Afq + Ofq
Bunda: Fm — foyda me'yori, foizda;
SF - sof foyda summasi, ming so‘mda;
Ofq —aylanma fondlar qiymati, ming so‘mda.
Foyda me'yori ko'rsatkichining darajasi yuqori bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
g) asosiy fondlaming qoplanish muddati. Ushbu ko'rsatkichni aniqlash uchun asosiy fondlar qiymatini sof foyda summasiga taqsimlash lozim. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
T =
SF
Bunda: T - asosiy fondlaming qoplanish muddati;
Afq — asosiy fondlaming o‘rtacha yillik qiymati, ming so‘mda;
SF - sof foyda summasi, ming so‘mda.
Asosiy fondlardan foydalanish holati va samaradorligini tahlil qilishda asosiy vositalaming alohida turlari bo‘yicha ham tahlil qilish mumkin. Masalan, bitta kombaynning bir yilda ishlagan kuni, hosilini yiqqan maydoni hamda yig'ishtirgan hosili va hokazo.
Aylanma fondlardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin:
a) aylanma fondlarning aylanish koeffitsiyenti. Ushbu ko'rsatkichni aniqlash uchun sotilgan qishloq xo'jalik mahsulotlarining, ko‘rsatilgan xizmatlarning, bajarilgan ishlaming umumiy qiymatiga asosiy podaga o‘tkazilgan yosh hayvonlaming qiymatini qo'shib, undan asosiy podadagi hayvonlarni sotishdan tushgan mablag‘ni ayirgandan so‘ng qolgan summani aylanma fondlaming o'rtacha yillik qiymatiga taqsimlash lozim. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
SMq +YHq-APs
Ofq
Bunda: SMIq - sotilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining, bajarilgan ishlar, xizmatlaming qiymati (ming so‘m);
YHq — asosiy podaga o'tkazilgan yosh hayvonlaming qiymati (ming so‘m); APs - asosiy podadagi hayvonlarni sotishdan tushgan tushum (ming so‘m); Ofq -aylanma fondlaming o‘rtacha yillik qiymati (ming so'm).
106
Bu ko‘rsatkich xo'jaliklardagi aylanma fondlaming bir yil davomida aylanish tezligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich imkon qadar yuqori boigani ma'qul.
b) aylanma fondlaming aylanish davri. Bu ko'rsatkichni aniqlash uchun bir yildagi kalendar kunlari umumiy sonini aylanma fondlaming ayianish koeffitsiyentiga taqsimlanadi. Bunda quyidagi tenglikdan foydalaniladi:
Bunda: A d- aylanma fondlarning aylanish davri (muddati), kun;
T- bir yildagi kalendar kunlar soni (365 yoki 366), kun.
Yuqoridagi ko‘rsatkichlardan tashqari qishloq xo‘jalik korxonalarida aylanma fondlaming ayrim turlaridan foydalanilganlik darajasini ham aniqlash mumkin. Jumladan, mineral o‘g‘itlardan, ozuqa birligidan, yoqilg'ilardan va boshqalardan foydalanish samaradorligini aniqlanadi. Ulami natural yoki qiymat holida aniqlash imkoniyati mavjud. Bunda mineral o‘g‘itlardan foydalanishning samaradorlik darajasini quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
Smo'= YH m . Smo'= YHq
----------- 9
Mmo' Mmo'
Bunda: Smo'— mineral o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligi;
YHm - olingan yalpi hosil miqdori (ekinlar turlari bo‘yicha), tonna;
YHq —olingan yalpi hosil qiymati, ming so‘m;
Mmo - sarflangan mineral o‘g‘itlar miqdori, tonna.
Bu ko‘rsatkich yordamida sarflangan mineral o‘g‘it evaziga qancha yalpi hosil yoki necha so‘mlik mahsulot olinganligini aniqlash mumkin.
Dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirishda mineral o‘g‘itlaming ahamiyati juda katta. Ko‘ziangan miqdordagi hosilni olish uchun qishloq xo'jahgi ekinlariga ilmiy asoslangan me'yorlarga muvofiq mineral o‘g‘itlar berilishi talab etiladi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlariga beriladigan mineral o‘g‘itlaming ilmiy asoslangan o‘rtacha me'yori 5.2-jadvalda keltirilgan.
5.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |