Zamonaviy nivelirlar
Keyingi yillarda yuqori aniqlikdagi nivelirlarning yangi turi — raqamli nivelirlar ishlab chiqilib qo‘llanilmoqda. Bularga misol qilib Dini 11, Dini 21 (Germaniya); NA 2002, NA 2003 (Shveysariya) keltirish mumkin.
An’anaviy nivelirlardan farq qilib, raqamli nivelirlar elektronika bilan jihozlangan va maxsus ish dasturlari bilan ta’minlangan bo‘ladi. Bu esa dala o‘lchash ishlarini va natijalarni ishlab chiqish jarayonini avtomatlashtirish imkonini beradi, jumladan:
o‘lchash natijalariga truba vizir o‘qining silindrik adilak o‘qiga parallel emaslik (i burchagiga), yer egriligi va refraksiya xatolari uchun tuzatmalarni avtomatik ravishda kiritadi;
nivelir bilan reyka orasidagi masofa100 gacha bo‘lgandagorizontal quyilishni 25 mm gacha aniqlikda avtomatik o‘lchaydi; m
nivelirlash elkalarini (nivelirdan orqa va oldingi reykalargacha masofalar) tengligi va nisbiy balandlik o‘lchash natijasini avtomatik tekshirib boradi;
1-rasm. Leica Sprinter150m
Dini 11 va Dini 21 raqamli nivelirlar bilan 1 km yo‘lni to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlardan va reyka qo‘llab, 0,3 mm aniqlikda, oddiy bu kla- mareyka qo‘llab esa 1 mmaniqlikdao‘lchashmumkin. Stansiyada turib 2,5 m dan 100 m gacha masofadagi nuqtalar 4 daqiqa vaqtda o‘lchanadi. Nivelirda o‘rnatilgan kompensatorni ishlash chegarasi 15' ga teng. Ni- velirda gorizontal doira o‘rnatilgan bo‘lib, uning bo‘lak qiymati 1° ni tashkil qiladi.
Nivelirda joylashtirilgan dastur quyidagi ishlarni bajarishni ta’minlaydi: alohida o‘lchashni, qayta o‘lchashni, o‘rtadan va oldinga nivelirlashni, rejalash ishlarini va nivelir yo‘lini tenglashni.Reykalardan olingan sanoqlarni nivelir yodiga yozib saqlash yoki asbob displeyi (ekrani) dan o‘qib jurnalga yozish mumkin.
H—3 nivelirini tekshirish.
Nivelirni ishlatishdan oldin uning quyidagi geometrik shartlarni qanoatlantirishi tekshiriladi:
Doiraviy adilak o‘qi nivelir aylanish o‘qiga parallel bo‘lishi kerak, ya’ni ZZ¢
JJ¢. Ko‘targich vintlar orqali doiraviy adilak pufakchasi adilak qutisidagi doira markaziga keltiriladi va nivelir yuqori qismi 180° ga buriladi. Pufakcha o‘rtada qolgan bo‘lsa, shart bajarilgan bo‘ladi, aks holda pufakcha og‘gan qismining yarmi markazga adilak tuzatkich vintlari bilan, qolgan yarim ko‘targich vintlar bilan keltiriladi. Tekshirish nazorat uchun takrorlanadi.
Iplar to‘rining ufqiy ipi nivelir aylanish o‘qiga perpendikular bo‘lishi kerak (HH¢ JJ ¢). Iplar to‘rining o‘rtadagi ipinivelirdan
Trubaning ko‘rish o‘qi silindrik adilak o‘qiga parallel
bo‘lishi kerak (VV¢ UU¢).
h = i - ( b - x ) .
teskari yo‘nalishda nivelirlashda:
h = ( b - x ) - i .
tenglamalarni yechib, topamiz:
x = b1 b2 -
Do'stlaringiz bilan baham: |