Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazariy va amaliy asoslari


Frazeologik birliklarning o’girilishi



Download 0,49 Mb.
bet6/8
Sana06.02.2020
Hajmi0,49 Mb.
#38879
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tarjima nazariyasi


Frazeologik birliklarning o’girilishi. Frazeologik birliklar tarjima nazariyasi va amaliyotinig eng murakkab masalalaridan biri hisoblanadi. Frazeologizmlarning murakkabligi quyidagilarga bog’liq: birinchidan, bir xil moddiy ma’noga ega bo’lgan so’zlar turli tillarda turlicha ma’no va stilistik vazifalarni bajaradi, ikkinchidan, bunday so’zlar turli tillarda turli so’zlar bilan birikib keladi. Rus tilshunosi V.V.Vinogradovning umumiy tilshunoslik miqyosida e’tirof etilgan tasnifiga ko’ra frazeologizmlar uchta asosiy guruhga bo’linadi:

1. Frazeologik chatishmalar (фразеологические сращения): bunday birikmalarning ko’chma ma’nosi ularning tarkibidagi so’zlarga bog’liq bo’lmaydi;

2. Frazeologik birikmalar (фразеологические единства): bunday birikmalar ham ko’chma ma’noga ega, ammo ko’chma ma’no frazeologizmlar tarkibidagi so’zlarga bog’liq bo’ladi;

3.Frazeologik birikuvlar (фразеологические устойчивые сочетания): bularda tarkibidagi so’zlarning ma’lum bir qismigina ko’chma ma’noga ega, birikmaning ma’nosi tarkibidagi so’zlarga bog’liq. Bular asosan ot bilan fe’lning birikuvi bo’lib, fe’l ko’chma ma’noda, ot esa to’g’ri ma’noda keladi.

V.V.Vinogradovning bu tasnifi boshqa tillarda ham qabul qilingan, shu jumladan, nemis tili frazeologiyasida ham. Masalan:



  1. Phraseologische Zusammenbildungen (фразеологические сращения):

ein Brett vor dem Kopf haben - dumm sein (so’zma – so’z tarjima: boshi oldida taxta bor ko’chma ma’noda: tentak bo’lmoq)

Ko’rinib turibdiki, birikmaning ko’chma ma’nosi tarkibidagi so’zlarga bog’liq emas.



  1. Phraseologische Einheiten (фразеологические единства):

große Augen machen - staunen (so’zma-so’z tarjima: ko’zini katta qilib ochmoq ko’chma ma’no: hayratlanmoq).

Bu birikmaning ko’chma ma’nosi ma’lum darajada tarkibidagi so’zlarga bog’liq: odam hayron bo’lganda ko’zini katta qilib ochadi.



  1. Phraseologische Verbindunden (фразеологические устойчивые

сочетания): zum Ausdruck bringen - ausdrücken (so’zma-so’z tarjima: ifodaga keltirmoq ko’chma ma’no: ifodalamoq).

Platz nehmen - sich setzen (so’zma-so’z tarjima: joy olmoq ko’chma ma’no: o’tirmoq).

Schlüsse ziehen - beenden (so’zma-so’z tarjima: xulosalar tortmoq ko’chma ma’no: tugatmoq).

Bu birikmalarda fe’llar ko’chma ma’noda, otlar esa to’g’ri, moddiy ma’noda qo’llanilgan.

Tarjima nuqtai nazaridan frazeologizmlarning birinchi va ikkinchi guruhlarini tarjima qilish qiyin, chunki birikma tarkibidagi so’zlarning to’g’ri ma’nosiga asoslanib birikmaning ko’chma ma’nosini doimo ham tushunib bo’lmaydi. Masalan: jemanden auf den Arm nehmen so’zma – so’z: birovni qo’liga olmoq, ko’chma ma’no: kimnidir kalaka qilmoq, ustidan kulmoq.

Hinter schwedischen Gardinen sitzen / sein so’zma – so’z: shved pardalari ortida o’tirmoq / bo’lmoq

Ko’chma ma’no: panjara ortida / turmada o’tirmoq



Der Hund des Gärtners so’zma – so’z: bog’bon iti ko’chma ma’no: na o’zi yeydi, na birovga beradi

Zu tief ins Glas gucken so’zma – so’z: stakan (ryumka) ichiga chuqur qaramoq ko’chma ma’no: ortiqcha ichib qo’ymoq

Еin Haar in der Suppe finden so’zma – so’z: sho’rvadan soch to’moq

Кo’chma ma’no: 1) kamchiliklar axtarmoq



2) norozi bo’lmoq; tirnoq ostidan

  1. kir qidirmoq

Frazeologizmlarning uchinchi gruppasini tarjima qilish ancha oson.

Masalan: die Prüfung ablegen so’zma – so’z: imtihonni chetga qo’ymoq

Ko’chma ma’no: imtihon to’shirmoq

In Kenntnis setzen so’zma – so’z: bilimga o’tistirmoq

Ko’chma ma’no: habardor qilib qo’ymoq



Alarm schlagen so’zma –so’z: trevoga urmoq

Ko’chma ma’no: trevoga bermoq



Abschied nehmen so’zma –so’z: xayrlashuv olmoq

Ko’chma ma’no: xayrlashmoq



Maqollar tarjimasi. Tarjimachilik nuqtai nazardan maqollarni uchta guruhga bo’lish mumkin:

1) Asl matn tilidagi maqolga tarjima tilida shakl va mazmun jihatidan mos keladigan ekvivalenti bor bo’lgan maqollar;

2) asl matn tilidagi maqolga mazmun jihatidan o’xshash, shakl jihatidan mos kelmaydigan maqollar;

3) asl matn tilidagi maqolga tarjima tilida mazmun va shakl jihatidan ekvivalenti yo’q bo’lgan maqollar.



Birinchi guruhga kiradigan maqollarni tarjima qilish oson, tarjimon asl matn va tarjima tilidagi o’xshash maqollarni bilsa bas. Masalan: Es ist nicht alles Gold, was glänzt – Не всё то золото, что блестит - yaltiragan narsa tilla bo’lavermaydi.

Neue Besen kehren gut – новая метла чисто метёт - Yangi xumning suvi sovuq (Yangi ko’zaning suvi tiniq). (O’zbekcha varianti bilan qiyoslaganda bu maqol ikkinchi guruhga kiradi).

Ein Esel schimpft den anderen: “Lang Ohr” –qulog’ing uzun deb eshak-eshakdan kular.

Was der Mensch sät, das wird er ernten - nimani eksang shuni o’rasan – что посееш то и пожнёш.

Ikkinchi guruhga mazmuni o’xshash, shakli o’xshamaydigan maqollar kiradi. Masalan: Wer sich vor dem Busch fürchtet, kommt nicht in den Wald - Chumchuqdan qo’rqqan tariq ekmas – Волков боятся, в лес не ходит.

Ost und West daheim ist am best - о’z uyim, o’lan to’shagim - в гостях хорошо, а дома лучше

Erst besinnen, dann beginnen - yetti o’lchab, bir kes, sanamay sakkiz dema,

Oldin oyla, keyin soylacем раз отмер, один раз отреж.

Ohne Fleiß kein Preis - jon qiynamasang, jonona qayda, toqqa chiqmasang do’lona qayda – без труда не вынеш и рибку из пруда.

Uchinchi guruh. Tarjima nuqtai nazardan ushbu guruhga kiruvchi maqollar qiyin xisoblanadi, chunki tarjima tilida mazmun va shakl jihatidan o’xshash maqol yo’q. Bunday maqollarni so’zma-so’z tarjima qilishga to’g’ri keladi. Bu esa asl matn uslubini buzishga olib kelishi mumkin. Masalan: Rom ward nicht an einem Tage gebaut - Rim bir kunda qurilmagan – Рим не один ден строился.

Dummheit und Stolz wachsen auf einem Holz - nodonlik bilan mag’rurlik bir daraxtda o’sadi- Глупость и чванство растут на одном дереве.

9-MA’RUZA
GRAMMATIK MEYOR VA TARJIMA

REJA:
1. Asl matn tili va tarjima tili orasida grammatik o’xshashlikning kamdan-kam uchrashi.

2. Asl matn tili va tarjima tili o’rtasidagi grammatik tafovutlar turlari.

3. Rod kategoriyasi va tarjima

4. Sifatdosh va infinitiv konstruksiyalar tarjimasi


1. Asl matn tili va tarjima tili orasida grammatik o’xshashlikning kamdan-kam uchrashi

Biror bir tilning grammatik hodisalar majmuasi o’sha tilning qurilish qonuniyatlari bilan bog’liq bo’lib, boshqa bir tilning grammatik hodisalaridan farq qiladi. Ayrim hollardagina ikki tilning grammatik hodisalari o’rtasida o’xshashlik yoki bir xillik uchrashi mumkin. Tarjimaning morfologiya hamda sintaksis sohasidagi grammatik vazifalari shundan kelib chiqadi. Tarjimachilik sohasidagi tadqiqotlarda tillarning grammatik qurilishidagi farqlarning alohida o’rin tutishi ham shu bilan belgilanadi. Tarjima jarayonida yaqqol ko’zga tashlanadigan bunday farqlar har bir tilning o’ziga xos xususiyatlari borligidan kelib chiqadi.

Tarjimaning maqsadi ma’no birlamchiligini hisobga olgan holda asl matnning grammatik shaklini emas, balki bu shakl orqali ifodalangan fikrni qayta tiklashdir. Bu jarayonda boshqa grammatik vositalar qo’llanilishi mumkin. Ayrim hollarda asl matndagi grammatik shaklining ba’zi xususiyatlari – masalan, shaklning qisqaligi, u yoki bu so’z turkumining ko’’ qo’llanilishi, so’z birikmalari yoki ga’lar tuzilishining bir xilligi – ma’lum bir stilistik vazifani bajarib kelishi mumkin. Bunday hollarda tarjimaning maqsadi ushbu xususiyatlarni to’g’ridan-to’g’ri tiklash bo’lmasada, bu xususiyatlar funktsiyasini tarjima tilining o’xshash vositalari yordamida qayta tiklashdan iborat bo’ladi.

Tillarda shunday xususiyatlar ham borki, ular chet tilni o’rganishda, u yoki bu matn ma’nosini tushunishda birmuncha qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin. Ammo ularni tarjima qilish ancha oson kechadi, chunki bunday grammatik shakllarini tarjima qilishning ma’lum darajada bir xil usuli mavjuddir. Bunday grammatik shakllarga roman va german tillarida mavjud Accusativus cum Infinitivo deb atalmish to’g’ri to’ldiruvchi bilan infinitivning birikuvi kiradi, masalan:

(137) frantsuzcha: Je le vois venir.

tarjimasi: Ya viju, kak on idet.

Men uni borayotganini ko’ryapman.

(138) nemischa: Ich sah ihn arbeiten.

tarjimasi: Ya videl, kak on rabotal.

Men uni ishlayotganini ko’rdim.

Bunday shakllar rus tiliga odatda ergashgan qo’shma gap bilan tarjima qilinib, ergash ga’ning egasi sifatida asl matnning to’g’ri to’ldiruvchisiga monand ot (olmosh) kelsa, kesim sifatida asl matnning infinitiviga mos fe’l turadi. O’zbek tiliga esa bunday shakllar sodda ga’ bilan tarjima qilinadi, asl matnning to’g’ri to’ldiruvchisi to’g’ri to’ldiruvchi bilan, infinitiv esa sifatdosh bilan o’giriladi.

Tarjima nazariyasida shak-shubhaga o’rin qoldirmaydigan bir umumlashma borki, uni tarjimaning konkret grammatik masalalarini tahlil qilishdan oldin aytib o’tish lozim: formal-grammatik nuqtai nazardan aniq tarjima qilib bo’lmaydi, chunki tillarning grammatik shaklllari orasida absolyut o’xshashlik bo’lishi mumkin emas. Ko’’ hollarda tarjima tilning so’zlar birikuvi normasiga to’g’ri kelmaydi, ba’zan stilistik jihatdan farq qiladi. Asl matn bilan tarjima matnida biron bir gap tarkibidagi so’z tartibi, so’zlar soni, ularning grammatik kategoriyalari va asosiy lug’aviy ma’nolarining bir xil bo’lishi yanada kamroq uchraydigan holdir.

Shuning uchun tarjimada grammatik aniqliqdan chekinish juz’iy va tasodifiy emas, balki umumiy va tabiiy hodisadir.

Formal-grammatik jihatdan aniq tarjima deb ikkala matn (asl matn va tarjima matni) da so’z tartibi, so’zlarning grammatik bog’lanishlari va grammatik kategoriyalarining bir xilligini tushungan holda tarjimaning konkret grammatik masalalarini tahlil qilishga o’tamiz.


2. Asl matn tili va tarjima tili o’rtasidagi asosiy grammatik tafovutlar turlari

Tarjimon A.V.Fedorov asl matn tili bilan tarjima tili o’rtasida yuz beradigan grammatik tafovutni uch xil ko’rinishini qayd etadi:

1. asl matn tilida tarjima tilida yo’q bo’lgan grammatik element

uchraydi;

2. tarjima tilida asl matn tilida bo’lmagan, lekin tarjima

jarayonida ishlatiladigan grammatik elementlar mavjud;

3. asl matn tilida mavjud grammatik elementlar tarjima tilida

ham bor-u, ammo bu elementlar o’z funktsiyasi tomonidan farq

qiladi.

Sxematik tarzda ushbu grammatik tafovut turlarini quyidagicha ko’rsatish mumkin:




АМТ – асл матн тили

ТТ - таржима тили

ГЭ - грамматик элемент(лар)

Ф - функция, вазифа









ГЭ

АМТ

ТТ


+

-





1.

2





ГЭ

Ф

АМТ

ТТ


+

+


турлича







ГЭ

АМТ

ТТ


-

+




. 3. 3.

3. Rod kategoriyasi va tarjima

Ma’lumki, dunyodagi ko’pchilik tilllarda rod kategoriyasi mavjud. Turkiy tillarda (o’zbek, qozoq, qirg’iz va boshqalarda) bu hol uchramaydi. Tilimizda mana shu xususiyatning yo’qligi ayniqsa tarjimachilik ishida katta qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Rod kategoriyasi bor bo’lgan tildan bunday grammatik xususiyatga ega bo’lmagan tilga tarjima qilishda qiyinchiliklar borligi o’z-o’zidan ravshan. Ammo rod kategoriyasiga ega bo’lgan tillarning hammasida ham bu xususiyat aynan muvofiq kelmaydi.

Masalan: (139) die Sonne (j.r.) – solntse (sr.r.)

der Löffel (m.r.) – lojka (j.r.)

das Zimmer (sr.r.) – komnata (j.r.)

Rus adabiyotida badiiy tarjimada rod kategoriyasi tug’diradigan mushkullikni aks ettiruvchi ma’lum va mashhur bir misol bor: G.Geynening «Qarag’ay bilan ‘alma» («Yovvoyi shimolda») nomli she’rida o’z ma’shuqasi «palma» dan abadiy judo bo’lgan oshiq «Qarag’ay» tasvirlanadi.

(140)Ein Fichtenbaum steht einsam

Im Norden auf kahler Höh!

Ihn schläfert; mit weißer Decke

Umhüllen ihn Eis und Schnee.


Er träumt von einer Palme,

Die fern im Morgenland

Einsam und schweigend trauert

Auf brennender Felsenwand.

(H.Heine)
Nemis tilida «qaragay» daraxtini bildiruvchi ikkita so’z bor: bittasi jenskiy rodda “die Fichte”, ikkinchisi mujskoy rodda “der Fichtenbaum”. Uzoq shimolda qoya toshlar ustida tanho kolgan “der Fichtenbaum” uz ma’shuqasi “die Palme” ning visoliga yetish orzusida turadi.

Bu ajoyib she’rni rus tiliga M.Yu.Lermontov tarjima qilar ekan, uning oldida bir muammo turar edi. Rus tilida «sosna» ham, «‘alma» ham jenskiy roddadir. Demak, bu ikki so’z yigit va qiz obrazlarini o’zida mujassamlantira olmaydi. Shuning uchun uning tarjimasida she’r mazmuni o’zgargan. Buning natijasida oshiq-ma’shuklar o’rnini dugonalar muhabbati, ular o’rtasidagi hijron azobi egallagan.

Na severe dikom stoit odinoko

Na goloy vershine sosna.

I dremlet kachayas i snegom squchim

Odeta kak rizoy ona.


I snitsya yey vse, chto v pustine dalyokoy

V tom krae, gde solntsa vosxod,

Odna i grustna na utese goryuchem

Prekrasnaya palma rastet.

(M.Lermontov tarjimasi)

G.Geyne she’rini rus tiliga ag’dargan boshqa rus shoirlari asar qahramonlarining jinsini bu tariqa o’zgartirishni ma’qul to’may, «sosna» ni mujskoy roddagi boshka bir daraxtning nomi bilan almashtiradilar.

Masalan: Na severe mrachnom

Na dikoy skale



Kedr odinokiy pod snegom beleet.

(F.Tyutchev tarjimasi)

SHoir bu yerda «sosna» so’zini «kedr» (mujskoy roddagi) so’zi bilan almashtiradi [kedr: igna-bargli doim yashil yirik daraxt].

A.Fetning tarjimasida “sosna” (“qarag’ay”) o’rnini butunlay boshqa daraxt “dub” (“eman”) egallaydi.

Na severe dub odinokiy

Stoit na prigorke krutom

(A.Fet tarjimasi)

Botaniklar aytishicha, «kedr» shimolda unmaydigan janub daraxti bo’lib, faqat O’rta dengizda uchraydi. Shimolda esa kedr emas, balki «kedrovaya sosna» – kedr-qarag’ay o’sadi.

G’.Salomov bu xususda shunday fikr bildiradi: «Bizningcha, mutaxassislarning shimolda kedr emas, balki kedrovaya sosna (kedr-qarag’ay) o’sadi, kedrning vatani O’rta dengizdir, deyishlarida bir yoqlamalikka yo’l qo’yilgan. Birinchidan, kedr qarag’ay daraxti turiga kirar ekan, bu unchalik katta farq qilmaydi. Ikkinchidan, mahalliy aholi kedrovaya sosna (kedr-qarag’ay)ni ham kedr deb tushunishlari turgan gap. Uchinchidan, badiiy shartlilikni ham unutmaslik kerak.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, qarag’ay (sosna)ni kedr (eman) deb olish (albatta, rus tilida) o’rinlidir» [2,199-bet].

G.Geynening ushbu she’rini o’zbek tilidagi variantlarini ko’rib chiqaylik.

Yaydoq shimol tog’ cho’qqisida

Bir qarag’ay turar yakkahol.

Mudrar ham muz, ham qor ustida –

Chulg’anmishdir oq kafan misol.
U bechora ko’rar tushida

Ovloq yerda – kun yoqda jim-lol

Kunda kuygan qoya to’shida

Kuyunar bir xurma yakkahol.

(Mirtemir tarjimasi)

G.Salomov fikricha, Mirtemir tarjimasidagi she’rda “yigit” siymosini ”qarag’ayda” ko’rish uchun biror-bir turtki yo’q, chunki o’zbek tilida lisoniy jins tushunchasi yo’q. Lekin sifatlash, jonlantirish orqali Qarag’ay va Xurmo timsolida “yigit” bilan ”qiz” obrazini tasvirlash mumkin. Bunday urinishni Abdulla Sher tarjimasida ko’rish mumkin:

Yovvoyi shimolda, yaydoq yuksakda

Tund va xoliy turar qarag’ay.

Chayqalib, u mudrar qoru qirovda,

Huddi oppoq rido kiyganday.

Tushida doim shu: ko’p olis sahro –

Jazirama huv Sharq tomonda,

Jizg’anak qoyada go’zal bir xurmo

O’sar emish tanho, armonda.


Gaybulla Salomov tarjimasi:

Vahshiy shimol, yalang choqqida,

So’qqabosh bir qarag’ay turar.

O’’oq rido kiyganday go’yo

Muzu qorga burkanib mudrar.
Va tush ko’rar, tushida mudom:

Olis Sharqda jimgina tanho,

Cho’g’day qoya uzra kuyinmish,

Motamsaro suluv bir xurmo.


Bu tarjimadagi “so’qqabosh bir qarag’ay turar” misrasi “yigit” obrazini ma’lum darajada ko’z oldimizga keltiradi, chunki “so’qqabosh” so’zi faqat xotini vafot etgan beva erkaklarga nisbatan ishlatiladi.

“Suluv bir xurmo” deganda ham xurmo jonlantirilayotganday ko’rinadi. Xurmoga “suluv” sifatini berish bilan ko’z o’ngimizda “qiz” gavdalanganday bo’ladi.

Demak, rod kategoriyasi mavjud bo’lgan tillardan bunday kategoriyasi yo’q bo’lgan tilga tarjima qilishda rod funktsiyasini bajaruvchi unsurlarni aksar holda sifatlashlar orqali aks ettirish amaliyotda kuzatilmoqda.

G.Geynening “Qarag’ay bilan palma” she’rini o’zbek tilidagi variantlarini tahlil etar ekanmiz, ushbu o’girmalar bilvosita tarjimalar ekanligini ta’kidlab o’tish lozim. O’zbek tilidagi ushbu she’r variantlari bevosita asl nusxadan emas, balki rus tilidagi o’girmalar orqali yaratilgan. O’zbekcha tarjimalarda asl nusxada yo’q bo’lgan “yaydoq”, “yovvoyi”, “vahshiy” so’zlari Shimolga nisbatan nohaq ravishda qo’llanilgan. Bunga asosiy sabab Yu.M.Lermontovning ruscha o’girmasida “Na severe dikom.” so’zlarining ishlatilganligidir.



NAZORAT SAVOLLARI

  1. “Tarjima” so’zi qanday ma’nolarda qo’llanilishi mumkin?

  2. Tarjima nazariyasi fanining ob’yekti, predmeti va vazifasi nimalardan iborat?

3. Tarjima jarayonida qanday ikkita matn albatta mavjud bo’ladi?

4. AMT va TT qisqartmalari nimani belgilaydi?

5.Tarjima jarayonida til birliklarining qaysi tomoni invariant sifatida saqlanib qoladi?

6. Tarjimaning aniq ta’rifini bering.

7. Adekvat yoki muqobil tarjima deb nimaga aytiladi?

8. Tarjimashunoslik fanlarini tasniflab bering.

9. Tarjimashunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi haqida gaprib bering.

10. Tarjima tanqidi nimani organadi?

11. Tarjimaning bosh maqsadi nima?

12. Dastlabki tarjima maktablari haqida gapirib bering.

13. O’rta Osiyoda faoliyat yurgizgan tarjima maktablarini sanab bering.

14. Adabiy aloqa deganda nimani tushunsiz?

15. Badiiy tarjima tushunchasini ta’riflab bering.

16. Ilk tarjima manbalari haqida ma’lumot bering.

17. O’zbek-nemis adabiy aloqalarining shakllanishi haqida gapirib bering.

18. Tarjimaning qanday turlari bor?

19. Badiiy adabiyot, ijtimoiy-siyosiy, axborot materiallar tarjimaning qaysi turiga kiradi?

20. Ketma-ket va sinxron tarjima qaysi turga mansub? Ularning mohiyati nimada?

21. “Qog’ozga qarab tarjima qilish” va “tayyorlanib tarjima qilish” tarjimaning qaysi turida farqlanadi? Ularni ta’riflab bering.

22. “Diktant-tarjima” tushunchasini ta’riflab bering va u tarjimaning qaysi turiga mansub ekanligini ayting.

23. Mualliflashtirilgan tarjima deganda nimani tushunasiz?

24. So’zma-soz tarjimani afzal va salbiy jihatlarini aytib bering.

25. Akademik tarjima ko’proq qaysi tarjima turiga o’xshash?

26. Ijodiy tarjima deganda nimani tushunasiz.

27. Idiomalashtirilgan tarjima haqida gaprib bering.

28. Dublyaj deganda nimani tushunasiz.

29. Kalkalash usuli asosan qaysi til birliklarida qo’llaniladi?

30. Erkin tarjimani eng illatli usullardan deb ta’riflagan tarjimon olim kim?

31. Tadbil tarjima deganda nimani tushunasiz?

32. Moslama tarjimanining ta’rifini aytib bering.

33. Bevosita va bilvosita tarjimaga misollar keltiring.

34. Avtomatlashtirilgan tarjima asosan nima maqsadda yuzaga kelgan?

35. Transliteratsiya yoki transkriptsiya qachon qo’llaniladi.

36. Tarjimaning nutq mazmuniga ko’ra turlarini aytib bering.

37. Bevosita va bilvosita tarjima turlarini ta’riflab bering.

38. Buyuk vatandoshlarimizdan qaysilari tarjima ishlari bilan shug’ullangan?

39. Sharq tarjimonlik maktabi faoliyati haqida nimalarni bilasiz?

40. “Jahon adabiyoti” nashriyotida XX-asrning 20-30 yillarida qanday asarlar rus tiliga o’girilgan?

41. Uslub deganda nimani tushunasiz?

42. Uslubning qanday turlarini bilasiz?

43. Individual uslubga ta’rif bering!

44. Muallif uslubini qanday izohlaysiz?

45. Tarjimon uslubi deganda nimani tushunasiz?

46. Janriy uslub har doim ham saqlanishi zarurmi?

47. Obraz deganda nimani tushunasiz?

48. Obrazlilik deb nimaga aytiladi?

49. Interpretatsiya deb nimaga aytiladi?

50. Uslubiy moslashtirish nima?

51. Parodiya nima?

52. Lisoniy-uslubiy nomutanosiblik deganda nimani tushunasiz?

53. Milliylik deganda tushunasiz?

54. Kolorit so’zi nimani anglatadi?

55. Tarixiylik deganda nimani tushunasiz?

56. Variantlilik tushunchasiga misollar keltiring?

57. Badiiy tarjimada milliylshtirish deganda nimani tushunasiz­?

58. So’z, rang, harakat, musiqa uyg’unligi deganda nimani tushunasiz?

59. Tarjimada zamon va makon birligi?

60. Tarixiy asarlar tarjimasiga misollar keltiring?

61. “Tarjimonlik transformatsiyalari” deb nimaga aytiladi va ular nima maqsadda bajariladi?

62. Tarjimonlik transformatsiyalarining elementar turlarini aytib bering.

63. Tarjimonlik transformatsiyalarning bunday elementar turlarga bo’linishi nima sababdan taxminiy va shartli hisoblanadi?

64. Muayyan unsurlar o’rnini almashtirib qo’yish deganda nimani tushunamiz?

65. Matnda kanday elementlarning o’rni almashtirilishi mumkin?

66. Almashtiruv deb nimaga aytiladi? Almashtiruvning qanday turlari mavjud?

67. Grammatik birliklarga misol keltiring.

68. Leksik birliklarga misollar bering.

69. So’z turkumlarini almashtiruvi deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring.

70. So’z turkumlarini almashtiruviga misollar bering.

71. Gap bo’laklari almashtiruvining mohiyati nimada? Odatda qanday gap bo’laklari almashtiriladi?

72. Sintaktik transformatsiyalarning turlarini aytib bering va ularga misollar keltiring.

73. Leksik almashtiruv deb nimaga aytiladi? Leksik almashtiruvning turlarini ta’riflab bering va ularga misollar keltiring.

74. Antonimik tarjima almashtiruvning qanday turi? Antonimik tarjima jarayonida qanday hodisalar sodir bo’ladi? Misollar keltiring.

75. “Qo’shish” deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring.

76. “Tushirib qoldirish” deganda nimani tushunamiz? Bu hodisa tarjima jarayonida nima uchun sodir bo’ladi?

77. Atoqli otlar deb qanday so’zlarga aytiladi?

78.Transliteratsiya deganda nimani tushunamiz? Tarjima jarayonida transliteratsiya qanday hollarda qo’llaniladi?

79. Transkriptsiya deb nimaga aytiladi?

80. Atoqli otlarni tarjima tilida berishda an’ana qanday rol o’ynaydi?

81. Ism-familiyalarni tarjima tilida berishda qanday yo’nalishlar bor? Bularga misollar keltiring.

82. Gazeta va jurnal nomlari tarjimada qanday beriladi?

83. Geografik nomlar tarjimada qanday beriladi?

84. Perifraza tushunchasini ta’riflab bering.

85. Perifraza tarjimasida nimaga e’tibor berish lozim?

86. Internatsional so’zlar deb qanday so’zlarga aytiladi? Misollar keltiring.

87. “Tarjimonning soxta do’stlari” deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring.

88. V.V.Vinogradov frazeologik birliklarning qanday guruhlarini farqlaydi?

89. Frazeologizmlarning qaysi guruhlarini tarjima qilish qiyin? Misollar keltiring.

90. Tarjima nazariyasida maqollar qanday guruhlarga bo’linadi? Misollar keltiring.

91. Tarjimaning grammatik vazifalari nimadan kelib chiqadi?

92. Roman va german tillaridagi “Accusativus cum Infinitivo” deb atalmish birikuv o’zbek tiliga qanday usulda tarjima qilinadi?

93. Tarjima nazariyasida grammatika sohasiga oid qanday umumlashma bor?

94. Asl matn tili va tarjima tili o’rtasida grammatik tafovutlarning qanday turlari mavjud? Bunga misollar keltiring.

95. Rod kategoriyasi tarjima jarayoniga, ayniqsa badiiy tarjimaga qanday ta’sir qiladi?

96. G.Geynening “Qarag’ay bilan Palma” (“Yovvoyi shimolda”) nomli she’ri o’girmasi rod kategoriyasini o’zbekcha tarjimada qayta tiklashning qanday amaliy tavsiyasini tasdiq etadi?


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish