Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazariy va amaliy asoslari



Download 0,49 Mb.
bet2/8
Sana06.02.2020
Hajmi0,49 Mb.
#38879
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tarjima nazariyasi


Tarjima tarixi saboqlari. Tarjima va aloqa mexanik ravishda, bir tomonlama, to’g’rirog’i muayyan ikki madaniyat o’rtasidagina yuz beradigan tushuncha emas. Bu murakkab, o’zaro, ko’p tomonlama, ta’sir va aks ta’sir xarakterida bo’lib, bir necha xalqlar yaratgan madaniyatlar, ularning tillari ishtirokida sodir bo’ladi.

Xalqlar hech qachon bir-birlaridan mutlaq ajralgan holda yashahslari mumkin bo’lmaganligi singari, ularning moddiy va ma’naviy yodgorliklari, adabiyoti va san’ati hech qachon faqat bir milliy chegara doirasida “sof holda” saqlanib qolmagan.

Insoniyat yaratgan eng yaxshi adabiyot namunalari chegara bilmagan, goh o’zgarib, goh qo’shilib-chatishib ellardan-ellarga, tillardan-tillarga ko’chib yurgan. Shuning uchun bunday umuminsoniy madaniy yodgorlik bo’lib qolgan asarlarning aniq tekstologik nusxasi-aslini tiklash u yoqda tursin, ba’zan hatto ularning “vatanini” aniqlash ham mushkul bo’lib qoladi.

Eramizdan oldingi uchinchi ming yillikda, tosh davrining tugashi, metall davrining endigina boshlanishida bobillar yaratgan Gilgomish haqidagi, ibtidoiy moddiy madaniyat yodgorliklari, odamlar o’rtasidagi “dag’al” munosabatlarni aks ettiruvchi dostonni hozirgi zamon tillariga tarjima qilish, asarda tasvirlangan hayratomuz voqealarga sidqidil “ishonish”dan hamon o’zimizni tiya olmaymiz. “Gilgomish”dan ming yil keyin yaratilgan, qadimgi yunon mifologik va ijtimoiy voqeligini takrorlanmas bir tarzda badiiy aks ettiruvchi “Iliada” va “Odisseya” dostonlarini o’z tiliga tarjima qilish ayni millatning nimaga qodir ekanligini ko’rsatish timsoliga aylandi. Bu kabi dostonlar (Ming bir kecha, Mahobharata, Manas, Alpomish, Ilya Muromets, Igor jangnomasi va boshqalar) dunyodagi juda ko’p tillarga qayta-qayta tarjima qilinadi, tarjima vositasi bilan asarlarni o’z milliy madaniyatlari hodisasiga aylantirish uchun butun umrlarini sarf qilgan tarjimonlar, zukko kishilar, aql va iste’dod egalari ko’plab topiladi. Buyuk o’zbek olimi Abu Rayxon Beruniy ham Gomerning “Iliada” dostonidan xabardorgina emas, undan ayrim parchalarni tarjima qilganligi ham ma’lum.

Bugungi kunda tarixiy-ilmiy ahamiyatga ega bo’lib qolgan katta tarjima adabiyotini yaratgan adiblar nazariya sohasida hamma narsani faqat jumboq holida qoldirib ketganlar, deb hisoblash umuman to’g’ri emas. Ba’zan ular tarjima qilinayotgan muallif va uning ijodiga munosabat bildirganlar, tarjima qilish yo’l-yo’riqlari haqida fikr bayon qilganlar, baxslashganlar, asl nusxaning barcha badiiy-estetik xususiyatlarini kitobxonga mukammal yetkazish uchun o’z tarjimalariga muqaddima, sharxlar yozganlar. Masalan, mulla Murodho’ja shayx Sa’diyning “Guliston” asarini o’zbek tilida nashr qilar ekan, undagi tushunilishi qiyin bo’lgan arabcha-forscha so’z va tarkiblarga izoh beradi. Murodho’ja “Sababi tarjimai “Guliston” degan muqaddima yozib, unda Sa’diyning hayotini yoritishdan tashqari, bu asarni tarjima qilsih xususiyatlarini bayon etadi.

1557 yilda Venetsiyada tabrizlik arman yozuvchisi Xristofor Armaniy tomonidan italyan tiliga o’girilgan “Shox Sarandibning uch navqiron o’g’lonlarining qanday qilib ziyoratg’a borg’oni” asari Husrav Dehlaviyning “Hasht bihisht” Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonlari asosida yaratiladi va bu asar yevropalik kitobxonlar orasida shuhrat topadi, shu boisdan uni ikkinchi marta nashr qiladilar. Oradan chorak asr o’tgach, 1583 yilda o’sha narsaning o’zi nemischa tarjimada bosiladi. Endi nomi bunday o’zgarishga uchragan edi: “Sarandib shohi Ja’farning uch o’g’loni boshidan kechirgan hayratomuz sarguzashtlarning birinchi qismi g’oyat nafosat va fasohat birlan hikoya qilinmish, endilikjda Bazel shahrining fuqarosi Iogann Vetsel tomonidan italyan tilidan nemischaga yangidan tarjima qilinmish”. Nemis tilida bu kitob qayta-qayta nashr etilgan. 18 asrgacha 15 marta turli tillarda qayta nashr qilingan. Huddi shu matn fransuz (1719), golland (1766) tillariga o’girilgan. Bu asar ikki qismdan tashkil topgan. Birinchi qismida qanday qilib Sarandib shohi o’zining uch o’g’lini oqil va dono qilib tarbiyalagani hikoya qilinadi. Bolalar voyaga yetgach, shoh ularni hayot tajribasidan o’tkazish maqsadida sayohatga yuboradi. Ko’p sarguzashtlardan so’ng ular Bahrom Go’rning qo’liga tushadilar. Kitobning ikkinchi qismida Bahrom Go’r va Dilorom haqida hikoya qilinadi. Yevropa olimlari mazkur sarguzasht asarning muallifini aniqlay olmaydilar. Bu muammoga Professor YE.E.Bertels javob beradi. “Xristofor kitobining birinchi qismiga Amir Xisravning “Hasht Behisht” dostoni manba bo’lgan, ikkinchi qismiga Navoiyning “Sab’ai sayor” dostonidagi Bahrom va Dilorom voqeasi asos bo’la oladi. Shu tariqa A.Navoiy Yevropa mamlakatlariga tashrif buyurgan.

Tarjima tarixida qilingan ishlarning ham ijobiy, ham salbiy jihatlari zamonlar o’tishi bilan ro’yobga chiqib kelgan.

Badiiy tarjima va adabiy an’ana. Badiiy tarjimani ilmiy tavsiflash shundan iboratki, bunda so’zni so’z bilan emas, balki ma’noni ma’no bilan, ohangni ohang bilan, obrazni obraz bilan, yumorni yumor bilan berish muhim ahamiyatga egadir. “Badiiy tarjimaning boshqa turdagi tarjimalaridan farqi shundaki, so’z, jumla yoki butun bir asarni to’g’ri o’girish kifoya emas. Bunda tarjimon ham san’atkor bo’lishi lozim” Tarjimonlar o’zga milliy adabiyotlarda mavjud bo’lgan eng sara, katta ijtimoiy, adabiy-estetik va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan kitoblarni o’z tillariga ag’darishga oshiqadilar.

    Badiiy tarjima, o’z navbatida, she’riy va nasriy tarjima turlariga  bo’linadi. Ular ham badiiy adabiyotning janrlariga qarab she’r, dramatik asarlar, roman, qissa, hikoya va hokazo tarjima yo’nalishlariga bo’linadi. Har bir yo’nalishning yuqoridagi ikki tur talablaridan kelib chiqib, umumiy va farqli jihatlari mavjud. Bu jihatlar asliyat mansub bo’lgan qonun-qoidalarni belgilab beradigan mezonlarga bog’liq yondashuvlar mohiyatidan kelib chiqadi.

Badiiy tarjimaning boshqa turlariga qaraganda she’riy tarjima “ko’proq” san’atdir. She’riy tarjima badiiy tarjimaning oliy navi desa bo’ladi. Nasriy asarlar tarjimasiga yozuvchilardan tashqari professional tarjimonlar ham jur’at etadilar. Ammo she’riy tarjima – bu aksariyat shoirlar, shoir-tarjimonlar ishidir. To’g’ri, ahyon-ahyonda ilgari nasriy asarlar tarjimasi bilan tanilgan tarjimonlar yoxud olimlar ham nazm tarjimasiga qo’l urganlar. Masalan, atoqli turkolog olim Sergey Nikolaevich Ivanov Alisher Navoiyning “Lisonut-tayr” dostonini qadimgi o’zbek tilidan ruschaga tarjima qildi. Talantli tarjimon Qodir Mirmuhammedov Gomerning mashhur “Illiada”sini, atoqli yozuvchi Oybek A.S.Pushkinning “Evgeniy Onegin” she’riy romanini o’zbek tiliga o’girdilar. Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”sidan uch jildi Hamid G’ulom, Shoislom Shomuhammedov, Jumaniyoz Jabborov, Nazarmat tarjimasi tufayli xalqimizning qo’liga tegdi.

Badiiy tarjima nazariyasi tarjimonga aniq tamoyillar asosida harakat qilish, o’z mahoratini takomillashtirishga yordam beradi. Tarjima tarixini kuzatadigan bo’lsak, badiiy tarjimada ikki yondashuv – tilshunoslik va adabiyotshunoslik yo’nalishi mavjudligini aytib o’tishga to’g’ri keladi. Tilshunoslar tarjima qonuniyatlarini leksik, grammatik va matniy muvofiqliklar ichidan izlaydilar. Adabiyotshunoslar esa asosiy e’tiborni tarjimaning aksiologik jihatlariga, ya’ni matnning g’oyaviy-estetik va badiiy fasohatiga qaratadilar. Ular uchun muhimi badiiy matnda estetik ekvivalentlikka erishishdir.

Tarjimada asliyatdagi kabi estetik ta’sirni hosil qilish, badiiy obrazni to’liq gavdalantirish ayrim hollarda tarjimonni jumla qurilishlarini o’zgartirishga, tarjimaning turli usullarini qo’llashga majbur qilishi mumkin. Biroq ekvivalentlik tamoyillarini buzishi va holatiy manzaradan uzoqlashishi mumkin emas.

Ko’p asrlik adabiy an’anaga ega bo’lgan milliy adabiyotlarning hammasida ham tarjima o’ziga munosib o’rinni ishg’ol qiladi. Binobarin, dadil aytish mumkinki, tarjima tarixini yaratmay, tarjimaning har bir davrda qanday qonuniyatlar asosida rivojlangani, ayni milliy adabiyot taraqqiyotida qanday tarjima maktablari tashkil topganligi va bu tarjimalar jahon madaniyatini rivojlantirishda qanday ro’l oynaganini aniqlamay turib, o’sha milliy adabiyot tarixini to’la, mukammal yoritish mumkin emas.

O’zbek klassik adabiyotida ayrim badiiy-estetik hodisalar original ijodga qaraganda ertaroq, badiy tarjima tufayli sodir bo’lganligi ko’zga tashlanadi. Chunonchi fors-tojik adabiyotida an’ana tarzida shuhrat qozongan xamsachilik o’zbek adabiyotida ilk daf’a tarjima adabiyoti sifatida kirib keldi. Alisher Navoiyning zabardast “Xamsa”si yozulguncha Nizomiy Ganjaviyning “Panj ganj”

Tarkibida “Mahzanul asror”, “Xusrav va Shirin”, “Iskandarnoma” dostonlari o’zbek tiliga XIV asrning o’rtalari va XV asrning boshlarida o’girilgan edi. Bu tarjimalar o’zbek adabiyotida xamsachilik an’anasining qaror topishida muhim omil bo’lganligi shubhasiz.



O’zbek-nemis adabiy aloqalarining shakllanishi, ilk tarjima manbalari.

Dunyodagi har bir xalq o’z odati, an’analari va madaniyatiga ega. Ma’naviy madaniyatning ajralmas bir qismi bo’lgan adabiyot ham shular jumlasiga kiradi. Adabiyot – hayot ko’zgusi ya’ni bu xalqning orzu umidlari, o’y hayollari va turmushdagi real voqe’likni o’zida aks ettirgan bebaho xazinadir. O’zbekiston va Germaniyaning adabiy aloqalari – ikki qardosh xalqni tenglikka asoslangan serqirra aloqalarining muhim sahifalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Adabiy va madaniy aloqalar va ularning xalqlarni yaqinlashtirishdagi roli qanday? Hech kimga sir emaski, adabiy va madaniy aloqalar – o’z–o’zidan xalqlarning ma’naviy xazinasining boyishida asosiy manba bo’lib hisoblanadi. Evropaning, jumladan olmon xalqining adabiy me’rosini o’rganish va tadqiq qilish biz uchun qanchalik maroqli va foydali bo’lsa ajdodlarimizning bizga qoldirgan bebaho ma’naviy merosi Evropaliklar uchun ham shunday ahamiyatga egadir. Bu aloqalar tarixiga nazar tashlar ekanmiz, yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, Evropada O’rta Osiyo adabiy merosini o’rganilishi ancha uzoq davrlarga borib taqalganining guvohi bo’lamiz. O’rta Osiyoda esa bu ishlar asosan XX asrning 20 yillarida jadidlar tomonidan yo’lga qo’yildi va rivojlantirildi. Shu yillarda yashab, faoliyat ko’rsatgan Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitratlarning bu borada olib borgan ishlari albatta diqqatga sazovar va taxsinga loyiqdir. Jumladan yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, Abdurauf Fitratning “Hind ixtilochilari” asari 1923 yil Berlinda nashr qilinishi ham bu aloqalarning rivojlanishiga muhim hissa bo’lib qo’shildi. Agar jadidlik harakati Sobiq Sovet Ittifoqi tomonidan barham berilmaganda edi, bu borada juda ko’p keng ko’lamli ishlar amalga oshirilgan bo’lur edi. Zero, jadidlar boshqa xalqlarning ilmi, jumladan adabiy merosini o’rganish orqali xalqimizning ma’naviy ongi va madaniyatini yuksaltirish va shu yo’l bilan yuksak taraqqiy etgan, ozod va obod davlat qurishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ygan edilar. O’zbekiston Sobiq SSSR tarkibida bo’lgan davrlardagi adabiy aloqalari haqida to’xtaladigan bo’lsak bu davrda ko’pgina nemis yozuvchilari asarlari asosan rus tilidan tarjima qilindi. Bunga misol qilib Erkin Vohidov tomonidan Iogann Volfgang Gyotening “Faust” asarini o’zbek tiliga tarjima qilinganligini ko’rsatishimiz mumkin.



O’zbekiston istiqlolga erishgandan so’ng ikki davlat o’rtasidagi adabiy va madaniy aloqalar yana ham yuqori rivojlanish bosqichiga ko’tarildi. Istiqlol yillarida tarjimonlar tomonidan olmon adabiyoti yetuk vakillarining durdona asarlari o’zbek tiliga tarjima qilindi. Jumladan, tarjimon Mirzaali Akbarov tomonidan mashhur olmon yozuvchisi Xermann Xessening “Cho’l bo’risi” (Der Steppenwolf) asarini o’zbek tiliga tarjima qilishi ham ikki xalq adabiy aloqalari tarixidagi muhim voqea hisoblanadi. Bu asarning o’zbek tiliga tarjima qilinishi olmoniyalik mutaxassislar tomonidan juda katta xursandchilik bilan qabul qilindi. Jumladan Germaniyaning O’zbekistondagi elchixonasida xizmat qiluvchi mutaxassis (attashe) Raban Richter asar tarjimasi haqida quyidagi fikrlarni bildirib o’tdi: “Asarning xalqaro miqyosda qabul qilinishi hamda olamshumul ahamiyati nuqtai nazaridan uning o’zbek tiliga ilk bor tarjima etilishi o’ziga xos madaniy voqeadir: birinchidan, o’zbek kitobxoni uchun nafaqat olmon adabiyoti, balki jahon adabiyotiga ham mansub mumtoz asarlardan biri bilan oshno bo’lish, qolaversa Xermann Xessening ruhiy ma’naviy dunyosi, shuningdek, uning ijodi bilan yaqindan tanishish imkoni tug’ildi.

Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, Evropaliklarning qolaversa Olmoniyaliklarning O’rta Osiyoga, uning madaniyatiga bo’lgan qiziqishini ortishida Amir Temur shaxsiyatining tutgan o’rni ham kattadir. Chunki butun Evropa Amir Temurni usmoniylar Turkiyasi istilosidan qit’ani saqlab qola olgan xaloskor sifatida biladi. Shu sababli Amir Temur shaxsiyatini o’rganishga bo’lgan intilish va harakatlar hozirgi kunda ham davom etib kelmoqda. Jumladan 1996 yil 27-29 /IX/ kunlarida Samarqand shahrida Konrad Adenauer va Samarqand shahar hokimiyati homiyligida o’tkazilgan va “Amir Temur: shaxsini zamondoshlari tomonidan baholanishi va faoliyatining mustaqil O’zbekiston uchun ahamiyati” deb nomlangan xalqaro simpoziumda nafaqat Temur va Temuriylar davrining siyosiy hayoti balki bu davrdagi adabiyot, madaniyat va san’at bo’yicha tadqiqot natijalari e’lon qilindi. Ushbu simpoziumning o’tkazilgan boshqa xalqaro simpoziumlardan alohida ajralib turadigan farqi shundaki, ushbu tadbirda butun dunyoga mashhur Xirotdagi Boysung’ur mirzo tomonidan tashkil etilgan xattotlik maktabi haqida ma’lumotlar e’lon qilindi. Zero ushbu maktabda ko’chirilgan asarlar Evropada katta qiziqish bilan o’rganilgan va qadrlangan. Chunonchi, simpozium qatnashchisi – Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi Sankt-Peterburg universiteti fors bo’limi mudiri professor Akimushkin o’zining “Boysung’ur mirzo – san’at homiysi, siyosatchi va jangchi” nomli ma’ruzasida quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: Amir Temurning nabirasi, Shohruh mirzo va Gavharshod og’aning 3-o’g’li G’iyosiddin Boysung’ur mirzoning shaxsi (15.07.1397 – 19.12.1433) mahalliy sharqshunoslarda qiziqish uyg’otmagan, ular o’zlarining tadqiqotlarida Boysung’ur mirzoga unchalik e’tibor qilmaganlar. Biroq Temuriylar avlodining ikkinchi vakili bo’lmish bu serg’ayrat va qobiliyatli insonning XV asrning 1 yarmida Eron madaniyati, qolaversa o’rta asr sharq madaniyati tarixiga qo’shgan xissasi shunday ahamiyatli va yorqinki, mumtoz fors adabiyoti va o’rta asrlar madaniyati va san’atiga tarixchilar e’tibor bermasliklari mumkin emas edi va ular Boysung’ur faoliyatining aynan shu qirrasiga murojaat qilganlar.1 Taxminan 823/1420 yilda Boysung’ur mirzo saroy qoshida kutubxona tashkil qildi va keyinchalik uni kengaytirdi. O’sha vaqtlarning andozalari bo’yicha bu kutubxona juda ulug’ joy bo’lib, u aynan Temurga xos ko’lamda tashkil qilingan edi. Bu erda faoliyat ko’rsatgan ustalardan 17 xil ro’yxat bizgacha etib kelgan va ular dunyoning turli mamlakatlarida saqlanmoqda. Shunisi ma’lumki, XV asr 20 – yillarining oxirlarida bu erda 5 ta xattot, 2 ta miniatyurachi va naqsh uslubini maxsus ishlab chiqadigan 2 ta usta, hammasi bo’lib 25 kishi ishlagan. Simpoziumning boshqa ishtirokchilari ham Temur va temuriylar davri san’ati va adabiyoti haqida qimmatli ma’lumotlarni berdilar. 1997 yil Toshkentda xalqaro simpozium haqidagi kitob nashr qilindi. Bundan tashqari istiqlol yillarida adabiy aloqalarning rivojiga muhim xissa bo’lib qo’shilgan voqealardan biri shubhasiz Uchqun Nazarovning “Chayon yili” (das Jahr des Skorpions) asarining Ingeborg Baldauf xonim tomonidan olmon tiliga o’girilishi va nashr qilinishi bo’ldi. Asar olmon kitobxonlari tomonidan juda iliq qarshi olindi. Bu asar orqali olmon kitobxonlari o’zlari uchun o’zbek xalqining turmush tarzi, madaniyati, urf-odatlari, mentaliteti haqida yangi ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Yuqorida keltirgan misolimizning o’zi ham xalqlarning yaqinlashuvida adabiy aloqalarning roli qanchalar muhim ekanligining isbotidir. Asar muallifi Uchqun Nazarov Olmoniyaga taklif qilindi va ushbu kitobning olmon tiliga nashr qilinganligiga bag’ishlab matbuot anjumani o’tkazildi.1

Jahon hamjamiyatida o’zining munosib o’rniga ega bo’lib borayotgan mustaqil vatanimiz boshqa aloqalar bilan bir qatorda ilmiy aloqalarni ham rivojlantirishga alohida e’tiborini qaratmoqda. Har tomonlama rivojlangan davlatni shakllantirish uchun jahon davlatlarining davlatchilik sohasidagi tajribalarini o’rganish juda ham muhim va zarur. Shu maqsadda O’zbekiston Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi, Fransiya Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi va Gyote instituti hamkorligida olmon-fransuz seminari tashkil qilindi. Seminar quyidagi mavzularni o’zida qamrab olgan edi.

Yana shu o’rinda keyingi 20-30 yil ichida olmon tadqiqotchilari tomonidan Sharq adabiyotini o’rganish bo’yicha olib borilgan ishlarga ham to’xtalib o’tmoqchimiz. Jahon adabiyoti jurnalining 1998 yil fevral oyiga bag’ishlangan sonida filologiya fanlari nomzodi dotsent Shavkat Karimov tomonidan e’lon qilingan “E’tirof va e’tiqod.” Adabiyotimiz nemis tadqiqotchisi talqinida nomli maqolada bu haqda quyidagi ma’lumotlar keltirilgan: Keyingi 20-30 yil ichida Germaniyada o’zbek adabiyotini o’rganishga bag’ishlangan bir qator tadqiqotlar e’lon qilishdi. Ularning bir qismi Sobiq Sovet andozasi qolipidagi yozuvchilar yozgan “shaklan milliy mazmunan sotsialistik” asarlar tadqiq etilganini ko’ramiz.

G’arbiy Germaniyada chiqqan ilmiy kitoblar esa O’zbekistonda bir vaqtlar qatag’on etilgan adiblar – A.Qodiriy, A.Fitrat, A.Cho’lpon kabi ijodkorlar asarlarini o’rganishga bag’ishlangan Berlinlik doktor Zigrid Klaynmixel xonim Germaniya ilmiy jamoatchiligi orasida o’zbek adabiyotining bilimdon tarixchisi va tadqiqotchisi sifatida e’tirof etilgan olimalardan, jumladan, olimaning “Sharq ijodiy an’analariga oid” deb nomlangan asari ayni paytda Viezbadenda turkshunoslik tadqiqotlar majmuasining 8-jildi sifatida shuningdek Mojariston sharq kutubxonasi seriyasining 39-kitobi tarzida saqlangan2. Salkam 300 sahifadan iborat ko’p yillik izlanishlar mahsuli bo’lgan bu asar 1910-1934 yillar o’zbek dramasi va nasri tadqiqotiga bag’ishlangandir. Bundan tashqari muallif “Yoshlik” jurnalining 1988 yil fevral oyidagi sonida o’zining “Jahongashta she’riyat” nomli maqolasini e’lon qildi. Unda Navoiy ijodining Evropa to’g’rirog’i Germaniyada o’rganilishi to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan: XVIII asrning 2-yarmi XIX asrning boshlariga kelib, Navoiy asarlari Evropa mamlakatlarida keng shuhrat topdi. Navoiy hayoti va ijodiga oid ilmiy maqolalar e’lon qilindi. Shoir asarlari nemis, fransuz va ingliz tillarida chiqa boshladi. Xerman Vamberi “Mahbub-ul qulub” ning kirish qismini, “Farhod va Shirin” ning ayrim boblarini, boshqa asarlardan parchalarni nemis tiliga tarjima qildi. A.Vamberi O’rta Osiyoga qilgan sayohatida Navoiy haqida quyidagi fikrlarni bayon qilgan: “Eng buyuk shoir Navoiyni hamma erda bilishadi. Navoiy juda kam dunyoga keladigan she’riyat dahosidir. U juda mahsuldor shoir, o’zidan keyin she’riyat, tarix, ahloq va mantiqqa oid 32 ta alohida asar qoldirgan.” Evropalik sharq adabiyoti muxlislari A.X.Vamberining “Chig’atoy tili darsligi”, fransuz P.D.Kurteylning “Turk-sharq lug’ati”, Zenkerning “Turk-arab-fors lug’ati” va CH.Ryoning Britaniya muzeyida saqlatayotgan “Turk qo’lyozmalari katalogi” orqali buyuk Navoiy asarlari bilan tanishganlar. Shu tariqa Alisher Navoiy asarlari jahonning boshqa so’z zargarlari singari sharq va g’arb ma’naviy dunyosini boyitishga, xorijiy mamlakatlar adabiyotshunosligida navoiyshunoslikning vujudga kelishiga sabab bo’ldi.

O’zbek-nemis adabiy aloqalarining dastlabki qaldirg’och namunalari biz yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek A.Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonidan olingan “Bahrom va Dilorom” voqeasining 1583 yilda italyan tilidan Iogan Vetsel tomonidan qilingan tarjimasidir. Bundan tashqari ХIX asrda Navoizning qator asarlari, shu jumladan, “Muhokamat ul-lug’atayn” (1966 yilda R.Deverikus chop qildirgan), “Tarixi mulki ajam”, “Majolis un-nafois”, “Vahbub ul-qulub”, “Xamsat ul mutahayyirin”, “Farhod va Shirin” (A.Kurella tarjima qilgan), hamda g’azallaridan namunalar olmon, ingliz va farang tillariga tarjima qilinganligi to’g’risida ma’lumotlar bor.

Tarixiy memuar asar “Boburnoma” ham nemis tarjimonlari Yulius von Klaprott, A.Kaizerlar (XIX asr) tomonidan

1870 yilda H.Vamberi “Qutadg’u bilig” asarini, 1867 yilda “Chig’atoy tili darsligi”, “Yusuf va Ahmad”, “Shayboniyxon” dostonlarini nemis tiliga tarjima qiladi. 1923-yilda G.Yungbauer “Märchen aus Turkestan und Tibet” (Jena), 1960-yilda doktor Flaysher “Das usbekische heroische Volksepos” (Leipzig), 1960-yilda S.Bertleff “Der Märchenbaum, Märchen aus aller Welt.” (Artia), 1968-yilda “I.Lannerewa “Der fliegende Teppich, Märchen aus Kasachstan und Usbekistan” (Artia), 1959-yilda M.Spady „Die Märchenkaravane, aus dem uzbekischen Mдrchenschatz” (Berlin), 1980-yilda K.Reichl “Uzbekische Mдrchen” (Bochum), 1985-yilda “Ravshan”, 2002-yilda “Alpomish” dostoni, A.Jumaniyozov, Heidi Steinlar 1991-yilda Afandi latifalari nemis tiliga o’girdilar va chop qildilar.

Shular qatorida Нartmann М. “Сagathaishes// Materialien zue einer Geschichte der Sprachen und Literaturen des vorderen Orients” asarini Berlinda Universitätsbuchhandlung nashriyotida 1902 yilda chop qildiradi.

Bundan tashqari buyuk nemis shoir va yozuchilari, shu jumladan, J.W.Goethening „Faust“, „Die Leiden des Jungen Werthers“, F.Schillerning „Kabale und Liebe“, „Maria Styuart“, „Die Rдuber“ dramalari, „Der Handschuh“, „Pegas“, Hero und Leandr“ kabi she’rlari Franz Kafkaning „Der Prozess“, „Bief an den Vater“, „Das Urteil“, Erich Maria Styuartning „Drei Brьder“, „Die Verwandlung“, „Kinder an der Landstrasse“, „Entlarvung eines Bauernfдngers“, „Vor dem Gesetz“, „der neue Advokat“, „Ein Brudermord“, „Zur Frage der Gesetze“, „Fьrsprecher“ hikoyalari, Herman Hessening „Steppenwolf“, Friedrich Nitschening „Also sprach Zarathustra“ Bruno Apitzning „Nackt unter den Wцlfen“, Hainrich Manning „Untertan“ romanlari o’zbek tiliga, Gґofur Gґulomning „Shum bola“ (Oybek Ostonov) romani, Abdulla Qodiriynig „O’tgan kunlar“, „Mehrobdan chayon“, Abdulla Qahhorning „Chinor“, „Sinchalak“ hikoyalari, Uchqun Nayarovning „Chayon yili“ romani nemis tiliga tarjima qilindi.

1995 yilda Germaniyada etakchi olmon islomshunos olimasi Annemarie Shimmel xopimning “Jonon, mening jonimda” nomli yangi asari dunyo yuzini ko’rgandi. Endi esa kitob o’zbek tiliga o’girilganligi sharofatidan o’zbek kitobxonlari ham zahmatkash olima ijodining bir qirrasi bilan yaqindan tanishish, uning barakasidan bahramand bo’lish imkoniga ega bo’lmoqdalar. Shimmel xonim qariyb ellik yillardan beri barcha madaniyat ixlosmandlariga Islom dini to’g’risida chuqur va har tomonlama ma’lumotlar berish ishiga o’zining zalvorli hissasini qo’shib kelmoqda.

3-MA’RUZA
TARJIMA TURLARI. OG’ZAKI VA YOZMA TARJIMANING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Reja:

1. Tarjimaning nutq shakliga ko’ra turlari

Yozma-yozma tarjima, og’zaki-og’zaki tarjima, sinxron va ketma-ket tarjima, yozma-og’zaki tarjima, „qog’ozga qarab tarjima qilish“, og’zaki-yozma tarjima, diktant tarjima

2. Og’zaki tarjima va uning zamonaviy tarjima amaliyotidagi o’rni, o’gzaki tarjimaning yozma tarjimadan farqi

3. Tarjimada ma’noviy va shakliy aniqlik

4. Tayyorgarliksiz tarjima va oldindan tanishilgan tarjima

5. Tarjima sur’ati, amaliy muammolar va amaliy malakani rivojlantirish
1. Tarjimaning nutq shakliga ko’ra turlari

Ma’lumki, har bir til og’zaki yoki yozma nutq shaklida mavjud bo’lishi mumkin. AMT (Asl matn tili) va TT (tarjima tili) nutqning qaysi shaklida qo’llanishiga qarab prof. L.S.Barxudarov tarjimaning quyidagi asosiy turlarini farqlaydi:

Yozma-yozma tarjima, ya’ni yozma matnning yozma tarjimasi: ikkala til ham - AMT va TT - yozma shaklda qo’llaniladi. Tarjima turlari ichida bu odatda eng ko’p qo’llaniladigan tarjima turidir. Tarjimaning bu turini tarjima qilinayotgan matn xarakteriga qarab, yanada kichikroq guruhlarga bo’lish mumkin. Taniqli tarjimashunos A.V.Fyodorov ushbu tarjima turida quyidagi guruhlarni farqlaydi:

a) axborot matnlar, turli hujjatlar va maxsus ilmiy matnlar

tarjimalari;

b) ijtimoiy-siyosiy, publitsistik adabiyotlar va notiqlar

nutqlarining tarjimasi;

v) badiiy adabiyotlar tarjimasi.



Og’zaki-og’zaki tarjima, ya’ni og’zaki matnning og’zaki tarjimasi: ikkala til - AMT va TT - og’zaki shaklda qo’llaniladi. Ushbu tarjima turida ikkita xil tarjima mavjud: ketma-ket tarjima va sinxron tarjima. Ketma-ket tarjima asl matndan (AMTdagi nutqdan) keyin - matn to’la yoki uning ayrim qismlari aytilgandan keyin sodir bo’ladi. Odatda to’xtalish bir necha gapdan keyin sodir bo’ladi, har bir gapdan keyin to’xtalish esa kamroq uchraydi. Sinxron tarjima asl matn aytilayotgan paytning o’zida amalga oshiriladi. Aniqroq qilib aytganda, sinxron tarjima asosan asl matn bilan bir vaqtning o’zida amalga oshiriladi, ammo nutqning ayrim qismlarida sinxron tarjima AMT dagi nutqdan biroz (bir necha so’zgagina) orqada qoladi, yoki AMT dagi nutqqa nisbatan oldinga o’tib ketadi. Sinxron tarjimaning bunday oldinga o’tib ketishi tarjimonning hali aytilmagan nutq qismlarini oldindan payqab ola bilish qobiliyati borligi sababli mumkin bo’lib qoladi.

Og’zaki-og’zaki tarjimaning ikkala xili ham – ketma-ket (birin-ketin) va sinxron tarjima – o’ziga xos psixologik qiyinchiliklar bilan bog’liq: ketma-ket tarjima tarjimondan yaxshi mashq qilingan va tez ishlaydigan xotirani talab etadi, sinxron tarjimada esa bir paytning o’zida eshitib-gapirish ko’nikmasi birinchi o’ringa chiqadi. Sinxron tarjima qila bilish uchun maxsus va uzoq payt davom etadigan mashqlar bajarilishi lozim.

Professional ketma-ket tarjima 1919-1920 yillarda Parij tinchlik anjumanida qo’llanildi. 20.11.1945-1.10.1946 dagi Nyurnberg prosessida esa birinchi bo’lib keng miqyosda sinxron tarjimaga amal qilinganligi qayd qilinadi.


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish