Urmaiov N. J



Download 21,58 Mb.
bet49/134
Sana31.05.2022
Hajmi21,58 Mb.
#621665
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   134
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

6.3. Qishloq xo‘ja!igida mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari.

Qishloq hududlarida mavjud boigan mehnat resurslaridan toiiq va samarali foydalanish, ulaming mehnatlari unumdorligini yuksaltirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan himoyalash eng dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etilsh uchun quyidagilarga e'tibor berish lozim:


- qishloq hududlarida mavjud bo‘lgan mehnat resurslarining umumiy sonini va istiqbolda uning o'zgarish darajasi monitoringini o'tkazib borish;
qishloq hududlaridagi barcha tadbirkorlik shakllarida qisqa va uzoq muddatga mutaxassislik turlari bo'yicha mehnat resursiga bo'lgan talabni aniqlash;
qisqa va uzoq muddatga bo‘sh bo'lgan ish joylarini ishlovchilar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlami asoslangan holda ishlab chiqish (kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish, ulami qayta tayyorlash);
122


ish bilan ta’minlanmaganlaming umumiy sonini aniqlash, ulami ijtimoiy himoyalash bo‘yicha me’yoriy tadbirlami ishlab chiqish, ulami amalga oshirishva boshqalar.
Ta'kidlangan tadbirlaming samarali hal etilishi mehnat qilish
qobiliyatiga ega bo‘lganlar bilan ish bemvchi subyektlar hamda ijtimoiy himoyalashni amalga oshimvchi tashkilotlar o‘rtasida munosabatlar amalga oshirilishini taqozo etadi. Bu masalalami hal etishda bandlikka ko‘maklashish markazlari muhim ahamiyatga ega.
Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z mehnat qilish qobiliyatini taklif
etayotgan fiiqaro mehnat bozorini o‘rganib chiqadi. U yerda mavjud bo‘lgan talablami o'rganib, o‘zining intellektual va jismoniy qobiliyatlarini taklif etadi. Ish beruvchilar esa mehnat bozoridan o‘zlari uchun eng ma'qul boTgan taklitni tanlab olishga harakat qiladilar. Ular bir-biriga mos kelganda shartnomalar tuzilib, xodim ishga yollanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasida ham shunday tartib joriy etilgan boTib, bu vazifani qishloq hududlarida bandlikka ko‘maklashish markazlari amalga oshirmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozorining nazariy asoslari shotlandiyalik iqtisodchi A.Smit, ingliz iqtisodchisi D.Rikardo, Nobel mukofoti laureati, amerikalik iqtisodchi Paul A.Samuelson va boshqa olimlar tomonidan yetarli darajada asoslangan. Yaratilgan nazariyani hayotga tatbiq etish yoTlari ham hal etilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat shu bozorda erkin sotilishi lozim. Shundagina u qiymatga ega boTadi, ya’ni tovar shaklida ayirboshlanadi. Mehnat bozori erkin raqobat asosida amalga oshirilishi zarar. Bu bozorda mehnat munosabatlari iqtisodiy, ijtimoiy qonunlar, talab va taklif qonunlari talablari asosida amalga oshirilishi lozim. Mehnat bozorida inson o‘zini emas, balki mehnat qilish (jismoniy, aqliy) qobiliyatini taklif etadi. Iste'molchi, ya’ni ish beruvchi shu qobiliyatni sotib oladi. Demak, oldi-sotdi jarayonidagi iqtisodiy munosabat predmeti insonning mehnat qilish qobiliyati hisoblanadi. Insonning mehnat qilish qobiliyatiga toTanayotgan ish haqi shu mehnatning qiymati, ya’ni bahosi ekanligidan dalolat beradi.
Qishloq hududlaridagi mehnat bozorini samarali shakllantirishda quyidagi holatlami e’tiborga olish zarur:
• respublika aholisining yarmi qishloq hududlarida yashayotganligi;
• qishloq hududlarida aholi sonining o‘sish sur’ati shaharlardagiga nisbatan yuqori ekanligi, bu hol kelajakda mehnat resurslarining yuqori sur'atlarda o‘sishiga ta'sir etishi;
• qishloq hududlarida sanoat korxonalari talab darajasida rivojlanmaga'nligini va barcha resurslami e'tiborga olgan holda joylashmaganligi;
• hozirgi davrda qishloq hududlarida ish bilan ta'minlanmagan iqtisodiy faol mehnat resurslarining shaharlarga ish qidirib ketayotganligi;


123


• qishloq hududlarida xususiy mulkchilikka asoslangan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik shakllari talab darajasida rivojlanmaganligini, shuningdek, madaniy, maishiy, kommunal va boshqa xizmatlami amalga oshiruvchi infratuzilma subyektlari ko‘lamining torligi.
Mehnat bozorlari yuqorida ta’kidlangan barcha xususiyatlarni e’tiborga olgan holda erkin shakllanishi uchun quyidagilarga e'tibor berilishi lozim:
• qishloq hududlaridagi (jumladan, qishloq xo‘jalik korxonalaridagi) mehnat resurslarining umumiy miqdorini, tarkibini aniqlash;
• mehnat resurslarining taklifmi va hududdagi barcha tadbirkorlik subyektlarining ularga bo‘lgan talabini tarkibi bo‘yicha aniqlash;
• erkin mehnat bozorini shakllantirish hamda ulaming samarali faoliyat ko'rsatishini ta’minlovchi ijtimoiy-iqtisodiy raexanizmlami ishga solish;
• qishloqda mehnat resurslarining maqsadga muvofiq bandligini ta'minlashga hissa qo‘shish;
• mehnat bilan band boMmagan fuqarolar sonini aniqlash, ularning malakasini oshirish, qayta tayyorlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan himoyalash;
• erkin mehnat bozori amalga oshirilishini ta'minlovchi turli yarmarkalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish, ularning samarali o'tkazilishiga erishish;
• mehnat bozorining rivojlanishini ta'minlovchi barcha resurslami topib, samarali sarflash kabi vazifalami bozor talablari darajasida amalga oshirish lozim.
Qishloqlarda mehnat bozorini oqilona tashkil etib, samarali boshqarish uchun hududlaming xususiyatlarini e'tiborga olish lozim. Respublikamizning mehnat resurslari soni ko‘p bo'lgan hududlari, awalo, Andijon, Farg'ona, Namangan, Toshkent, Samarqand viloyatlari uchun mazkur bozomi tartibga solishning ancha samarali quyidagi ikkita usuli mavjud:
a) ishchi kuchiga talabni oshirish usuli;
b) ishchi kuchlariga taklifni kamaytirish usuli.
Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va intensiv texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish hisobiga ish o‘rinlarining bir qismi qisqarishi kuzatiladi.
Ishchi kuchiga boigan talabni oshirishni rag‘batlantirish usullarini tadqiq etish mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga hamda mazkur hududlar uchun samarali tarmoqlami rivojlantirishga qaratilgan.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va xarid qilish hamda agroservis xizmati ko'rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati bo'yicha ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish kuchlari va bandlikning noan'anaviy shakllarini rivojlantirish, agrar sektordagi ishdan vaqtincha bo‘shatilayotgan shaxslar uchun mavjud korxonalami kengaytirish va qayta tashkil etish hamda


124


yangi ish o'rinlarini yaratish maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalami jalb etish lozim.
Ishchi kuchlariga talabni oshirishni agrosanoat majmuining mehnat
resurslarini qayta taqsimlashdan manfaatdor tarmoqlarida ish joylarini yaratish va yangi, zamonaviy kasblarni egallashga sarmoyalami to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish orqali tartibga solish mumkin. Investitsiya va kreditlami agrosanoat majmui korxonalarini, ayniqsa, qayta ishlash korxonalarini qurish, texnik jihatdan qayta qurollantirisb va rekonstruksiyalashga, shaxsiy mehnat faoliyatini rivojlantirish yo‘li bilan xizmat ko'rsatish sohasini kengaytirishga, shuningdek, ko‘p bolali ayollar, mehnatga layoqatli nafaqaxo‘rlar, nogironlar, o‘smirlar va hokazolarga mos ish joylarini vujudga keltirishga yo'naltirish maqsadga muvofiqdir. Shu tariqa ortiqcha mehnat resurslarini yuqorida aytib o'tilgan tarmoqlarga va ayrim maxsus ish joylariga jalb etish, ayni paytda ishchi kuchlarining kasbiy malaka tarkibiga bevosita ta’sir o‘tkazish mumkin.
Muvaqqat ish joylarini yaratish va mulkchilik turli shakllarini
rivojlantirish aholi bandligini oshirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri. U korxonalaming iqtisodiy manfaatdorligini oshirish, byudjet to‘lovi va xodimlaming vaqtincha va qisman bandligi uchun ijtimoiy sug‘urta badallarini kamaytirish, ulami ishga qabul qilish jarayonini yengillatish, bandlikning noan'anaviy shakllarini tashkil etish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni to‘lash kabi chora-tadbirlar yordamida amalga oshiriladi.
Prezidentimiz Islom Karimov o'zining “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, 0 ‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari" nomli asarida 2009-yildagi eng muhim ustuvor vazifalardan biri - bu mamlakatimizni modemizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishdan iborat ekanligini belgilab bergan edi. Mazkur ustuvor vazifaga alohida e'tibor qaratishning sabablaridan biri - infratuzilmani rivojlantirish ko‘p mehnat talab qiladigan keng ko‘lamli soha hisoblanadi va bu yangi ish o'rinlarini tashkil etish, aholining, ayniqsa, yoshlaming ish bilan bandligini ta'minlash, odamlaming daromadi va farovonligini oshirish imkonini beradi.
Ishchi kuchlari taklifmi kamaytirishga ish vaqti va mavjud ish joylarini ijtimoiy ishlab chiqarishda band boiganlar o‘rtasida qayta taqsimlash orqali samarali ta'sir etish mumkin. Respublikamizda Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi asosida umumtaiim dasturlarini kengaytirish va o‘qish muddatini uzaytirish bilan kasbiy tayyorgarlikni yaxshilash, o‘quv yurtlarida sirtqi o‘quv shaklidagi talaba o'rinlarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotganlarga stipendiyalami oshirish, ayollarga bola parvarishi uchun to‘lanadagin nafaqalar va beriladigan ta’til muddatini ko'paytirish, mehnat stajini hisoblashda ularga imtiyoz berish; pensionerlar, nogironlami
125


parvarishlaydigan shaxslarning nafaqalarini oshirish mehnat bozoriga ishchi kuchlarining oqib kelishini kamaytirish chora-tadbirlari hisoblanadi.
Ish bilan bandlar orasida ish vaqti va ish joylari ishchi kuchlariga bo'lgan taklifhi kamaytirish maqsadlarida qayta taqsimlanadi. Aholi bandligining xususiy va vaqtinchalik shakllariga o‘tishini rag‘batlantirishga ularga ham ish bilan to‘la band shaxslarga mo‘ljallangan ijtimoiy muhofaza turlarini, ta'tillar va boshqa ijtimoiy kafolatlaming miqdorlarini o‘matish, kafolatlangan eng kam miqdordagi ish haqi bilan ta’minlash, har yili beriladigan ta'tillami o‘z vaqtida berish, ish kuni va ish haftasi davomiyligini qisqartirish orqali erishish mumkin.
Mamlakatimizning mehnat resurslari yetishmaydigan mintaqalarida (Jizzax, Sirdaryo, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi) ishchi kuchlaiiga taklifini ko'paytirish mehnat bozorini tartibga solishning maqsadga muvofiq usulidir. Respublika qishloq xo‘jaligidagi mavjud bo‘lgan mehnat resurslaridan yil davomida to‘liq va samarali foydalanish lozim.
Qishloq hududlarida, jumladan, qishloq xo‘jalik korxonalarida mavjud bo'lgan mehnat resurslarining real miqdorini aniqlash lozim. Shu bilan birga aholi sonining mutlaq o'sishini e'tiborga olgan holda mehnat resurslarining ko‘payish yoki kamayish jarayonini aniqlash kerak. Mehnat qilish qobiliyatiga ega bo'lgan aholining harakatini ham hisobga olish zarar. Shundan so‘ng qishloq xo‘jaligida mavjud boigan ish joylarining hozirgi hamda istiqboldagi sonini real aniqlashga alohida e’tibor berish kerak. Shularga asoslangan holda mehnat balansi ishlab chiqilishi zarar.
Yuqoridagilarga asoslanib, mehnat resurslarining ish bilan ta'minlanganlik darajasi, shu orqali qishloq hududlarida mavjud bo‘lgan mehnat resurslarining ish bilan ta’minlanganlik darajasi aniqlanadi. Uning darajasi birga yaqin bo'lishi lozim, aks holda mehnat resurslarini ish bilan ta'minlash chora-tadbirlari asoslangan holda ishlab chiqilishi kerak. Buning uchun qishloq xo‘jalik korxonalarida yangi ish joylarini tashkil etish imkoniyatlarini rejalashtiriladi. Mehnat resurslaridan foydalanishni rivojlantirish maqsadida ularni takror ishlab chiqarish jarayonlarini, ya'ni malakalarini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash tadbirlarini ham belgilab olib, amalga oshirilishiga e'tibor berish zarur.
Korxonalarda mehnat mehnat unumdorligi darajasini yuksaltirishga alohida e'tibor berish lozim. Bu masalaning hal etilishida eng ta'sirchan omil moddiy manfaatdorlik hisoblanadi. Darhaqiqat, bozor iqtisodiyoti sharoitida kim yaxshi, sifatli ishlasa ko‘p haq oladi. Shunday ekan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida samarali mehnat qilayotgan ishchi-xizmatchi o‘z mehnatiga yarasha ko‘proq haq olishi lozim. Shu bilan birga mehnatkashlami ma'naviy rag'batlantirishni amalga oshirishni ta'minlash kerak. Eng avvalo, mehnatlari natijalarini e'tiborga olgan holda mukofotlash va taqdirlash lozim. Unvonlar


126


ham ma'lum darajada fuqarolaming mablag'lar bilan ta'minlanishiga olib keladi. Jumladan, respublikada xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi, agronom, irrigator unvolarini olganlaming asosiy ish haqlariga eng kam oylik ish haqining 60 foizi miqdorida ustama beriladi. Eng asosiysi, ma’naviy rag‘batlantirish insonlaming kayfiyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi va ulaming mehnatga munosabatini yaxshilaydi, yaxshiroq mehnat qilishga undaydi.
Qishloq xo‘jaligidagi mehnat jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, elektrlashtirish natijasida sarflanayotgan mehnatning unumdorligi oshishini ta'minlash mumkin. Buning uchun xo'jaliklar ixtiyoridagi barcha mashinalar, traktorlaming ishga yaroqliligini oshirish hamda ulardan yil davomida to‘liq foydalanishga erishish tadbirlarini shakllantirish lozim. Eng avvalo, ulami malakali kadrlar, ta’mirlash ustaxonalari bilan ta’minlash kerak. Xo‘jaliklaming ishlab chiqarish resurslari bilan ta'minlanganligini ham talab darajasiga yetkazish zamr. Buning uchun esa moliyaviy resurslar bilan ta'minlash choralarini aniqlab, ulaming bajarilishini ta'minlash kerak.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning mavsumiyligi tufayli yilning ma'lum davrida tarmoqdagi mehnat resurslarining bir qismi bo‘sh turib qoladi, bu esa mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ushbu holatning oldini olish uchun qishloq xo'jalik korxonalarida xodimlami mehnat resursiga talab kam bo'ladigan qish oylarida ham ish bilan band qilish choralarini ko‘rish lozim. Bunda dehqonchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida chorvachilikni ham yo‘lga qo‘yish, issiqxonalar tashkil etish, turli sexlar, ustaxonalar faoliyatini tashkil etish va boshqa tadbirlami amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Demak, qishloq xo'jaligida mehnat resurslaridan yil davomida to iiq va samarali foydalanish hamda ulaming mehnatlari unumdorligini oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash maqsadga muvofiqdir:
qishloq joylarda tadbirkorlik shakllarini rivojlantirish;
tarmoqning rivojlanishini e'tiborga olgan holda qo'shimcha ish joylarini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligiga yangi texnikalami, samarali texnologiyalami izchillik bilan tatbiq etish;
tarmoqning ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirish va moddiy- texnika ta'minotini yuksaltirish;
qishloqda yashash va ishlash uchun barcha sharoitlami yaratish; melmatni tashkil etishning samarali turlarini tashkil etish va
rivojlantirish;
kadrlami tayyorlash, malakalarini oshirish, ularni moddiy va ma'naviy rag‘batlantirishni takomillashtirish va boshqalar.


127


Bu kabi chora-tadbirlaming qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga joriy etilishi tarmoqdagi mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilab, mehnat unumdorligi oshishiga ijobiy ta'sir etadi.
Qisqacha xulosaiar
Belgilangan yosh chegarasidagi mehnat qilish qobiliyatiga ega bo'lgan aholi mehnat resursi hisoblanadi. Ulaming ongli ravishda, aniq maqsadni ko'zlab sarflagan mehnatlari natijasida ishlar bajariladi, mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Qishloq xo'jaligida mehnat resurslaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Jumladan, mehnat va uning samarasi tabiiy sharoit bilan bog‘liq, mehnat resursidan foydalanishga qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining mavsumiyligi katta ta’sir ko‘rsatadi, qishloq xo‘jaligidagi mehnat jarayoni tirik organizmlar bilan uzviy bog‘langan va boshqalar. Tarmoqda mehnatni tashkil etishda ushbu xususiyatlami inobatga olish lozim.
Kelajakda mehnat resurslaridan foydalanishni yanada yaxshilash va
mehnat unumdorligini oshirish maqsadida yangi ish joylarini barpo etish, takror ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, moddiy va ma’naviy rag'batlantirishni takomillashtirib borish lozim. Qishloq xo‘jaligida mehnat bozorini ham rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.

Download 21,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish