Bog'liq Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)
Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlariga beriladigan mineral o‘g‘itlarning ilmiy asoslangan o‘rtacha me’yori (kg/ga, 100 foiz sof modda hisobida) Mineral o‘g‘it sarfi
EkinturlariAzotli Fosforli Kaliyli
1 2 34 Boshoqli don ekinlari:
a) sug‘oriladigan 15010050 b) lalmi 50 50 - Don uchun makkajo‘xori 180-220 120-140 85-90
Sholi 200-220140-145150-180
107
1 2 3 4
G‘o‘za 215-240 145-165 95-110
Kanop 160-180 130-140 80-90
Tamaki120-15080-100 40-45
Kartoshka120-150 85-100 60-75
Sabzavot 145-200 100-110 70-75
Poliz 50-75100-110 45-50
Ozuqabop ildizmevali
o'simliklar 2209060 Silos uchun makkajo'xori 200 90 60
Bedazorlar 100 90-100 50-60
M an b a : Q ish lo q x o ‘j a l ik ra a h su lo tla r i y e tish tirish d a ta la b e tila d ig a n m e h n a t v a m o d d iy re su rsla r m e 'y o r la r i , T .: 0 ‘z B IIT I , 1996
Qishloq xo‘jalik korxonalari ekinlarga ilmiy asoslangan miqdordagi mineral o‘g‘itlami berishga alohida e’tibor berishlari lozim. Shu orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmini intensiv yo‘l bilan ko‘paytirishga erishiladi.
Chorvachilikda esa sarflangan ozuqa birligining samaradorlik darajasini quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
ChMmChMq OBs= OBs =
SOBSOB Bunda: OBs-sarflangan ozuqa birligining samaradorligi;
ChMm - yetishitirilgan chorvachilik mahsulotlarining miqdori (tonna); ChMq - yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarining qiymati, ming so‘m; SOB - chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga sarflangan ozuqa birligi.
Chorvachilikda 1 ozuqa birligi sifatida 1 kg sulining to'yimlilik qiymati asos qilib olingan.
5.4. Asosiy vaaylanmafondlardanfoydalanishsamaradorliginioshirish yo‘llari.
Mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan asosiy va aylanma fondlarning iqtisodiy samaradorligi yuksalishiga xizmat qilmoqda. Kelajakda bu o‘sish sur’atini yanada oshirishga erishish uchun tarmoqda mavjud bo‘lgan barcha asosiy va aylanma fondlardan yil mobaynida to'liq va maqsadga muvofiq samarali foydalanish zarnr. Zamonaviy, serunum texnikalardan, samarali texnologiyalardan oqilona foydalanish natijasida dastavval mehnat unumdorligini oshirib, mehnat va mablag‘ sarflari tejalishini ta’minlab, yetishtiriladigan mahsulotlaming
108
tannarxini pasaytirish evaziga olinadigan foyda sununasini ko‘paytirishga erishish lozim.
Avvalo, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchilaming asosiy va aylanma fondlardan samarali foydalanishdan moddiy va ma'naviy manfaatdorligini oshirish lozim. Shuningdek, ularda mulkka egalik hissini shakllantirish va mulkdan samarali foydalanishdan manfaatdorligini yuksaltirish kerak.
Qishloq xo‘jalik korxonalari ixtiyoridagi barcha asosiy va aylanma fondlardan yil davomida, oqilona hamda samarali foydalanishni ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlami o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish lozim. Shuningdek, korxonalarning joylashishi, ixtisoslashishi va ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlanganligiga, ular o‘rtasidagi mutanosiblikka alohida e'tibor berish kerak. Agarda xo‘jaliklar barcha vositalar bilan talab darajasida yaxshi ta'minlanmagan boisa, bu masalani hal etish bilan bogiiq tadbirlarni, yoilam i aniqlash zarur. Jumladan, asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun quyidagi tadbirlarning o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirilishini ta’minlashga doimo e'tibor berish maqsadga muvofiqdir:
• korxonalaming asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik darajasini yaxshilash, ular o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash, ya'ni qishloq xo'jalik texnikasi uchun zarur boigan barcha mexanizmlar boiishiga erishish;
• asosiy vositalaming holatini, ishga yaroqliligini yaxshilash;
• zamr bino va inshootlar bilan yetarli darajada ta’minlanishga erishish, bunda mahalliy qurilish materiallaridan oqilona foydalanish;
• sanoat korxonalari yetkazib beradigan qishloq xo‘jalik mashinalari va texnikalarini qulay usullarda sotib olish;
• qishloq xo‘jaligiga fan-texnika yutuqlari, zamonaviy texnologiyalami joriy qilish va hokazo.
Aylanma fondlardan samarali foydalanish orqali qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligining o‘sishiga, chorva hayvonlari mahsuldorligining oshishiga, mahsulot sifatining yuksalishiga erishish lozim.
Aylanma fondlardan samarali foydalanishda quyidagi tadbirlarga e'tibor berish kerak:
• qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida foydalaniladigan aylanma fondlardan tejamkorlik bilan samarali foydalanish;
• aylanma fondlami sotib olish tartibini takomillashtirish;
• aylanma fondlaming optimal tarkibini ta'minlash;
• aylanma fondlaming aylanish davrini qisqartirish;
• qishloq xo‘jaligida yetarli darajada mineral o‘g‘itlardan foydalanish;
• mamlakatimiz mintaqalarida urug‘chilikni yanada rivojlantirish;
• debitorlik qarzlari ko‘payishining oldini olish;
109
• mehnatni tashkil qilishni takomillashtirish va rag‘batlantirish tizimini rivojlantirish.
Yuqoridagi tadbirlarga e'tibor berish kelajakda qishloq xo'jaligidagi asosiy va aylanma fondlardan yil davomida samarali foydalanilishini ta’minlaydi.
Qisqacha xulosalar
Qishloq xo'jaligining ishlab chiqarish fondlari bilan ta'minlanishini yaxshilashda, jonli mehnat sarflari tejalishida, ekinlar hosildorligi, chorva hayvonlari mahsuldorligi oshishida, mahsulotlar sifati yaxshilashda asosiy va aylanma vositalar muhim ahamiyatga ega.
Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish darajasini va ulam in g iqtisodiy samaradorligi holatini aniqlashda tegishli ko'rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Hozirgi davrda asosiy va aylanma fondlardan foydalanish holati, samaradorligini oshirishga va qishloq xo‘jalik korxonalarining ular bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga alohida e'tibor berilmoqda. Ulardan foydalanish holatini va samaradorligini oshirish uchun xo‘jaliklami bunday vositalar bilan to‘liq va mutanosib ravishda ta’minlash, asosiy fondlaming ishga yaroqliligini oshirish, ulardan yil davomida oqilona foydalanishga erishish, aylanma fondlardan tejab foydalanish, ulami sotib olish usullarini takomillashtirish, ulardan unumli foydalanish, moddiy rag‘batlantirishni takomillashtirish zamr.
Nazorat va muhokama uchun savoUar:
1. Asosiy va aylanma fondlar deganda nimani tushunasiz?
2. Asosiy va aylanma fondlarning qishloq xo'jaligidagi ahamiyati qanday?
3. Asosiy va aylanma fondlar qanday turkumlanadi?
4. Asosiy va aylanma fondlami barpo etishning qanday manbalarini bilasiz?
5. Ishlab chiqarish vositalari bozori deganda nimani tushunasiz?
6. Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish darajasini, samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, ulami aniqlash tartibini tushuntirib bering.
7. Asosiy vositalaming eskirish summasi qanday aniqlanadi?
8. Asosiy va aylanma fondlardan to‘liq va samarali foydalanish uchun qanday masalalarga e'tibor berish kerak?