3“___” sinf
№
|
O‘tiladigan mavzular
|
Soat
|
O’tilgan vaqti
|
Uyga vazifa
|
1.
|
Serquyosh O‘zbekiston!
|
1
|
|
|
2.
|
Yo‘llarda piyodalar harakati (yo‘l harakati qoidalari)
|
1
|
|
|
3.
|
Birinchi tibbiy yordam qanday ko‘rsatiladi?
|
1
|
|
|
4.
|
Yo‘l xavfsizlik belgilari (yo‘l harakati qoidalari)
|
1
|
|
|
5.
|
Ustoz mehri (1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan).
|
1
|
|
|
6.
|
Shahar tashqarisidagi yo‘llarda harakat. (yo‘l harakati qoidalari)
|
1
|
|
|
7.
|
Bo‘lay desang baquvvat, bardam, sport bilan shug‘ullan hardam.
|
1
|
|
|
8.
|
Ona tiliga ehtirom (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan).
|
1
|
|
|
9.
|
Oilada tejamkorlik.
|
1
|
|
|
10.
|
SHahar tashqarisida xavfsizlik qoidalari (yo‘l harakati qoidalari).
|
1
|
|
|
11.
|
Bayrog‘imiz – faxrimiz (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan).
|
1
|
|
|
12.
|
Yo‘llardan o‘tish qoidalari (yo‘l harakati qoidalari).
|
1
|
|
|
13.
|
Bizning huquqlarimiz (8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan).
|
1
|
|
|
14.
|
Davlatimiz madhiyasi (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan).
|
1
|
|
|
15.
|
Mening huquqim
|
1
|
|
|
16.
|
Yangi yil rejalari (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).
|
1
|
|
|
17.
|
Vatanimiz himoyachilari (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).
|
1
|
|
|
18.
|
Transportdan tushgan yo‘lovchilarning yo‘ldan o‘tish qoidalari (yo‘l harakati qoidalari)
|
1
|
|
|
19.
|
Ko‘hna obidalar-tarix guvohi.
|
1
|
|
|
20.
|
Bobolarimiz me’rosi (A.Navoiy va Z.M. Bobur tavallud kunlari oldidan).
|
2
|
|
|
21.
|
Jamoat joylarida o‘zini tuta bilish. Did bilan kiyinish odobi.
|
1
|
|
|
22.
|
Jahonga tinchlik kerak.
|
1
|
|
|
23.
|
Qush uyasida ko‘rganini qiladi.
|
1
|
|
|
24.
|
Onajonlar, sizga ta’zim! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).
|
1
|
|
|
25.
|
Kim bo‘lsam ekan?
|
1
|
|
|
26.
|
O‘zbek milliy o‘yinlari (21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).
|
1
|
|
|
27.
|
Amir Temur avlodlarimiz.
|
1
|
|
|
28.
|
Imtiyozli belgilar (yo‘l harakati qoidalari)
|
1
|
|
|
29.
|
Ilm – baxt kaliti.
|
1
|
|
|
30.
|
Vatan – muqaddas (9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan).
|
1
|
|
|
31.
|
Yaxshi-yomon odatlar.
|
1
|
|
|
32.
|
Kitobim –oftobim.
|
1
|
|
|
33.
|
Yaxshi dam – o‘qishga hamdam.
|
1
|
|
|
3-sinf
(34 soat)
1-mavzu: Serquyosh O‘zbekiston! (1 soat)
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, “Faol investitsiya va ijtimoiy rivojlanish yili”, davlat dasturi, “Obod qishloq”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning ma`no – mazmuni va ruhi mujassam etgan holda singdirish.
2-mavzu: Yo‘llarda piyodalar harakati (Yo‘l harakati qoidalari). (1 soat)
Transport vositasiga chiqishda: Transport vositalarini bekatlarda kuting, yo'ining transport vositasi qatnaydigan qismiga chiqmang. Avtobus, trolleybus, tramvay va boshqa transport vositalariga ular batamom to'xtagandan so'ng chiqing. Jamoat transportiga chiqish orqa eshikdan, tushish esa old eshikdan amalga oshiriladi. Avtobus, trolleybus, tramvayga ular harakatla- nayotgan paytda sakrab chiqmang, orqasiga osilmang, zinapoyalarida turmang kabi tushunchalarni singdirish.
3-mavzu: Birinchi tibbiy yordam qanday ko‘rsatiladi? (1 soat)
Yoqimsiz holatlar kutilmaganda ro‘y berishi mumkin, shu bois har qanday vaziyatda ham ularga tayyor turish kerak, ayniqsa boshqa bir insonning hayoti sizning ko‘nikmalaringizga bog‘liq bo‘lsa. Sun'iy nafas har bir inson bilishi kerak bo‘lgan elementar reanimatsion xatti-harakatlar . Agar jabrlanuvchining pulsi yo‘qligini sezsangiz, yurakni massaj qilish kerak.
4-mavzu: Ustoz mehri (1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilar qalbiga o`qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg`usini singdirish, ularga ustozlarning ulug`ligini va ularga doimo ehtirom ko`rsatish lozimligini uqtirish.
5-mavzu: Odobli bola-elga manzur. (1 soat)
O’quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish tuyg’ularini singdirish, ularni zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan himoya qilish, o’quvchilarda ichkilikbozlik, giyohvandlik va «ommaviy madaniyat» kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish. Jabrlanuvchini oyna yaqiniga yotqizing va uni havoni to‘suvchi kiyim yoki aksessuarlardan xalos qiling. Yuzga suv purkash zarar qilmaydi, agar qo‘l ostingizda dorilar qutisi bo‘lsa, nashatir spirtidan foydalaning kabi tushunchalarni singdirish.
6-mavzu: Shahar tashqarisidagi yo‘llarda harakat (Yo‘l harakati qoidalari).
(1 soat)
Transport vositasiga chiqishda: Transport vositalarini bekatlarda kuting, yo'ining transport vositasi qatnaydigan qismiga chiqmang. Avtobus, trolleybus, tramvay va boshqa transport vositalariga ular batamom to'xtagandan so'ng chiqing. Jamoat transportiga chiqish orqa eshikdan, tushish esa old eshikdan amalga oshiriladi. Avtobus, trolleybus, tramvayga ular harakatla- nayotgan paytda sakrab chiqmang, orqasiga osilmang, zinapoyalarida turmang kabi tushunchalarni singdirish.
7-mavzu: Bo‘lay desang baquvvat, bardam, sport bilan shug‘ullan hardam.
(1 soat)
O’quvchilarda jismoniy tarbiya va sportga qiziqishni kuchaytirish orqali ularni jismoniy va axloqiy jihatdan barkamol etib tarbiyalash, o’quvchilar ongiga sog’lom turmush tarzi asosida yashash qoidalarini singdirish.
8-mavzu: Ona tiliga ehtirom (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilarga Ona tili — bu millatning ruhi, til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o’quvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish.
9-mavzu: Oilada tejamkorlik. (1 soat)
O`quvchilarni tejamkorlikka o`rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikni uqtirish orqali o’quvchilarning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirish.
10-mavzu: Shahar tashqarisida xavfsizlik qoidalari (Yo‘l harakati qoidalari).
(1 soat)
Yo'l belgilari va belgilaridan foydalanishi, transport vositasini boshqarish signallarini boshqarishi, turli transport vositalarining harakatlanish tartibini aniqlash, transport vositasi harakatlanayotganda jarohatlanganlarga dastlab tibbiy yordam ko'rsatish, transport vositalarining harakatini tushuntirish.
11-mavzu: Bayrog‘imiz – faxrimiz (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish,O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarishda ularning o’rni kattaligini uqtirish, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i o`zga yurtlarda ko`tarilganda g`urur va iftixor tuyg`usini oshirishini singdirish.
12-mavzu: Yo‘llardan o‘tish qoidalari (Yo‘l harakati qoidalari). (1 soat)
Qoidalarning darslarida va yo'l harakati xavfsizligida biz yo'l harakati jarohatlarining fojiali statistikasi orqali barcha yo'l foydalanuvchilarini doimiy ravishda o'qitib, boorish.
13-mavzu: Bizning huquqlarimiz (8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan). (1 soat)
Huquq va burch tushunchasi. O`quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish, ularni o’rganish va amal qilish tuyg’ularini tarbiyalash hamda ular ongiga “jinoyat jazosiz qolmaydi, har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortiladi” degan qoidani singdirish.
14-mavzu: Davlatimiz madhiyasi (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi, mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini singdirish.
15-mavzu: Mening huquq va majburiyatlarim. (1 soat)
Bola huquqlari to’g’risida Konvensiya, O’zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida”gi Qonunida bolalarning huquqlari haqida.
16-mavzu: Yangi yil archasi (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo’yish, maktabning odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o’quvchilar ongiga yangi yilda inson qalbi ham qor kabi oppoq bo`lishi lozimligini singdirish.
