Urmaiov N. J



Download 21,58 Mb.
bet40/134
Sana31.05.2022
Hajmi21,58 Mb.
#621665
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   134
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Qishloq xo‘jaligi aylanma fondlarining turkumlanishi

5.2-chizma.


Aylanma fondlar ishlab chiqarish jarayonida bajarayotgan vazifalarini e’tiborga olgan holda uch guruhga bo‘linadi: ishlab chiqarish zahiralari,




100


tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari va muomaladagi vosita va mablag'lar.
Aylanma fondlar qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda xo'jalik faoliyatining so‘nggi natijalariga bir xilda ta’sir etmaydi. Ta'sir etish darajasiga qarab aylanma fondlar:
- qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish jarayoniga va samaradorligiga to‘g‘ridan- to‘g‘ri ta’sir qiluvchi;
- ishlab chiqarish jarayoniga va samaradorligiga bilvosita ta’sir qiluvchi aylanma fondlarga bo'linadi.
Qishloq xo'jaligi korxonalarida mahsulot tannarxini pasaytirish va olinadigan foyda summasini ko‘paytirish uchun aylanma fondlardan samarali foydalanishga alohida e’tibor berish lozim.
S.2. Bozor munosabatlari sharoitida asosiy va aylanma fondlarni shakllantirish manbalari hamda ulardan samarali foydalanish yoMlari.

Qishloq xo'jaligi uchun zarur bo'lgan asosiy va aylanma fondlar bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida turlicha yoTlar bilan shakllantirilib, baipo etilmoqda. Qishloq xo‘jaligik korxonalari ayrim asosiy vositalarni (bino, inshootlarni) o'zlari quradi, qishloq xo'jalik texnikalarini ta’mirlaydi, bogTar baipo etadi, chorva hayvonlarini parvarish qiladilar. Ayrim asosiy vositalarni sotib oladi, ba’zi birlarini esa ijaraga oladilar.


Asosiy va aylanma fondlar quyidagi ikkita manbadan shakllantiriladi:
- korxonalaming o‘z mablagTaridan;
- chetdan jalb etilgan mablagTar hisobiga.
Korxonalaming o‘z mablagTariga sof foydadan ajratilayotgan mablag', amortizatsiya fondi, asosiy vositalarni sotishdan, tugatishdan tushadigan mablagTar, asosiy vositalami ijaraga berishdan tushgan mablag‘, qimmatli qog'ozlar chiqarib sotishdan tushgan tushum va boshqa shu kabilar kiradi. Chetdan jalb qilingan mablagTarga esa davlat byudjetidan ajratilgan mablagTar, banklardan olingan kreditlar, jalb etilgan investitsiyalar va boshqalar kiradi.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini rivojlantirish maqsadida davlat byudjetidan ko‘plab mablagTar ajratilmoqda. Mazkur mablagTar asosan irrigatsiya inshootlarini (suv omborlari, kanallar) harpo etishga, qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirishga, yerlaming meliorativ holatini yaxshilashga, ekologiyani sogTomlashtirishga, qishloq xo‘jalik korxonalarini qoTlab-quvvatlashga yo‘naltirilmoqda.
Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo‘jalik asosiy va aylanma fondlarini shakllantirishda lizing xizmatidan keng foydalanish lozim. Qishloq


101


xo'jalik korxonalarida o‘zlari uchun zarur boigan barcha texnikalami sotib olish uchun mablagiari yetishmasligi mumkin. Bunday sharoitda ulami lizing asosida ijaraga olish va lizing muddati tugagandan so‘ng qoldiq qiymati bo'yicha sotib olish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimiz hukumati tomonidan lizing faoliyati izchil qo'llab-quvvatlanib kelinmoqda. Qishloq xo'jalik korxonalari turli vositalami lizing asosida jalb qilganda ularga boj to‘lovlari, soliqlar bo'yicha ko'plab imtiyozlar berilmoqda. Hozirgi vaqtda fermer xo‘jaliklari o'zlarining asosiy fondlar bilan ta'minlanganlik darajasini oshirishda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan lizing kompaniyalarining xizmatlaridan keng foydalanmoqdalar.
Asosiy va aylanma fondlami barpo etishda qishloq xo‘jalik korxonalari o'zlari uchun zamr bo'lgan vositalami ishlab chiqaruvchilaming o'zidan olishga harakat qilishi kerak. Bunday munosabatda vositachilar boimasligi sababli/vositalami arzonroq sotib olishga erishiladi. Shuning uchun xo'jaliklar bu aloqaning doimiyligini ta'minlashga harakat qilishlari lozim.
Qishloq xo'jalik korxonalari ]asosiy jva aylanma vositalami xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlaming tashkilotlaridan (yoqilg‘i, kimyoviy vositalar va boshqalar) va birjalardan sotib olmoqdalar. Bunda ishlab chiqarish fondlarining bahosi vositachilik ustamasi evaziga yuqori bo'lishiga olib keladi. Shu sababli korxonalar imkon qadar ishlab chiqarish fondlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchilardan olishga harakat qilishi kerak. Kelajakda qishloq xo'jalik korxonalari ishlab chiqarish fondlarini barpo etish manbalari hamda shakllantirish yoilarini takomillashtirishga alohida e’tibor berishlari, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalami rivojlantirishga erishishlari maqsadga muvofiqdir.
Shu bilan birga ichki va tashqi investitsiyalami jalb etishga va ulaming koiamini kengaytirishga katta e'tibor berish lozim. Shu yoilar bilan tarmoq va xo'jalikning asosiy va aylanma fondlarga boigan talabni qondirishga erishishlari mumkin.
Mustaqillikka erishilgandan keyingi dastlabki yillarda qishloq xo‘jaligi tarmog'ining asosiy va aylanma fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi pasayganligi bizga ma'lum. Lekin, so‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan yaratib berilayotgan e'tibor tufayli tarmoqda asosiy va aylanma fondlar qiymati ortib bonnoqda. Bunga asosiy va aylanma fondlar baholarining tez sur'atlar bilan o'sganligi ham ta’sir ko'rsatmoqda. Masalan, 1995-yilda 1 dona «MTZ- 80» markali tralctoming bahosi 487 ming so‘m bo‘lgan boTsa, 2002-yilga kelib, 19,3 martaga oshib, 9,4 mln. so'mni tashkil etgan. Ayrim qishloq xo'jalik texnikalarining baholari juda yuqori sur'atlarda oshgan. Shu yillar ichda benzin yoqilg‘isining bahosi 12,6 martaga, ammofos o‘g‘itining bahosi esa 16,6 martaga qimmatlashgan.
Qishloq xo'jaligi asosiy va aylanma fondlari qiymatining oshishi tarmoq
xo'jaliklarining fondlar bilan ta'minlanishi oshishiga olib keldi. Shu bilan birga


102


asosiy vositalar tarkibida ham sifat o‘zgarishlari yuz berdi. Xo‘jaliklar mexanizatorlar uchun qulay imkoniyatlarga ega bo‘lgan qudratli, serunum traktorlar, kombaynlami sotib olmoqdalar. Jumladan, qishloq xo‘jalik korxonalari zamonaviy «Belarus», «Magnum», «Altay» traktorlarini, «Klaas» kombaynlarinini va boshqa texnikalarni sotib olmoqdalar yoki lizing asosida ijaraga olmoqdalar. Bundan tashqari mamlakatimizda tashkil etilayotgan turli ko‘rgazmalar ham qishloq xo‘jalik korxonalarining asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga xizmat qilmoqda. Jumladan, Toshkent shahrida an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan “O‘zagroekspo” ko'rgazmasi ham muhim rol o'ynamoqda. Unda dunyoning ko‘pgina mamlakatlaridan kompaniyalar o‘z mahsulotlari bilan qatnashmoqda. Unda qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoati uchun zamonaviy, serunum texnikalar namoyish etiladi. Ushbu ko'rgazma qishloq xo'jaligi korxonalariga ular uchun zarur texnikalami ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalami o'rnatish uchun juda qulay imkoniyat yaratib beradi.
Qishloq xo'jalik korxonalarida aylanma fondlami shakllantirishda bank kreditlaridan keng foydalanilmoqda. Bu jarayonda hukumatimiz tomonidan keng imkoniyat va imtiyozlar yaratib berilgan.

Download 21,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish