112
6-BOB
QISHLOQ XO ‘JALIGIDA MEHNAT RESURSLARIDAN FOYDALANISH VA MEHNAT UNUMDORLIGINIOSHIRISH YO‘LLARI
• Mehnat resurslarining qishloq xo‘jaIigidagi ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari.
• Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va ulami aniqlash tartibi.
• Qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari.
6.1. Mehnat resurslarining qishloq xo‘ja!igidagi ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari.
Mamlakatimizning qishloq xo'jalik mahsulotlariga bo‘lgan barcha talablarini qondirishda mehnat resurslarining ahamiyati katta. Qishioq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun moddiy, mehnat va kapital resurslari mavjud bo‘lishi shart. Ushbu resurslar ichida mehnat faol resurs bo'lib, qolgan ikkita resursni bir-biri bilan bog'laydi va uning darajasi ishlab chiqarish jarayonining natijalariga ta’sir ko‘rsatadi.
Mehnat - bu insonning ongli, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatidir. Ishlab chiqarish jarayoni inson mehnati, mehnat predmetlari va vositalari, tabiiy sharoitlaming samarali uyg‘unlashishini talab etadi. Inson shu ishlab chiqarish vositalarini ma'lum hududda, davrda ishga solib, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiradi. Jumladan, ekinlar ekiladigan yerlarni shudgorlash, ekishga tayyorlash, ekish, suv berish, ishlov berish, hosilni terib olish va boshqalar. Ishlab chiqarish jarayonining samarasi, avvalo, mehnat resursining bilimiga, malakasiga, mehnatga munosabatiga, qolaversa, fan-texnika taraqqiyotiga, ishlab chiqarish vositalarining sifatiga, holatiga va nihoyat, tabiiy sharoitga bogiiq. Demak, inson o‘z faoliyatini ularning barchasini oqilona, uddaburonlik bilan samarali ishga solishga qaratishi kerak. Shunday mehnat iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Uning tabiati ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Demak, talabni qondira olish qobiliyatiga ega bo'lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, xizmatlami bajarish insonning ongli faoliyati, ya’ni mehnatiga bevosita bog‘liqdir.
Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslari tarkibiga mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 16 yoshdan 55
113
yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar hamda o‘z xohishiga ko‘ra mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan o‘smirlar va pensionerlar kiradi. Qishloq xo'jaligida o‘smirlar asosan mavsumiy ishlarga jalb etiladilar.
Qishloq xo‘jaligida melinat resurslarining tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:
- mehnat va uning samarasi tabiiy sharoit bilan bog'liq;
- mehnat resursidan foydalanishga qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining mavsumiyligi katta ta'sir ko‘rsatadi;
- qishloq xo‘jaligidagi mehnat jarayoni tirik organizmlar bilan uzviy bogiangan;
- qishloq xo‘jaligida mehnat jarayonining mexanizatsiyalashganlik va avtomatlashganlik darajasi past;
- tarmoqda mehnat jarayoni tor doirada ixtisoslashmagan;
- qishloq joylarida mehnat resurslari sonining o‘sish sur'ati nisbatan yuqori va hokazo.
Ta'kidlangan xususiyatlar tarmoqda sarflanadigan mehnatning miqdoriga, sifatiga va samarasiga bevosita ia’sir etadi. Tabiiy sharoitlar, ya'ni iqlim va yeming holati mehnat resursining samaradorligiga bevosita ta'sir qiladi. Qish oylarida mehnat resursiga bo‘lgan talab keskin kamayib, bahorda va hosilni yig‘ib olishda esa unga bo‘lgan talab ortadi. Shu davrda mavsumiy ishcbilami shartnoma asosida jalb qilish talab etiladi. Dehqonchilik va chorvachilikda mehnat qilayotgan xodimlar o'simliklaming hamda chorva mollarining xususiyatlarini bilishlari lozim. Tarmoqning yangi, unumli texnikalar bilan talab darajasida ta'minlanmaganligi ayrim ish jarayonlarini (sug‘orish, yagonalash, hosilni yig‘ib olish, chorva hayvonlarini oziqlantirish, sog'ish va boshqalar) to‘liq mexanizatsiyalashtirish imkonini bermaydi, natijada jonli mehnat xarajatlari yuqori bo'ladi. Qishloq xo'jaligida mehnat jarayonini amalga oshirishda uning samarali boTishini ta'minlash uchun barcha xususiyatlami e'tiborga olish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslarining huquqiy asoslariga Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan «Mehnat Kodeksi» (04.1996), «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni (05.1998), 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi «Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-616 sonli Qarori, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24-maydagi
«Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band boTmagan aholini hisobga olish metodikasini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 106-sonli Qarori va boshqalar kiradi.
2009-yil 1-yanvar holatiga respublikamiz doimiy aholisi soni 27555,3
ming kishini tashkil etgan boTib, 2008-yil 1-yanvar holatiga nisbatan 483,1
114
ming kishiga yoki 1,8 foizga oshgan. Aholining tabiiy ko'payishi (tug'ilish va o‘lim orasidagi farq) 508,2 ming kishini tashkil etgan bo'lib, shundan 331,8 ming kishi yoki 65,2 foizi qishloq joylariga to‘g‘ri keladi. 2008-yilda iqtisodiyotda band bo'lgan aholi soni 11035,4 ming kishini tashkil etgan bo‘lib, 2007-yilga nisbatan 2,8 foizga oshgan. 2008-yilda bandlikka ko'maklashish tashkilotlariga ishga joylashish masalasida 623,3 ming kishi murojaat qilgan bo‘lib, ulaming 546,6 ming nafari yoki 87,7 foizi ish bilan ta'minlangan.
Mamlakatimizning 2008-yil yanvar-dekabr holatiga mehnat resurslari va ulaming bandligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar 6.1-jadvalda keltirilgan.
6.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |