Mamlakatimizning 2008-yil yanvar-dekabr holatiga mehnat resurslari va ularninp bandligi to'g'risidagi ma'lumotlar, ming kishi
0 ‘rtacha Shu jumladan Viloyatlar doimiy aholi Mehnat Iqtisodiyotda
soni resurslari band bo'lganlar
Respublika bo‘yicha 27313,7 15644,9 11035,4
Qoraqalpog'iston Resp. 1612,3 904,5 561,0
Andijon 2477,9 1433,6 1047,3
Buxoro 1576,8 928,7 729,1
Jizzax 1090,9 601,2 360,6
Qashqadaryo 2537,6 1395,7 908,7
Navoiy 834,1 509,8 396,7
Namangan 2196,2 1246,5 763,2
Samarqand 3032,0 1672,1 1152,0
Surxondaryo 2012,6 1096,5 722,4
Sirdaryo 698,1 401,9 304,1
Toshkent 2537,5 1478,0 1097,5
Farg‘ona 2997,4 1667,2 1280,1
Xorazm 1517,6 847,7 571,1
Toshkent shahri 2192,7 1461,5 1140,8 Manba: Davlat statistika qo'mitasi axborotnomasi ma'lumotlari.
Ushbu jadval ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, respublikamizdagi eng aholisi ko‘p viloyatlar Samarqand, Farg'ona, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlaridir. Farg'ona vodiysidagi uchta viloyat aholisi respublikamiz jami aholisining 28,1 foizini tashkil etadi. Aholisi eng kam viloyatlar esa Sirdaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlaridir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-martdagi
68-sonli « 0 ‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarining ma’muriy-hududiy tuzilishini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga binoan respublikamizdagi 965 ta aholi punktlari shahar posyolkalari
115
toifasiga kiritilib, ulami ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni yanada kuchaytirish borasida chora-tadbirlar belgilandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2010-yil holatiga 0 ‘zbekiston Respublikasi aholisining 13,4 mln. nafari yoki 48,4 foiz qismi qishloqlarda, 14,3 mln. nafari yoki 51,6 foiz qismi shaharda istiqomat qiladi.
Qishloq joylarda istiqomat qilayotgan aholini ish bilan ta'minlash, turmush farovonligini oshirish bevosita mazkur tarmoqda amalga oshirilayotgan iqtisodoy va ijtimoiy islohotlarga bog‘liq. Mehnat resursining tarmoqlar bo'yicha taqsimlanishi keyingi yillarda o‘zgarmoqda. Mamlakatimiz bo'yicha band boigan mehnat resurslarining tarkibida qishloq xo‘jaligi tarmogining salmogi 1995-yilda 40,9 foizni tashkil etgan boisa, ushbu koisatkich 2001-yilga kelib 36,1 foizni tashkil etgan. Tarmoqda band boigan mehnat resurslari miqdori va salmogining pasayishi respublikada amalga oshirilayotgan agrar-iqtisodiy siyosatning m aium darajadagi ijobiy natijasidir. Qishloq joylardagi vujudga kelgan ortiqcha mehnat resurslarini ish bilan ta’minlash maqsadida sanoat, xizmat ko'rsatish, savdo va boshqa shu kabi tarmoqlami qishloq joylarda rivojlantirish zamr. Shu maqsadda uzoqqa mo‘ljallangan turli xildagi chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ulami bosqichma- bosqich amalga oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Masalan, aholi juda zich joylashgan Andijon viloyatining Asaka tmnanidagi qishloq hududida 0 ‘zbekiston-Koreya avtomobilsozlik qo'shma korxonasi qurilib, ishga tushirildi va aholining ish bilan ta'minlanishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Qashqadaryo, Toshkent, Farg ona, Navoiy viloyatlarining chekka tumanlarida neft, gaz, to'qimachilik sanoatining yirik qo‘shma korxonalari yaxshi faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu kabi sanoat korxonalarining ishga tushirilishi natijasida qishloqlarda yashayotgan mehnat resurslarining sezilarli qismi ish bilan ta'minlandi. Bu ulaming oilalari real daromadlar bilan ta'minlanishini yuksaltirmoqda.
Yuqoridagi ijobiy natijalarga asoslangan holda mamlakatimizning qishloq hududlarida sanoat korxonalari va boshqa turdagi tadbirkorlik shakllarini barpo etish va rivojlantirish ishlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu jarayon qishloq hududlarida ishlab chiqarish kuchlari oqilona joylashishini ta'minlashga ham ijobiy hissa qo‘shadi. Natijada mehnat resurslaridan foydalanish koefEtsiyentining oshishi ham ta'minlanmoqda. 1999-yilda respublikamizda mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyenti 0,995 ga teng yoki iqtisodiy faol mehnat resurslarining 99,5 foizi ish bilan ta'minlangan bo‘lsa, 2007-yilda uning darajasi 99,6 foizni tashkil etgan. Bu ko'rsatkichni qishloq xo‘jalik tarmog‘i bo‘yicha aniqlash uchun xo‘jalikda ishlayotgan kishilar sonini mavjud boTgan mehnat resurslarining umumiy soniga taqsimlash lozim.
0 ‘zbekiston Respublikasida mehnat resurslari jami aholining 50,9 foizini tashkil etadi. Ular o‘zlarining ongli, maqsadni ko‘zlagan faoliyatlari
116
bilan boshqa tarmoqlar qatori qishloq xo'jaligining ham rivojlanishiga, uning samaradorligini yuksaltirishga ulkan hissa qo'shmoqdalar. Mamlakatimiz hukumati tomonidan bandlik Dasturi qabul qilingan boiib, qishloq joylardagi mehnat resurslarini ish bilan ta’minlashga juda katta e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi
«Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-308-sonli qarori hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21- apreldagi «2006-2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini ko'paytirishni rag‘batlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 67-sonli qaroriga asosan Surxondaryo viloyati bo'yicha mehnat va ijtimoiy ta'minot bo'limlari tomonidan mehnat daftarchalari avvaldan mavjud bo'lgan 7232 nafar fuqaroning mehnat daftarchalariga mehnat faoliyatining boshlanishi to‘g‘risida yozuv kiritilgan hamda 9584 nafar fuqaroga yangi mehnat daftarchalari berilgan. Mazkur qaror asosida kam ta’minlangan oilalarga qoramol sotib olish uchun tijorat banklarining kredit liniyalari orqali ish bilan ta'minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag'laridan imtiyozli kreditlar berilmoqda va shu orqali ularning ish bilan bandligiga erishilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |