Mavzu: Rassiya davlatining aholi statistikasi
REJA: 1. Rassiya davlati haqida umumiy ma’lumotlar. 2.Rassiya davlatining aholi statistikasi. Rossiya (ruscha: Россия), Rossiya Federatsiyasi (ruscha: Российская Федерация) — Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. Rossiya hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika okeani), Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shim. Muz okeani), Bering, Oxota, Yapon dengizlari (Tinch okean), shuningdek, hech bir okeanga tutashmagan Kaspiy dengizi bilan oʻralgan. Maydoni 17,1 mln. km². Aholisi 145,3 mln. kishi (2002). Poytaxti – Moskva shahri. Maʼmuriy jihatdan 89 subʼyekt: 21 respublika Adigeya, Boshqirdiston, Buryatiya, Dogʻiston, Ingushiya, Kabarda-Balkariya, Kareliya, Komi, Mariy El, Mordoviya, Oltoy, Saxa (Yakutiya), Tatariston, Tuva, Udmurtiya, Haqasiya, Checheniston, Chuvashiya, Shimoliy Osetiya, Qalmoq, Qorachoy Cherkasiya, 6 oʻlka (Krasnodar, Krasnoyarsk, Oltoy, Primorye, Stavropol, Xabarovsk), 49 viloyat (Amur, Arxangelsk, Astraxon, Belgorod, Bryansk, Vladimir, Volgograd, Vologda, Voronej, Ivanovo, Irkutsk, Kaliningrad, Kaluga, Kamchatka, Kemerovo, Kirov, Kostroma, Kurgan, Kursk, Leningrad, Lipetsk, Magadan, Moskva, Murmansk, Nijniy Novgorod, Novgorod, Novosibirsk, Omsk, Orenburg, Oryol, Penza, Perm, Pskov, Rostov, Ryazan, Samara, Saratov, Saxalin, Sverdlovsk, Smolensk, Tambov, Tver, Tomsk, Tula, Tyumen, Ulyanovsk, Chelyabinsk, Chita, Yaroslavl), 2 federal shahar (Moskva, Sankt-Peterburg), 1 muxtor viloyat (Yahudiylar), 10 muxtor okrug [Aga Buryatlari, KomiPermyaklar, Koryaklar, Nenetslar, Taymir (Dolgan Nenets), Ust Ordinskiy Buryatlari, XantiMansi, Chukotka, Evenklar, YamalNenets]ga boʻlinadi. Rossiyada 1091 shahar, 1922 shaharcha bor. 2000-yil Markaziy, Shimoliy-Gʻarbiy, Janubiy Volga boʻyi, Ural, Sibir, Uzoq Sharq, federal okruglari tashkil etildi. Davlat tili – rus tili; Rossiya tarkibidagi milliy respublikalarda tub joy aholisining tili ham shu respublikaning davlat tili hisoblanadi. Rossiya aholisining 73% shaharlarda yashaydi. Din, dorlarning aksariyati xristianlar (asosan, pravoslavlar), qolganlari – musulmonlar, yahudolar, buddaviylar va boshqa Yirik shaharlari: Moskva, SanktPeterburg, Nijniy Novgorod, Novosibirsk, Samara, Yekaterinburg va boshqa Aholisi Rossiyada 100 dan ortiq millat va elat yashaydi. Rossiyaning asosiy aholisi – ruslar jami aholining 81,5% ni tashkil etadi. Ukrainaga yondosh viloyatlarda, Tyumen viloyati, Moskva, Shim. Kavkaz, Ural va Sibir janubida ukrainlar, Kaliningrad viloyati, Moskva va Moskva viloyati, Sankt-Peterburg va Kareliyada beloruslar, Krasnoyarsk oʻlkasi, Moskva va Sankt-Peterburgda litvalar va latishlar (shuningdek, Omsk viloyatida latishlar, Kaliningrad viloyatida litvalar), Omsk, Novosibirsk, Orenburg viloyatlari, Krasnoyarsk va Oltoy oʻlkalarida olmonlar, Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Samara, Nijniy Novgorod, Chelyabinsk, Rostov, Saratov, Novosibirsk shaharlarida yahudiylar, Rostov viloyati va Krasnodar oʻlkasida moldovanlar, Stavropol va Krasnodar oʻlkasida yunonlar, Krasnodar va Stavropol oʻlkalarida va Rostov viloyatida armanlar ham yashaydi. Shuningdek, ozarbayjonlar, uzbeklar (1994-yilda 58 ming), gurjlar, qozoqlar va boshqa yashaydi. Rossiyaning Yevropa qismi shimoida karellar, vepslar, ijorlar, saamlar (loparlar), komi va komipermyaklar, Oʻrta Volga boʻyida mari, udmurt va mordvalar, Volgaboʻyining boshqa joylari va Jan. Uralda turkiy tillarda soʻzlashuvchi chuvashlar, boshqirdlar, tatarlar, shuningdek, kalmoklar yashaydi. Osetin, qorachoy, bolqor, qoʻmiq, noʻgʻaylar Shim. Kavkazning tub joy aholisidir. Sibir va Uzoq Sharqda turkiy gillarga mansub saxalar, oltoy, shor, haqas va tuvalar, mongol tilida soʻzlashuvchi buryatlar, shuningdek, xanti va mansilar, nenets, chukcha va eskimoslar istiqomat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |