Infratuzilma majmuasiga kiruvchi subyektlar
7.1-chizma
Ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatuvchi sohalar majmuasidan iborat bo‘lib, ular tomonidan mahsulotlami ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash, joylashtirish, tashish, ta'minot, ta'mirlash va boshqa shu kabi xizmatlar ko‘rsatiladi. Mazkur infratuzilma subyektlari korxonalarda ishlab chiqarishning muntazam va bir maromda davom etishi hamda barqaror rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beradi.
Ijtimoiy infratuzilma subyektlari fuqarolaming madaniy, maishiy, ma'naviy, ma'rifiy, ilmiy va boshqa faoliyat yo‘nalishlari, o‘zaro munosabatlarini bir-birlariga bog‘lash va aloqasini ta’minlash hamda rivojlantirishga xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar majmuidan iborat. Ijtimoiy infratuzilma subyektlari aholining turmush darajasini belgilaydigan uy-joy qurilishi, sog‘liqni saqlash, ta'lim, jismoniy tarbiya va sport, aloqa, transport, umumiy ovqatlanish xizmatlari, umuman aholining tunnush farovonligiga ijobiy ta’sir etuvchi sohalami o‘z ichiga olgan va bog'lovchi tizim sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
132
Institutsional infratuzilma subyektlari iqtisodiyotni yuritish va faoliyatini tashkil etish, davlat tomonidan boshqarishni amalga oshirish bilan bog'liq tashkiliy jarayonlami o‘z ichiga oladi. Institutsional infratuzilma subyektlari boshqaruvchi rolida xizmat ko‘rsatadi va boshqaruvchilik vazifalari darajasida iqtisodiyotning hududiy, tarmoq va alohida ishlab chiqarish qismlariga bo‘linadi.
Bozor infratuzilmasi - jamiyatda bozor munosabatlarini shakllantiruvchi va iming rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib beruvchi sohalar majmuidir. Bozor aloqalari faol bo'lishi uchun bozor infratuzilmasi yaxshi ishlashi lozim. Bozor infratuzilmasini biijalar, savdo uylari, savdo kompaniyalari, konsalting firmalari, auditorlik firmalari, yarmarkalar, bojxona idoralari, banklar, sug‘urta kompaniyalari, kredit uyushmalari va boshqa shu kabilar tashkil etadi.
Ekologik infratuzilma subyektlari bevosita tabiat, atrof-muhit, atmosfera ifloslanishining oldini olish, toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, fuqarolaming tabiat va atrof-muhitga bo‘ladigan salbiy ta’sirlarini kamaytirish bo‘yicha vakolatli davlat organlari, muhandislik inshootlari va laboratoriyalari, shuningdek ekologiya bilan shug‘ullanadigan xalqaro va ijtimoiy tashkilotlardan iborat. Ekologik infratuzilma subyektlari fan-texnika taraqqiyoti natijasida yuzaga kelayotgan salbiy ekologik oqibatlarni kamaytirish asosida tabiatning musaffoligini saqlash, eng asosiysi cheklangan yer va suv resurslaridan yanada samarali foydalanish, bu borada xalqaro miqyosida o‘zaro hamkorlikda faoliyat yurgizishni o‘z ichiga oladi.
Infratuzilma subyektlarining samarali faoliyati iqtisodiy tizimning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, ular tomonidan ko‘rsatiladigan turli yo‘nalishdagi xizmatlar tufayli barcha tamioq hamda korxonalaming o‘zaro hamkorligi mustahkamlanadi.
Mustaqillikka erishilgandan so‘ng barcha turdagi infratuzilma
subyektlarining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash maqsadida davlat tomonidan iqtisodiy qo‘llab-quvvat!ash tizimi amaliyotga joriy qilinib, u davr talablariga muvofiq ravishda takomillashtirilib borilmoqda. Mamlakatimizda bevosita shakllangan ishlab chiqarish va ijtimoiy inffatuzilma subyektlarini saqlab qolgan holda bozor munosabatlariga xos bo‘lgan inlfatuzilma subyektlarini shakllantirish va rivojlantirish iqtisodiy islohotlaming asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, inffatuzilma subyektlarini shakllantirish va rivojlantirish, olib borilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyatini oshirishga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |