Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazariy va amaliy asoslari



Download 0,49 Mb.
bet7/8
Sana06.02.2020
Hajmi0,49 Mb.
#38879
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tarjima nazariyasi


TEST SAVOLLARI
1. Roman va german tillaridagi „Accusativus cum Infinitivo“ deb atalmish birikuv o’zbek tiliga qanday usulda tarjima qilinadi?

*a) Codda gap bilan, asl matnning to’g’ri to’ldiruvchisi to’g’ri to’ldiruvchi bilan, infinitiv esa sifatdosh bilan o’giriladi.

b) Ergashgan qo’shma ga’ bilan, ergash ga’ning egasi sifatida asl matnning to’ldiruvchisiga monand ot (olmosh) kelsa, kesim sifatida asl matnning infinitiviga mos fe’l turadi.

c) Qo’shma ga’ bilan.

d) Infinitiv va sifatdosh bilan.

2. Tarjima nazariyasida grammatika sohasiga oid qanday umumlashma bor?

*a) Formal-grammatika nuqtai nazaridan aniq tarjima qilib bo’lmaydi.

b) Formal-grammatika nuqtai nazaridan aniq tarjima qilib bo’ladi.

c) Tillarning grammatik shakllari orasida absolyut o’xshashlik bor.

d) Tillarning grammatik shakllari orasida nisbiy o’xshatishlar bor.

3. “Tarjima” so’zi qanday ma’nolarda qo’llanilishi mumkin?

*a) Tarjima ma’lum bir jarayon natijasi, ya’ni biror tildan ikkinchi tilga ag’darilgan matn; o’girish jarayoni.

b) Tarjima ma’lum bir jarayon natijasi, ya’ni biror tildan ikkinchi tilga ag’darilgan matn; o’girish vositalari.

c) Tarjima ma’lum bir jarayon natijasi, ya’ni biror tildan ikkinchi tilga ag’darilgan matn; o’girish shart-sharoitlari.

d) Tarjima ma’lum bir istak natijasi; o’girish jarayoni.

4. Adekvat (muqobil) tarjima deb nimaga aytiladi?

*a) Adekvat (muqobil) tarjima deb asl matnning mazmuni tarjima tilida aniq va to’g’ri berilishiga, kamomadsiz ayr boshlanishiga aytiladi.

b) Adekvat (muqobil) tarjima deb tarjima tili matnining mazmunini asl matn tilida aniq va to’g’ri berilishiga, kamomadsiz ayr boshlanishiga aytiladi.

c) Adekvat (muqobil) tarjima deb asl matnning mazmunini asl matn tilida aniq va to’g’ri berilishiga, kamomadsiz ayr boshlanishiga aytiladi.

d) Adekvat (muqobil) tarjima deb tarjima tili matnining mazmunini asl tilida aniq va to’g’ri berilmaslikka, kamomadsiz ayr boshlanishiga aytiladi.

5. Ketma -ket tarjima qaysi turga mansub?

*a) Og’zaki-og’zaki tarjima turiga.

b) Yozma-yozma tarjima turiga.

c) Og’zaki-yozma tarjima turiga.

d) Yozma-og’zaki tarjima turiga.

6. “Diktant-tarjima” tarjimaning qaysi turiga mansub?

*a) Og’aki-yozma tarjima turiga.

b) Yozma-og’zaki tarjima turiga.

c) Og’zaki-og’zaki tarjima turiga.

d) Yozma-yozma tarjima turiga.

7. Bevosita tarjima turini ta’rifini aniqlang.

*a) Asl nusxa tilidan to’g’ridan-to’g’ri bajarilgan tarjima.

b) Asl nusxa tilidan emas, balki boshqtsa bir til orqali qilingan tarjima.

c) Asl nusxa tilidan to’g’ridan-to’g’ri bajarilmagan tarjima.

d) Turli vositalar bilan bajarilgan tarjima.

8. Antik madaniyat namunalari Dor ul-Hikmada Sharq tarjimonlik maktabida qaysi tilga o’girildi?

*a) Arab tiliga

b) O’zbek tiliga

c) Rus tiliga

d) Ingliz tiliga

9. “Tarjimonlik transformatsiyalari” deb nimaga aytiladi?

*a) Tarjima adekvatligiga erishish uchun bajariladigan tillararo o’zgartirishlar.

b) Tarjima adekvatligiga erishish uchun bajariladigan asl matn tilidagi o’zgtirishlar.

c) Tarjima adekvatligiga erishish uchun bajariladigan tarjima tilidagi o’zgartirishlar.

d) Tarjima adekvatligiga erishish uchun bajariladigan fonetik o’zgartirishlar.

10. “Almashtiruv” deb nimaga aytiladi?

*a) Tarjimonlik transformatsiyalarining bir turi, ya’ni tarjima jarayonida asl matndagi grammatik (leksik) birlikning boshka grammatik (leksik) birlik bilan almashtirilishi.

b) Tarjimonlik transformatsiyalarining bir turi, ya’ni tarjima matniga asl matnda yo’q bo’lgan leksik birliklarni qo’shish.

c)Tarjimonlik transformatsiyalarining bir turi, ya’ni tarjima jarayonida asl matndagi semantik (ma’no)si jihatidan ortiqcha bo’lgan so’zlarning tarjima jarayonida tushirib qoldirilishi.

d) Tarjimonlik transformatsiyalarining bir turi, ya’ni tarjima jarayonida asl matndagi shakli jihatidan ortiqcha bo’lgan so’zlarning tarjima jarayonida tushirib qoldirilishi.

11. “Transliteratsiya” deb nimaga aytiladi?

*a) Bitta alfavit harflarini boshqa alfavit harflari bilan belgilangan qoidalarga muvofiq ravishda qayta berish.

b) Bitta til tovushlarini boshqa til tovushlari bilan belgilangan qoidalarga muvofiq ravishda qayta berish.

c) Tovushlarni maxsus belgilar sistemasi yordamida yozuvda qayta berish; ushbu sistemada har bir belgi faqat bitta tovushni ifodalaydi.

d) Bitta til so’zlarini boshqa til so’zlari bilan belgilangan qoidalarga muvofiq ravishda qayta berish.

12. “Internatsional so’zlar” deb nimaga aytiladi?

*a) (Genetik jihatdan qardosh bo’lgan) ko’p tillarda bir xil ma’noda qo’llaniladigan va kelib chiqishi bir xil bo’lgan so’zlar.

b) (Genetik jihatdan qardosh bo’lgan) ko’p tillarda bir xil ma’noda qo’llaniladigan va kelib chiqishi bir xil bo’lmagan so’zlar.

c) Sinonimlar.

d) Antonimlar.

13. V.V. Vinogradov tasnifiga ko’ra frazeologizmlar qanday guruhlarga bo’linadi?

*a) Frazeologik chatishmalar; frazeologik birikmalar; frazeologik birikuvlar.

b) Maqollar; frazeologik birikmalar; qanotli so’zlar.

c) Frazeologik chatishmalar; frazeologik birliklar; hikmatli so’zlar.

d) Makollar; hikmatli so’zlar; qanotli so’zlar.

14. „Wie geht es Ihnen?“ iborasining qaysi tarjimasi adekvat deb hisoblanadi?

*a) Ahvollaringiz qalay?

b) Qanday ketyapti Sizga?

c) Ishlaringiz yomon ketyaptimi?

d) Sizga kim kelyapti?

15. Quyidagi tarjimada qanday transformatsiya kuzatiladi? All dies sagte die Teekanne in ihrer sorglosen Jugendzeit.o’zb: Bu gaplarni choynak g’am-koyishsiz yoshlik yillarida aytar ekan.

*a) Muayyan unsurlar o’rni o’zgargan.

b) Leksik almashtiruv.

c) Antonimik tarjima.

d) Qo’shish.

16. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi:bir necha bola – einige Jungen.

*a) So’z shakllarini almashtiruvi.

b) Muayyan unsurlar o’rnini almashtiruvi.

c) Leksik almashtiruv.

d) Qo’shish.

17. Quyidagi misolda tarjimonlik transformatsiyaning qaysi turi kuzatiladi:Es war ein schwerer Schlag, den sie erlitt, und das schwerste war, daß alle lachten, über sie lachten und nicht über die ungeschickte Hand.

o’zb: Unga qaqshatkich zarba berilgan edi, eng malol keladigan joyi shunda ediki, odamlar shalayim qo’ldan emas, balki yerga tushib singan choynakdan kulishibdi.

*a) So’z turkumlarining almashtiruvi.

b) Muayyan unsurlar o’rnini almashtiruvi.

c) Leksik almashtiruv.

d) Antonimik tarjima.

18. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi:Ich brauche einen Taschenrechner.–Menga kalkuryator kerak.

*a) So’z turkumlarining almashtiruvi.

b) Muayyan unsurlar o’rnini almashtiruvi.

c) Leksik almashtiruv.

d) Antonimik tarjima.

19. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi: Sie hat einen Sohn.–Uning o’g’li bor.

*a) So’z turkumlarining almashtiruvi.

b) Muayyan unsurlar o’rnini almashtiruvi.

c) Leksik almashtiruv.

d) Antonimik tarjima.

20. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi: Dann hüpften und tanzten sie und sprangen über Stühle und Bänke.Endlich tanzten sie zur Tür hinaus.–Keyin ular qiyqirishib, raks tushishibdi, stol-stullar ustida sakrab o’ynab, oxiri eshikdan chiqib ketishibdi.

*a) Sodda gapning qo’shma gap bilan almashtirilishi.

b) Qo’shma gapning sodda gap bilan almashtirilishi.

c) Bosh gapning ergash gap bilan almashtirilishi.

d) Ergash gapning bosh gap bilan almashtirilishi.

21. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi: Doch sie, die mich am meisten Yolg’izgina u meni ko’proq

Gequälet, geärgert, betrübt, Azobladi, qiynadi jonim,

Die hat mich nie gehasset Nafratlanmas mendan va biroq

Und hat mich nie geliebt. Sevolmadi meni jononim.

*a) Ergashishning bog’lanish bilan almashtirilishi.

b) Qo’shma gapning sodda gap bilan almashtirilishi.

c) Sodda gapning qo’shma gap bilan almashtirilishi.

d) Bosh gapning ergash gap bilan almashtirilishi.

22. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi: Tassen, Sahnegießer und Zuckerdose, das ganze Teegeschirr wurde wohl mehr an das Gebrechen des Deckels denken und davon sprechen als von dem guten Henkel und der ausgezeichnete Tülle…piyola, qanddon, yog’don choynakning nuqsoni to’g’risida hadeb gapirishar, lekin uning ajoyib dastasi, chiroyli jo’mragi to’g’risida lom-mim deyishmas ekan.

*a) Bog’lovchili bog’lanishning bog’lovchisiz bog’lanish bilan almashtirilishi.

b) Qo’shma gapning sodda gap bilan almashtirilishi.

c) Sodda gapning qo’shma gap bilan almashtirilishi.

d) Bosh gapning ergash gap bilan almashtirilishi.



23. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi:Drei Mann genügten, um ihn aus jedem Graben wieder auf die Straße zu setzen…Uni yo’lga ko’tarib chiqishga uchta odam yetarli edi …

*a) Umumlashtirish.

b) Natijaning sabab bilan, sababning natija bilan almashtirilishi.

c) Konkretlashtirish.

d)Antonimik tarjima.

24. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi:Er ist jetzt tot.–U o’lib qoldi.

*a) Natijaning sabab bilan almashtirilishi.

b) Umumlashtirish.

c) Konkretlashtirish.

d) Qo’shish.

25. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi:Ich ging oft in die Bibliothek, die sich nicht weit von unserem Haus befand.–Men uyimiz yaqinida joylashgan kutubxonaga tez-tez borib turar edim.

*a) Antonimik tarjima.

b) Qo’shish.

c) Tushirib qoldirish.

d) Umumlashtirish.

26. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi: Habilitation–doktorlik dissertatsiyasini yoklash.

*a) Qo’shish.

b) Tushirib qoldirish.

c) Antonimik tarjima.

d) Umumlashtirish.

27. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi: Katrin freut sich auf den Kuchen, den sie vorgestern im Ethik-Unterricht gerührt haben.-Katrin pirog yeyishni ko’z oldiga keltirib oldindan lazzatlanadi, bu pirogning xamirini ular o’tgan kuni etika darsida qorgan edilar.

*a) Qo’shish.

b) Tushirib qoldirish.

c) Antonimik tarjima.

d) Umumlashtirish.

28. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi: vakant o’rniga tanlov–Berufung.

*a) Tushirib qoldirish.

b) Qo’shish.

c) Antonimik tarjima.

d) Umumlashtirish.

29. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi: Gruppenarbeit! Katrin tut sich mit Max, Florian und Hanna zusammen -wie meistens bei der Gruppenarbeit.-Guruhlarga bo’linib ishlash! Katrin, Maks, Florian va Xanna bir guruhga birlashadilar–bunday ishlashda ular ko’pincha shunday qilishadi.

*a) Tushirib qoldirish.

b) Qo’shish.

c) Antonimik tarjima.

d) Konkretlashtirish.

30. To’g’ri tarjimani aniqlang. Das Wort halten.

*a) so’zining ustidan chiqmoq.

b) so’z bermoq.

c) so’zni tutmoq.

d) so’zlashmoq.

31. To’g’ri tarjimani aniqlang. Ohne zu sehen.

*a) ko’rmasdan.

b) jahli chiqmasdan.

c) ko’rib turib.

d) o’ylanmasdan.

32. To’g’ri tarjimani aniqlang. Mit den Schultern zucken.

*a) yelkasini qisib qo’ymoq.

b) yelkasini urmoq.

c) yelkasi bilan turtmoq.

d) yelkasidan tortmoq.

33. To’g’ri tarjimani aniqlang. Ihr war nicht ganz wohl zumute.

*a) Uning ko’ngli notinch edi.

b) U shubhalangan edi.

c) Uning ko’ngli ayniyotgan edi.

d) U shubha ostida edi.

34. To’g’ri tarjimani aniqlang. Zum Einverständnis nicken.

*a) ma’qullab bosh silkib qo’ymoq.

b) roziligini so’ramoq.

c) roziligini olmoq.

d) roziligini talab qilmoq.

35. To’g’ri tarjimani aniqlang. Laute Bezeigung der Gefühle nicht gewohnt.

*a) his-tuyg’ularini ochiqdan-ochiq ko’rsatishga o’rganmagan.

b) his-tuyg’usini ko’rsatmoq.

c) his-tuyg’ularini yashirmoq.

d) his-tuyg’ularini oshkor etmoq.

36. Asl matn tili va tarjima tili o’rtasida tarjimashunos A.V. Fyodorov bo’yicha grammatik tafovutlarning nechta turlari mavjud?

*a) Uch.


b) To’rt.

c) Besh.


d) Bir.

37. Rod kategoriyasi tarjima jarayoniga, ayniqsa badiiy tarjimaga qanday ta’sir qiladi?

*a) Katta qiyinchilik tug’dirishi mumkin.

b) Hech qanday ta’sir qilmaydi.

c) Tarjimani osonlashtiradi.

d) Muammo chiqarmaydi.

38. Tarjima nazariyasi fanining ob’ekti, ‘redmeti va vazifasi nimalardan iborat?

*a) Tarjima nazariyasining ob’ekti yozma yoki og’zaki nutq; predmeti – matnlarni bir tildan ikkinchi tilga o’girish jarayoni; vazifasi - tarjima jarayonining adabiy va lingvistik qonuniyatlarini o’rganish.

b) Tarjima nazariyasining ob’ekti og’zaki nutk; predmeti - matnlarni bir tildan ikkinchi tilga o’girish jarayoni; vazifasi - tarjima jarayonining adabiy va lingvistik qonuniyatlarini o’rganish.

c) Tarjima nazariyasining ob’ekti yozma nutq; predmeti - matnlarni bir tildan ikkinchi tilga o’girish jarayoni; vazifasi - tarjima jarayonining adabiy va lingvistik qonuniyatlarini o’rganish.

d) Tarjima nazariyasining ob’ekti tilning leksik sistemasi; predmeti - matnlarni bir tildan ikkinchi tilga o’girish jarayoni; vazifasi - tarjima jarayonining adabiy va lingvistik qonuniyatlarini o’rganish.

39. Tarjima jarayonida til birliklarining qaysi tomoni invariant sifatida saqlanib qoladi?

*a) Ma’nosi.

b) Ma’nosi va shakli.

c) Shakli.

d) Tovush tomoni.

40. Professor YA.S. Barxudarov bo’yicha tarjimaning qanday turlari bor?

*a) Yozma-yozma; og’zaki-og’zaki; yozma-og’zaki; og’zaki-yozma tarjima.

b) Yozma-yozma; yozma-og’zaki.

c) Og’zaki-og’zaki; og’zaki-yozma .

d) Og’zaki-og’zaki; yozma-og’zaki.

41. Sinxron tarjima qaysi turga mansub?

*a) Og’zaki-og’zaki tarjima turiga.

b) Yozma-yozma tarjima turiga.

c) Og’zaki-yozma tarjima turiga.

d) Yozma-og’zaki tarjima turiga.

42. “Tayyorlanib tarjima qilish” tarjimaning qaysi turida farqlanadi?

*a) Yozma-og’zaki tarjima turida.

b) Og’zaki-og’zaki tarjima turida.

c) Yozma-yozma tarjima turida.

d) Badiiy tarjima turida.

43. Bilvosita tarjima turini ta’rifini aniqlang.

*a) Asl nusxa tilidan emas, balki boshqa bir til orqali qilingan tarjima.

b) Asl nusxa tilidan to’g’ridan-to’g’ri bajarilgan tarjima.

c) Asl nusxa tilidan to’g’ridan-to’g’ri bajarilmagan tarjima.

d) Turli vositalar bilan bajarilgan tarjima.

44. “Vsemirnaya literatura” (“Jahon adabiyoti”) nashriyoti 1919 yilda qaysi shaharda va nechanchi yilgacha Sharq va G’arb adabiyotining yirik namunalarini rus tiliga tarjima qilish bilan shug’ullandi?

*a) Petrogradda, 1927 yilgacha.

b) Petrogradda, 1937 yilgacha.

c) Moskvada, 1927 yilgacha.

d) Moskvada, 1937 yilgacha.

45. Tarjimonlik transformatsiyalarining to’rtta elementar turlarini aniqlang.

*a) Muayyan unsurlar o’rnini almashtirib qo’yish; almashtiruv; qo’shish; tushirib qoldirish.

b) Muayyan unsurlar o’rnini almashtirib qo’yish; almashtiruv; ayirish; tushirib qoldirish.

c) Muayyan unsurlar ma’nosini almashtirib qo’yish; almashtiruv; qo’shish; tushirib qoldirish.

d) Muayyan unsurlar ma’nosini almashtirib qo’yish; almashtiruv; ayirish; tushirib qoldirish.

46. Almashtiruv turlariga qaysi qatordagi so’zlar kiradi?

*a) So’z shakllarini almashtiruvi, so’z turkumlarini almashtiruvi, gap bo’laklarini almashtiruvi, qo’shma gapda sintaktik almashtiruv.

b) Leksik almashtiruv, antonimik tarjima, qo’shish, tushirib qoldirish, qo’shma gapda sintaktik almashtiruv.

c) Til elementlarining ketma-ketlik tartibini o’zgartirilishi, antonimik tarjima.

d) Antonimik tarjima, so’z turkumlarini almashtiruvi, konkretlashtirish, tushirib qoldirish.

47. „Transkriptsiya“ deb nimaga aytiladi?

*a) Tovushlarni maxsus belgilar sistemasi yordamida yozuvda qayta berish; ushbu sistemada har bir belgi faqat bitta tovushni ifodalaydi.

b) Bitta alfavit harflarini boshqa alfavit harflari bilan belgilangan qoidalarga muvofiq ravishda qayta berish.

c) Bitta til tovushlarini boshqa til tovushlari bilan belgilangan qoidalarga muvofiq ravishda qayta berish.

d) Bitta til so’zlarini boshqa til so’zlari bilan belgilangan qoidalarga muvofiq ravishda qayta berish.

48. “Tarjimonning soxta do’stlari” deb nimaga aytiladi?

*a) Asl matn tili va tarjima tilida aytilishi va yozilishi jihatidan deyarli bir xil bo’lgan, ammo ma’nosi yoki qo’llanilishi jihatidan turlicha bo’lgan so’zlar.

b) (Genetik jihatdan qardosh bo’lgan) ko’p tillarda bir xil ma’noda qo’llaniladigan va kelib chiqishi bir xil bo’lgan suzlar.

c) Sinonimlar.

d) Antonimlar.

49. Atoqli otlarni tarjima tilida berishda an’ana qanday rol o’ynaydi?

*a) Katta rol.

b) Hech qanday rol.

c) Kichik rol.

d) Juda kichik rol.

50. Nemischa „der erste Stock“ qanday tarjima qilinadi?

*a) ikkinchi qavat.

b) birinchi qavat.

c) uchinchi qavat.

d) to’rtinchi qavat.

51. Quyidagi tarjimada qanday transformatsiya sodir bo’lgan:Die wichtigsten Aufgaben des Bundestages sind die Gesetzgebung, die Wahl des Bundeskanzlers und die Kontrolle der Regierung.- o’zb.: Bundestagning eng muhim vazifalari qonun chiqarish, federal kantslerni saylash va hukumatni nazorat qilish.

*a) Muayyan unsurlar o’rni o’zgargan.

b) Leksik almashtiruv.

c) Antonimik tarjima.

d) Almashtiruv.

52. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi? juda ko’p daftar–sehr viele Hefte.

*a) So’z shakllarini almashtiruvi.

B) Qo’shish.

c) Antonimik tarjima.

d) Leksik almashtiruv.

53. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi? Das Lied wurde von Frauen gesungen.–Qo’shiqni ayollar aytdilar.

*a) Gap bo’laklarini almashtiruvi.

b) So’z turkumlarini almashtiruvi.

c) Leksik almashtiruv.

d) Qo’shish.

54. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi? Er braucht deine Hilfe.–Unga sening yordaming kerak.

*a) Gap bo’laklarini almashtiruvi.

b) So’z turkumlarini almashtiruvi.

c) Leksik almashtiruv.

d) Qo’shish.

55. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi? Sie hat eine gute Stimme.–Uning yaxshi ovozi bor.

*a) Gap bo’laklarini almashtiruvi.

b) So’z turkumlarini almashtiruvi.

c) Leksik almashtiruv.

d) Qo’shish.

56. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi? Aber sie sprach nicht von ihrem Deckel, der war zerbrochen, der war gekittet worden,…-Qopqog’i singanligi, qadoqlanganligi haqida lom-mim demas ekan...

*a) Qo’shma gapning sodda gap bilan almashtirilishi.

b) Sodda gapning qo’shma gap bilan almashtirilishi.

c) Bosh gapning ergash gap bilan almashtirilishi.

d) Ergash gapning bosh gap bilan almashtirilishi.

57. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi? …und weil ihm die Schuhe so gut gefielen, so bezahlte er mehr als gewöhnlich dafür…- Unga etiklar shunday yoqibdiki, u belgilangan bahosidan ham

ortiqcha pul tashlab ketibdi.

*a) Bosh gapning ergash gap bilan, ergash gapning bosh gap bilan almashtirishi.

b) Sodda gapning qo’shma gap bilan almashtirilishi.

c) Qo’shma gapning sodda gap bilan almashtirilishi.

d) Ergashishning bog’lanish bilan almashtirilishi.

58. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi? Nun geschah es eines Abends, nicht lange vor Weihnachten, als der Mann Leder zugeschnitten hatte, daß er vorm Schafengehen zu seiner Frau sprach …-Bir kuni yangi yil arafasida etikduz yana teri qirqib quyibdida, xotiniga debdi ...

*a) Konkretlashtirish.

b) Sodda ga’ning qo’shma gap bilan almashtirilishi.

c) Qo’shma gapning sodda gap bilan almashtirilishi.

d) Ergashishning bog’lanish bilan almashtirilishi.

59. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi? An der ersten Straßenecke wartet Max auf sie–wie jeden Morgen.-Birinchi ko’cha burchagida Maks uni doimgiday kutayapti.

*a) Umumlashtirish.

b) Natijaning sabab bilan, sababning natija bilan almashtirilishi.

c) Konkretlashtirish.

d) Antonimik tarjima.

60. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi? Er machte es immer so, daß Sie alles zweimal sagen mußten.- U doimo hamma narsani qayta so’rar edi.

*a) Natijaning sabab bilan almashtirilishi.

b) Umumlashtirish.

c) Konkretlashtirish.

d) Antonimik tarjima.

61. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi? Eine Frau ging im Garten umher, eine ältere Dame von düsterem, ja tragischem Aussehen.-o’zb.:Bog’da yosh bo’lmagan, ko’rinishi g’amgin, qayg’uli bo’lgan bir ayol u yoqdan bu yoqqa borib turar edi.

*a) Antonimik tarjima.

b) Qo’shish.

c) Tushirib qoldirish.

d) Natijaning sabab bilan almashtirilishi.

62. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi? Wettbewerbsschutz–erkin raqobatni himoya qilish.

*a) Qo’shish.

b) Konkretlashtirish.

c) Umumlashtirish.

d) Antonimik tarjima.

63. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi? In der letzten Stunde geht Katrin zum Turnen in die Halle.Frau Alzmann schimpft, weil Katrin ihren Turnanzug vergessen hat. Ohne Turnanzug darf man nicht mitturnen.-Ohirgi dars–jismoniy tarbiya darsida Katrin sportzalga boradi. Frau Altsmann unga tanbeh beradi, chunki Katrin formasini uyida qoldirib kelibdi. Formasiz esa sportzalda shug’ullanish mumkin emas.

*a) Qo’shish.

b) Konkretlashtirish.

c) Umumlashtirish.

d) Antonimik tarjima.

64. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi? Und erst die Kinder in der Grundschule–wie verschieden!-Maktabdagi bolalar esa–butunlay boshqa–boshqa!

*a) Tushirib qoldirish.

b) Qo’shish.

c) Umumlashtirish.

d) Konkretlashtirish.

65. To’g’ri tarjimani aniqlang:versprechen.

*a) va’da bermoq.

b) kuylamoq.

c) vaysamoq.

d) hikoya qilmoq.

66. To’g’ri tarjimani aniqlang: jemandem die Röte in die Stirn treiben.

*a) birovni qizarib ketishiga sabab bo’lmoq.

b) birovni xafa qilmoq.

c) birovni yig’latmoq.

d) kim bilandir janjallashmoq.

67. To’g’ri tarjimani aniqlang: jemandem dankbar sein.

*a) birovdan minnatdor bo’lmoq.

b) birovni quvontirmoq.

c) kimgadir rahmat aytmoq.

d) kim bilandir suhbatlashmoq.

68. To’g’ri tarjimani aniqlang: jemanden aufputschen.

*a) birovda dushmanlik tuyg’usini tug’dirmoq.

b) kim bilandir janjallashmoq.

c) kimnidir xafa qilmoq.

d) birovga xoinlik qilmoq.

69. To’g’ri tarjimani aniqlang: Augen aufreiben.

*a) ko’zni chaqchaytirmoq.

b) ko’zni yummoq.

c) ko’zini yuvmoq.

d) ko’zini suzmoq.

70. To’g’ri tarjimani aniqlang: jemanden in seine Arme schließen.

*a) birovni quchoqlamoq.

b) kimnidir sudramoq.

c) kim bilandir sakramoq.

d) kimnidir o’pmoq.

72. To’g’ri tarjimani aniqlang:jemandem den Kopf verdrehen.

*a) birovning boshini aylantirmoq (ko’chma ma’noda).

b) birovning boshini siylamoq.

c) birovning boshini shikastlamoq.

d) birovga ko’ngil qo’ymoq.

72. Tarjimaning grammatik vazifalari nimadan kelib chiqadi?

*a) Biror tilning grammatik hodisalari boshqa bir tilning grammatik hodisalaridan farq qiladi. Ikki tilning grammatik hodisalari o’rtasida o’xshashlik yoki bir xillik ayrim hollardagina uchraydi.

b) Biror tilning grammatik hodisalari boshka bir tilning grammatik hodisalaridan farq qilmaydi. Ikki tilning grammatik hodisalari o’rtasida o’xshashlik yoki bir xillik ko’p hollarda uchraydi.

c) Tarjima qilish zaruriyatidan.

d) Barcha grammatik shakllarning bir xilligidan.

73. G.Geynening “Qarag’ay bilan ‘alma”(“Yovvoyi shimolda”) nomli she’ri o’girmasi rod kategoriyasini o’zbekcha tarjimada qayta tiklashning qanday amaliy tavsiyasini tasdiq etadi?

*a) Rod kategoriyasi mavjud bulgan tillardan bunday kategoriyasi yo’q bo’lgan tilga tarjima qilishda rod funktsiyasini bajaruvchi unsurlarni aksar holda sifatlashlar orqali aks ettirish mumkin.

b) Rod kategoriyasi mavjud bo’lgan tillardan bunday kategoriyasi yo’q bo’lgan tilga tarjima qilishda rod funktsiyasini bajaruvchi unsurlarni ba’zi hollarda sifatlashlar orqali aks ettirish mumkin.

s) Rod kategoriyasi mavjud bo’lgan tillardan bunday kategoriyasi yo’q bo’lgan tilga tarjima qilishda rod funktsiyasini bajaruvchi unsurlarni aksar holda sifatdoshlar orqali aks ettirish mumkin.

d) Rod kategoriyasi mavjud bo’lgan tillardan bunday kategoriyasi yo’q bo’lgan tilga tarjima qilishda rod funktsiyasini bajaruvchi unsurlarni aksar holda otlar orqali aks ettirish mumkin.

74. Tarjima jarayonida qanday ikkita matn albatta mavjud bo’ladi?

*a) Asl matn va tarjima matni.

b) Asl matn va yozma matn.

c) Og’zaki matn va yozma matn.

d) Og’zaki matn va tarjima matni.

75. Tarjimaning aniq ta’rifini tanlang.

*a) Tarjima deb bir tildagi nutq asarini ikkinchi tildagi nutq asariga o’girish,o’zgartirish jarayoniga aytiladi; ushbu jarayonda nutq asarining ma’nosi o’zgarmasdan saqlanib qolishi shart.

b) Tarjima deb bir tildagi nutq asarini ikkinchi tildagi nutq asariga o’girish,o’zgartirish jarayoniga aytiladi; ushbu jarayonda nutq asarining shakli o’zgarmasdan saqlanib qolishi shart.

c) Tarjima deb bir tildagi nutq asarini ikkinchi tildagi nutq asariga o’girish, o’zgartirish jarayoniga aytiladi;ushbu jarayonda nutq asarining ma’nosi va shakli o’zgarishi shart.

d) Tarjima deb bir tildagi nutq asarini ikkinchi tildagi nutq asariga o’girish,o’zgartirish jarayoniga aytiladi;ushbu jarayonda nutq asarining ma’nosi o’zgarishi shart.

76. Badiiy adabiyot, ijtimoiy-siyosiy axborot materiallar tarjimaning qaysi turiga kiradi?

*a) YOzma-yozma.

b) Sinxron tarjima.

c) Og’zaki-og’zaki.

d) Ketma-ket tarjima.

77. “Qog’ozga qarab tarjima qilish” tarjimaning qaysi turida farqlanadi?

*a) Yozma-og’zaki tarjima turida.

b) Og’zaki-og’zaki tarjima turida.

c) Yozma-yozma tarjima turida.

d) Badiiy tarjima turida.

78. “Diktant-tarjima” tushunchasining ta’rifini aniqlang:

*a) Og’zaki matn (asl matn) sekinlashtirilib aytiladi (“diktant tezligi”da) va yozma tarjima qilinadi.

b) Og’zaki matn tez aytiladi va yozma tarjima qilinadi.

c) Yozma matn tez aytiladi va og’zaki tarjima qilinadi.

d) Yozma matn sekinlashtirilib aytiladi va og’zaki tarjima qilinadi.

79. Aristotel va Platon asarlari kimning tarjimalari orqali bizgacha yetib kelgan?

*a) Ibn Sino, Al-Farg’oniy tarjimalari orqali.

b) Munis tarjimalari orqali.

c) Ogahiy tarjimalari orqali.

d) Xaydar Xorazmiy tarjimalari orqali.

80. I.V.Gyotening “Faust” asarini o’zbek tiliga kim o’girgan?

*a) Erkin Voxidov.

b) O’tkir Xoshimov.

c) G’afur G’ulom.

d) Ogahiy.

81. “Muayyan unsurlar o’rnini almashtirib qo’yish” deganda nima tushuniladi?

*a) Tarjimonlik transformatsiyalarining bir turi, ya’ni tarjima jarayonida asl matnga nisbatan til elementlarining o’rnini, ketma-ketlik tartibini o’zgartirilishi.

b) Tarjimonlik transformatsiyalarining bir turi, ya’ni tarjima jarayonida tarjima tili matniga nisbatan til elementlarining o’rnini, ketma-ketlik tartibini o’zgartirilishi.

c) Tarjimonlik transformatsiyalarining bir turi, ya’ni tarjima jarayonida asl matndagi grammatik birlikning boshqa grammatik birlik bilan almashtirilishi.

d) Tarjimonlik transformatsiyalarining bir turi, ya’ni tarjima jarayonida asl matndagi leksik birlikning boshqa leksik birlik bilan almashtirilishi.

82. “Qo’shish” deb nimaga aytilaydi?

*a) Tarjima matniga asl matnda yo’q bo’lgan leksik birliklarni qo’shish.

b) Asl matndagi semantika (ma’no)si jihatidan ortiqcha bo’lgan so’zlarning tarjima jarayonida tushirilib qoldirilishi.

c) Tarjima jarayonida asl matn tilidagi leksik birliklarni boshqa, ularning lug’aviy ekvivalentlari bo’lmagan leksik birliklar bilan almashtirilishi.

d) Tarjima jarayonida ma’nosi keng so’zlarning ma’nosi tor so’zlar bilan almashtirilishi.

83. “Perifraza” deb nimaga aytiladi?

*a) Muayyan narsa, shaxs yoki voqeani odatdagi so’z bilan emas, balki o’sha narsa, shaxs, jarayon yoki voqeaning asosiy xususiyatlarini anglatuvchi boshqa so’z yoki so’z birikmasi yordamida ifodalash, qayta belgilash.

b) Murakkab qo’shma gap.

c) Frazeologik birikmalar.

d) Leksik birikmalar.

84. Ismlar tarjimasida qanday yo’nalishlar mavjud?

*a) Ismning chet tiliga oid ekanligi ta’kidlanadi; tarjima tilining morfologiyasiga moslashish sodir bo’ladi.

b) Ismning chet tiliga oid ekanligi ta’kidlanadi; tarjima tilining sintaksisiga moslashish sodir bo’ladi.

c) Ismning ona tiliga oid ekanligi ta’kidlanadi; tarjima tilining morfologiyasiga moslashish sodir bo’ladi.

d) Ismning ona tiliga old ekanligi ta’kidlanadi; tarjima tilining sintaksisiga moslashish sodir bo’ladi.

85. Tarjima nuqtai nazaridan frazeologizmlarning qaysi guruhlarini tarjima qilish qiyin?

*a) Frazeologik chatishmalar va frazeologik birikmalarni barchasini.

b) Faqat frazeologik chatishmalarni.

c) Faqat frazeologik birikmalarni.

d) Faqat frazeologik birikuvlarni.

86. Nemischa „das Erdgeschloß“ so’zining tarjimasi nima?

*a) birinchi qavat.

b) ikkinchi qavat.

c) uchinchi qavat.

d) to’rtinchi qavat.

87. Quyidagi tarjimada qanday transformatsiya kuzatiladi:uchta kitob– drei Bücher.

*a) So’z shakllarini almashtiruvi.

b) Muayyan unsurlar o’rnini almashtiruvi.

c) Leksik almashtiruv.

d) Antonimik tarjima.

88. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiyasi kuzatiladi: dasta–dasta gul–Blumensträuße.

*a) So’z shakllarini almashtiruvi.

b) Tushirib qoldirish.

c) Qo’shish.

d) Antonimik tarjima.

89. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi:Das Gedicht wurde von einem Schüler vorgetragen.–SHe’rni bir o’quvchi aytib berdi.

*a) Gap bo’laklarini almashtiruvi.

b) Tushirib qoldirish.

c) So’z turkumlarini almashtiruvi.

d) Leksik almashtiruv.

90. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi: Mein Bruder braucht ein Wörterbuch.–Mening akamga lug’at kerak.

*a) Gap bo’laklarini almashtiruvi.

b) Tushirib qoldirish.

c) So’z turkumlarini almashtiruvi.

d) Leksik almashtiruv.

91. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi: Er hat einen Computer.–Uning kompyuteri bor.

*a) Gap bo’laklarini almashtiruvi.

b) Tushirib qoldirish.

c) So’z turkumlarini almashtiruvi.

d) Leksik almashtiruv.

92. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi:

Bald darauf trat auch schon ein Käufer ein, und weil ihm die Schuhe so gut gefielen, so bezahlte er mehr als gewöhnlich dafür, und der Schuster konnte von dem Geld Leder zu zwei Paar Schuhe verhandeln.-Tez orada xaridor ham kelib qolibdi. Unga etiklar shunday yoqibdiki, u belgilangan bahosidan ham ortiq pul tashlab ketibdi. Etikdo’z esa bu pulga ikki juft etikka yetadigan teri sotib olishga muvaffaq bo’libdi.

*a) Qo’shma gapning sodda gap bilan almashtirilishi.

b) Sodda gapning qo’shma gap bilan almashtirilishi.

c) Ergash gapning bosh gap bilan almashtirilishi.

d) Ergashishning bog’lanish bilan almashtirilishi.



93. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi:

Ich ging im Walde O’rmon ichra men

So für mich hin, Borardim tanho.

Und nichts zu suchen, Biror maqsadim

Das war mein Sinn. Yo’q edi aslo.

*a) Bog’lovchili bog’lanishning bog’lovchisiz bog’lanish bilan

almashtirilishi.

b) Sodda gapning qo’shma gap bilan almashtirilishi.

c) Qo’shma gapning sodda gap bilan almashtirilishi.

d) Ergashishning bog’lanish bilan almashtirilishi.



94. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi: Ich wurde Invalide genannt, in eine Ecke gestellt … - Meni kemtik deb, bir burchakka tiqib qo’yishdi...

*a) Konkretlashtirish.

b) Sodda gapning qo’shma gap bilan almashtirilishi.

c) Qo’shma gapning sodda gap bilan almashtirilishi.

d) Ergashishning bog’lanish bilan almashtirilishi.

95. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi: Ich beschuldige ihn nicht. - Men uni tushunaman.

*a) Natijaning sabab bilan almashtirilishi.

b) Umumlashtirish.

c) Konkretlashtirish.

d) Antonimik tarjima.

96. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi: Frau Kramer ist einverstanden, wenn alle bei der Arbeit nur leise sprechen.- Frau Kramer qarshi emas, bolalar ishlaganlarida shovqin qilmasalar bas.

*a) Antonimik tarjima.

b) Umumlashtirish.

c) Natijaning sabab bilan almashtirilishi.

d) Konkretlashtirish.

97. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi: ‘romotion–nomzodlik dissertatsiyasini yoklash.

*a) Qo’shish.

b) Antonimik tarjima.

c) Konkretlashtirish.

d) Umumlashtirish.

98. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi: Herr Bong riet ihm ab, den Beruf des Schreiners zu ergreifen.-Gerr Bong unga duradgorlik kasbini egallamasligini maslahat berdi.

*a) Antonimik tarjima.

b) Qo’shish.

c) Konkretlashtirish.

d) Tushirib qoldirish.

99. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi: vrachlik malakaviy imtihoni–ärztliche Prüfung.

*a) Tushirib qoldirish.

b) Antonimik tarjima.

c) Umumlashtirish.

d) Qo’shish.

100. Quyidagi misolda qanday tarjimonlik transformatsiya kuzatiladi: o’qish bo’yicha konsultatsiyalar – Studienberatung.

*a) Tushirib qoldirish.

b) Antonimik tarjima.

c) Umumlashtirish.

d) Qo’shish.

101. To’g’ri tarjimani aniqlang: den Bus verpassen.

*a) avtobusga kech qolmoq.

b) avtobusga chiqmoq.

c) avtobusdan tushmoq.

d) avtobusni kutmoq.

102. To’g’ri tarjimani aniqlang: zornige Augen bekommen.

*a) jahli chiqmoq, g’azablanmoq.

b) xursand bo’lmoq.

c) uyalmoq.

d) jahl qilmaslik.

103. To’g’ri tarjimani aniqlang: Der Frost überfiel das Land.

*a)Mamlakatda sovuq boshlandi.

b) Ayoz mamlakatga hujum qildi.

c) Mamlakatda issiq kunlar boshlandi.

d) Mamlakat sovuqdan chiqdi.

104. To’g’ri tarjimani aniqlang: einwilligen.

*a) rozilik bermoq, rozi bo’lmoq.

b) hamdarlik bildirmoq.

c) rad qilmoq.

d) chorasiz qolmoq.

105. To’g’ri tarjimani aniqlang:neidisch.

*a) hasad bilan, hasadli.

b) hayrat bilan, hayratli.

c) koyish bilan.

d) haqoratli.

106. To’g’ri tarjimani aniqlang:vor Heimweh krank werden.

*a) vatanni sog’ingandan kasal bo’lmoq.

b) vatanni tark etmoq.

c) vatanga qaytishni hohlamaslik.

d) vatan bilan bir umrga hayrlashish.

107. To’g’ri tarjimani aniqlang: in jemands Besitz sein.

*a) birovning qo’lida bo’lmoq, birovga qarashli bo’lmoq.

b) birov bilan ishi bo’lmaslik.

c) birovlarning hayotiga doimo aralashish.

d) birovga aldanish.

108. To’g’ri tarjimani aniqlang: Es geht mich nichts an.

*a) menga buning hech qanday dahli yo’q.

b) menga buning keragi yo’q.

c) menga bu hech narsa olib kelmadi.

d) menga bu narsa yoqmadi.



109. Tarjima amaliyotining illatli usullaridan biri qaysi

A) Ijodiy tarjima

B) Transliteratsiya

S) Badiiy tarjima

*D) Erkin tarjima

110.Muallif matnini xijjalab, uning mazmuniy-vazifaviy uyg’unligini soxtalashtiradigan, hissiy-ta’sirchanlik xususiyatini, badiiy obrazli asosini xiralashtiradigan, tarjima tili me’yori va madaniyatini barbod etadigan tarjima turini aniqlang.

*A) So’zma-so’z tarjima

B) Obrazlashtirilgan tarjima

S) Transliteratsiya

D) Moslama tarjima

111. Bu tarjima turida asliyat lisoniy vositalari matniy ma’nolari va uslubiy vazifalari umumxalq tili grammatik qoidalari bilan hamohanglikda qayta yaratiladi

A) Erkin tarjima

V) Trankripsiya

*S) Ijodiy tarjima

D) Mualliflashtirilgan tarjima

112. Badiiy adabiyot, ijtimoiy-siyosiy axborot materiallar tarjimaning qaysi turiga kiradi?

A) Sinxron tarjima.

B) Og’zaki-og’zaki.

*S) Yozma-yozma.

) Ketma-ket tarjima.

113.I.V.Gyotening “Faust” asarini o’zbek tiliga asliyat tilidan kim o’girgan?

A)O’tkir Xoshimov.

B) Erkin Voxidov.

S)G’afur G’ulom.

*D)Poshali Usmon.

114. Bevosita tarjima turini ta’rifini aniqlang.

*A) Asl nusxa tilidan to’g’ridan-to’g’ri bajarilgan tarjima.

B)Asl nusxa tilidan emas, balki boshqtsa bir til orqali qilingan tarjima.

S)Asl nusxa tilidan to’g’ridan-to’g’ri bajarilmagan tarjima.

D)Turli vositalar bilan bajarilgan tarjima.

115. Erkin Vohidov “Faust asarini kimning tarjimasi asosida rus tilidan o’zbek tiliga o’girdi

A) V. Derjavin

*B) B. Pasternak

S) N. Xolodkovskiy

D) V. Fyodorov

116. Tadbil tarjima qanday amalga oshiriladi?

*A) Bir til ichida, ko’pincha mumtoz adabiyot tilidan zamonaviy tilga

B) Yozma-yozma

S) Asl matn mazmunini to’la ochib beradi



D) Bir tildan ikkinchi tilga
GLOSSARIY

Tarjima: 1) ma’lum bir jarayon natijasi, ya’ni biror tildan ikkinchi tilga ag’darilgan matn; 2) o’girish jarayoni 3) tarjima turi

Перевод: 1) результат определенного процесса, т.е. текст, переведённый с одного языка на другой; 2) процесс перевода; 3) тип перевода.

Translation: 1) translation is the result of completed process that is changed from one language into another one; 2) changing process 3) types of translation

Tarjima nazariyasi predmeti: matnlarni bir tildan ikkinchi tilga o’girish jarayonidagi qonuniyatlarni ochib beruvchi umum filologik muammolar majmui.

Предмет  теории перевода - научное описание процесса перевода как межъязыковой трансформации, т.е. преобразования текста на одном языке в эквивалентный ему текст на другом языке.

The subject of translation theory: the complex of general philological issues that reveals the rules in translation process from one language in to another one.

Asl matn: boshlang’ich, dastlabki matn, yohud birlamchi matn, yoki original

Основной текст – первоначальный, первичный или оригинальный текст.

Original text: primary, initial texts, or first text or original text.

Tarjima matni: tarjima jarayonida asl matn asosida o’zga lisoniy muhitda vujudga keladigan matn, yoki asl matnning ikkinchi tildagi ekvivalenti

Текст перевода – текст, создаваемый на основе первоначального тескта в другой лингвистической среде, или его эквивалент на другом языке

Translated text: created text as the result of translating process, according to the basis of original text or equivalent of original text in another language.

Asl matn tili (AMT): boshlang’ich matn tili, asl nusxa (original) matni tili

Язык основного текста – язык первоначального, первичного или оригинального текста.

Original text language: primary text language, original text (original copy) language.

Tarjima tili (TT): tarjima matni tili

Язык перевода – язык переводимого текста.

Translation language: translated text language

Tarjima invarianti: asl matnning tarjima jarayonida o’zgarmay saqlanib qolgan mazmuni, jihati, ma’no qurilmasi

Инвариант в  переводе  это то, что остается неизменным, общность семантического содержания исходного и переводного текста.

Translation invariant: the structure which does not change meaning and is kept the main meaning on translating process.

Adekvat tarjima (muqobil tarjima): asl matnning shakl va mazmunini aniq va to’g’ri bergan hamda asl matn bilan raqobat qila oladigan tarjima

 Адекватный  перевод - правильная, точная и полная передача особенностей и содержания подлинника, его языковой формы с учетом всех особенностей.

Adequate translation (alternative translation): clear and sufficient translation of original text that can compete with original text.

Tarjima turlari: asl matn tili va tarjima tilining, nutqning qaysi shaklda qo’llanishiga ko’ra farqlanadigan turlar: yozma-yozma, og’zaki-og’zaki, yozma-og’zaki, og’zaki-yozma tarjima

Типы перевода. Рассматривая дробное деление видов перевода, согласно многим ученым лингвистам, можно различать следующие виды: письменно-письменный, устно-устный, письменно-устный, устно-письменный.

Types of translation: is distinguished original and translated texts according to the usage (verbal or written form speech): translation form; written-written, verbal -verbal, written –verbal, verbal – written.

Ketma-ket tarjima: og’zaki-og’zaki tarjima turida o’zaro farqlanadi: asl matn to’la yoki qisman aytilgandan keyin sodir bo’ladigan tarjima

Последовательный перевод – тип устно-устного перевода, при котором перевод осуществится после полного или частичного озвучения текста.

Straight translation: verbal-verbal translation is differs from others; after saying original text complete or incomplete the translation is done.

Sinxron tarjima: og’zaki-og’zaki tarjima turida o’zaro farqlanadi: asl matn aytilayotgan bir paytning o’zida amalga oshiriladigan tarjima

Синхронный перевод — вид устного перевода, при котором переводчик переводит на целевой язык синхронно, одновременно с восприятием на слух речи на исходном языке, в отличие от последовательного перевода, когда переводчик говорит в паузах в речи на исходном языке.

Synchronic translation: is used in verbal – verbal translation, while telling original text it is translated.

"Qog’ozga qarab tarjima qilish" (rus.рerevod s lista”): yozma-og’zaki tarjima turida o’zaro farqlanadi: asl matnni ichidan o’qish bilan bir paytda sodir bo’ladigan tarjima

Перевод с листа — это разновидность последовательного перевода, когда необходимо прочитать про себя небольшой отрывок текста (обычно это предложение или абзац), быстро перевести и озвучить его. 

To translate looking to the paper”: (Russian “перевод с листа”) is distinguished in written-verbal translation: while doing silent reading translation will be done.



"Tayyorlanib tarjima qilish" (rus. ”перевод с подготовкой”): yozma-og’zaki tarjima turida o’zaro farqlanadi: ketma-ketlik bilan asl matnni butunlay yoki qisman o’qib bo’lgandan keyin amalga oshiriladigan tarjima

Перевод с подготовкойвид письменно-устного перевода, при котором перевод осуществится после полного или частичного озвучения текста.

Prepared translation” (Russian перевод с подготовкой) is distinguished written – verbal translation: after reading partial or completely the text id translated successively.



Diktant-tarjima: og’zaki-yozma tarjima turiga mansub: og’zaki asl matn sekinlashtirib aytilayotgan paytda yozma bajariladigan tarjima

Диктант-перевод – тип устно-письменного перевод,  при котором устный текст произносится в искусственно замедленном темпе, что дает возможность осуществлять письменный перевод.

Dictation translation: belongs to written verbal translation: while original text is being told slowly written translation will be done.

Bevosita tarjima: vositasiz, to’g’ridan-to’g’ri asl nusxadan qilingan tarjima

Непосредственный перевод – прямой перевод с подлинника.

Direct translation: straight, direct translation translated from original text.

Bilvosita tarjima: to’g’ri asl nusxadan emas, balki boshqa bir til orqali yaratilgan tarjima

Опосредованный перевод - перевод с перевода (с одного переведенного текста на другой, а не с оригинала).

Indirect translation: translated text from another language, not from original texts itself.

Uslub: bir emas bir nechta yozuvchining ijodiga hos bo’lgan, ularning ijodida takrorlanadigan goyaviy-badiiy hususiyatlar.

Метод художественный - структура художественного мышления писателя, определяющая его подход к действительности и ее воссозданию в свете определенного эстетического идеала.

Style: frequent used ideological- literal features that is specific for several writers’ works.

Individual uslub: Biron bir muallifning muayyan davrda yaratgan asarlarida doim uchrab turadigan yoki uning butun ijodiga xos asosiy uslubiy unsurlar majmuasi.

Индивидуальный метод – комплекс методических элементов, встречающихся в творчестве определенного писателя, не повторяющаяся у других авторов.

Individual style: the complex of stylistic devices that can be seen frequently among works of an author that was written in particular period.

Obrazlilik: Tarjimaning asosiy xislatlaridan bo’lib, bunda so’zni so’z bilan, jumlani jumla bilan emas balki obrazni obraz bilan berish ustundir.

Образность – один из основных особенностей перевода, при котором главенствует не дословный, а образно-образный метод передачи.

Figurativeness: one of the main features of translation because finding sufficient translation of image in translated language is superior to describing word(combination) with word(combination).

Obraz: Biror bir shaxs yoki xalqning moddiy turmush tarzi, xo’jaligiga hos narsa, tushuncha va boshqa jihatlarning asar muallifi tomonidan asosiy obyekt qilib olinishidir.

Образ - обобщённое художественное отражение действительности, облечённое в форму конкретного, индивидуального явления.

Image: to take things or notion those are specific for housing or people’s life as a main object by an author of a work.

Uslubiy moslashtirish: asl matnni iqlimlashtirish, yozuvchini o’ziniki qilishdir.

Методическая адаптация – усвоение оригинального текста писателем.

Stylistic adaptation: to adapt original text by a writer.

Interpretatsiya: Asl matn mazmunini tarjima tilida bayon qilish.

Интерпретация – передача смысла оригинального текста при переводе.

Interpretation: to set forth original text’s gist in a translated language

History: the description of characters, heroes of a work that belong to history which were depicted with the help of linguistic factors.



Tarihiylik: Biron bir asarning obrazlari, kahramonlari, рeyzajida zamirida o’tmishga dahldor lisoniy unsurlar bilan uning tasviri

Историчность – передача с помощью исторических элементов образов, героев, пейзажа определенного произведения.
Milliylik: Muayyan millat, elat yoki etnik birlikka hos bo’lgan lisoniy birliklar va atamalar tarjimasida ularning milliy harakterini saqlab qolish

Национальные реалии - предметы, явления, традиции, обычаи, составляющие специфику данной социальной общности, этнической группы. Большинство национальных реалий относится к безэквивалентной лексике.

Nationality: To save national characteristics features of terms and linguistics units of Particular nation while translating them into another language

Variantlilik: Asl nushadagi so’z, birikma va iboralar hamda muayyan asarning bir necha hil tarjimasi

Вариантность - свойство способа существования и функционирования единиц языка в переводе.

Variety: Original words, word combination and phrases different translated versions of particular work

Hamohanglik: Asliyat ohangining tarjimadagi uslubiy va mazmuniy jihatdan bir hil jaranglashi

Созвучность – сочетание в переводе нескольких звуков разной высоты, обычно гармоничное, приятное.

Harmony: To resound similarly of the translation maintenance and stylistic point of view

Hos so’zlar (realiyalar): Xalqlar turmush tushunchalarini anglatadigan lisoniy vositalar xos so’lar deb ataladi

Реалии — предметы или явления материальной культуры, обычно не имеющие лексических эквивалентов в других языках. 

Specific words(realia): Specific words are linguistic means which denote peoples life conception

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish