«Yaxshi niyat yarim davlat» deyishganlari shu ekanda. Boriga shukr, yo’g’iga sabr qilib yashashimiz kerak doimo.
Shunday haqiqatlr bor, ularni yillar o’tib anglaysan kishi. Shunday rishtalar borki, yillar to’zoniga taslim bo’lmaydi. Muhabbatga esa vaqt ham hukmini o’tkaza olmaydi.
O’CHIRILMAGAN RAQAM
Unga 5 yil o’tgach qo’ng’iroq qildim. G’alati: hamon raqami o’sha – o’sha ekan, xuddi meni kutayotgandek. Ovozini eshitib, tanimga titroq kirdi. Ovozidan baxtli tuyuldi. Atrofida bolalarning chug’ur – chug’uri eshitilardi. Bir so’z aytolmay g’oshakni qo’ydim.
O’shanda, 5 yil avval u meni bir umr sevishini aytgandi. Ich – ichimdan buning rostligini sezsam – da, ishonmaganga oldim. «Hali o’z baxtingni uchratasn», dedim mag’rur va uni tashlab ketdim.
Qo’limda telefonni ushlab hamon titragancha turardim, undan «SMS» kelib qoldi: «Salom! Sizning qo’ng’irog’ingizni besh yil kutdim. Ovozingizni eshitishni juda istagandim, ammo yana qo’rqoqlik qildingiz. Nega qo’rqoqlik qilganingizni bilaman: haliyam sizni sevamanmi, yo’qmi shuni bilmoqchisiz. Ha, sevaman. O’shanda aldamagandim».
Unga yana qo’ng’iroq qilishga urindim ammo raqam o’chirilgan edi. Ertasiga yana qo’ng’iroq qildim, indiiga ham. Ammo raqam yoqilmadi. Uni izlab topolmadim.
Hozir yoshim 39 da. Na oilam bor, na bola – chaqam. Faqat o’sha 10 yil oldingi raqamim qoldi, xolos Balki u qo’ng’iroq qilib qolar degan umidda shu raqamga ilinib yashayapman…
YER OSTIDAGI MEROS
1980 yillar. Endigina armiyadan qaytgan o’g’ilga onasining uyoqdan bu yoqqa polni g’ichirlatib yurishi yoqmas edi.
-Oyi, g’ichirlatmang, uxlolmayapman.
- Polni boshqatdan qilish kerak, o’g’lim.
- Xo’p ertaga qilaman, uxlang endi.
Ertasiga o’g’il ishga ketdi. Deam olish kuni albatta polni yangilayman deb va’da berdi. Ammo dam olish kuni o’rtog’ining to’yi edi…
Shunday qilib yillar o’taverdi. Orada ona o’zi pol uchun taxtalar uchun sotib olib mashina va mardikorlar yollab uyga keltirib qo’ydi. Ammo o’g’il polni almashtirishga hech vaqt topolmadi.
1992 yil. Ona vafot etdi. Uy – joyni o’g’ilga meros qoldirdi. O’limidan oldin, albatta, polni almashtirishini so’radi. O’g’il onasining so’nggi iltimosini bajarishga va’da berdi. Biroq… Baribir, vaqt topilmadi.
2017 yil
-Dada, uyning polini almashtiraylik, g’ichirlashidan nabirangiz uyg’onib ketayapti.
- Mayli, ertalabdan shu ishni boshlaylik. Rahmatli buving allaqachon pol uchun taxtalar ham keltirib qo’ygandilar.
Ertasiga ota – bola uyning polini almashtirishga tushdilar. Eski taxtalarni ko’chrgardilar kattagina sumka chiqdi. Ichi to’la pul edi. Sho’ro davridagi eng yirik kupyuralar! Va bir maktub ham bor edi: «O’g’lim, nihoyat polni yangilayotganingdan xursandman. Sen harbiyligingda onamdan qolgan uyni sotdim, pullarni kelajaging uchun olib qo’ydim. Endi bu eski pol uydsa yashamaysan, yangi uy sotib olishing mumkin!»
O’g’il alam bilan endi oddiy qog’ozga aylangan pullarga tikilib turardi.
KECHIRMOQ, BU…
Bir bolakay «Kechirish nima?» degan savolga shunday javob bergan ekan: «Gulni uzib yerga uloqtirib, ustidan toptasalar, shirin hid taratadi, o’sha kechirgani- da»
Do'stlaringiz bilan baham: |