Ushbu kitobdan joy olgan hikoyalar


Kimki bir ko’ngli buzug’ning xotirin shod aylagay



Download 126,15 Kb.
bet10/36
Sana12.05.2020
Hajmi126,15 Kb.
#49343
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Bog'liq
QATRALAR

Kimki bir ko’ngli buzug’ning xotirin shod aylagay,

Oncha borkim, Ka’ba vayron bo’lsa, obod aylagay.

UQQAN USTA

Juda ko’p marotaba o’qishga kirish uchun harakat qilib ko’rganman. O’ttizga to’lgunimcha to. Ota – onam «Oilaning boshini tutadigan payting bo’ldi, to’rt kitobni quchoqlab shaharga chopaverma», deyishganida ham axdimdan qaytmadim. Lekin peshana ekan. Zulxumorning ostonasidan sovchilar uzilmay qolgani, onasi «Qizim, o’qishni tugatding endi uzatamiz, dadangning qarori qat’iy», degani sabab oxiri taqdirga ko’ndim. Oilali bo’lgach yelkangda mas’uliyat, yukni xis qilarkansan. Birin – ketin farzandlar tug’ilib, orzularimni ularga ko’chirdim. Bolalarim, albatta, o’qiydi, - oxirgi so’zlarimni alohida urg’u berib aytdim-da, bo’yoqni aralashtirdim.

-Usta, bir gap aytsam, achchig’ingiz kelmaydimi? – qariyb bir yildan beri yonimda uy ta’mirlashni o’rganaman deb yurgan shogirdim ikkilangannamo savol berdi. Yunus poytaxtga, institutga hujjat topshirishga ketmoqchiligini aytgach, negadir unga boshimdan o’tganlarini so’zlab bergim kelgandi. – Yaxshiyam, o’qimagan ekansiz… - ko’ylaklariga bo’yoq tekkan yigit samimiyat bilan aytdi bu so’zlarni .

Uning gaplariga kulgim keldi. Garchi meni hamma «Qo’li gul, ishi zo’r – ku, ammo jahli burnining uchida turadi», desa ham.

-O’tgan yili o’qishga kirolmaganimda o’zimni juda ojiz sezgandim. Ayniqsa, omadi chopgan o’rtoqlarim yonida. Keyin otamni berib qo’ydik. O’zimni tamoman yo’qotib qo’ydim. Otamning ma’rakalaridan birida yonimga kelib aytgan gapingiz esingizdami? «Yunus, istasang, men bilan ishla, shu kunlarda bir yordamchi kerak bo’lyapti. Ish yigit kishini faqatgina musibatdan qutqaradi», degansiz. Yaxshiyam, siz o’shanda menga ish o’rganish taklifini berdingiz. Har safar uyga ro’zg’or qilib borsam, onam «Dadangga o’xshab borayapsan, bolam», deya xursand bo’ladi. Poytaxtga borib – kelish uchun ham pul jamg’arib qo’ydim. Gap pulda hammas, hunar o’rgatib, ruhimni ko’targaningizda… - dedi u qo’limdagi bo’yoq solingan idishni olgancha.

Yigitchaning yelkasiga qoqib qo’ydim – da, «O’qishga kirgach, meni unutvorma», deya hazillashdim. Ishimda esa ilk bor o’qimaganim uchun armonmas, usta ekanligimdan faxrni tuydim…

OLISDAGI YAQINLAR

Men bu yurtlarga boshqacha o’y – hayollar bilaan kelgandim. O’nga yaqin kishi bir uyda yashashning o’zi ta’bimni xira qildi. Hammaning fe’li har xil: kimdir ishdan charchab kelganingizda siz bilan o’tirib shaxmat o’ynagisi kelib qoladi, «Hali yuzingizdan yurtning tafti ketmagan. Biz tomonlarda nima gap, gurung bering», deyishadi. Menga qolsa, hech kim bilan gaplashmasam, dam olish vaqtimdan foydalanib to’yib uxlasam… Istamaygina javob berishim, «Bir osh qilmaymizmi?» «Shaxmat o’ynamaysizmi?» kabi takliflarni qo’rsgina ohangda rad etishim oxiri ularga ta’sir qildi – meni o’z holimga qo’yishdi.

Bu orada pulimni yo’qotib qo’ydim. Juda ko’pmasdi, bir kunlik ish haqim edi. Ertalabdan ijarada yashovchi hammani so’roq qila boshladim. «Bugun ozgina pulimni o’g’irlasa, ertaga nima kutish mumkin bunaqa odamdan?» deya qattiq – qattiq gapirdim. Hamma meni tinchlantirish bilan ovora: «Shu kungacha o’g’irlik bo’lmagan, balki biror joyda tushurib qoldirgandirsiz?», deyishlari – ku oshib tushdi. Ehtiyotkor, diqqatli odam bo’lsam, qanaqa qilib tushirib qoldirishim mumkin, axir?! Xullas, hech kim tan olmadi, men esa gumonlarim bilan qoldim. «Ishlarim sal yurishsin, boshqa uyga ko’chib o’taman», deyishni ham unutmadim.

Ishlarim esa yurishmadi, ish joyimda yiqilib tushib, belim sindi. Ijaradoshlarim shifoxonaga olib borishdi. Biroz o’zimga kelgunimcha navbatma – navbat xabar olib turishdi, hali – veri ishga tusholmasligim ma’lum bo’lgach, pul yig’ib chipta olib berishdi. Vatanga qaytar mahalim ham ko’nglimni ko’tarib kuzatib qo’yishdi. Vijdonim qiynalganidan, ularning yaxshiliklaridan ta’sirlanib ketdim, shekilli, ko’zim yoshlandi.

-Buncha yaxshi insonlar bo’lmasangizlar - degandim «Qo’ying, uka, hijolat qilmang, bu burchimiz – ku», deya uyga quruq bormasligim uchun qo’limga shirinliklar solingan yelim xalta tutqazishdi…



Odamzod qiziq. Yaxshiligu yomonlikni katta – kichik, deya baxolaydi, arzimas tuyulganlar haqida ortiqcha o’ylab ko’rishmaydi. Oqibatda vijdoni mudroq bosib boradi. Albatta, uyg’otuvchi insonlar, vaziyatlar bo’ladi, muhimi, vaqtida ularga quloq tutish darkor.

BOLALARNING NASIBASI

Shohida bog’chada ishni tarbiyachilikdan boshladi. Yillar davomidagi mehnatkashligi e’tiborga olinib, mudira nafaqaga chiqqach, uni yangi lavozimga tasdiqlashdi. Bolalar Shohidani yaxshi ko’rishardi, ertalab yugurib kelib bo’yniga osilishar, eng yig’loqi, «Bog’chada qolmayman», deydiganlarni ham avrashga usta edi – da. Mudiralikning o’ziga yarasha ma’suliyati bilan birga afzal jihatlarini ham u oldindan bilardi. Har kuni ishdan ketar mahali qo’liga bir yelim xalta narsa tutqizishadi. Tuxum, murabbo degandek. Bu pora emas, xodimlarning xurmati belgisi, qolaversa, bolalar shuncha narsani yeb tugata olmagandan keyin mudiraga berishadi- da.

Shohida ish vaqti tugashiga yarim soatlar qolganida onasi bilan gaplashdi. Otasining tobi qochibdi. Shohida ishdan qaytishda kirib, padarining holidan xabar olishni diliga tugdi. Odatdagidek bog’chadan chiqdi. Ota uyiga borgach, yelim xaltasini ochdi. Narsalarni xontaxta ustiga qo’ya boshladi.

-Bular nima? – otasi narsalarning nimaligini ko’rib tursada so’radi.

- To’g’ri ishdan chiqib kelaverdim, ovqat qilolmadim, - Shohida otasi u pishiradigan xamirli taomlarni hush ko’rishini eslab hijolat tortdi.

- Bolalarning nasibasimi? – ota shunday deya yostiqqa boshini qo’ydi. Uning peshonasidagi ajinlar chuqurlashganidan , shiftga qadalgan nigohlaridan dardi og’irlashgandek edi. – Men senga to’g’ri tarbiya bermapman – da…

Shohida g’o’yoki joyida toshdek qotdi. Qirqqa kirgan juvon har kuni uyiga tashiydigani bolalarining nasibasi ekanligini otasining chuqur xo’rsinishidan angladi. Bolalik yillari loy o’ynab, mevalarga yuvilmagan qo’llarini cho’zganida otasi «Halollik ozodalikdan boshlanadi», deganidagi kabi uyalgannamo erkalanish hissi emas, o’ziga notanish bir tuyg’uning kuchidan so’z aytishga uning tili aylanmasdi…

QO’SHNINING SOYASI

Tartib bo’yicha uyning o’ng tomoniga qo’shnimiz, chap tomoniga biz devor solishimiz kerak edi.Chap tomonimizdagi devor tiklandi. Qo’shnimni esa bir yil kutdim., uch yil kutdim, devor uchun bir g’isht ham qo’ymadi. Qo’li qisqa desam, qisqa emas, shunchaki erinchoqlik qilayotgan chog’i xudbinlik, degan o’y o’tdi xayolimdan.

-Imkonimiz bor – ku, o’zimiz shu devorni qursak-chi? – dedi ayolim shu mavzuda so’z ochilganida.

- Nega? Ularning ishi – ku bu! Imkonim bor deb, bu tomonimdagi qo’shnining ham tomini shifer bilan yopib bera qolay, - dedim ayolimning aqllilik qilganidan asabiylashib. – Bularning asli puli yo’q emas, daraxtlarini kesishga ko’zi qiymayaptimi, deyman? – deya yangi gumonimni ham qo’shib qo’ydim.

Shu kech qo’shninikiga chiqdim. Ovqat suzishayotgan ekan, dasturxonga chorladi. Shoshayotgandim, deya muddaoga ko’chdim.

-Mayli, mayli ertadan ish boshlaymiz! Siz rozimisiz, axir, - dedi u mening tashabbusimni kutib o’tirgandek.

- Rozi bo’lmay – chi? – javob qaytardim jiddiy ohangda.

- Otam vafotidan oldin qo’shning o’zidan taklif chiqmaguncha o’rtaga devor tortma, biz ota bilan aka – ukadek bo’lganmiz,degandirlar, - deya so’zlab qoldi.

Uyga keldim – ertalabgacha o’ylab chiqdim. Bolalar yosh payti ayolim ikkimiz ishdaligimizda bolalarni bog’chadan olib kelgan shu qo’shnilarim, hammamiz to’yga ketganimizda gaz o’chib – yonganini xabar qilgan ham ular, o’tgan yili, ayni ekin – tekin payti oyog’im sinib qolganida tomorqamning ishini qilganlar ham hamsoyamning o’g’illari. Ularning menga birodarlik qilgan paytlari ko’p bo’lgan ekan.

Ertalabdan o’g’illari otasi boshchiligida devor qurishga kirishishdi. Daraxtlarining biz tomonga soya solib turgan shoxlarini kestirishmadi. Biz tomonga axi yarim metr ichkarilab devor tushsa, nima bo’libdi, axir?



O’zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayevaning «Azizim, onam» nomli qo’shig’i bor. Qo’shiqdagi «Meni odam qilgan onamga rahmat» degan so’zlardan doim ta’sirlanaman… Haqiqatda, nimagaki erishmaylik, zamirida onalarimiz, otalarimiz, yaqin jigarlarimizning qo’llovi, daldasi va mehru ishonchi yotadi. Shuning uchun ham ularga tez – tez minnatdorchilik bildirib turishni


Download 126,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish