Urganch Davlat Universiteti Sirtqi bo‘limi “ Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi



Download 243 Kb.
bet1/9
Sana21.11.2022
Hajmi243 Kb.
#869484
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Matyaqubova Roziyaxon



Urganch Davlat Universiteti Sirtqi bo‘limi

“ Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi

“Maktabgacha pedagogika” fanidan

“ Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berish”

mavzusidagi



Kurs ishi


Bajardi: 181-guruh talabasi Matyaqubova Roziyaxon




Kurs ishi raxbari: Quchqarova Nargiza Mamajonovna
Qabul qildi: _________________________
_________________________
2022-2023-o‘quv yili

MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….3

I.BOB.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA IQTISODIY TARBIYA BERISHNING SHART-SHAROITLARI………………………..6
1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berishning usullari….6
1.2. Tarbiya jarayonida iqtisodiy tushunchalarni singdirish…………………15
II.BOB.INSONNI SHAKLLANTIRISHDA IQTISODIY TARBIYANING PEDAGOGIK AHAMIYATI…………………………………………………18
2.1 MTTda iqtisodiy tarbiyani tashkil qilish maqsadi- vazifasi…………….18
2.2O‘quvchilarga iqtisodiy tarbiyani olib borishning shakllari…………………………………………………………………24

XULOSA VA TAVSIYALAR………………………………………..29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. ……………………………..31
ILOVALAR……………………………………………………………32


KIRISH.
MAVZUNING DOLZARBLIGI: “Iqtisodiyot” so‘zi dastlab boshqaruv san'atini anglatadi uy xo‘jaligi. Bugungi kunda “iqtisod” so‘zi ancha kengroq ma’noga ega. Iqtisodiyotni alohida mintaqa, mamlakat, dunyo iqtisodiyoti deyish mumkin. Iqtisodiyot deganda odamlar faoliyati bilan bog‘liq jamiyatdagi barcha munosabatlar tushuniladi. Nihoyat, iqtisod - bu odamlar va umuman jamiyat cheklangan resurslar bilan tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qanday qondirishi haqidagi fan. “Iqtisodiyot” so‘zini birinchi bo‘lib kim kiritgan? (Aristotel).1
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi natijasida mamlakat iqtisodiyotida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va rivojlantirish yo‘lida o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1992-yil 21-yan- vardagi "Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 15-mart- dagi O‘zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirish- ning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida, "Kichik va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish" to‘g‘risidagi, shuningdek, 2001-yil 22-avgust, 2007-yil 27-aprelda qabul qilingan qarorlar bunga yaqqol misoldir.
Mamlakatda ro‘y berayotgan iqtisodiy o‘zgarishlarni anglash, ularni tushunib yetish, yoshlarimiz ongida iqtisodiy ong, iqtisodiy bilim, iqtisodiy madaniyat tushunchalarini shakllantirishda maktabgacha ta'Iim tizimi pedagog-tarbiya- chilar oldiga ulkan vazifalar qo‘yiladi. Bulardan eng muhimi bu maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim berishdirBugungi kunda ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiya sohalarining mavjud taraqqiyoti zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilab bermoqda. Zamonaviy jamiyatning eng muhim xarakterli jihati uning barcha sohalarida globallashuvning ko‘zga tashlanayotganligidir. Globallashuv o‘z-o‘zidan tezkor harakatlanish, zarur axborotlarni zudlik bilan qo‘lga kiritish, ularni qayta ishlash va amaliyotga samarali tatbiq qilishni taqozo etadi. Ta’lim sohasidagi islohotlarning mazmunida yosh avlodga ilmiy bilimlarni berish, ularda keng dunyoqarashni shakllantirish va ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashga nisbatan yangi talablarning belgilanganligi pedagogik faoliyatni tashkil etishga nisbatan innovatsion yondashuvni qaror toptirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda yuqori samaradorlikka erishish shartlaridan biri – bu ta’lim muassasalari faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni olib kirish va uni nafaqat ta’lim jarayoniga balki tarbiya jarayoniga olib kirish sanaladi. Bularning hammasi Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevnining yaqin besh yildagi, maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasini isloh qilinishiga oid bir qator hujjatlarni tasdiqlab, uni amaliyotga tadbiq etganliklaridan dalolat beradi.
Keltirilgan fikirlarga asoslangan holada maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi innovatsion texnologiyalarni olib kirish va uni maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga tadbiq etish masalasi hozirgi kunda ham dolzarb masalalardan sanaladi.Biz quyida innovatsiya tushunchasi, uning mazmuni, metodologik asoslari, ta’lim jarayonidagi ahamiyati va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari haqida fikr yuritamiz. “Innovatsiya” tushunchasining lug‘aviy ma’nosi “yangilik kiritish” (ing. “innovation”) bo‘lib, mantiqan “tizim ichki tuzilishini o‘zgartirish” sifatida e’tirof etiladi. Innovatsiya – amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy-madaniy ob’yekt sifatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan ijtimoiy sub’ektlarning harakat tizimidir. Yangi ijtimoiy munosabatlarning innovatsion xarakterdagi ta’lim dasturlarida aks etishi pedagoglar, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning yuzaga kelishi bilan tavsiflanadi. Innovatsion xarakterga ega ta’limiy dasturlarni amaliyotga tatbiq etishda pedagogik jamoa va ota-onalarning ta’lim tizimi boshqaruv organlari, davlat va mahalliy tashkilotlari, shuningdek, ijtimoiy va tijorat yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi muassasalarning birdek faol ishtiroki ta’minlanadi. So‘nggi yillarda pedagogik jamoatchilik orasida ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish vazifasini ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiqligini ifodalovchi qarashlar shakllandi. Bu esa ta’lim tizimining davlat organlari bilan ijtimoiy tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik asosida boshqarilishini anglatadi. Mazkur hamkorlik ijtimoiy tashkilotlarga davlat organlari bilan birgalikda ta’lim muassasalari faoliyatini nazorat qilish imkonini beradi. Bunday imkoniyat ta’lim loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim muassasalari uchun ajratilayotgan budjet taqsimoti, ularning strategiyasini belgilash va maktabgacha ta’lim jarayoniga nisbatan ijtimoiy ta’sirlarning yuzaga kelishi mumkinligini anglatadi.

Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish