Urmaiov N. J



Download 21,58 Mb.
bet47/134
Sana31.05.2022
Hajmi21,58 Mb.
#621665
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   134
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

6.2. Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi.

Mehnat resurslari qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda faol ishlab chiqarish resursi sifatida katta ahamiyatga ega. Chunki ular boshqa ishlab chiqarish omillarini bir-biri bilan bog'laydi. Ishlab chiqarishning pirovard natijasi mehnat resursiga bevosita bog‘liqdir. Shunday ekan, ulardan yil davomida to‘liq, samarali foydalanishga erishish lozim. Buning uchun mehnat resurslaridan foydalanishning holati va samaradorligini aniqlash va unga ko‘ra tegishli choralar ko'rib borilishi kerak.


Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan foydalanish holati va samaradorligiga baho berishda quyidagi ko'rsatkichlardan foydalaniladi:
a) mehnat resurslari bilan ta'minlanganlik darajasi. Ushbu ko'rsatkichni aniqlash uchun xo'jalikda mavjud bo‘lgan mehnat resurslari soni qishloq xo'jalik yerlari miqdoriga bo'linadi. Uni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
MRtJ= MRus
QXY
Bunda: MRus mehnat resurslari umumiy soni, kishi;
QXY - qishloq xo‘jalik yerlari, ga.


117


Ushbu ko‘rsatkich qishloq xo‘jalik korxonasi ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan me’yorlar darajasiga imkon qadar yaqin bo‘lishi keralt.
b) mavjud mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyenti. Ushbu ko'rsatkichni aniqlash uchun mehnat resurslarining o‘rtacha yillik soni mehnat resurslarining umumiy soniga bo‘linadi. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
MRJk = MRo'ys
MRtis
Bunda: MRo ‘ys - mehnat resurslarining o‘rtacha yillik soni, kishi;
MRus - mehnat resurslarining umumiy soni, kishi.
Bu ko‘rsatkichning darajasi birga yaqin bo‘lgani maqsadga muvofiqdir. Shunda mavjud mehnat resurslaridan foydalanish darajasi yuqori bo'lganligidan dalolat beradi.
d) mehnat resurslarining xo‘jalik faoliyatida qatnashishi. ko'rsatkich xo‘jalik faoliyatida jami sarflangan vaqtni mehnat resurslarining umumiy soniga taqsimlash orqali aniqlanadi, bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
MRxfq = MRsv
MRus
Bunda: MRsv - mehnat resurslarining jami sarflagan vaqti, kishi-kuni, kishi-soat.
Bu ko‘rsatkichning mutlaq miqdori aniqlanayotgan davrdagi (oyda, yilda) bir kishining ish vaqti fondidan yuqori bo‘lmaydi. Mehnat resurslarining har bir guruhi uchun amaldagi qommlarda yillik yoki oylik ish vaqti fondi belgilanadi. Uning miqdorini bir yildagi kalendar kunlar miqdoridan barcha turdagi bayram (agar u qonun bo‘yicha dam olish kuni hisoblansa), dam olish hamda ta'til kunlarini ayirish orqali aniqlanadi. Respublikamizda bir xodimning yillik o‘rtacha ish vaqti fondi 285 kun miqdorida belgilangan. Bu iqtisodiy faol mehnat resurslarining yillik ish vaqti fondi hisoblanadi. 0 ‘smirlar uchun bu fond ulami ijtimoiy jihatdan himoya qilgan holda belgilangan. Xuddi shunday imtiyozlar inson salomatligi uchun zararli ishlami bajaruvchilar uchun ham o‘matilgan. Mehnat resurslarining xo‘jalik faoliyatida qatnashishi ko‘rsatkichi imkon qadar ushbu me'yorga yaqin bo'lishi kerak.
e) belgilangan ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsiyenti. ishchi yoki xizmatchining ishlab chiqarishda haqiqatda ishlagan vaqtini (kishi- kuni, kishi-soat) qonunda belgilangan miqdorda ishlashi lozim bo‘lgan vaqtga taqsimlash natijasida aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:


118


Bunda: Ih - mehnat resurslarining bir yilda haqiqatda ishlagan vaqti, kishi-kuni, kishi-soat;
Im - mehnat resurslarining qonunda belgilangan me’yor bo‘yicha ishlashi lozim boigan vaqti, kishi-kuni, kishi-soat.
Bu koeffitsiyentning miqdori birga yaqin boiishi kerak. Agar uning darajasi qanchalik past boisa, bu mehnat resurslari foydali mehnat jarayonida kam qatnashganligidan dalolat beradi.
f) mehnatning mavsumiylik koeffitsiyenti. Ushbu ko'rsatki aniqlash uchun maium davr (bir yil, bir oy) mobaynida eng ko‘p sarflangan kunlik mehnat sarfi shu davrdagi eng kam sarflangan kunlik mehnat sarfiga taqsimlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
, , , Im a x

Download 21,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish