Kurs ishining maqsadi:
1. Berilgan nivelirlash jurnali va bironta kvadrat uchining shartli balandligi bo`yicha kvadrat uchlari balandliklarini xisoblab chiqarish:
asbob gorizontini xisoblash;
kvadrat uchlarining shartli balandliklarini xisoblash
Qurilish maydoning topografik planini tuzish:
berilgan masshtabda kvadrat turini yasab ularning kesishgan uchlarining balandliklarini ko`chirib yozish;
interpolyasiya yo`li bilan gorizontallar o`tkazish;
v) kroki ma’lumotlari buyicha planga tafsilotlarni tushirish;
g) planni rasmiylashtirish;
Vertikal planirovka loyixasini tuzish:
gorizontal maydonning loyiha balandliklarini xisoblash;
kvadratlar uchlarining ishchi balandliklarini xisoblash;
v) nol ishlari chizigini o`tkazish;
g) yer ishlari hajmini (ko`tarma va o`yilmalarni) xisoblashdan iborat
Yer yuzini tekislash, yerni tekislashda tuproq hajmlarini hisoblash va joy relefini tasvirlash ,qishloq xo`jaligi yerlarini sug`orish uchun tekislashda yuzani kvadratlarga bo`lib nivelirlash bajariladi. Yangi yerlarni o’zlashtirishda joy relefibilan tanishida qo’llaniladi. Hozirgi kunda qishloq xo’jaligi yerlarini sug’orishda kam suv sariflash uchun ekin maydonlarini tekislashda yuzani kvadratlarga bo’lib nivelirlashning zamonaviy ko’rinish zamonaviy lazerli planirovkalar yordamida amalga oshiriladi.
bob. Nivelirlash haqida umumiy ma’lumot
Nivelirlash usuli haqida tushuncha
balandliklari farqi (nisbiy balandligi) aniklanib, ular orqali ushbu
nuqtalarni qabul qilingan boshlangʻich sathdan hisoblanadigan balandliklari topiladi. Oʻzbekiston hududida bajariladigan asosiy geodezik-topografik ishlarda nuqtalar balandligini Kronshtadt (Sankt- Peterburg) futshtogining nol chizigʻi (shtrixi)ga nisbatan hisoblash qabul qilingan niverillashni bajarish uslubiga qarab geometrik niverillash trigonometrik niverillash fizik (gidrostatik, barometrik va aero) niverillash va stereofotogrammetrik niverillash turlariga boʻlinadi. Geometrik niverillash gorizontal vizir nur, trigonometrik niverillash esa kiya vizir nur yordamida bajariladi. Stereofotogrammetrik niverillash bir joyning ikkita qoʻsh aerosuratlarini maxsus optik asbob (Mas, stereoskop)da kuzatib hosil qilinadigan joy rel-yefi modelida oʻlchab bajariladi. Geometrik niverillash nisbatan sodda va anikligi yuqori boʻlib, amalda juda keng qoʻllanadi; trigonometrik niverillash esa aniqligi nisbatan past, u togʻli hududlarda qoʻllanadi. Katta hududlarning topofafik haritalarini tuzishda stereofotogrammetrik niverillash asosiy
qo`llanma talablariga, nivelirlashning aniqligi, sinfiga qarab aniqlanadi va qo‘yidagi tekshirishlar bajaralidi:
-Qarash trubasini tekshirish.
-Adilak bo‘lak qiymatini aniqlash
-Qarash trubasining fokuslanuvchi linzalarning to‘g‘ri yurishini tekshirish.
-Ipli dalnomerning koeffitsientini aniqlash va qarash trubasidagi iplar to‘rining asimmetriyasi.
-Tekislik plastinkasini engashtiruvchi mexanizmni tadqiq etish va mikrometr barabanining bo‘lak qiymatini aniqlash.
-Kompensatorli nivelirlarning avtoredukksion xatosini aniqlash
Qarash trubasining fokuslanuvchi linzalarning to‘g‘ri yurishini tekshirish.
Tekis joyda radiusi 50 m bo‘lgan aylana bo‘yicha 1,2,3, ……10 ( 2 – rasm ) nuqtalarga V nuqtadan 10, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90 va 100 m masofalarga qoziklar qoqiladi. Keyin bu nuqtalar 2 marta nivelirlanadi: birinchi marta A nuqta markazidan qat’iy teng elkalarda, ya’ni trubaning fokusi o`zgartirilmaydi, ikkinchi marta V nuqtadan aylana bo‘yicha har xil elkalarda 10 metrdan to 100 metrgacha. Nivelirlashni ikki - uch marta to‘g‘ri va teskari yo‘nalishda bajariladi. A nuqtadan nivilirlanganda reykalar bo‘yicha o‘rta sanoqlar olinadi. So‘ng V nuqtadan aylana bo‘ylab nivelirlanib sanoqlar olinadi.
yurishinitekshirish.
Stansiyalarda A va V nuqtalarda instrumentning gorizont balandligining farqi hisoblanadi: Bu yerda stansiyada A va V nuqtalarning instrument gorizont ayirmasi, mm.mos xolda 5 nuqtada A va V markazlardan reyka bo‘yicha o‘rtacha sanoqlar, mm.So‘ngra V nuqtadagi stansiyadan qarash trubasining fokuslovchi linzasining noto‘g‘ri yurishidan bo‘ladigan xatolar miqdori aniqlanadi.Bu yerda belgilangan nuqtada fokuslanuvchi linzaning noto‘g‘ri yurishidan reykadan olingan sanoq.- reyka bo‘yicha mos xolda o‘rta sanoqlar belgilangan i nuqtada markaz A va V stansiyadan nivilirlanganda, mm.r - A va V nuqtalarda asbob gorizont ayirmasi, formula bilan hisoblangan) belgisi ( plyus yoki minus ) qarash trubasining vizir o‘qi gorizontal chiziqdan har xil masofada trubani fokuslash natijasida siljish yo‘nalishini ko‘rsatadi. Beshinchi nuqtadan nivelirgacha bo‘lgan masofa 50 m. bo‘lganda (1.1-1) va (1.1-2) formulalarga binoan ning qiymati nulga teng bo‘lishi kerak, chunki qarash trubasining vizir o‘qi silindrik adilak o‘qiga paralelligi yustirovka bo‘yicha reykagacha bo‘lgan masofa 50 m. ga yaqin bo‘ladi.
Xatolarning ayirmasi fokuslanuvchi linzaning noto‘g‘ri yurishi masofalar ayirmasi nivelirdan orqa va oldingi reykalardan 10 metrdan bo‘lganda 2 mm dan oshmasligi kerak. Yuqori aniqlikdagi asboblarda ning qiymati aniqlangandan keyin qo‘yidagi normal tenglamalar sistemasi tuziladi va echimianiqlanadi: Bu yerda - qarash trubasi fokuslanganda vizir o‘qining yo‘nalishini xarakterlovchi koeffitsient:
q - V nuqtadagi extimoliy va o‘rta asbob gorizontining stansiyadagi ayirmasi, mm:
V nuqtadan 1,2,3, …..10 nuqtalargacha bo‘lgan masofa, mm:
xatolar miqdori (1.1-1) formula bilan hisoblanadi, mm:
n - ning miqdoriini aniqlovchi son.
Dala sharoitida bajariladigan ishlarga quyidagi asbob anjomlar kerak bo’ladi.
-Nivelir asbobi
-Shtativ
-Metal qoziqlar 30 ta
-Polat lenta
-Bolta
-Soyabon (agr issiq havo sharoitida bolsa ishlar)
-Planshet
-Nivelir jadval tushirilgan qog’oz
-Qalam, ruchka, o`chirg’ich
Ishning bajarilish tartibi quyidagicha:
Guruh a’zolari eng kami bilan 3 kishi bo’lib, ular birinchi navbatta olchanadigan maydonni koz bilan chamalab kvadrat yo’llari noqulay bo’lgan joylardan tushib qolmasligi uchun masalan zovir, kanal yoki
jarlik bor joylardan tushmasligini ko’zdan kechirishlari kerak. Songra qoziqlar qoqilib masofalar o’lchanadi.Har bir nuqtalar ustiga asbob ornatilib sanoq olinadi.Olingan sanoqlar jurnalga yozildi.Yer tuzish va yer kadastr iuchun bajariladigan topografik-geodezik qidiruvlar majmuasida yerdan foydalanuvchilar va qishloq xo‘jaligi erlari yuzalarini aniqlash, katta mehnatni talab qiladigan ishlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun yuzalarni aniqlashda EHM va zamonaviy texnik vositalardan foydalanish zamon talabiga muvofiqdir.
Hozirgi paytda, kompyuter va EHMda katta imkoniyat mavjudligi tufayli, yerdan foydalanuvchilarning maydonlari ko‘proq analitik usulda, ya’ni marza belgilari koordinatalarining hisoblangan qiymatlari bo‘yicha aniqlashi mumkin. Ushbu qiymatlar yo‘q bo‘lgan holda, fotogrammetrik yoki grafik usulda topilgan koordinatalarining qiymatlaridan foydalaniladilar.
Poligonlar yuzalarini ular uchlarining koordinatalari bo‘yicha hisoblash uchun qo‘llanadigan formulaga asoslanib tuzilgan algoritmlar bo‘yicha EHMda dasturlar tayyorlangan. Koordinatalar bo‘yicha yuzalarni aniqlashda mehnat unumdorligini oshirish uchun, koordinatalar planda koordinatograflar (koordinatometrlar) yordamida o‘lchanadi va ular natijalar iavtomatik ravishda ro‘yxatga olinib EHMning xotirasiga o‘tkaziladi.
Karl Seys firmasining koordinatografiga qo‘shiladigan koordinatalarni avtomatik ravishda ro‘yxatga oladigan asbob Novosibirskdagi Geodeziya, Aerofoto geodeziya va Kartografiya Markaz ilmiy Tadqiqot Instituti (GA va KMITI) da tuzilgan. Ushbu prinsipda, ya’ni
koordinatometr va EHM bilan birgalikda (Orel shahridagi «Avtograf» ilmiy – ishlab chiqarish birlashmasida ishlab chiqilgan) SMP 6410 grafo tuzilma, Shvetsiyalik Geotracer elektronplanimetr, Polshalik Labimex kartometrlari shlaydi.
Barcha bu asboblar yana konturlar yuzalarini aniqlashga ham mo‘ljallangan bo‘lib, aylana indeksi yordamida konturlar chegarasini aylanishida soat mili yo‘li bo‘yicha nuqtalar koordinatalari vaqtning har bir qadami masalan, har bir sekundda, yoki masofaning qadami, masalan, har bir millimetrda avtomatik ravishda ro‘yxatga olinadi. Buning uchun GA va KMITIda algoritm tuzilgan bo‘lib, uning yordamida EHMda barcha konturlarni yuzasi hisoblanadi va nashrga planshet yoki xo‘jalikni hududi bo‘yicha konturlar yuzalarini qaydnomasi va erning turlari bo‘yicha ereksplikatsiyasi beriladi.
Dasturda qog‘ozning deformatsiyasini inobatga olingan holda yuzalarni bog‘lash, koordinatalarni ro‘yxatga olish qadamining hududi bo‘yicha konturlarni umumlashtirish ko‘zda tutilgan. Dasturga binoan, avval planshet hududi bo‘yicha yerdan foydalanuvchilarning bog‘langan yuzalari aniqlanadi, keyin esa – konturlarning yuzalari erdan foydalanuvchining umumiy maydoniga bog‘lanadi.
Afsuski, bu asboblar tuzilishining murakkabligi va eng muhimi narxi qimmat bo‘lganligi tufayli, ularni keng ravishda ishlab chiqishga joriy etishi mushkil bo‘lmoqda.
Shuning uchun ko‘pincha planda yer maydonlari yuzasi ishlab chiqarishda keng tarqatilgan asbob – o‘zgaruvchan aylantirish richagli qutbli planimetrda aniqlanadi.
Aniqligi bo‘yicha qutbli planimetr ko‘p holatlarda yer tuzish va yer kadastri talablarini qoniqtiriladi, chunki plandagi konturlar yuzasini tasvirlash xatosi, umuman aytkanda uni planimetr bilan aniqlash xatosidan katta. Ammo, mehnat samaradorligi bo‘yicha u zamonaviy talablardan ancha qolishadi va ko‘pincha bu shakllarni qo‘lda aylantirish va hisoblash mexanizmidan sanoq olishda ifodalanadi. Shuning uchun operatorlarning qo‘lda shakllarni aylantirishdan ozod qilinadigan elektron planimetrlarni turli modellari ixtiro qilindi. Ushbu elektron planimetrlar mexanik planimetrlardan o‘lchash natijalarini tasvirlanuvchi suyuq kristallik displey va kerakli ishlash rejimini o‘rnatish uchun klaviaturaning mavjudligi bilan farqlanadilar. Ular qutbli yoki g‘ildirakli ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Qutbli planimetrlarni turli modifikatsiyalari mavjud bo‘lib, ulardan
«Stenli» ingliz firmasining konstruksiyasi diqqatga sazovor. Plan, kartalarda o‘lchash jarayonini avtomatlashtirish maqsadida “Stenli” firmasining planimetrida hisoblash g‘ildiragini shaffof shishali diskdan yasalgan. Diskdagi teshiklardan nur o‘tadi, chiqishda esa nur parchasi fotodiodlar sistemasini yoritiladi. Fotodiodlardan chiqqan signallar hisoblash bloki bilan ulangan impulsli hisoblashgichiga uzatiladi. Asbobda foto elementlar yordamida hosil qilinadigan hisoblash mexanizmdagi ko‘rsatgichlar EHMga beriladi va u yuzalarni hisoblaydi, hisoblash natijalari esa konturlar yuzalarni hisoblash qaydnomasi
Yuzani kvadratlarga bo’lib nivelirlashning mohiyati.
Keyingi yillarda yuqori aniqlikdagi nivelirlarning yangi turi — raqamli nivelirlar ishlab chiqilib qo‘llanilmoqda. Bularga misol qilib Dini 11, Dini 21 (Germaniya); NA 2002, NA 2003 (Shveysariya) keltirish mumkin. An’anaviy nivelirlardan farq qilib, raqamli nivelirlar elektronika bilan jihozlangan va maxsus ish dasturlari bilan ta’- minlangan bo‘ladi. Bu esa dala o‘lchash ishlarini va natijalarni ishlab chiqish jarayonini avtomatlashtirish imkonini beradi, jumladan:
shtrix-kodli nivelir reykasi bo‘yicha sanoq olishni avtomatik ravishda bajaradi;
o‘lchash natijalariga truba vizir o‘qining silindrik adilak o‘qiga parallel emaslik (i burchagiga), yer egriligi va refraksiya xatolari uchun tuzatmalarni avtomatik ravishda kiritadi;
nivelir bilan reyka orasidagi masofa100 gacha bo‘lgandagorizontal quyilishni 25 mm gacha aniqlikda avtomatik o‘lchaydi; m
o‘lchash natijalarini avtomatik ravishda ichki yoki tashqi yod- lash moduliga yozadi;
nivelirlash elkalarini (nivelirdan orqa va oldingi reykalargacha masofalar) tengligi va nisbiy balandlik o‘lchash natijasini avtomatik tekshirib boradi;
o‘lchangan natijalarni avtomatik ishlab chiqib, nuqtalar balandligini beradi;
o‘lchab topilgan ma’lumotlarni yozib saqlash uchun RSMS1A kar- tasidan foydalanadi;
Yerlarga suv chiqarish, maydonlarni sugo’rish, inshootlarni surish va boshqa shu kabi maqsadlar uchun loyixa tuzish ishlari joy relefi aniq tasvirlangan yirik masshtabli topografik planlarda bajariladi. Relefi tekis bulgan joylarda bunday topografik planlar asosan yuzani nivelirlash orkali tuziladi.1
Joy relefning xarakteriga, uni planda tasvirlash aniqligiga, loyixalanadigan inshoot turiga va xususiyatiga xamda boshka bir qancha shartlarga qarab nivelirlanadigan nuqtalar orasi yoki kvadratlar tomoni 10 m dan 100 m gacha bo’lishi mumkin. Yuzani nivelirlash ikki usulda
Do'stlaringiz bilan baham: |