94
Qishloq xo‘jaligi asosiy fondlarining turkumlanishi
5.1-chizma.
95
Tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish jarayonida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida bevosita qatnashuvchi fondlar muhim ahamiyatga ega, chunki ular asosiy ishlab chiqarish fondlarining 80 foizga yaqinini tashkil qiladi. Bu fondlarga quyidagilar kiradi:
• qishloq xo‘jaligi yerlari;
• binolar va inshootlar;
• traktorlar va boshqa qishloq xo‘jalik texnikalari;
• mashina va mexanizmlar;
• transport vositalari;
• ishlab chiqarish va xo'jalik inventarlari;
• mahsuldor va ishchi hayvonlar;
• ko‘p yillik mevali daraxtlar;
• yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun qilingan xarajatlar;
• asbob-uskunalar va boshqa shu kabilar.
Asosiy fondlar ishlab chiqarishning so‘nggi natijalariga bir xilda ta'sir etmaydilar. Shuning uchun ular aktiv va passiv fondlarga ajratiladi. Aktiv fondlarga ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashadigan traktorlar, kombaynlar, avtomobillar, qishloq xo‘jaligi texnikalari, transport vositalari, mahsulotlarni realizatsiya qilishda ishtirok etadigan vositalar va boshqalar kiradi. Passiv fondlarga esa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida bevosita qatnashmaydigan binolar, inshootlar, melioratsiya obyektlari kiradi. Barcha asosiy vositalardan yil davomida toTiq foydalanishga harakat qilish kerak.
Qishloq xo‘jalik korxonasidagi asosiy fondlaraing tarkibi o'zining moddiy xarakteriga va ishlab chiqarish jarayonida bajaradigan vazifasiga qarab quyidagi guruhlarga boTinadi:
a) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi asosiy fondlari (imorat, inshootlar, traktorlar, uzatuvchi moslamalar, mashina va mexanizmlar, mahsuldor hayvonlar, ko‘p yillik mevali daraxtlar va boshqalar);
b) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga bogTiq bo‘lmagan asosiy fondlar (sanoat ishlab chiqarishi vositalari, qurilish tashkiloti vositalari, savdo va umumiy ovqatlanish shaxobchasi vositalari va boshqalar);
d) noishlab chiqarish asosiy fondlari (uy-joy kommunal xo'jaligi, tibbiyot muassasalari, bolalar bog‘chasi, klublar, istirohat bogTari, maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari va boshqa shu kabilaming vositalari).
Asosiy vositalardan yillar davomida foydalanilishi natijasida jismoniy jihatdan eskiradi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida yangi, zamonaviy texnikalaming yaratilishi, takomillashtirilishi tufayli ular ma'naviy jihatdan ham eskiradi.
Asosiy vositalaming eskirishini ulaming amaldagi eskirish me'yorlari yordamida aniqlash mumkin. Ulaming eskirish qiymati amortizatsiya sutnmasi deb ataladi. Asosiy vositalaming eskirishini belgilab beravchi amortizatsiya
96
me’yori asosida ulaming eskirish summasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
As= ^1^00-xAn
Bunda: As - asosiy vositaning amortizatsiya summasi (ming so‘m);
Abq - asosiy vositaning balans qiymati (ming so‘m);
An - asosiy vositaning eskirish me'yori, foizda.
Asosiy vositalaming eskirish me’yori berilmaganda asosiy vositaning balans qiymatini uning xizmat qilish muddatiga taqsimlash natijasida eskirish summasi aniqlanadi. Xo‘jalikda asosiy vositalar kapital ta'mirlangan bo'lsa, ushbu summa ularning balans qiymatiga qo‘shiladi.
Eskirish summasi yetishtirilayotgan mahsulotlar, ko'rsatilayotgan xizmatlaming tannarxiga belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Korxonadagi asosiy vositalar uchun hisoblangan amortizatsiya summalari yig'ilib amortizatsiya fondini tashkil etadi va u mayjud asosiy fondlami ta'mirlash, ishga yaroqli holatda saqlab turish va yangilarini sotib olish maqsadlarida ishlatiladi. Amortizatsiya fondi mablagiarini belgilangan maqsadlar uchun sarflash, uning boshqa maqsadlarga sarflanishiga yo‘1qo'maslik lozim.
2008-yil 1-yanvardan amaliyotga joriy etilgan 0 ‘zbekiston
Respublikasi soliq Kodeksida asosiy fondlar amortizatsiyasining eng yuqori me'yorlari belgilab berilgan va u quyidagi 5.1-jadvalda keltirilgan.
5.1-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |