Kvadrat kataklar usulida nivelirlanadigan maydon teodolit va pulat lentasi yordamida kvadratlarga bo‘linadi. Plan masshtabi va quriladigan inshoot turiga qarab kvadrat tomonlari 10x10; 20x20; 40x40; 50x50 m bo‘lishi mumkin.Bunday kvadrat kataklarni yasash uchun maydon avval tomonlari 100x100, 200x200 m bo‘lgan katta kvadratlarga bo‘linadi va joyda kvadratlar uchlari koziqlar bilan mahkamlanadi.
Asosiy kvadrat tomonlarining uzunligi 100 m bo‘lsa,nivelir har birb unday kvadratning o‘rta qismida o‘rnatilib,oldin asosiy kvadratlarning uchlari, keyin esa ichki kichik kvadratlar uchlari nivelirlanadi.
Nivelirlashda nuqtalarda o‘rnatilgan reykadan olingan sanoqlar oldindan tayyorlab olingan chizmaning tegishli nuqtalari yoniga yozib boriladi.
Bekatda asosiy kvadrat uchlarini nivelirlash natijasini tekshirish uchun qo‘shni stansiyalardan nivelirlangan ikkita bog‘lovchi nuqtalar, masalan 1 va 2 nuktalar, orasidagi nisbiy balandlik sanoqlar bo‘yicha hisoblanadi. Shakldagivasanoqlar birinchi bekatdan, vasanoqlar ikkinchi bekatdan olingan. hamma asosiy kvadratlar uchi nuqtalari orasidagi nisbiy balandlik hisoblab chiqiladi. Dastlab asosiy kvadratuchlari 1, 1e, 5e, 5 orasidagi nisbiy balandliklar yig‘indisi topilib, nivelirlash xatosi
hisoblanadi.Nazariy jihatdan yopiq poligonda nisbiy balandliklar yig‘indisibo‘lish kerak, amalda nol o‘rnida kelib chiqqan qiymatga nivelirlash xatosi deyiladi va u quyidagi chekdan oshmasligi kerak:
Ushbu qiymatdan oshmagan xatolik tarqatilib, nisbiy balandliklar bog‘lanadi va asosiy kvadrat uchi nuqtalarining balandligi hisoblanadi. So‘ngra 1 va 1e hamda 5 va 5 e nuqtalar orasida joylashgan 1, 1,…va 5, 5, … nuqtalar balandligi hisoblanadi.
Asosiy kvadrat ichidagi nuqtalar nisbiy balandligi qatorlar bo‘yicha, misol, 1- 5 qatori bo‘yicha olinib, bosh va oxirgi nuqtalarning balandligi hisoblanadi. Keyin 1-5qatoriga o‘tiladi va oldingi qatordagiga o‘xshash hisoblashlar bajariladi va hokazo. Tomonlari 10x10 yoki 20x20 m kataklarga bo‘lingan maydonda kvadratlar uchlari bir yoki bir nechta bekatdan turib nivelirlanadi (2.2-2- shakl).
Bu shaklda 1, 2, 3 va 4 nuqtalar I, II, III va IV nivelir bekatlari orasida olingan bog‘lovchi nuqtalar bo‘ladi. Maydonni kvadratlarga bo‘lish bilan bir vaqtda maydondagi tafsilotlar ham s’yomka qilinadi.
shaklda I, II, III va IV bekatlardan nivelirlangan bog‘lovchi nuqtalar 1, 2, 3 va 4 yo‘g‘on (strelkali) chiziqlar bilan, oraliq nuqtalar sifatida nivelirlanganlari esa ingichka chiziqlar bilan ko‘rsatilgan.
Olingan sanoqlar chizmada tegishli nuqta yoniga yozib boriladi. Bog‘lovchi nuqtalar orasida o‘lchangan nisbiy balandlik qiymati qora va qizil sanoqlar bo‘yicha hisoblanadi va ular o‘zaro teng bo‘lishi yoki farqi 4-5mm dan oshmasligi kerak. Nisbiy balandlik qiymatlarining
o‘rtachasi olinadi. Shakldan ko‘rinadiki, bog‘lovchi nuqtalar yopiq yo‘lni tashkil qiladi. Bu yopiq yo‘lda o‘rtacha nisbiy balandliklar yig‘indisi quyidagi shartga javob berishi kerak, ya’ni.Amalda bu yig‘indi noldan farq qiladi va unga- nivelirlash yo‘li bog‘lanmasligi (xatosi) deyiladi. Bu bog‘lanmaslikshartni qanoatlantirilgan holda, u nisbiy balandliklarga teskari ishorasi bilan tarqatilib, tuzatiladi. Boshlang‘ich bog‘lovchi nuqtaning balandligi berilgan bo‘lsa, tuzatilgan nisbiy balandliklar orqali qolgan 2, 3 va 4chi bog‘lovchi nuqtalar balandligi hisoblanadi. Har bir bekatda asbob gorizonti topilib, undan oraliq nuqtalardan olingan sanoqlar ayrilib, nuqtalar balandligi topiladi. Hisoblangan balnadliklar nivelirlash sxema – jurnalida tegishli nuqtalar yoniga yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |