Urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geodeziya, kartografiya va kadastr yo’nalishi talabasi Pirmanov Muxammadning Geodeziya fanidan tayyorlagan



Download 248,83 Kb.
bet3/7
Sana17.12.2022
Hajmi248,83 Kb.
#889256
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ISHI

Kvadrat kataklar usulida nivelirlanadigan maydon teodolit va o’lchov lentasi yordamida kvadratlarga bo’linadi. Plan masshtabi va quriladigan inshootning turiga qarab kvadrat tomonlari 10x10; 20x20; 40x40 m bo’lishi mumkin. Kvadrat kataklarni yasash uchun maydon avval tomonlari 100x100, 200x200 m bo’lgan katta kvadratlarga bo’linadi va
joyda kvadrat uchlari qoziklar bilan maxkamlanadi. Buning uchun joyda1a nuqtasini maxkamlab 1a—5a yo’nalish belgilab olinadi (olingan yer maydonining chegarasi yoqalab). Shu yo’nalishda lenta bilan kvadrat tomonining qabul kilingan uzunligi ketma-ket o’lchab ko’yilib 2a, 3a, 4a va 5a nuktalari joyda mahkamlanadi. Keyin 1a va 5a nuqtalariga teodolit o’rnatib, 1a — 5a va 5a — 1a yo’nalishiga nisbatan 90° li burchak yasab 1a1e va 5a — 5e yo’nalishlar xosil kilinadi va ular buyicha kvadrat tomonining qabul qilingan qiymatini ketma-ket qo’yib chiqib, 1 a, 1b, 1v, 1g, 1d, 1e va 5a, 5v, 5g, 5d, 5e nuqtalari topilib qoziqlar qoqib mahkamlanadi. Tashqi asosiy kvadrat ichida yotgan kvadratlar uchi1b—5b, 1v — 5v va boshqa tomonlar bo’yicha vexadan vexagacha lenta bilan o’lchab topiladi va qoziqlar bilan maxkamlanadi, qoziqlarga tegishli kvadrat uchi nuqtasining tartib raqami 1 a,1 6, 1 v,...;2a, 2b,2v,... yozib qo’yiladi. Asosiy kvadrat tomonlarining uzunligi 100 m bo’lsa, nivelir xar bir bunday kvadrat o’rta qismida o’rnatilib, oldin asosiy kvadratlarning uchlari, keyin esa ichki kichik kvadratlar uchlari nivelirlanadi.

Nivelirlashda nuqtalarda o’rnatilgan reykadan olingan sanoqlar oldindan tayyorlab olingan chizmaning tegishli nuktalari yoniga yozib boriladi.


Magistrallar usuli-bu usul joy relefi notekis, kichik va cho’zinchoq bo’lgan yerlarda qo’llaniladi. Buning uchun maydon urtasidan uzun tomoni bo’ylab magistral chiziq chiziladi. So’ngra bu chiziq xar 20 m dan piketlarga bo’lib chiqiladi. Shundan so’ng xar bir topilgan nuqtadan magistral chiziqqa perpendikulyar chiziqlar o’tkaziladi va ular xam 20 m dan piketlarga bo’lib chiqiladi va qoziqlar qoqiladi. Shundan keyin bu
nuqtalar nivelirlab chiqiladi. Nivelirlash natijalari ishlab chiqilib, nuqtalar balandligi topiladi.

Kvadratlar yoki magistral chiziqlar qogozda berilgan masshtabda chiziladi. Hosil bo’lgan kvadratlar uchi nuqtalari yoniga ularning xisoblab topilgan balandligi yoziladi. Bu balandliklar bo’yicha qabul qilingan relef kesimi balandligida gorizontallar o’tkaziladi. Gorizontallarning o’rni interpolyasiya qilinib topiladi. S’yomka qilingan tafsilotlar qabul qilingan shartli belgilarda planga tushirilib, joyning topografik plani xosil qilinadi.


Planda o’tadigan gorizontallar o’rnini topish uchun bir xil yo’nalishdagi qiyalikda joylashgan qo’shni kvadratlar uchi nuqtalari balandligi va relef kesimi balandligiga karab analitik yoki grafik usulda interpolyasiya o’tkaziladi.


Yuzani nivelirlash mohiyati va usullari. Kvadratlar bo‘yicha yuzani nivelirlash. Nivelirlash natijasini ishlab chiqish va joy topografik planini chizish. Vertikal tekislash ishlari; yer kartogrammasini tuzish. Kvadrat kataklarni yasash. Yuzani nivelirlash yer tekislash va qurilish uchun ajratilgan relefi kuchsiz ifodalangan joylarning yirik masshtabli planini tuzishda qo’llaniladi. Yuzani nivelirlash asosan ikki xil : 1.Kvadrat, 2.Magistral usullarida bajariladi.


Biz bu usulning kvadrat usuiga to’xtalamiz. Nivelirlash yer yuzasini past balandliklarini aniqlash uchun ishlatiladi. Shunday ekan yer tekislash ishlarining hajmi, ya’ni past yerlarga qancha tuproq to’kilishi va baland yerlardan qancha tuproq kavlab olinishi yuzani nivelirlash orqali


aniqlanadi. Ixtiyoriy maydon yuzasini nivelirlab, uni qog’ozda gorizontallar bilan tavirlash yuzani nivelirlash deyiladi.

Joyning rel’efi va nivelirlashdan ko’zda tutilgan maqsadga qarab maydon kvadrat kataklar, parallel chiziqlar va poligon usullarida nivelirlanadi. Kichikroq maydonning yirik masshtabli topografik planini tuzishda kvadrat kataklar usulidan eng ko’p foydalaniladi. Bo’ylama uzunligi katta joylarni nivelirlashda parallel chiziqlar yoki poligon usuli qo’llaniladi. Yuzani kvadrat kataklar usulida nivelirlashda joy rel’efining murakkabligi, tuzilayotgan plan masshtabi va boshqa hokazo omillarga bog’liq holda, maydonda teodalit va po’lat lenta yordamida tomonlari 10, 20,30, 40, 50, 100 m dan iborat kvadrat to’rlari yasaladi.


Buning uchun A nuqtaga teodolit o’rnatilib, noli alidada noliga to’g’irlanadi. So’ngra alidada mustahkamlagich vinti mahkamlanib, limb bo’shatiladi va K nuqtaga qaratilib mahkamlanadi. AK chiziqda po’lat lenta yordamida har 20 m dan B,C nuqtalar belgilanib qoziq qoqiladi; keyin alidada bo’shatilib 90⁰ ga to’g’irlansa, AK ga perpendikulyar 1-4 chiziq yasaladi


Bu yerda ham 1-4 chiziq yo’nalishi bo’ylab 20 m dan o’lchab, 2, 3, nuqta o’rni belgilanadi va qoziq qoqiladi. Nuqtalar A-2, A-3 … B-2, B-3 kabi belgilanadi va qoqilgan qoziqlar yozib qo’yiladi. Shu tariqa kvadrat kataklar yasaladi.


Nivelirlash oldidan kvadrat kataklar sxemasi alohida qog’ozga chiziladi


, bunda nivelielashda reykalardan olingan sanoqlar har qaysi nuqta yoniga yoziladi. Bog’ovchi nuqtalarga qarash yo’nalishi 14-rasmda
uzluksiz chiziq bilan ko’rsatilgan. Bog’lovchi nuqtalarga reykaning qora va qizil tomonidan sanoq olinib, Burchak uchlariga yoziladi. Bog’lovchi nuqtalardan biriga balandlik reperdan uzatiladi. Dala sxemasi bo’yicha burchak uchlarining mutloq balandliklari hisoblanadi va ular bo’yicha balandlik gorozontallari o’tkaziladi hamda tuproq ishlarining hajmi aniqlanadi.

Hisoblash ishlarida bog’lovchi nuqtalarning nisbiy balandliklari va ularning o’rtachasi aniqlanadi. Yopiq nivelir yo’lida bog’lanmaslik xatosi quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi: =10 (bu yerda n – bekatlar soni). Bog’lanmaslik xatosi yo’l qo’yarli darajada bo’lsa, teskari ishora bilan nisbiy balandlilarga tarqatiladi ya’ni tuzatish ishi bajariladi. Bog’lovchi nuqtalardan biriga biriga balandlik reperdan uzatilib, qolganlari balandliklari tuzatilgan nisbiy balandliklardan foydalanib aniqlanadi. Har bir bekatda asbob balandliklari Ag = Ha + a, kvadrat uchlari balandliklari esa


Hc = Ag -c ifoda yordamida hisoblanadi va tegishli kvadrat uchlarida yoziladi.


Kvadrat uchlarining balandliklari aniqlanganidan so’ng nivelirlangan joyning ikkinchi sxematik plani chiziladi. Buning uchun nivelirlash qaydnomasi dala sxemasidan kvadrat uchlarining balandliklari santimetrgacha yaxlitlab yoziladi. Shu balandlik bo’yicha yozilgan kesim balandligi h=0.25m yoki h=0.50 m da gorozontallar o’tkaziladi. Natijada gorozontallarda tasvirlangan joy relyefi hosil bo’ladi.






Download 248,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish