Davlat suverenitet --- Qoraqalpog'iston -- O'zbekiston Respublikasining tarkibiga kiradigan suveren ya'ni demokratik davlat .
Frast Fond --- Orolbo'yi mintaqasi uchun inson xavfsizlik bo'yicha ko'psheriklik asosida tuzilgan fond Davlat --- o'z fuqarolarining ijtimoiy - siyosiy huquqlarini himoya qiluvchi , bunga qarshi turuvchi kuchlarning qarshiligini sindiruvchi hokimiyat organlari va siyosiy tashkilotlar tizimiga ega bo'lgan mustaqil mamlakat.
Deklaratsiya ---- fransuzcha '' declaration " - bayonat) - xalqaro huquqda va siyosat sohasi tomonlarida ( bir necha hukumat , siyosiy partiyalar , xalqaro tashkilotlar ) tarafidan ma'qullangan dasturiy hujjat .
Ekosan ---- notijorat , nohukumat , nodavlat tashkilot nomi .
Fan ----- tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda o'zi erishgan natijalari bilan atrof muhitga ta'sir ko'rsatuvchi bilimlar tizimi .
Hokimiyat --- davlatni boshqarish huquqi , siyosiy hukmronlik , davlat organlarining huquq va vakolati .
Jo'qorg'i Kenges ---- Qoraqalpog'iston Respublikasing oliy davlat hokimiyat organi , respublika parlamenti .Jamg'arma ---- xarajatlardan chiqimdan orttirib , tejab - tergab to'plangan pul , mablag' .
Kengash ---- biror ish harakat yuzasidan fikr - mulohaza , yo'l -yo'riq maslahat , mamlakatda muayyan tarmoq faoliyatini boshqaruvchi shaxs.
Ma'daniyat ---- jamiyatning ishlab chiqarish , ijtimoiy - ma'naviy - ma'rifiy hayotida qo'lga kiritgan yutuqlar majmui .
Parlament --- demokratik mamlakatlarda butunlay yoki asosan saylov asosida tuziladigan oliy vakillik va qonunchilik organi .
Prezident --- respublika boshqaruvi shaklidagi ko'pchilik mamlakatlarda ma'lum muddatga saylab qo'yiladigan davlat boshlig'i .
Respublika ---- oliy davlat hokimiyat ma'lum muddatga saylanadigan hokimiyat organi ( prezident yoki parlament) ga tegishli bo'lgan boshqaruv shakli .
Suverenitet ---- xalqaro huquqda va siyosat sohasida ichki ishlarni olib borishda va tashqi munosabatlarda boshqa davlatlardan mustaqilligi .
Ta'lim --- bilim berish , malaka va ko'nikmalar hosil qilish jarayoni , kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi .
Konstitutsiya --- davlatning yuksak yuridik kuchga ega bo'lgan asosiy qonuni ; barcha joriy qonunlarning asosi .Davlat suvereniteti va Deklaratsiya wunga o'xshash yozgan so'zlarimni Qora bilan yozib bering