17-mavzu: Vatanimiz himoyachilari (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan). (1 soat)
O‘quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‘zlarining ham shaxsiy burchlari va mas’uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lish, Milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo`lish, Vatan muammolarini o‘zinikidek qabul qilish, Vatan yukini o‘z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayish xislatlarini tarbiyalash.
18-mavzu: Transportdan tushgan yo‘lovchilarning yo‘ldan o‘tish qoidalari (Yo‘l harakati qoidalari) (1 soat)
Yo'l belgilari va belgilaridan foydalanishi, transport vositasini boshqarish signallarini boshqarishi, turli transport vositalarining harakatlanish tartibini singdirish.
19-mavzu: Ko‘hna obidalar-tarix guvohi. (1 soat)
Madaniy boyliklar, tarixiy yodgorliklar ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlardan ekanligi, ular bizning qadimiy tariximizdan hikoya qilishi haqidagi tushunchalarni hosil qilish
20-mavzu: Bobolarimiz me’rosi (A.Navoiy va Z.M. Bobur tavallud kunlari oldidan). (1 soat)
O`quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bo’lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg'u’larini singdirish. SHuningdek, ularda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona Vatanga mehr-muhabbat, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag’rikenglik g’oyalarini singdirish.
21-mavzu: Jamoat joylarida o‘zini tuta bilish. Did bilan kiyinish odobi. (1 soat)
O’quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish tuyg’ularini singdirish, ularni zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviq qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan himoya qilish, o’quvchilarda ichkilikbozlik, giyohvandlik va «ommaviy madaniyat» kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish.
22-mavzu: Did bilan kiyinish odobi. (1 soat)
O’quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalari jumladan maktab, oila va to‘ylarda kiyinish odobi tushunchalarini shakllantirish.
23-mavzu: Qush uyasida ko‘rganini qiladi. (1 soat)
“Katta karvon qayerdan yursa, kichigi ham o’sha yerdan yuradi”, “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” maqollarining mazmuni va mohiyati.
24-mavzu: Onajonlar, sizga ta’zim! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilarga aziz onajonlarimiz va opa-singillarimizga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish orqali ularni “Ayolga e’tibor – kelajakka e’tibor”, “Ayol baxtli bo’lsa, jamiyat ham baxtli bo’ladi” degan g’oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash.
25-mavzu: Kim bo‘lsam ekan? (1 soat)
O`quvchilarga orzu va orzusi bo’yicha tanlagan kasbining mohir ustasi bo’lib yetishishlarida, barcha orzularining ro`yobga chiqishida irodaning , mehnatning, harakatning va ustozlar o’gitining o`rni alohida ahamiyat kasb etishligini tushuntirish.
26-mavzu: O‘zbek milliy o‘yinlari (21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, milliy o’yinlarimiz va an’analarimizga hurmat tuyg’ularini kuchaytirish orqali ular ongiga mehr-oqibat, insoniylik, milliyligini yo`qotmaslik, boy, asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolish xislatlarini tarbiyalash.
27-mavzu: Amir Temur avlodlarimiz. (1 soat)
O`quvchilarning buyuk davlat arbobi va jahongir lashkarboshi, Sohibqiron Amir Temurga bo`lgan cheksiz hurmatlarini yanada rivojlantirish hamda ular ongiga Amir Temur bobomiz faxrimiz-g`ururimiz ekanligini singdirish.
28-mavzu: Imtiyozli belgilar (Yo‘l harakati qoidalari) (1 soat)
Yo'l belgilari va belgilaridan foydalanishi, transport vositasini boshqarish signallarini boshqarishi, turli transport vositalarining harakatlanish tartibini singdirish.
29-mavzu: Ilm – baxt kaliti. (1 soat)
Beshikdan qabrgacha ilm izla, ilmli inson har joyda aziz, ilmli xor bo’lmas hikmatlarini sharxlash.
30-mavzu: Vatan – muqaddas (9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan). (1 soat)
O`quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg’ularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bo’lish xislatlarini tarbiyalash.
31-mavzu: Axborot - ishora belgilari (Yo‘l harakati qoidalari) (1 soat)
Eng muhim belgilar haqida tushuncha berish.
32-mavzu: Kitobim – oftobim. (1 soat)
O`quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni o’rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali ularning qalbi va ongiga kitob o’qishga bo’lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga mehr-muhabbat tuyg`ularini singdirish.
33-mavzu: Yaxshi dam – o‘qishga hamdam. (1 soat)
O`quvchilarga yozgi ta’tilni mazmunli o`tkazish bo’yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi oromgohlarga yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |