'lishi anqi edi. Shunchaki sen vaqtni cho'zib yurding xolos
-U..U qanday qilib axir
Damir stullardan biriga o'tirib egilib qoldi
-Bilmayman, ammo shuni ayta olamanki. Endi bu o'yining ko'pga bormaydi
-Yaxshi, hammasi uchun rahmat senga Ilmira
-Arzimaydi, yana birin nima bo'lsa menga xabar ber, tezda yetib kelaman
-Hop
Ilmira ketishi bilan Damir boshini changallab o'ylana boshladi. Miyyasi "Bunday bo'lishi mumkun emas" degan gaplar aylanardi..
U 1stakan suv bilan. Leylani oldiga bordi. U ko'zlarini yumib yotgandi. Damir xonaga kirib kelishi bilan. O'rnidan turdi
-Dam olaver bemalol, senga suv olib kelgandim
-Rahmat
Leyla Damirni qo'lidagi stakanni oldi. Ozgina suv ichim divan yonidagi tumbaga qo'ydi.
-Damir gaplashib olishimiz kerak
Deya biroz hasta va iltijoli phangda gapirdi
-Mayli, faqat hozir emas...
-yaxshi
Leyla homush tortib qoldi.
*Maskva*
Tamerlan mashinasida o'tirib. Bank hodimlaridan biriga qo'ng'iroq qildi, chisqa chaqiruvdan keyin telefon orqasidan ayol kishini ovizi eshtildi
-Salom, * banki eshtadi
-Salom, men Tamerkan ** bo'laman. Bank hisob raqamimdagi barcha pullarni yechib olmoqchiman.
-Yaxshi, bankga kelavering. Pullarni naxt olasizmi yoki kartangizga tashlab beraylikmi
-Hozir boraman. Kartaga tashlab berasizlar
-Mayli ko'rishguncha salomat bo'ling..
Tamerlan, gisobidagi barcha pullarini olib. Huddi avval Diana aytganidek. Orzusidagi uyni sotib olmoqchi edi.
*avval*
-Orzularing bormi
Shiringina kulib hayollsr og'ushida sayr qilayotgan qizga savol berdi
-Ha bor. Italiyaga ketib, Dengiz ya'ni sohil bo'yidan bitta uy olib o'sha yerda. Sevgan insonimning suyukli rafiqasi bo'lish va katta oila bo'lib, baxtli hayot kechirishni istayman...
-Ajoyib orzu ekan
-ho'sj sizdachi, sizdayam orzular bormi
-Hozircha yo'q ( endi esa bor, u ham bo'lsa.. seni orzuyingni amalga oshirish)
-haa. Endi ketarmiz uyga
Ular 1 soatdan buykn ko'chada, skameykada o'tirgancha hot dog yeb suhbat qurishardi..
-Mayli ketamiz ...
***
Tamerlan shularni o'ylab, mayin jilmayib qo'ydi. Mashinasini o't oldirib bankga yo'l oldi.....
27_qism

Tamerlan bank hisob raqamidagi barcha pullarini olib. Endigi rejasini amalga oshirishga krishdi. Endi navbatta offisni Dariyaning nomiga o'tkazishi edi.


Darhol offisiga keldida kotiba qizdan hujjatlarni olib barchasizga imzo chekdi. Keyin qo'riqchilardan biriga bu xujjatlarni Dariya xonimga olib borib berishini aytib offisni tark etti. U 2 kun ichida Maskavani tark etishni va boshqa qaytmaslikni rejalashtiryabdi...
*Italiya*
Damir kechlikka pitsa buyurtirishni o'yladi. Chunki Leyla hozir ovqat qiladigan ahvoldamas va u uxlayotgandi.
Damir uni xonasiga kirib unga termulib o'tirdi. U bilan shu 5 yil ichidagi barcha kunlarni, xotiralarini eslab mayin jilmaydi. Maskvadagi o'tmishini va Andrey Ivanov "uylantiraman" deb holi joniga qo'ymayotganini o'ylab biroz kayfiyati tushdi...
*5 yil oldin*
Diana hali hamon o'zi kelmayotgandi.. 3 kun deganda o'ziga kelgan qiz. Tepasida qo'lini ushlagancha uyquga ketgan yigitni ko'rib baqirib yubordi... yigit uni chinqirig'idan sapchib o'rnidan turdi.
-Nega baqirasan
U hayron va Dianani chinqirganidan qo'rqib ketgandi, so'ng Diana 3 kun davomida endi ko'zini ochgani miyyasiga chaqib
-Yaxshimisan, o'zingni qanday his qilyapsan
Deb savollarni yog'dirib tashladi. Oxirida
-Hozir shifokori chaqiraman hech qayerga ketib qolma. Men darrov kelaman deb hovliqqancha xonadan chiqib ketti.
Qiz esa bu yigit kim, meni oldimda nima qilyabdi, men bu yerda nima qilyapman deya so'nggi voqealarni eslashga harakat qilardi. Lekin ming afsuski so'nggi voqealar tugul avvalgilari ham issiz g'oyib bo'lgandi go'yoo....
Damir va shifokor kirib kelishdi. Shifokor ko'plab tekshiruvlardan keyin. Qizni hotirasi yo'qolganligini aytadi. Damir esa hayron qoldi. Endi nima qilaman. Unga bularni qanday tushuntiraman asosiysi uydagilarga nima deyman deya. Oxiri...Damir do'sti Bryus bilan reja tuzgandi. Rejalariga ko'ra, Morg ga borib 1ta qizbolani jasadini oloshadi va uni yoniga Dianani hujjatlari va telefonini qo'shib, bitta odam yollaydi. U odam Damir aytgan gaplarni lalitsiyaga aytishi kerak edi :Qizni Daryo bo'yidan topip oldim yonida shu hujjatlar bor ekan. Deyishi kerakligini uqtirdi.
Damir va Bruslan bu ish osson kechganligini o'ylashdi
Damir esa endigi rejalarini o'yladi. 2 hafta ichida Maskavani tark etishi kerakligini anhladi. U uchun bu qulay fursat. Dianani yonida bo'ladi va uni hammadan himoya qila oladi. Lekin asosiy muammosi. Dianani hotirasi. Shu masalada shifokor bilan gaplashishga keldi
Eshik orqasida turib, eshikni taqqilatdi birozdan keyin ichkarida. Birozgina horg'in va qariya insonni kiring degan ovozi keldi
-Salom doktor
-Salom
-Men hotirasini yo'qotgan bemorni.. akasiman
-Ha esladim. Kelib o'tiring Damir
-Rahmat,, singlim haqida gaplashgani kelgandim
-ho'o'sh.
-Uni xotirasi tiklanadimi
-bu haqda biror nima deyolmayman. 90 foiz ehtimol bilan tiklanadi. Lekin 1 oyddir 1 yildir balki 10lab yillar ketar. Men anig'ini aytolmayman. Valki umuman tiklanmasligi ham mumkun
-unga eslatishga harakat qilsakchi
-Bu qattiyan man qilinadi. Chunki bu xolatta bemorlarda qattiq siqilish va asabiylik holatlari ko'p kuzatiladi. Natijada boshqa og'riq turib hushidan ketadi...
-Mayli. Unda qanday yo'l tutishni maslahat berasiz
-ilojisi bo'lsa hech nimani eslatmang. O'zi istab o'zi eslamagunicha bemorga hec nimani gapirmang
-Mayli. Rahmat doktr
Damir endi Dianani olib Italiyaga ketishni o'yladi... va oxirida u bilan baxtli va bir oila bo'lib yashashini o'ylab mayin jilmayib qo'ydi....
🌿#Sen_va_Men🌿

Damir o'ylardi. Endi nima qilsam ekan... deb


Boshini changallab o'tirgajida yoniga Beatris keldi
-Nima qilyabsan Damir
-Diana haqida o'ylayabman. Ensi nima qilsam ekan...
-Uni olib uzoqlarga ket, va u bilan baxtli yasha
-Shunday fikrdaman, lekin unga nima deyman, axir isminiyam eslolmayotgan bo'lsa..
-Balki.. bu vaziyattan foydalanib, unga o'zligini unuttirarsan
-Ya'nii
Damir tushunmay Beatrisga qaradi. Beatris oldinda Damirni hayotini eshitgandi..
-Uni ismini almashtirib, uni miyyasiga sarob xotiralarni joyla.
-Esingni yrganmisan
Damir biroz asabiylashib ketti..
-unda nima qilasan, xotirasini tiklaganida, jimmgina Tamerlanga berib qo'yasanmi
Damir o'ylanib qoldi, nima qilishini bilmasdi..
-Bilmayman, ammo uni bu yerdan olib ketaman
-Unda men aytgan yo'lni tut. Bu yo'l, sen uchun ham, u uchun ham eng yaxshisidir...
***
Tamerlan Dianani o'limidan xabar topgach, o'zini o'zi ayblab. Bekor unga achchiq qildim, uni yolg'iz qoldirdim. Deb o'zini koyib urshardi. Keyinchalik kop siqilganidan tungi klublarga borib, kop ichadigan bo'ldi. Dariya esa to'yni tezlashtirib harakatida... ammo Tamerlan unamasdi. Shu mavzuda gap ochilda Dariya bilan gap talashib qolishardi. Oxir oqibat 2 yil degandi Dariya uni ko'ndirdi....
*Hozirgi vaqt*
Leyla tilidan: Ko'zlarimni ochdim, kun qorong'u bo'lishga ulgurgan edi. Damir uydamikin yoki ishdami deb o'ylab xonamdan chiqdim. Damirni xonasiga bordim. U yo'q ekan.. demak ishda bo'lsa kerak deb o'yladim. Ammo oshxona tarafdan xushboy hid taralardi. Oshxomaga borsam. Bu hidlar, men sevgan o'sha Pitsalarniki.ekanligini bildim. Damir endi darturxonni tuzab meni oldimga ketmoqchi bo'lib turgan ekan. Undan oldin o'zim kelganimni ko'rib.
-Yaxshimisan, yuz qo'llaringni yuvib kel
Damir samimiy jilmayishga harakat qildi, ammo o'xshamadi, siniqgina tabbasum qilardi. Men yuz qo'llarimni yuvib keldim.
-Buncha shirin hid kelmasa bundan.
-Seni yaxshi ko'radi deb buyurtma qilgandim
-Rahmat, yoqimli ishtaxa
Biz jim pitsalarni yerdik...
Men Damirni tushkun kayfiyati bilan, dardi malum kulgusini sababini qisman bilardim..
Men 5 yil u bilan yashab, qanday uni unutishim mumkun axir, axir o'sha beg'ubor u bilan o'tkazgan kunlarimni unuta olarmidim... Lekin afsuski hayotimda undan boshqa hech kimni eslolmayman. 2 yil oldin uni telefonini tirkilab 2ta insonni rasmlariga ko'zim tushgandi...
Eng qizig'i ular orasida men ham mavjudman. Ammo men o'sha odamlsr va u kunlarni eslolmayabman..
Suratlarda. Dengiz bo'yida Damir men va yana bitta chiroyli kelishgan yigit tasvirlangan surat edi.. Hamma suratlarda. Men Damir va o'sha notanish yigit aks etgan edi. Restaranda, o'qishda Airaportta. Hullas ko'plab rasmlar mavjud..
Men shu rasmlar tufayli Damirni eslagan edim. U bilan birga talashib tortishib kollejga borganlarimiz.. Men bular haqida va Damirni eslaganim haqida unga hech nima demadim.. Chunki menga bu hayotim Dengiz bo'yidagi uyimiz va hamma hammasi yoqib qolgandi. Huddi men orzu qilgandek...
O'zim haqimda eslaganlarim shuki, Har doim Damirni menga Diana deya murojat qilganlari bo'ldi...
🌿#Sen_va_Men🌿

Leyla shu o'y hayollar bilan Damirdan ko'zini uzmasdan. Ovqatlanardi, Damir esa uni qarashlaridan bezovtalanib


-Leyla bunday qarama. Ovqatdan keyin gaplashamiz
-Hop
Boshqa so'z demay ikki ham ovqatlanib bo'lishdi. Damir xonasiga chiqib ketti, Leyla oshxonani yig'ishtirib. Damirni oldiga bordi
-Kel Leyla. Men tayyorman senam sal qalinro kiyinib ol
Damir ustiga yupqa jenferini kiyib olgandi. Leyla qayerga deb so'ramasdan xonasiga kirib u egniga ham qalinroq kiyinib oldi.
Damir uydan tashqariga chiqib. Leylani kutar, endi Leylaning navbattagi savollari haqida o'yladi.. ammo miyyasiga jo'yali savol va javobi kelmadi. Leyla uydan chiqishi bilan ikkisi Dengiz sohillari tomon yo'l olishdi..
-Leyla hozirgi beradigan savollaringni, qisman taxmin qilyabman
-Diana kim Damir.
Leylani sochlarini shamol o'ynar, nigohlari esa dengizning mavjlanib turuvchi to'lqinlarida edi..
Damir uni savolidan tamam bo'ldi, miyyasida 1ta savol gir aylanardi "nahotki u eslagan bo'lsa?"
-Diana men senga hammasini tushuntirib beraman
Damir o'zi bilmagan holda, hatoga yo'l qo'ydi... endi uni Leyla qanday tushunar ekan..
-Demak, taxmin qilganimdek u qiz menman... to'g'rimi
Leyla nigohlarini dengizdan uzib. Damirga yuzlandi
Damir esa ichida "ming lanat, hammasini barbot qilyabman, unga yotiqchasiga tushuntirishim kerak"
-Leyla, hozir aytadigan gaplarimdan xafa bo'lma, men shunday qilmasam bo'lmasdi..
Damir boshini quyi solib afsus bilan gapirdi
-Hop boshlang
-Ha seni isming aslida Diana, buni oldinroq aytmaganim uchun uzur..
-Men buni bilgandim Damir
Leyla Damirni ko'zlariga qarab gapirdi. Nigohlar to'qnashdi. Lekin Damirni ko'zlaridan afsuslanish dard ufurib go'yo vulqondek otilardi. Leylani ko'zlarida esa umuman afsus yo'q edi.
-Diana mendan xafamasmisan?
-yo'q, sizga kattakon rahmat, menga shunday ajoyib hayot sovg'a qilganingiz uchun. Hotiram yo'qolganidan hursandman, o'tmishni eslashni ham xoxlamayman. O'tmish bilan emas hozirgi kun bilan yashashimiz kerak
Leyla jilmayib gapirdi..
-Xursandman, yana bir bor uzur... Seni qanday chaqiray endi. Diana yoki Leyla
-Meni ismim Leyla. Shunday chaqiring
Damir uni xafa bo'lmaganidan xursand bo'ldi..
-Menga o'tmishim haqida so'zlab bering. Siz bilan o'tgan kunlarimiz haqida... u vaqtda ham siz bilan birga 1ta uyda yashaganmanmi.
Leylani bunday savol nerishiga sabab, uni hotirasida. Damirni xona ichida "Seni sevib qoldim Diana" degan gaplari muhrlangandi...
Damir aytish aytmasligini biroz o'zlab turdi...
-Ha biz 1ta uyda yashaganmiz. Sen... sen esa meni singlimsan
Leyla, Damirdan bu gapni kutmagandi. Hayolida "qanday qilib, o'z singlisini sevib qolishi mumkun" degan gal aylanardi.
Leylani jimib o'yga tolganini ko'rgan Damir. Gapini to'ldirib qo'ydi
-Sen meni o'gay singlimsan, hotiring yo'qolmasdan, 2oy oldin. Menga o'gay singil bo'lib kelgansan......
🌿#Sen_va_Men🌿

Leyla. O'gay singil gapini eshtib lol qoldi.


-Meni Otam yoki ona. Bormi
Leyla lol qoldi, chunki u bu yerga kelganidan buyon uni yo'qlab kelmagan yaqinlari haqida bilishni istardi. Oxiri esa ular yo'qdir deb o'ylab ularni o'ylashdan to'xtagandi...
-Ha onang bor. Seni o'limingdan keyin o'zini biroz oldirib qo'ydi
Damir mayus gapirdi. Leyla esa ko'zlari yoshlanib
-M..men..ni o..on..namm bormi?
Dedi, ko'zlari yoshlanib
-Ha onang bor Mariya degan, O'gay opang bor, meni singlim u. Karina, va o'gay ammo o'z otangdek bo'lishga ulgurgan dadang bor. Andrey Ivanov. degan.. shular seni oila a'zolaring...
-Haa. Meni do'stlarim bo'lganmi
Leyla hozir ular haqida emas. Uni nechta yaqini borligi haqida qiziqib ketardi
-Mm.. do'stlaring faqat... Men va.. va Tamerlan,
-Tamerlan, Leyla shu ismni eshtib kimlardir ko'z oldida gavdalana boshladi. Sharlarga va shamlarga to'ldirilgan xona va Bitta yigitni esladi. Lekin uni yuzini aniq ko'ra olmadi, eslolmadi, yigit uni qo'llaridan tutgancha faqatgina "Seni sevaman" derdi.
Ertalabgi so'z sohibining ovoziga judda o'xshash edi bu ovoz...
-H..ha meni dugonalarim bo'lganmi
Damir shu so'zni aytmasun deb turgandi. Chunki unga yolg'on gapirish niyyati yo'q, rostini aytishni ham istamaydi. Chunki Leylani oldingi hayotida. Faqatgina Tina uni dugonasi edi..
-Yo'q. Menmcha seni dugonalaring bo'lmagan ular haqida menda ma'lumot yo'q.. endi ketarmiz balki
Damir Leylani savollaridan qochishga harakat qildi. Chunki unga shifokorlar, siz emas uni o'zi eslashi kerak. Agar yordan bersangiz. Bemor og'ir ahvolga tushib qolishi mumkun. Degandi...
Ular uyiga qaytishdi va o'z xonalariga tarqalishdi.
Leyla xonasiga kirib hammasini eslashga harakat qilardi. Oilasi do'stlari o'tmishini. Barchasini bilgisi kelib, ichi yonib ketar darajada qiziqardi... o'ylab o'tirganida yana bir narsalar esiga tusha boshladi..
Ovoz sohibining "#sen_va_men baxtli oila bo'lamiz" degan gaplari qulog'ida jarangladi. Oxiri bunday elas elas gaplardan keyin. Asabiylashib yotoqqa o'zini tashladiyu hushidan ketti....
Damir xonasiga kirib, divanga o'tirib qoldi. U endi Diananing xotirasi qaytgan taqdirda nima qilishini o'ylardi.. u bugungi aytgan gaplari to'g'ri yoki noto'g'riligiji o'yladi. Balki unga qolg'on gapirib "men sevgilingman" deganim yaxshimidi deb ham o'yladi. Ammo u bunga adolatsizlik bo'ladi deb o'zi aytgan gaplarini maqqullab qo'ydi...
-Endi u hammasini eslasa, bu yerdan ketadi. Meni tamom ila tashlab, Tamerlanni oldiga ketadi... Ming lanat
Damir asabiylasha boshladi. 5 yil davomida Sevib ko'z qorachig'iday asrab, hattoki o'zidan ham qizg'onib kelayotgan nafiis gulini. Endi kimgadir berib qo'yishini o'ylasa tepa sochi tikka bo'lib g'azablanib ketardi. Oxiri bu o'y fikrlardan boshi og'rib ketti "Taqdirga nima yozilgan bo'lsa shu bo'ladi, biroz kutaylikchi nima bo'larkin" deya uxlashga yotti....
🌿#Sen_va_men🌿
28_qism

_Ertalab_


Men boshimda biroz og'riqlarni his qilib, ko'zlarimni ochdim.. xonamda yotardim, oldimda hech kim yo'q. Kecha hushimdan ketganim uchun, uzoq tush ko'rdim. Tushunarsiz edi. Bazi bir joylarida bitta ayol tinmasdan meni kaltaklardi, kir xonaga qamab qo'yar. Oxiri u yerdan Damir olib chiqib ketti. Keyingisida esa qandaydir ko'l atrofi sarg'ayishga ulgurgan daraxtlar bilan o'ralgan. Huddi o'rmonga o'xshaydigan joylar edi yonimda esa yana o'sha ovoz sohibi. Yuzlari tiniq esimda yo'q ammo aniq shu rkanligini bilardim.. men shunga o'xshash g'alati tushlar ko'rdim. Oxiri har doimgidek erta turib nonushta tayyorlay boshladim. Bu yerga kelganimizdan buyon, har kuni nonushta tushlik va kechlikni o'zim qilaman. Damir ishga ketadi. Avval o'qirdi ham. U menga xizmatchi olib kelaman, sen qilma deyishiga qaramay hamma uy ishlarini o'zm qilardim. Axir men uyda bitta o'zim zerikamanda...
Soat 8larda nonushtani tayyorlab bo'lib, Damirni chaqirgani, xonasiga kirdim. U beg'ubor yoshboladek uhlab yotardi. Biroz unga termulib turdim, u bilan o'tgan br qancha kunlarim ko'z oldimda gavdalana boshladi.. keyin "menga nima bo'lyapti" deya hayollarimni yig'ish maqsadida ko'zlarimni qattiq yumib ochdim. Damirni uyg'otish uchun unga gapirib turtardim.
-Damir, tuuriing
-....
-Dammiiiirr ishga keech qolasiiz turaqooliing. Yana menga nega uyg'otmading deb o'tirmaang..
U faqat jim yotardi. Yoki atay qilardi.
-Damiiiiir
Oxiri sabrim chidamay baqirib yubordim
-Kamilla baqiravermasdan uxlasangchi
Damir ko'zlarini ochmasdan uyqusirab gapiradi. Keyin men uni oldida turganim uchun. Qo'llarimdan uchlab
-Xonanga ketgin iltimos Kamilla. Yoki kel meni yonimga
Deb meni yotoqqa tortti
Men nega u meni tortayabdi. Kamilla kim o'zi deb hayron bo'lardim, qo'rqqanimdan ko'zimga yosh kelib hiqqilagancha
-D.daamiir... dedim.
Damir endi ovozimni eshtib, ko'zlarini bazo'r ochdi. Keyin menga nimalar deb qo'yganini eslab.
-Uzur Leyla, uzur... Kechir iltimos, seni do'stim bilan adashtirib yuboribman. Damir darrov qo'llarini tortib oldi. Men esa yugurib xonadan chiqib kettim. Orqamdan esa Damirning "Ming lanat, Damir shunchalaram bo'ladimi odam" degan o'zini o'zi urshib so'kayotgan ovozlari keldi...
Men xonamga kirib o'zimga o'zim "Kim u Kamilla, ismi judayam tanish eshtilyabdi" deb savol berdim. Keyin eshikning asabiy taqqilagan ovozi eshtildi.
-Kiring
Men titroq ovozda gapirdim, chunki Damir hech qachon beso'roq qo'limni ushlamasdi yoki boyagidek yotoqqa tortmasdi.. Damir kiyimlarini alishtirilgan holatta xonamga kirdi
-Leyla kechir, men bilmasdan.. uyqusirab seni Kamilla deb o'yladim...
U hijolat ohangda gapirardi, men uni gaplariga e'tibor qilmay
-Kamilla kim. Deb so'radim
-Kamilla..
u menga tushunmay qaradi
-Ha, ismi judayam tanish tuyulyapti
-U bizni do'stimiz..
-Haa, nega uni haligacha ko'rmaganman
-u ko'p bora seni ko'rishni so'ragan. Lekin men qarshilik qilganman. U hozir Italiyada men bilan birga ishlaydi
-Haa. Bir kuni u bilan uchrashaylik
-Mayli.. nonushta tayyorladingmi
-Ha, yuring virga nonushta qilamiz
Men kayfiyatimizni ko'tarishga harakat qilib, quvnoq bo'ldim...
🌿#Sen_va_men🌿

Nonushta payti Damirga qo'ng'iroq bo'ldi. Avvalari ertalabdan hech kim qo'ng'iroq qilmasdi. Dami go'shakni olib, eshitgan gaplaridan asabiylashib tutoqib ketti.


-Nimaaa
-..
-Bugunoq yetib boraman, o'zi yaxshimi
-..
-Hop, hop hozir yo'lga chiqyapman
Damir asabiylashar. Yeyotgan nonushtasiniyam unutib Dianaga yuzlandi
-tez narsalaringni yig'ishtir ketamiz,
-Qayerga
-Borganda bilasan, hozir savol bermasdan tezlash.
Damir telefonini olib yana kimgadir qo'ng'iroq qildi. Bugunga birinchi rey bilan ketadigan samaliyotga buyurtma berib, Dianani oldiga keldi
-1 soatlardan keyin ketamiz. Tezroq bo'l
Deb xonadan cgiqib ketti
Diana apil tapil narsalarini jamadonga joylab tayyor bo'ldi. Endi xonadan chiqmoqchi edi, Damirni o'zi keldi. U Dianaga o'xshab 1 chamadon narsa olmagandi, faqatgina ryugzagiga bir nechta kiyimlar oldi holos.. Dianani yuklarini ko'rib
-Sen bu yerdan ko'chib ketyabsanmi deyman
-Bilmadim, siz tayyorlan deganga hamma narsamni olgandim
Diana tushunmay gapirdi
-Mayli yur tez ketaylik
-Hop. Qayerga ketyabmiz
-Ayttimku savol berma deb, Maskvaga ketyabmiz
-Voy, ajoyibku. Uyoqlar sovuq bo'lsa kerak, bu yerga qaraganda
-Albatta, tez chiq eshikdan
Damir eshikni qulflash uchun tashqariga chiqib gapirdi. Diana esa uni holatiga kulardi
-Nega kulyabsan
Damir tushunmay so'radi
-Siz rostanam Maskvaga uyda kiyadigan shippakda ketmoqchimisz
Diana yoshboladek qotib kulardi
Damir oyoq kiyimiga etibor berib qaradi, keyin peshonasiga yengil urib uyga qaytib kirib. Oyoq kiyimini kiyib chiqdi. Ular birgalikda airapotga borishdi. Airaportta ularni bitta yigit kutib oldi, Damir ubga mashinasi kalitlarini berib undan samaliot chipatalarini oldi. Damir va Diana endi Maskvaga qaytmoqda...
****
Tamerlan ertalab kvartirasida ko'zini ochdi. Yuvinib chiqib o'zi uchun nonushta tayyorladi. Bugun u telefonini butunlay o'chirib tashlashi kerak. Chunki endi Dariya xonim tinch o'tirmaydi.. Kecha unga offis hujjatlari yetib borgan bo'lishi kerak... Tamerlan shularni o'ylab miyig'ida kuldi va o'ziga o'zi
-Endi mening qadrli onajonim, o'sha keliningiz bilan boyliklarga ko'milib, Mensiz yashayvering. Indindan meni butunlayga ko'rmaysiz
Deya kulib qo'ydi. Axir onasi o'zi aytmadimi "menga boy xonadonni qiz kelin bo'ladi" deb endi esa o'sha boyliklar ko'zini ko'r qilib, o'g'lini yo'qotadi...
Tamerlan bugun ham bu uerdagi so'nggi ishlarini yakunlashi kerak. Shu bilan u uchun erkin hayot boshlanadi. Hammadan uzoqda yolg'iz. U o'zi bilan umrini oxirigacha, yolg'iz yashashi uchun yetadigan pullarini olib ketyabdi, hatto telefon ishlatmaslikni ham rejasiga kiritib qo'ydi.....
🌿#Sen_va_men🌿

Diana va Damir Maskva airaportiga kelib qo'nishdi. Damirni har doimgidek qo'riqchilar kutib olishdi. Diana hayratta chunki Italiyada Damirni qo'riqchilar yurmasdi..


Ular chiqib, Dianaga tanish bo'lgan qop qora BMW mashinasiga o'tirishdi. Diana va Damir orqa o'rindiqqa o'tirishdi 2ta qo'riqchi old o'rindiqlardan joy olib mashinani harakatga keltira boshlashi. Diana hayratta,u hamma narsani unutgani uchun hech nimani eslolmasdi, Mashina 20 daqiqadan so'ng katta 2qavatli uy oldida to'xtadi. Damir tugurib uy ichiga kirib ketti. Diana nima qilishini bilmasdan mayda qadamlar bilan uni orqasidan kirdi. kirishi bilan xizmatkor qiz Dianani ko'rishi bilan chinqirib yubordi.
-Heyy nega baqirasiiiz
Diana hayrattan so'radi
-S..s..sizz
-Ha men, meni taniysizmi
Diana qoshlarini tepaga ko'tarib savol nazari ila qarab turardi
-M..M...Marriiiyyaaaa X..xxonniimmmm
Deb ichkariga yugurib kirib ketti... Diana tushunmay turaverdi. Birozdan keyin ichkaridan yoshi taxminan 40lar atrofida. Go'zal kibotda tenggi yo'qdek ko'rinadigan ayol bilan chiqdi. Ulardan keyin yoshi tahminan Diana bilan teng sochlari kareanka va sariq rangdagi, qiz ham chiqdi. Uchalasi ham Dianaga Hayrat bilan boqishardi. Xizmatchi qizning ranggi oqarib ketgan.
Ular shu alfozda Dianaga telmulib turishganida. Ichkaridan Damir va Shifokor chiqib kelishdi
-Damir, tushunaman. Lekin bu kasallik bilan o'ynashib bo'lmaydi..
-Bilaman. Qancha umri qolgan
Damir boshini quyi solib gapirdi
-1 yildan kam qolgan. Tayyor turaveringlar
-Yaxshi, saqlab qolishni imkoni yo'mi doktr
-Bu kasallikni davosi yo'q. Qanchadan qancha odamlar "Rak" kasalligi bilan bu dunyoni tark etgan..
-Hop. Rahmat
Damir xafsalasiz. Shifokorni jo'natib yubordi. Keyin menga Hayrat bilan termulib turgan 3ta insonga yuzlanib
-Sizlarga nima bo'ldi
Uchalasini ham ranggi oppoq huddi ahvoh ko'rgandek edi..
Oralaridan meni tushimga kirib, meni kaltaklagan kimsa,, yoshi kattaroq ayol
-Q.qizimmm Dianaa deya meni oldimga yugurib kelib quchib oldi.
Men qo'rqib baqirib yubordim
-Damiiirrr.
-Qizim tiriksan. Seni qanchalar sog'inganimni bilasanmi oppog'im.
Ayol meni qizim deya yuz ko'zimdan o'pib, erkalay boshladi. Men qo'rquvdan undan uzoqlashdim
-Damir meni bu yerdan olib keting
Deya mo'ltiragan ko'zlarim bilan Damirga qaradim. U esa asabiy peshonasini ushlab turdida.
-Lili, Dianani narsalarini xonasiga joylashtir. Biz bog'da bo'lamiz
Deb qo'limdan sudrab uyni bog' qizmiga olib bordi. Boyagi ayol esa polda o'tirib qoldi. Tilida "Diana qizalog'im ketmaa" degan gaplar aylanardi
Biz bog'ga kelib to'xtadik
-Diana. Seni uyimizga olib keldim. sen shu yerda yashagansan oldin
Damir o'zidan o'zi asabiylashib gapirdi. Men uni tushunmasdim
-Damir men ularni tanimayman. Ular bilan qolishga qo'rqyabman. Hamdaa...
Men yerga boshimni quyi qilib hijolat gapira boshladim
-Men u ayolni tushunda ko'rganman bugun.. u tibmasdan meni har xil holatta kaltaklar... iltikos meni bu yerdan olib keling qo'rqyabmaannn
Meni ko'zimdan yosh quyulib kela boshladi......
🌿#Sen_va_men🌿
29_qism

Damir meni holatimni tushunib bag'riga bosdi...


-Kechir, iltimos... hop seni bu yerdan olib ketaman... faqat sen yig'lama...
U sekin bog'ridan chiqarib ko'z yoshlarimni arta noshladi. Men esa hiqqilab
-h..hoop deb qo'yaverdim
-Sen borib mashinaga o'tirib turgin men hozir uyga kirib uydagilar bilan gaplashib chiqaman
-Hop
Men uni aytganini qilib mashinaga borib o'tirdim. 2ta qo'riqchi haliyam shu yerda, darvoza tagida turishardi. Men mashinaga o'tirishim bilan bittasi kelib haydovchi o'rindig'iga o'tirdi
-Qayerga boramiz xonim
Dab murojat qildi
-Hech qayerga bormaymiz. Damir kelsa o'zi olib boradi
Men uni muomilasiga sovuq javob berib uni mashinadan tushurib yubordim...
Damir uyga kirib Mariyani oldiga bordi. U mehmonxonada boshini ushlagancha yig'lab o'tirgandi. Yonida esa Karina va Lili unga suv ichishini aytib iltimos qilardi...
-Mariya gaplashib olaylik
Mariyani ikki ko'zi Damirga qaratildi
-Dianaga nima bo'ldii
-Tushuntirib beraman. Karina Lili xonadan chiqib ketinglar
Lili va Karina so'zsiz mehmonxonadan chiqib ketishdi
Damir esa Mariyani oldidagi o'rindiqdan joy olib. Barcha bo'lib o'tgan voqealarni unga tushuntirib berdi.
-Demak, bu o'sha Tinani ishi ekanda
Mariyani gapirish ohangi va ko'zlarida nafrat paydo bo'ldi.
-Ha shunday..
-Men tirik ekanman. Endi unga tinchlik yo'q
-Mariya siz bularni o'ylamang. Siz hozir Dadamni oldida bo'lishingiz kerak..
Diana bu yerda, uyda yashashga qo'rqyabman. Men uni biroz tinchlantirib olib kelaman
-Qauega ketyabsizlar
-Bilmadim. Aylanishga borarmiz
-Men ham boraman
-Mariya men hozr sizga nima dedim.
Damir asabiy baqirib yubordi
-Hop
Mariya jim uyda qoldi. Damir esa hech kimga qaramasdna uydan chiqib, Mashinasiga o'tirdi. Qo'riqchilar ham birga borishmoqchi edi. Damir ularni to'xtatti.
****
Tamerlan bugungi bo'ladigan ishlarni ichida taxmin qilib sezardi. Shu sababdan bugun u yoniga 2ta qo'riqchi va ulardan tashqari yana 2ta qo'riqchi sezdirmasdan kizatishi uchun yolladi. Chunki u bu o'yinlardan hech nima bo'lmagandek, osson chiqib ketishni ilojisi yo'qligini aniq bilardi... shu sababdan indinga airaportga eson omon yetib borishi uchun shu yo'lni tanladi...
U ish yuzasidan offisga ketardi, yo'llar esa bu paytga qarab tirbant.. Tamerlan asabiylasha boshladi, yonidagi qo'riqchilarg
-Tezroq haydasanglarchi mashinani
Deb o'shqirib yubordi. U uchun, go'yoki ular atay qilgandek sekin haydashardi.. qo'riqchilar esa uni tushundimi yoki qo'rqdimi. Hech nima demasdan jim o'tirishni ma'qul ko'rishdi...
Tamerlan asabiy zerikganidan oynaga boshini qo'yib yo'ldagi mashinalar va odamlarni tomosha qila boshladi... keyin esa, ularni yoniga tengma teng kelib turgan. U uchun juda Tanish mashinani ko'rdi. U bu mashinani ko'rmaganiga 5 yildan oshmoqda... Tamerlan eibor berib qaradi, u mashina oldingidek 4ta oynasi qoraytirilgan emas balki oddiy edi.. ichida esa u uchun judayam tanish va sog'inga chehralar mavjud... Tamerlan ko'zlarini uzmas ularga qaradi. Suyuklisi va Eng yaqin do'sti. Birga kulishib gaplashib o'tirardi. Qiz ora sira mashina ichida qo'llarini ko'tarib telbanamo raqsgayam tushib qo'yardi......
🌿#Sen_va_men🌿

Tamerlan ularni ko'rib hayratta, darrov qo'riqchilarga


-Manashu mashinani orqasidan haydalaring. Deb aytti
-ho'p bo'ladi janob
Ular Tamerlan aytganidek Damirni orqasidan izma iz borishardi. Damir katta savdo markazi oldida to'xtadi. Mashinadan Diana ikkalasi kulib tushishdi. Aslida Damir Dianani kayfiyatini ko'tarish uchun shu yerga olib kelgandi...
Tamerlan mashinadan tushib ularni orqasidan bordi. U bilan birga 4ta qo'riqchisiyam tengma teng Tamerlanni 4ta tarafidan o'rab ketishardi..
Damir Dianani o'rindiqlardan biriga o'tirg'izib o'zi muzqaymoq olib kelish uchun ketti..
Tamerlan darrov Dianani oldiga bordi, Diana uni yoniga kelgan kimsani harat ila kuzatardi. Chunki uni eslolmasdida
-Salom
Diana uni ovozini eshtib darrov Tamerlanga qaradi...
-Yaxshimisan
Tamerlan hasta ovozda gapirdi
Diana uni ovozini eshtib shok holatida edi, Tamerlanni har bir gapi uni qulog'i kstida bong urardi. Damir muzqaymoqlarni olib qaytayotgandi. Diana o'tirga o'rindiq atrofini 4ta qop qora kiyim kiyan qo'riqchilar o'rab olganini ko'rdi. Qo'lidagi olgan muzqaymoqlarini yerga tashlab yubordi. Yugurib ularni oldiga keldi. Qo'riqchilar turgan joyidan siljishmadi, Damir ularga "qochlaring yo'limdan" deb o'shqirib yubordi
Tamerlan Damirni kelganini ko'rib qo'riqchilarga yaxshi degandek ko'zini yumib qo'ydi
Damir Tamerlanga e'tibor bermasdan. Toshdek hissiz qotib qolgan qizga yuzlandi
-Diana yaxshimisan, nima bo'ldi senga.
Damir Dianani turtib gapirardi. Lekin Dianadi hech bir harakat kuzatilmasdi. Oxiri Bu yigitni ya'ni Tamerlanni tushidagi sirli yigit. Ovoz aohibi ekanligininangladi. Anglagan zahoti boshida kuchli og'riq turib hushini yo'qotti. Damir uni ushlab qoldi.. Darrov ko'tarib mashinasiga olib bordi. Orqa o'rindig'iga joylashtirib o'zi mashinani haydashga chog'langanida Tamerlan kelib Dianani yoniga o'tirdi. Damir unga etibor bermasdan mashinani harakatga keltirdi..
Tamerlan Dianani boshini tizzasiga qo'yib unga gapirardi
-Diana, nima bo'ldi. Ko'zlaringni och. Iltimos, meni qo'rqotma
Damir Tamerlanga qarab qo'yib gapirdi
-U hushidan ketti
-Bilib turibman, nega bunday bo'ladi... Tamerlan asabiy hamda havotir ila gapirdi
-U xotirasini yo'qotgan. Biz bugun kelgandik. Oila azolarini va seni ko'rib qattiq asabiylashish va stress holatidan hushidan ketgan
-Nega axiir
-U barcgasini eslashga harakat qilyabdi
-Tushunarli. Mashinani tezroq hayda
Tamerlan Dianaga achinib u uchun jon kuydirardi. Ularni orqasidan 2ta mashinada qo'riqchilar kuzatib kelishardi. Shifoxonaga yetib kelishi bilan Tamerlan o'zi Dianani ko'tarib ichkariga olib kirdi. Damir esa Shifokorlarni chaqirib shifoxonani boshiga kiydi...
-Doktooor, kim boor
-Sekinroq bu uerda og'ir bemorlar bor
Bitta hamshira qiz chiqib mensimagandek ensasini qotirib gapirdi. Damir unga o'zini bpsishga harakat qilib javob berdi
-tez shifokorlarni chaqir
-Ular hozir aperatsiyada 2 soatlarga bo'shaydi
Qiz ensasini qotirib ichkariga kirib ketayotgandi Damir uni oldiga bordida. Uni devorga tirab
-Agar, hozir shifokorlarni olib kelmasang, bundan keyin seni hech kim topolmaydi qizaloq.
Keyin shifokorlaringga aytib qo'y shu qizga biron nima qilsa, birontang bu shifoxonadan tirik chiqmaysanlar.
Damir vajohat bilan gapirib hamshirani qo'yib yubordi. Hamshira qizni dami ichiga tushib, oyog'i kuygan tovuqdek butun shifoxonadan doktrlarni yig'ib keldi. Shifokorlar Dianani zambilga solib tekshirish xonasiga kirib ketishdi.....
🌿#Sen_va_men🌿

Tamelan, nimalar bo'layotganini bilmasdan, hayron devorga suyanib o'tirib qoldi. Bugungi, ayni vaqttagi sodir bo'lgan voqealarni miyyasida tahlil qilardi Damir asabiy uyoqdan buyoqqa borib kelardi. Oxiri bu skunatni Tamerlanni bir nuqtaga qaragancha, bergan savoli buzdi...


-Unga nima qilgan?
Damirga yuzlandi
Damir ham chuqur uh tortib u tenggi o'tirdi..
-U hotirasini yo'qotgan,
-Qanaqasiga Tmaerlan bo'g'iq va hasta ovozda Damirga qarab savol berardi
-Seni suyukli rafiqang, 5 yil oldin Dianani mashinasida urib o'zi qochib ketti..
-Nimaa..
Tamerlan hayratta, chunki Tinani qo'lidan bunday ishlar keladi deb o'ylamagandi
-Ha shunday, men ularni kuzatib borgandim. Keyin Dianani qonga belanib yotgan tanasini ko'rdim darrov shifoxonaga olib bordim. Uni boshi qattiq lat yegani uchun, hotirasini yo'qotti. Shifokorlar esa unga hech nimani eslatmaganingiz ma'qul, bo'lmasa ahvoli og'irlashadi dedi. Men nima qilishni bilmay, Uni o'ldiga chiqardim. O'zim esa 2haftadan keyin uni olib Italiyaga kettim
Damir Tamerlanga barini ro'y rost so'zlab berardi. Tamerlanni ko'zlari qonga to'lib qo'llari musht qilib tuguldi.. Va bir zumda shifoxonani tark etti..
Tamerlan chiqishi bilan uni qo'riqchilar poylab turgandi. Ular bilan mashinasiga borib o'tirdi.. o'zi ulardan qochayotgan mahalda. Endi ularni oldiga o'z oyoqlari bilan bormoqchi...
Damir Tamerlanni yo'lini to'smadi. U uchun eng muhimi Diana o'ziga kelishi. Oradan ysrm soat o'tgach shifokor chiqdi
-Dianaga kim...
-Men
-Unga kim bo'lasiz
-A..akasiman
-U nega bu ahvolda. Nega uni bunchalar qiynayapsizlar
-nima, tushuntiribroq gapiring
-U hotirasini tiklanishini istayabdi. Diana siz o'ylagandanda ko'proq o'ylaydi aslida. Hozir esa u hushidan ketgan. Hech nimani foydasi bo'lmayaptii..
Shifokor Dianani ahvoliga achinib gapirardi. Balki bu ularni tilida judda achinarli holatdir..
-U qachon o'ziga keladi
Damir shu savolni bergandi, ichkaridan ranglari oqarib, havotirli yugurib kelgan hamshira ularni gapini bo'ldi.
-Doktir, bemorni yo'qotyabmiz tez keling
-Nima
Doktir tezda ichkariga kirob ketti. Damir ham qarab turmasdan. Hamshiralarni gapiga quloq solmasdan Diana yotgan xonaga bordi. Shishavand devorga qo'lini qo'yib baqirardi. Chunki xona ichida. Dianaga ulangan aparatlar bitta chizziq bo'lishga ulgurgandi, bundan tashqari qattiq chiyyilagan ovoz ham chiqarardi.....
Damir shishavand devorni urib ko'zidan yosh chiqardi
-Diana yo'q, yo'q.. qayt meni tashlab ketmaa. Dianaa iltimos meni kechiirrr. Seni bu yerga olib kelmasligim kerak edi... iltimos men nodonni kechir... DIANAAA QAAYTTT
Damir shishavand devorni tinmasdan urardi. Lekin Dianani holati o'zgarmadi. Shifokorlar ultra tok bilan yurakni qaytadan ishlatishga kirishdi. Damir esa shishavand devorga suyanib o'tirib qoldi.......
🌿#Sen_va_men🌿
30_qism

Tamerlan uyiga keldi. Uyida har doimgidek Tina bor edi. Onasi esa kollejda, haliyam direktor lavozimida ishlaydi.. Tamerlan qo'riqchilarni darvoza tagida qoldirib. O'zi Tinani xonasiga bostirib kirdi.. ammo ko'rgan manzarasidan hayratta edi..


-T..t...tina
Tamerlan eshikdan kirishi bilan bir burchakda quloqlarini bertkitib. Telbanamo kulib o'tirganini ko'rdi. Avvaliga hayron bo'ldi, g'azabdan biroz tushib uni yoniga asta yaqinlashdi. Tinani ko'zlari Tamerlanga qaratildi...
-Nega bu ahvoldasan, onam qayerdalar
-T.t..tamerlannn
Tina endi qaltirab Tamerlanni bag'riga bosdi. Tamerlan uni bu harakatini kutmagani uchun qo'llarini yelkasi baravar ko'rtarib, huddiki Tinadan jirkangamdek ko'rsatti. Tina buni tushunib joyiga qaytib o'tirdi.
-Dariya ketti, seni oldinga ketti. U ayttiki sen meni deb ketib qolyabsan e..ekan sh..shunga meni kaltakladii
Tina qaltirab gapirdi, Tamerlan uni ahvolini ko'rdi. Yuzlari momataloq bo'lib ketgan, labini chekkasi qonab turardi, sochlari esa to'zg'igan.
Tamerlan xonadan chiqib. Kimgadir telefon qildi. U bilan suhbatini yakunlagach, xonaga qaytib kelib Tinani yuziga malham qo'ya boshladi. Tina esa hursand. Tamerlan menga mehr ko'rsatyapti deya.. oradan ko'p vaqt o'tmay Tinani akasi va dadasi kelib olib ketti. Tina qancha qolaman deb qarshilik qilishiga qaramay olib ketti. Tamerlan esa u bilan jilmaygancha xayrlashdi. Tinani uyiga yuborib darrov kasalhonaga yo'l oldi. Uyidan chiqishi bilam qo'rqchilariga ruhsat berib uylariga jo'natti, yakka o'zi kasalxonaga keldi. Damir kutish stulida bosini o'rindiqqa qo'yib horg'in ko'zlarini yumib o'tirardi.
-Nima bo'ldi, Diana yaxshimi do'st
Damir sekin boshini ko'tardi, bo'g'ib va hafta ovozda
-U komaga tushib qoldi
Dedi boshqa hech nimani gapirmadi...
Tamerlan eshitgan gaplarini anglolmasdi.
-Axir, hammasi yaxahi ediku
-Shunday, lekin bu uni tashqi ko'rinishi holos. Ichida vulqon otilsayam jim yuradigan Diana buu
Damir yana boshini o'rindiqqa qo'yib ko'zlarini yumdi...
Tamerlan endi Dianani ko'rish uchun u yotgan xonaga keldi. Shishavand devor bilan o'ralgan xonada. Har xil uskunalar ulab qo'yilgan burnidan kislorod bilan havo yuborib qo'yilgan. Dianani ko'rdi. 3 soat deganda yuzlaridagi nur yo'qolgandi...
-Doktor uni yoniga kirsam bo'ladimi
Shifokor biroz o'ylanib turdi,
-Mayli faqat ko'p qolib ketmang
Deb Tamerlanni Dianani oldiga kiritdi
Tamerlan sekin Diananj oldiga yaqinlashdi.
-Diana, men keldim. Ko'zlaringni och.. seni ilk do'sting Tamerlan keldi.. iltimos ko'zlaringni och... eslaysanmi ikkimiz orzular haqida gaplashganimizda. Meni orzuyim yo'q degandim. Aslida shu paytda paydo bo'lgandi... bilishni istaysanmi... Mening orzuyim seni orzularingni amalga oshirish.... Tamerlan mayus gapirardi. Dianani yuzlari burusha boshladi. Qo'llarini qimirlatti lekin ko'zlarini ochmadi. Tamerlan shu alfozda ko'p gapirdi oxiri xonani tark etti......
🌿#Sen_va_men🌿

Oradan 1 hafta o'tti. Ammo hali hanuz Diana o'zi kelgani yo'q. Faqatgina hammani havotirga qo'yib alahsirardi...


Damir bu orada, dadasini qistovi bilan hamkorlarini qiziga unashtirildi. Lekin u qizni o'zigayam ismigayam qiziqmadi. Diana tuzalgach uylanaman deb oyoq tirab olgan. Qanday qilib dadasini oo'ngliga to'y sig'yapti. Axir o'gay bo'lsada qizi hayot uchun kurashmoqdakuu?
_Ertalab_
Damir va Tamerlan har kungi odatiga sodiq qolgan holda ikkalasi ham Dianani oldida. Damir Stulda o'tirib Stolga boshini qo'yib uhlab yotardi. Tamerlan esa Dianani oldida qo'llarini ushlab uxlab yotardi... Diana yuzlari burushib boshida og'riqlar bilan ko'zini ochdi... oldida o'zi uchun qadrli bo'lgan insonlari Tamerlan va damirni ko'rib quvondi. Lekin nega kasalxonadaman deb o'ylardi. Chanqaganini his qilib o'rnidan turayotgan edi. Tamerlan uyg'onib ketti..
-D..diana qachon uyg'onding
Tamerlan hayratlangani uchun uyqusi ham tarqab ketti
-jiming hozirgina uyg'ondim. Damirni uyg'otib yuborasiz.
Tamerkan Dianani oldiga keldi. Diana endi turib suv ichish uchun chiqmoqchi edi. Ammo ochlik va holsizligi uchun yerga yiqilishiga ozgina qoldi. Uni tezlik bilan Tamerlan ushlab oldi
-Sekin kel o'tir,
-Hop, s...suuvv
-Yaxshi o'zim olib kelaman sen shu yerda o'tirgin
Diana holsiz joyiga qayta o'tirdi. Tamerlan chiqib ketishi bilan Damir uyg'onib ketti. Dianani o'ziga kelganini ko'rib quvondi
-Diana, qachon o'zingga kelding. Yaxahimisan
-Ha yaxshiman, ammo bu yerda nima qilyabman
-Sen hushingdan ketting
-Menga nima bo'ldi o'zi. Oyim va Dadam qayerdalar ularni judayam sog'indim
Damir hayron axir Diana, oyim va dadam deyabdiku
-Diana hammasini esladingmi
-Tushunmadim nimani eslashim kerak. Damir tezroq uyga ketaylik uydagilarni sog'indim
Diana mo'ltirab yoshboladek ko'zlarini pirpiratib gapirdi
-Hop. Men hozir shifokorlar bilan gaplashib kelaman
Tamerlan suv va qahvalar bilan eshikdan kirib keldi
-Dunyo go'zali uchun suv. Malikam
-Ee Tamerlan qo'ysangizchii, bu hazillaringizni
Diana kulb yubordi.
-Diana hotirang qayttimi
-Mmm. Sizni eslayabmanmi demak qaytgandir.
Diana kulb qo'ydi...
Tamerlan damir va Diana hammasi shifoxonadan chiqishdi. Shifokorlar Dianani tekshirib xotirasi butunlayga tiklanganligini aytti. Hamma hursand.. faqatgina Damirdan tashqari...
Tamerlan ulardan ajralib o'z uyiga yo'l oldi. Damir va Diana ham o'z uylariga ketishardi...
-Diana
-Labbay
-Men uylanyabman
Damir aokin va g'amgin gapirardi
-Yaxshiku mengayam kelinoyi kelarkanda..
Diana quvnoq kayfiyatta javob berdi.. ammo Damirni yuragidan nimadir uzulgandek bo'ldi. Uyga kelguncha jim ketishdi...
****
Tamerlan uyiga keldi. Onasi homur o'tirardi. O'tmishda qilgan ishlari uchun afsuslanardi. Tina esa uyiga ketgan, akasi va dadasi uni hech vaqosiz xonasiga qamab qo'ygan...
-Dunyo go'zali Dariga xonimga Salomlar
Tamerlan quvnoq kayfiyatta keldi. Onasiga bu so'zlarni aytmaganiga ham 5 yildan oshardi. Va nihoyat bugun shu so'zlarni aytyabdi. Bu so'zlardan keyin Dariyani chehrasi yorishdi
-Kel Tamik
-Onajonim bugun judayam baxtlimankii
-Nima munosabat bilan shaxzodamm
-Bugun Diana o'ziga keldi
Tamerlan olam olam quvonch bipan jo'shib gapirdi....
Dariya esa hali Diana tirikligi haqida xabar topmagandi. Ustidan birov muzdek suv quygandek bo'ldi.......
🌿#Sen_va_men🌿

Tamerlan va Dariya viroz xush kayfiyatta gaplashib o'tirishdi. Endi dariya Tina haqida og'iz ochmasdi. Chunki o'g'lini 5 yildan buyon birinchi bora yuzidan nur yog'ilib kulib gapirganini ko'raypdi. Ona uchun bu kunlar orzugayam aylangandi...


Diana va Damir uyuga krishdi, ularni hamma xush kayfiyatta kutib olishdi.. Karina ham avvalgidan yaxshi, Dianani yaxsgi qabul qilar. Mariyani esa onam derdi. Ularning baxtli oilasi va kunlari endi boshlangandi...
-O'g'lim bugun do'stimni qizi bilan uchrashuvga chiqasan
-Dadaa. Balki kerakmasdiir
Damir dadasiga norozi gapirib iltijoli qarardi. Dadasi ovqatlanish baroborida.
-Gapim gap. Men tirikligimda baxtlaringni ko'rayda senlarni. Yaqin kunlarda 2ta singlingniyam erga beramiz
Andrey Ivanov ikki qizga ko'z tashlab gapirdi. Ikki qiz ham yeyotgan narsasiga tiqilib qolishdi. Ikkalasi ham birvarakayiga
-Dadaaaa deya norozi boqdi..
-Damorga aytgan o'sha gapim. Sizlarni baxtingiz biz uchun muhim... yoqimli ishtaxa meni ishlarim bor
Andrey Ivanov hech kimga qaramasdan xonasiga chiqib ketti. Balki bu gaplarni aytish o'zigayam qiyindir...
Mariya ham Andrey Ivanovni orqasidan chiqib ketti
Damir va Qizlar homush o'tirardi..
Damirni hayolida Diana
Karinanikida esa kimdir
Diananikida Tamerlan
Dianani xabari yo'qdaa, Tamerlan uylanganidan, balki eshitganida uni o'ylamasmidi. Balkii...
-Qizlar bugunga rejalar qanday
-Meni muhum uchrashuvim bor
Karina turish barobariga gapirdiyu oshxonani tark etti.
Endi navbat Dianaga, u qanday bahona topishni bilmasdi. Chunki aniq Damor qayergadir olib bormoqchi. Buni ichidan tacmin qilib jim o'tirdi. Damirni nigohlari qizga qaratildi
-Senchi, seni rejalaring yo'qmi?
-M..men h..haa..ligii
Diana hech bir gap topolmadi
-Hop, uyda qolishingni angladim, mayli keyingi safar
Damir og'zini salfetkada arttida bitta ko'zini qisb qoydi. Va u ham oshxonani tark etti...
Diana oshxonada bitta o'zi hayollar og'ushida qolaverdi. Oxiri u ham xonasiga chiqdi...
****
Damirni telefoniga, uchrashuv joyi va qizni surati kelib tushdi. U hech nimaga e'tibor bermasdan. Uzoqlarga shahardan tashqariga qarab ketardi.. chunki hozir u kimnidir yonida bo'lsa, u insomga zarar berishini bilardi va hammadan uzoqlarga ketishni tanladi.. Aslida Diana bilan ketmoqchi edi. Ammo Dianani holatini ko'rib, tushundiki u istamaydi..
Tamerlan uyida yana o'sha tinch totuv hayotida yashamoqda...
Yo'lda ketayotib,telefonini oldida Karinaga qo'ng'iroq qildi va go'shakni Dianaga berishini so'radi. Karina kelib Dianaga telefonni berdi
-Kim u
-Menman Diana
-Siiz
-Ha men. Sen bilan gaplashib olmoqchiman, ko'rishsak degandim
-mmayli
-Unda 10 daqiqada uying oldida bo'laman
Dianani javobini eshitmasdan qo'ng'iroq yakunlandi.....





🌿#Sen_va_men🌿


31_qism

Tamerlan aytganidek 10 daqiqada keldi. Diana uni oldiga chiqdi. Tamerlan bu gal har doimgidek sap sariq mashinasida huddi avvalgidek ko'rkam ko'rinishda turardi..


-Salom
-Salom
-Qanaqa gapingiz bor edi
-Yur biror joyga borib gaplashib olamiz
-yo'q vaqtim kam edi. Gapiring tez
-Diana, men seni o'lgan deb o'ylagandim. Va oyimni qistovi bilan Tinaga uylanganman
Tamerlan afsus bilan gapirdi. Diana esa eshitgan gapidan birozgina hayratlandi. Chunki u qisman shunday bo'lishini bilardi. Dianani yuz tuzilishida o'zgarish sezmagan Tamerlan yana gapida davom etti
-Ishon, men senga umuman hiyonat qilmadim. Tinani xotinim o'rnida ko'rmaganman. Sen kelishing bilan uni uydan haydab yubordim..
-U sizni rafiqangiz, butkul begona insonlar uchun uni haydadingizmi
Diana kuldi ammo juda juda soxta edi..
-Diana a..axir men seni sevamanku
-Sevgan odam sevgilisi o'lsa u bilan birga qabrga ko'miladi. Sizha o'xshab uylanib olmaydi. Xayr
Diana jaxl aralash gapirib uyiga kirrib ketti. Tamerlan mashinasini balonini tepip, mashinasiga o'tirdida qayergadir ketti
Diana xonasiga kirib 5 yil oldingi voqealar va ikki yigit aytgan gaplarni o'ylardi..
Ya'ni Damir va Tamerlanni sevgi izhor qilganlarini. Ikkisi ham yaqini, ammo qaysi birini tanlashni bilmayapti yana bir tarafdan. Damir uylanyapti Tamerlan esa uylanib bo'lgan.. u ikki o't orasida qolgandek edi. Nima qilishni bilmasdi. Oxiri Tamerlanni hayotidan chiqarib tashlash va Damirni aka sifatida qabul qilishni o'yladi. Tamerlanga nisbatan tuygan hislari butkul yo'q bo'lib bormoqda edi...
Damir kechga yaqin uyiga qaytti, dadasini esa fig'onni falakka chiqqan. O'g'li aytgan qizi bilan uchrashuvga chiqmagan. Qiz kutib kutib qaytib kelgan... Damir eshik oldiga kelib o'ziga o'zi
"Tayyorlan Damir afandi, endi boshingda kaltak sinadi" deya uh tortib og'ir qadamlar bilan uyiga kirdi. Huddi o'ylaganidek Andrey Ivanov asabiy uni kutardi...
-Salom dada
Damir iloji boricha kulib dadasini yumshatishga harakat qilid. Ammo bu harakatlari befoyda
-Sen bola, nega bugun uchrashuvga chiqmading
-Dadaa qo'ysangizchi. Uylanmaymann
Damir asabiylashib xonasiga chiqib ketti...
Tamerlan yana eski hayotiga klub va barlarga qaytti. Axir u Dianani chin dildan sevib qolgan. Lekin onasini qistovi bilan Tinaga uylangandi... Ammo baxtidan ayrilyapti...
Oradan kunlar o'tti Diana va Damirni axvoli bir xil. Kun bo'yi g'amgin va homush yurardi.. shu kunlarning virida nonsuhta payti. Andrey Ivanov gap boshladi
-Bolalar sizlarga yana yangiligim bor
-Qanaqa
Uchalasi ham qiziqib savol berishdi
-Yaqinda Singlingiz Dianani to'yi. Aytganimdek bu yili hammangizni uylantirib turmushga berman
Diana eshitgan gapidan shokda. Ota onasi undan so'ramasdan kimgadir turmushga bermoqchi. Damir bu gapdan keyin darrov dadasiga yuzlandi
-Kimdan ruhsat so'rab kimga turmishga bermoqchisizz.....
🌿#Sen_va_men🌿

Damir sal kam asabiy baqirib yubordi. Diana va boshqalarni ko'zi Damirda


-o'g'lim, ishomaver yaxshi bola eski qadrdonim Yevgeninni o'g'li sen qatori, judayam yaxshi yigit.
-Diana bunga nima deydi
Damir g'azab to'la o'tkir nigohlarini Dianaga qadadi. Diana Dadasi va Damirni nigihlaridan qo'rquv va hayratta hech nima demadi
-Qizim sen nima deysan
Mariya gapga aralashib Dianani qo'llaridan tutdi
-Sizlar nima desangiz shu. Men xonamda bo'laman yoqimli ishtaxa. Diana yugurib xonasiga chiqib ketti. Damir asabiylashib ketardi
-Havotir olma Damir. Uni to'yi senikidan oldin bo'ladi
Deya Andrey Ivanov gaplariga qistirib qo'ydi. Damir endi battar asabiylashib, tutoqib ketti, o'zini zo'rg'a bosib,
-Sizlarga yoqimli ishtaxa
Deya u ham tepaga chiqib ketti.
Damir to'g'ri Dianani xonasiga bostirib kirdi. Diana yuvunish xomasiga qulflanib, suvni yoqib qo'ygancha yig'lardi. Damir suvni ovozlarini eshitib yuvunish xonasiga bordi
-Diana eshikni och gaplashib olaylik.
Damir o'zini bosib eshikni taqqilatti. Dianadan sas samar yo'q
-Diana senga aytyabman
Yana hech qandya javob yo'q
-o'zing shunday qilishimni istayabsan. 3gacha sanayman ochmasnag o'zingdan ko'r.
Dianadan hech qanday ovoz kelmadi
Damir 1 2 deb sanaganini biladi. Eshik ochilib Diana Damirni bag'riga otildi. U faqatgina hiqqilab yig'lardi
-Diana nega yig'layabsan
-M..men t..t..turmushga.. chiqishni istamayman Damiiirr
Diana yuzini Damirni koksiga yashirib yig'lab shu gaplarni aytti...
-Ho'p, munchog'im yig'lamagin. Seni hech kimga bermayman Diana. Faqat sen yig'lama. Bu yerlardan yana avvalgi hayotimizga qaytamiz hop
-hol, faqat siz va'da bering
Damir va'da berishga kelganida biroz ikkilanib
-Hop senga vada beraman, bu yerdan ketamiz
Deb qo'ydi... Damir Dianani biroz tinchlantirdi.
-Diana
-Labbay
-Bilaman, bunday deyishim noto'g'ri. Ayni vaqtta aytishimni ham mavridi emas. Ammo aytmasam keyin kech bo'lishi mumkun
-Mayli, bemalol aytavering..
-Haligi.. men seni sevaman
Damir hijolat yerdan ko'zini uzub Dianani ko'zlariga qaradi. Dianani yuzlari qizarishga ulgurgan. Lekin unda boshqa reaksiya yo'q jim turardi
-Damir. Axir meni turmushba berishyapti. Buni ustiga siz meni akamsiz
Damirga, Dianani Akamsiz degan gaplari juda og'ir botti. Chuni shu 5 yil davomida Diana biron martayam Damirni aka yoki akam deb bilmagandi..
Yuragiga qanchalar og'ir botsada, ichidagi gaplarni aytti.
-Bilaman, ammo men seni akang emasman va seni hech qachon singil sifatida qabul qilmayman. Men seni o'gay akang bo'lishim mumkun ammo.sen meni hech qamday singlim emassan. Agar menga imkon bersang, ota onamiz bilan gaplashaman
Diana o'ylanib qoldi. U jim edi
-D.damiir. men ota onamizga qarshi chiqolmayman. Uzur, menga ularni qarori muhim.
Diana keskin ravishta Damirni rad etti. Ammo uni yuragi Damirni sevib qolishga ulgurgandi... Lekin Diana hech birini tan olgisi kelmasdi...
Damir jim xonadan chiqb kettii....

🌿#Sen_va_men🌿


Oradan kunlar o'tmoqda. Diana bo'ladigan to'yga rozi. Ammo o'zi istamayabdi.. yigit bilan uchrashuvga ham chiqmadi.. chunki uni turmishga chiqish sharti shunday edi.. Kelin ko'ylak tanlagani Kuyov hormaydiga bo'ldi ya'ni ishlari chiqib qoldi. Unga ham Diana va Karina birgalikda borib kelinko'ylak tanlashdi. Dianaga kelin ko'ylak muhim emasdi. U uchun to'y faqatgina 1 kunda o'tib ketadigan narsa edi. Kelinko'ylakni eng sarasi va chiroylisidan. Karina unga tanlab berdi. Diana huddi malikalardek go'zal kelin bo'ldi.. tanlab bo'lgandan keyin. Karina bilan birgalikda taklifnoma tanlashga borishdi.. uni ham Karinani o'zi tanladi. Diana uchun bularni birontasiya qiziq emasdi... Diana va Karinaga taklifnoma uchun kuyovni ismini so'rashganida ikkisi ham jim. Nima deyishni bilmasdan qolishdi. Chunki Diana yigitga qiziqmagam isminiyam so'ramagandi. Ular ertaga haydovchini yuborib aytib yubpramiz deya uyalib ketib qolishdi...


Tamerlan har doimgi hayorida kayfu safo bilan kunlari o'tardi. Dianani turmushga chiqayotganini eshtib. Barchasini yig'ishtirdi. U yana avvalgi aytganidek, barchasini yig'ishtirib Italiyaga ketishni rejalashtira boshaldi....
Mana bugun Dianani nikox oqshomi....
Shuncha payttan buyon Dianani ham Damirni ham kayfiyati yo'q g'amgin yurishardi. Hattoki nikox oqshomi haqida qiziqishmadiyam. Ikkalasini kayfiyatlari xomush g'am gussaga cho'kkan odamlar edi...
To'y kuni Diana huddi malikalardek chiroyli bo'ldi. Salonchilar bilan urshib yuziga hech nima surgizmadi. Lekin Karina kelib Dianani yo'q deyishiga qaramasdan uni Dunyo go'zaliga aylantieib qo'ydi. Diana kelin ko'ylagini kiydi. Juda nafus va shampan rangli ya'ni oq ham esmas judayam sariq ham emas bo'lgan tilla rangga o'xshash nafis ko'ylak kiydi.. Dadasini aytishiga qaraganda. Ular tarafni urf odatlariga ko'ra. Qizni yakka o'zi to'yxonaga kelar ekan. Diana asabiylashib to'y bo'ladigan joyga keldi.. uni kuyovni do'stlari bir qator bo'lib kutib olishdi. Diana bittasiga ham qaramasdan ichkariga kirib bordi.. to'yxona juda chiroyli bezTilgan mehmonlar bilan to'lgandi. Eng qizig'i Bugun Dianada umuman hayajon yo'q edi. U yoshligidan, sevgan insonim bilan to'yim bo'lsa hayajondan hushimdan ketib qolsam kerak deb o'ylardi. Ammo unday bo'lgani yo'q, na sevgan insoni na hayajon bor edi unda, ichkariga kirishi bilam 3 marta tazim qildiyu yerga qarab, davra markaziga bordi. Yonida har doimgidek Karina u bilan birga borardi... Diana hech qayerga qaramasdan yerdan ko'zini uzmasdi. Bir oay Karina gapirdi
-Diana yerga emas to'g'riga qarab yursangchi
Diana shunda ham yerdan ko'zini uzmadi. Ammo u juda katta hato qilayorgandi......
🌿#Sen_va_men🌿

Oxiri davra markaziga yetganda. Kimningdir oyoq kiuimiga ko'zi tushdi va joyida taqqa to'xtadi. Lekin shumdayam u insonni yuziga qaramasdi...


-Balki endi yuzimga qararsiz, Oyparcha
Yigit unga kulib, qo'llarida 100 ta Diana sevga siyohrang atirgullar bilan turardi..
Diana uni ovozinì tanib darrov unga qaradi. Qarshisidagi insonni ko'rib judayam hayratta, bir tarafdan yeru kokka sig'masdan quvonardi...
-Bu gullar sizga malikam. Endi men bilan biz uchun ajratilgan joyga borib o'tirarsiz
Ha bu hamma taxmin qilganidek Damir edi.. u judayam baxtli va bugun kuni bo'yi yuzidan kulgi arimadi...
Diana sekin Damirdan gullarni oldi
-Nega oldinroq aytmadingizz
Ular o'rindiqqa yetib kelgach Diana qoshlari chimirilib Damirga savol berardi
-Malikam. Men ham bugun eshittim balki bir qoshiq qonimdan kecharsiz
Ikkisi ham birvarakayiga kulib yuborishdi. Chunki ikki telba oshig'imiz ham, g'am g'ussaga cho'kib hattoki kuyovni isminiyam so'rashmagandi. Ularni ko'zlari Mariya va Andrey Ivanovga qadaldi. Ota onasi bram baxt edilar. Diana ulardan ko'zini uzmasdan
-Bu ularni ishi
-Ha, men ham shunday taxmin qildim.
Ular shu joyda o'tirib hammani kuzatishardi. Gohida ikkisi nimanidir ustida talashib urshib qolishar. Asosan topgan sabablari faqatgina "rashk" tufayli bo'lardi. Diana hammani kuzatar ekan. Ularni hammadan ajralib bir chekkada, ko'zida yosh bilan kuzatib turgan Tamerlanni ko'rdi. Lekin uni ko'rmaganlikka olib boshqa tarafga qarab o'tirib oldi...
Bugun Damir va Diana uchun unutilmas kun bo'ldi. Chunki kutilmagan holatta ikkisi turmush qurishdi. Yana bir birlaridan bexabar.... Ular to'yxonadan chiqib to'g'ri mehmonxomaga, o'zlari uchun ajratilgan xonaga borishdi......
Tamerlan to'yni ertasi kuniyoq Italiyaga jo'nadi. Hamma narsasini omasiga tashlab bu yerlarga qaytmas bo'lib ketti...
Tina esa. Tamerlan haydab yuborgandan keyin, rosmanasiga telbaga aylandi... Akasi uni ruhiy kasallar shifoxonasiga joylashtirdi. Tina har kuni Tamerlan ketma ketma deya uxlab yana shu so'zlar bilan uyg'onardi. Dariya uni ko'rgani keldi...
-uni oldiga kirsam bo'ladimi
-yo'q, bu sizning hayotingiz uchun xavfli. Bemor insonlarga tajavus qilishi mumkun
-hop
Dariya shishavand devor ortidan. O'zi yaratgan, Tinaga boqdi. Uni sochlari to'zg'igan. Ko'zlarini tagi qorayib huddi o'lik misoli edi.. yana yetmaganiga sochlarini bittalab yulib nimalarnidir aytib o'tirardi.
Dariya uni ko'rib judayam achindi. Lekin hech nima qilolmasdi. Darhol u yerni tark etti. Haqiqatdan ham Tinani ahvoli judda achimarli edi..
Oradan yillar o'tti....
-Damiir bo'laqoling, Leoni bog'chadan olib airaportga borishimiz kerak
-Hop. Hop oyparcham ketyabman. Narsalaring tayyormi
-Albatta. Tezroq yuring kech qolamiz
Damir va Diana shoshgancha 5 yashar og'li Leoni bog'chadan olib. Airaportga yo'l olishdi.
Tasodifni qarangki airaportta ulardan tashqari. Ular ikkisigayam tanish bo'lgan insonlar, va bir juftlik bor edi.
-yaxshimisan Damir
-Yaxshi o'zingchi. Buncha ko'rinmay ketting do'st
Damir va Tamerlan quyuqqina salomlashishdi. Tamerlanni ikki ko'zi 5 yashar Leoni ko'tarib turgan Dianada edi, ikkisi ham
-Salom. Quriqqina salom deyish bilan cheklandi
Tamerlan va Kamilla turmish qurishgan. Va ularni qo'llarida 3yashar qizaloq va jajjigina 6 oylik chaqalog'i bor edi
-Kamilla seni ko'radigan kun ham bor ekanku.
Damir Kamillaga gaprdi. Dianani ikki ko'zi Dmaorda. Agar oldida odamlar bo'lmaganida aniq Damirni bo'g'ib o'ldirardi..
Tamerlan va Kamilla Maskvadan endi Italiyaga qaytishgandi... Damir va Diana esa endi Maskvaga ketishmoqchi edi...
Ular xaurlashib o'z manzillari tomon ajralishdi.. Damir esa Dianani qarashlaridan, Maskvaga borganda uni nimalar kutyotganidan, og'ir yutunib qo'ydi......

......T.A.M.O.M......


Hikoyam o'z nihoyasiga yetti. Qisqa muddat ichida sizlarga yuragingizdan joy olishga ulgurgan hikoyani taqdim qildim. Kimlargadir yoqqandir yana kimlargadir manzur bo'lmagandir... Hikoya haqida fikr va Reaksiyalarni kutaman.
Sizlar bilam qadrli yozuvchingiz #Muallif_Dindin bo'ldi. Yana yangi hikoyalarda ko'rishguncha deb qolaman.....♡
E'tiboringiz uchun hammaga rahmat.!!!
Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish