7.3. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda qishloq
xo‘ja!igi infratnzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan
tadbirlar.
Prezidentimiz Islom Karimov o ‘zining “Jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi, 0 ‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari”
nomli asarida 2009-yildagi eng muhim ustuvor vazifalardan biri — bu
mamlakatimizni modemizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim
omili
sifatida
ishlab
chiqarish
va
ijtimoiy
infratuzilmani
yanada
rivojlantirishdan iborat ekanligini belgilab berdilar.
Mazkur ustuvor vazifaga alohida e'tibor qaratishning bir qator sabablari
mavjud. Jumladan:
Birinchidan, infratuzilmani rivojlantirish yangi korxonalami joylashtirish
va butun iqtisodiyotni taraqqiy ettirish uchun zamr qulay shart-sharoitlar
yaratadi, mamlakatimizning boy mineral-xomashyo resurslarini o‘zlashtirish
imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ikkinchidan, ishlab chiqarish infratuzilmasi, avvalambor, avtomobil va
temir yo‘llarning rivojlangan tizimi, ularning samarali faoliyati ishlab
chiqarishdagi umumiy xarajatlarni kamaytirishning muhim sharti va omilidir.
Bu esa,
o‘z navbatida, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va butun
iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshiradi.
Uchinchidan, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini toza ichimlik
suvi, energiya bilan ta'minlash, ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish, pirovard
natijada aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.
147
www.ziyouz.com kutubxonasi
To‘rtinchidan, infratuzilmani rivojlantirish ko‘p mehnat talab qiladigan
keng koTamli soha hisoblanadi. Bu yangi ish o'rinlarini tashkil etish, aholining,
ayniqsa, yoshlaming ish bilan bandligini ta’minlash, odamlaming daromadi va
farovonligini oshirish imkonini beradi.
Bundan ko‘rinadiki, mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sishni
ta'minlash, iqtisodiyotning real sektorini yanada rivojlantirish ko‘p jihatdan
xo‘jalik yurituvchi subyektlaming ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan
ta’minlanganlik darajasiga bogTiq.
Zamonaviy
ishlab
chiqarish
va
ijtimoiy
infratuzilmani jadal
rivojlantirishni ta'minlash, shu asosda iqtisodiyotni izchil va barqaror
yuksaltirish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida «2009-yilda ishlab
chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida» maxsus dastur qabul qilindi va uning bajarilishi
nazoratga olindi.
Mamlakatimizda transport infratuzilmasini, birinchi navbatda avtomobil
va temir yoTIami rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2007-2010-
yillarda umumiy foydalanishda boTgan avtomobil yoTlarini rivojlantirish
dasturining amalga oshirilishi bugungi kunda respublikamizning barcha
mintaqalari o‘rtasida yil davomida ishonchh transport aloqasini ta'minlamoqda.
Jumladan, 2008-yil davomida 1108,0 mlrd. so'mlik temir yo‘1 transporti
xizmatlari, 397,2 mhd. so‘mlik avtomobil yoTlari qurish va rekonstruksiyalash
ishlari, 1375,0 mhd. so‘mlik aloqa xizmatlari, 1786,1 mlrd. so‘mlik elektr
energiyasi
ta’minoti
xizmatlari
ko‘rsatildi6.
Buning
natijasida
mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish faoliyatining rivoji
va uzluksizligi taTninlandi.
2009-yilda “Toshguzar - Boysun - Qumqo‘rg‘on” temh yo‘1 liniyasida
obodonlashtirish ishlarini nihoyasiga yetkazish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
2009-yilning 20-avgustidan boshlab mazkur tem h yoTdan yoTovchi poyezdlari
qatnovi yoTga qo‘yildi. Natijada
Termiz va Toshkent shaharlari orasida
poyezd qatnovi uchun sarflanadigan vaqt 8 soatga qisqardi. Shuning 5,5 soati
yangi temh yoTning ishga tushirilishi natijasida Termiz va Toshkent shaharlari
orasida poyezd qatnovi masofasining 170 kilometrga qisqarishi evaziga, 3
soatga yaqini esa Turkmanistonda passajir poyezdining ushlanib qolishiga
barham berilganligi sababli qisqargan. Buning natijasida yoTovchilarga ancha
qulayliklar yaratildi, chiptalar narxi ham ancha arzonlashdi.
Iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va xalqimiz farovonligini oshirishda
mamlakatimiz hududlarida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani
6 Xodiyev B.Yu., Bekmurodov A.Sh., G'ofurov U.V., To'xliyev B.K. O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, 0 ’zbekiston shaioitida uni
bartaraf etishning yo'llari va choralari” nomli asarini oYganish bo'yicha o’quv qoTlanma. -T.:
Iqtisodiyot, 2009
148
www.ziyouz.com kutubxonasi
rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mustaqillikning ilk
davridan mamlakatimiz hududi bo'ylab, qolaversa jahonning turli nuqtalari
bilan tutashtiruvchi, qulay, samarali va eng muhimi, ishonchli avtomobil yo'llar
lizimining barpo etishga alohida e’tibor berilmoqda. Shunga ko‘ra, hozirda
yuqori darajadagi xalqaro standartlarga javob beradigan, mamlakatimizning
barcha hududlarini o‘zaro ishonchli bog'laydigan va mintaqaviy hamda jahon
bozorlariga chiqishni ta'minlaydigan 0 ‘zbekiston milliy avtomagistralini
qurish va rekonstruksiya qilish bo'yicha keng ko‘lamli dastur amalga
oshirilmoqda.
Buning
natijasida
umumiy
foydalanishdagi
avtomobil
yoilarining uzunligi 42530 kilometrga yetdi (7. l-jadval).
7.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |