Bozor infratuzilmasi subyektlari tarkibiga
kiradigan tashkilot va
muassasalar o'rtasidagi o‘zaro hamkorlikni samarali yo‘lga qo'yish asosida
iqtisodiyotda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish mumkin.
Ushbu tadbir bozor infratuzilmasi subyektlarini qishloq hududlari bo‘yicha
joylashtirish bilan bir qatorda ular tomonidan yangi qo‘shimcha ish
o'rinlarining yaratilishiga ham asos bo‘ladi.
Bozor infratuzilmasi subyektlari tarkibiga quyidagi tashkilot, idora va
muassasalar kiradi: monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat
qo'mitasi; iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo'mitasi; biijalar va ulaming
tarkibida ish yuritadigan brokerlar, maklerlar va agentlar xizmatlari;
savdo-
tijorat markazlari, savdo uylari, savdo-sanoat palatalari, tashqi savdo firma va
birlashmalari; ulguiji, chakana savdo va boshqa turdagi barcha savdo
tashkilotlari; kim oshdi savdosi o'tkazuvchi idora va yarmarka;
markaziy va
tijorat banklari; lizing va injiniring bo'yicha muassasa va tashkilotlar;
marketing maslahati va menejment markazlari; mutaxassislami tayyorlash va
qayta
tayyorlash
muassasalari,
markazlar;
mehnat
bandligi
bilan
shug‘ullanuvchi tashkilotlar; tijorat va ilmiy-texnika axborotlari markazlari;
reklama
byurolari; sug'urta xizmatini ko'rsatuvchi muassasalari; soliq tizimi
idoralari va inspeksiyalari; bojxona tizimi idoralari; auditorlik xizmati
firmalari; konsalting xizmati muassasalari;
kasaba uyushma tashkilotlari;
loyihalash institut va tashkilotlari; vositachilik xizmati muassasalari; notarial
idoralari; advokatura idorasi; tadbirkorlik uyushmasi; investitsiya jamg'arma
kompaniyalari; lombardlar;
agrofirma; kredit uyushmalari; iste’molchilar
huquqlarini himoya qilish jamiyatlari va shunga o‘xshash barcha xo‘jalik
yuritish subyelctlari va jismoniy shaxslar o‘rtasida sodir bo‘ladigan bozor
munosabatlarini
tashkil
etuvchi
va
muvofiqlashtiruvchi
muassasalar
hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligida bozor infratuzilmasining ham o‘mi beqiyosdir.
Qishloq xo'jaligida bozor infratuzilmasining bir subyekti bo‘lgan lizing
kompaniyalari tarmoqni yuqori samarali zamonaviy texnika vositalari bilan
ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jaligiga yetkazib berilayotgan
traktorlar va o‘rim-yig‘im texnikasi sonini oshirish hamda ular uchun hisob-
ldtob qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining
2000- yil 2-noyabrdagi "Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi
bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 424-sonli
qarorining qabul
qilinishi ayni muddao boidi. Mazkur hujjatga asosan " 0 ‘zqishloqxo‘jalikmash-
lizing" kompaniyasi tashkil etildi, uning tuzilmasi tasdiqlandi, eng muhimi,
2001- 2007-yillar mobaynida " 0 ‘zqishloqxo‘jalikmashxolding" kompaniyasi
zavodlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mashinalarini
(birinchi navbatda traktorlar va o‘rim-yig‘im texnikasini) mashina-traktor
parklariga va
fermer xo'jaliklariga 7 yil
muddatga lizingga berishning
146
www.ziyouz.com kutubxonasi
tashkiliy, iqtisodiy hamda texnikaviy mexanizmlari aniq va ravshan belgilab
qo‘yildi. Hozirgi vaqtda hukumatimiz tomonidan qishloq xo‘jaligining moddiy-
texnika bazasini mustahkamlashda lizing imkoniyatlaridan keng foydalanishga
alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan Prezidentimiz farmoniga ko‘ra qishloq
xo'jalik texnikalarining lizing muddati 7 yildan 10 yilga uzaytirildi hamda
qishloq xo'jalik texnikasini lizing asosida sotib olish bo‘yicha tashkil etilgan
Fond hisobidan ushbu maqsadlar uchun 2008-yili 43 milliard so'mdan ziyod
mablag* ajratilgan bo‘lsa, 2009-yilda 58 milliard so‘mdan ortiq mablag'
yo'naltirilgan.
2008-yilda lizing asosida qishloq xo‘jalik korxonalariga jami 48,9 mlrd.
so‘mlik 3459 dona turli xildagi texnikalar yetkazib berildi. 2009-yilda ham
7547 ta texnikani lizing va kredit asosida olingan bo‘lib,
shu orqali qishloq
xo‘jalik korxonalarining texnika ta'minotini yaxshilashga ijobiy ta’sir
ko‘rsatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: